Rostgo‘ylik fazilati



Yüklə 15,3 Kb.
tarix25.06.2023
ölçüsü15,3 Kb.
#118897
Rostgo\'ylik fazilati


Rostgo‘ylik fazilati
Ey farzandim, agar do‘stingdan yangi olgan kiyimining narxini so‘rasang, u senga sotib olgan narxini to‘g‘ri aytsa, u to‘g‘ri so‘zdir. Agar narxiga ozgina bo‘lsa ham qo‘shib aytsa, demak, u yolg‘onchidir. Agar senga bir do‘sting va’da qilib va’dasida qat’iy tursa, u va’dasiga sodiqdir. Agar va’dasida qat’iy turmasa, u yolg‘onchidir.
Agar ustoz bir o‘quvchiga uyda masala yechib kelishni topshirsa, u dangasalik qilib boshqa o‘quvchining daftaridan masala javobini ko‘chirib olsa va ustoziga masalani o‘zim yechdim, desa, u yolg‘onchidir. Agar maktab
direktori bir o‘quvchini guvohlik berish uchun chaqirsa va u eng qadrdon do‘stining zarariga bo‘lsa ham haqiqatni ochiq aytsa, u to‘g‘ri so‘zdir. Agar guvohlik berishda biron narsani qo‘shsa yoki kamaytirsa, u yolg‘onchidir.
Mana shu misollardan ko‘rayapsanki, to‘g‘rilik so‘z yoki amalning haqiqatga to‘g‘ri kelishidir. Sen maktabga bormaslik uchun yolg‘ondan o‘zingni betob qilib ko‘rsatishing yoki bilmaydigan narsang haqida xabar berishing
yoki yolg‘on gapirayotganini bila turib birovni yolg‘on gapirishiga indamay qarab turishing bularning barchasi yolg‘onchilikdir. To‘g‘ri so‘zlash foydalaridan biri shuki, rostso‘zlagan inson ko‘pchilik muhabbatini va ishonchini qozonadi. Shuning uchun rostgo‘y o‘quvchini ota-onasi ham, ustozlari ham birday yaxshi ko‘radilar. Odamlar har doim rostgo‘y
tijoratchi bilan oldi-sotdi qilishni xohlaydi. Oldiga odamlar borganlari uchun to‘g‘riso‘z hunarmand xalqqa taniladi. Agar rostgo‘ylik bo‘lmaganda xalqning ahvoli buzilib, tarix, jo‘g‘rofiya va shunga o‘xshash kitoblarda yetib
kelgan xabarlarga odamlarning ishonchi yo‘qolgan bo‘lar edi. Rostgo‘ylik insonni omonat, ochiqlik va va’daga vafo qilish kabi ko‘p fazilatlar bilan sifatlanishga chaqiradi.
Yüklə 15,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə