Tajibayev G. Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/80
tarix23.04.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#106742
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80
Ukuv qullanma

Amaliy 
maqsadning
ro‘yobga chiqishida hosil qilingan barcha 
kompetensiyalarning uzviy yaxlitligi (sintezi) ta’minlanadi. Amaliy maqsadning 
ro‘yobga chiqishida o‘quvchi ta’lim oladi, tarbiyalanadi va uning shaxsi 
rivojlanadi. Ingliz tili o‘qitish umumta’limiy maqsadining ro‘yobga chiqishida 
o‘rganilayotgan til vositasi orqali foydali hayotiy axborot va til haqidagi yangi 
sodda ma’lumotlarni o‘zlashtirish ko‘zda tutiladi. O‘quvchining umumiy 
saviyasini ko‘tarish, o‘rganilayotgan til va madaniyat haqida yangi ma’lumotga 
ega bo‘lish, muloqot madaniyatini yuksaltirish, aqliy mehnat usullarini qo‘llash, 
fikrlash fazilatlarini rivojlantirish kabilarga erishiladi. Ushbu maqsadni amalga 
oshirishda asosan lingvistik, strategik (kompensator), o‘quv-kognitiv, diskursiv 
sifatlar takomillashadi. Boshqa fanlar qatorida ingliz tili ham majburiy o‘quv 
predmeti maqomida umumiy ta’lim berish/olishga o‘z hissasini qo‘shadi. 
Umumta’lim ob’ekti uchta: til hodisasi, unga oid tushuncha yoki sodda qoida va 
eng muhimi, ingliz tilidagi diskurs mazmuni.
Ingliz tili o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi.
O‘quvchilarga g‘oyaviy tarbiya 
berish, aqliy mehnat malakalarini singdirish, ularning bilish faolligini oshirish 


33 
mazkur maqsadning mohiyatini tashkil etadi. Tarbiyaviy maqsad asosan, ikki yo‘l 
bilan ro‘yobga chiqariladi: (1) bevosita chet tilda salomlashish, xayrlashish, 
predmet va hodisalarning nomlarini bilish, she’r va ashula aytish, o‘yinlar bajarish 
kabilar, ayniqsa, dastlabki darslarda o‘quvchilarga ancha qiziqarli yumush 
sanaladi; (2) muloqot chog‘ida bir-birlariga odob doirasida munosabat bildirish
xatti-harakatlarini sharhlay olish, audio matn va grafik matnlardan olinadigan 
axborotlar beqiyos tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Darsdan tashqari o‘quv 
tadbirlarining ham tarbiyaviy ahamiyati cheksiz.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə