The content of creating assignments based on the international timss program for the assessment of the quality of biology



Yüklə 106,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix27.12.2023
ölçüsü106,26 Kb.
#163054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ASOSIY QISM 
Oʻzbekiston TIMSS va boshqa xalqaro tadqiqotlarda qatnashish orqali rivojlangan mamlakatlar 
tajribalarini Oʻzbekiston taʼlim tizimida qoʻllash, oʻz natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan 
qiyosiy taqqoslash imkoniyatlariga ega boʻladi. 
Tadqiqotda, Oʻzbekistonning 4 va 8 sinf oʻquvchilari boshqa davlatlardagi tengdoshlariga 
nisbatan matematika va tabiiy fanlardan savodxonligi qay darajada yuqori? Matematika va tabiiy 
fanlar 4 va 8 sinf oʻquvchilari uchun qiziqarli fanmi? Oila tomonidan farzandlarga matematikani va 
tabiiy fanlarni oʻzlashtirishda qanday hissa qoʻshilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda 
matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish jarayoni qanday tashkil etilgan? Oʻzbekiston matematika va 
tabiiy fanlar oʻqitish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan oʻziga xosligi bormi, agar bor boʻlsa 
u nimalarda namoyon boʻladi? Mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni oʻqitish boʻyicha 
oʻqituvchilar metodlari boshqa mamlakatlar oʻqituvchilari metodlaridan nimasi bilan farq qiladi? kabi 


Journal of Social Research in Uzbekistan 
 
ISSN: 2181-2721 
https://topjournals.uz/index.php/jsru
 
10
asosiy masalalar oʻrganiladi va tadqiq etiladi. TIMSS xalqaro tadqiqotining asosiy vazifasi 
maktabning matematika va tabiiy fanlar ta'limi sifatiga solishtirma baho berish. Har 4 yil davomida 
4- va 8-sinf o‘quvchilarining ta'lim yutuqlariga baho berib boriladi va shu bilan birga, nafaqat 
ularining bilim va ko‘nikmasi, balki ularning ushbu fanlarga bo‘lgan munosabati, qiziqishi, xamda 
ta'limga bo‘lgan motivatsiyasini solishirishga imkon beradi. Tadqiqotning asosiy rejasi: 4 yil 
davomida 4-sinf o‘quvchisi 8-sinfga yetgunga qadar uning matematika va tabiy fanlar bilimining 
natijalari kuzatib boriladi. Shu yo‘sinda maktabning boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilarining 
bilim yutuqlarining monitoringi amalga oshiriladi. TIMSS tadqiqoti haqida ma'lumot 
Maktab matematika va tabiiy fanlar ta'lim sifatining Xalqaro monitoringi (inglizcha – TIMSS 
– Trends in Mathematics and Science Study) - bu dastur bilim yutuqlarini baholash xalqaro 
uyushmasi tomonidan tashkillangan (IEA). Ushbu tadqiqot boshlang‘ich ta'limning 4-sinf 
o‘quvchilari va 8-sinf o‘quvchilarini turli davlatlarda matematika va tabiiy fanlar bilimlarining 
darajasi va sifatini solishtirishga hamda milliy ta'lim tizimidagi farqlarni aniqlashga ko‘maklashadi. 
Ushbu tatqiqot 4 yilda bir marta o‘tkaziladi. Shu kunga qadar 6 marta o‘tkazildi. 1995, 1999, 
2003, 2007, 2011 va 2015 yillarda.
1995 yildan 3 marotaba (oxirgisi 2015 yilda) maktab bitiruvchilarining yutuqlarini aniqlashni 
o‘z ichiga olgan xolda kengaytirilgan tadqiqot ishlari (Advanced TIMSS) olib borildi.
TIMSS xalqaro tadqiqotining asosiy vazifasi maktabning matematika va tabiiy fanlar ta'limi 
sifatiga solishtirma baho berish. Har 4 yil davomida 4- va 8-sinf o‘quvchilarining ta'lim yutuqlariga 
baho berib boriladi va shu bilan birga, nafaqat ularining bilim va ko‘nikmasi, balki ularning ushbu 
fanlarga bo‘lgan munosabati, qiziqishi, xamda ta'limga bo‘lgan motivatsiyasini solishirishga imkon 
beradi. Tadqiqotning asosiy rejasi: 4 yil davomida 4-sinf o‘quvchisi 8-sinfga yetgunga qadar uning 
matematika va tabiy fanlar bilimining natijalari kuzatib boriladi. Shu yo‘sinda maktabning 
boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilarining bilim yutuqlarining monitoringi amalga oshiriladi. 
Ushbu tadqiqotni olib borishda va majmua ishlanmasida dunyoning ko‘plab ilmiy tadqiqot 
markazlari va professional tashkilotlar ishtirok etadi. Ta'lim sohasidagi test xizmatlari: (ETS- 
Educational Testing Service SSHA), Kanadaning statistik markazi (Statistics Canada), ta'lim 
yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasining Sekretariati (IEA, Niderland(gollandlar)lar), ta'lim 
yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasining ma'lumotlar markazi (DPC IEA – Data 
ProcessingCenter IEA, Germaniya) va hokazo. Turli davlat mutaxassislarining koordinatsiyasini 
kuchaytirish uchun dunyoning yetuk mutaxassislaridan iborat bo‘lgan maslahat qo‘mitalari tashkil 
etildi. Hozirgi tadqiqot koordinatsiyasi Boston kollejida xalqaro koordinatsiya markazi tomonidan 
amalga oshirilgan. (ISC – International Study Center, Boston College SSHA) Rossiyada ushbu 
tadqiqot (ta'lim sifatini baholash markazi) Rossiya ta'lim akademiyasining fan, ta'lim mohiyati va 
uslubi instituti xamda fan va ta'lim vazirligi va regionlarning ta'lim boshqaruv organlari tomonidan 



Yüklə 106,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə