211 korrupsiyaga qarshi kurashishda rivojlangan davlatlar tajribasi



Yüklə 448,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix12.09.2023
ölçüsü448,75 Kb.
#121690
  1   2   3   4   5
korrupsiyaga-qarshi-kurashishda-rivojlangan-davlatlar-tajribasi



211 
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA RIVOJLANGAN
 
DAVLATLAR TAJRIBASI 
Ilmiy rahbar: Saidova Marhabo Xabibullo qizi 
“Iqtisodiy xavfsizlik”kafedrasi v.v. b. dotsenti, PHD, TDIU 
Nematov Nozimjon Nodirjon o’g’li 
Moliyaviy xavfsizlik yo’nalishi 
2- kurs MIM 10- guruh magistranti, TDIU 
Tayanch 
 
so’zlar: 
korrupsiya, 
korrupsiyaviy 
jinoyatlar, 
korrupsiyaga 
qarshi
 
kurashish, hokimiyatni suiiste’mol qilish, poraxo’rlik, mansabdorlik jinoyatlari. 
Bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida korrupsiya davlatlar rivojlanishiga, iqtisodiy, 
siyosiy, 
ma’naviy 
yuksalishiga 
to’sqinlik 
qilayotgan 
salbiy 
illat 
sifatida 
paydo bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek, 
“Korrupsiyaning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investisiya muhitini 
yaratib bo’lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog’i rivojlanmaydi”[1]. 
Haqiqatdan ham, korrupsiyaviy jinoyatlar davlatning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi, 
shuningdek xalqning 
davlat 
organlariga 
nisbatan 
ishonchini susaytiradi 
[2]. 
O’zbekiston 
Respublikasi 
mustaqillikka 
erishgan 
ilk 
kunlardan 
boshlab 
korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatiga yetarli darajada etibor berilmasdan, asosan, 
davlatning bir qator asosiy shartnomalarga qo’shilishi bilan harakterlanib
korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlarni yaratish, rivojlangan 
davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish yo’lidagi tajribasini o’rganish, ularni 
amaliyotga tadqiq qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini qonuniy tartibga solish 
masalalariga oid zarur chora-tadbirlar ko’rilmadi. 
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan ilk kunlardan boshlab 
korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatiga yetarli darajada etibor berilmasdan, asosan, 
davlatning 
bir 
qator 
asosiy 
shartnomalarga qo’shilishi bilan harakterlanib, 
korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlarni yaratish, rivojlangan 


212 
davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish yo’lidagi tajribasini o’rganish, ularni 
amaliyotga tadqiq qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini qonuniy tartibga solish 
masalalariga oid zarur chora-tadbirlar ko’rilmadi. 
MATERIAL VA METODLAR
 
Mazkur maqola tahliliy tadqiqot sifatida qonun hujjatlari va ilmiy-nazariy 
manbalar tahlilini o’z ichiga oladi. Ushbu maqolada sohaga oid ilmiy tushunchalar, 
nazariyotchi olimlarning qarashlari, korrupsiyaga qarshi kurashishda rivojlangan 
davlatlarning tajribalari tahlil qilingan. Maqola mavzuga oid tushunchalarni 
o’rganishdan boshlangan hamda korrupsiyaga qarshi 
kurashda 
rivojlangan 
davlatlarning tajribalari tahlil qilinib, ularning tajribasini bizning qonunchiligimizga 
joriy qilishga oid xulosalar bilan yakunlangan. Ushbu tadqiqotni amalga oshirishda tizimli 
hamda qiyosiy-huquqiy tahlil qilish, shuningdek, induksiya, deduksiya, analiz, sintez, 
tarixiy-huquqiy va statistic ma’lumotlar tahlili kabi usullardan foydalanilgan. O’zbekiston 
Respublikasida olib borilayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash, sud-huquq islohotlari, 
jinoyat qonunchiligini takomillashtirishga oid tahlillar tadqiqot ishining metodologik 
asosini tashkil etadi. 
TADQIQOT NATIJALARI
 
Korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro institutlar ichida Birlashgan Millatlar 
tashkiloti muhim rol o’ynaydi. BMT tomonidan qabul qilingan korrupsiyaga qarshi 
kurashga yo’naltirilgan hujjatlar ichida 2003-yil dekabr oyida qabul qilingan 
Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi katta ahamiyat kasb etadi [7]. O’zbekiston 
Respublikasi 2008-yil 7-iyuldagi qonun bilan mazkur Konvensiyaga qo’shilgan. 
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha nafaqat BMT, balki Yevropa Ittifoqi, Jahon 
banki, Transperensy International xalqaro nohukumat tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va 
taraqqiyot tashkiloti, Butunjahon bojxona tashkiloti ham korrupsiyaga qarshi kurash 
bo’yicha o’zlarining faoliyatida alohida e’tibor berib kelmoqda. Ushbu tashkilotlar 
tomonidan korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashda hamkorlik qilish va boshqa 
davlatlarni, xalqaro biznes tashkilotlarini korrupsiyaga qarshi kurashga jalb qilishga 
qaratilgan 
qator 
xalqaro 
hujjatlar 
qabul 
qilingan. 



Yüklə 448,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə