Tajibayev G. Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish



Yüklə 2,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/80
tarix23.04.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#106742
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
Ukuv qullanma

Mutanosiblik 
nazariyasi (ing., 

identic
, rus 

identichniy, tojdestvenniy

o‘zb., 

aynan o‘xshash, bir xil, birday
) tarafdorlarining fikricha, ona tili va 
ikkinchi tilni o‘zlashtirish jarayonlari bir xildir. Ushbu nazariyaga binoan tillararo 
interferensiya chetlab o‘tiladi va nutq namunalari qism (fonema, grafema, morfema 
va so‘z)larga ajratilmasdan yaxlit o‘rgatiladi. 


23 
Ingliz tili o‘qitishga bunday yondashuv ingliz tilidan foydalanishga kuchli 
ehtiyoj mavjud bo‘lgan muhitda yuqori samara beradi. Chunki ingliz tili 
elementlarini (tarkibiy qismlarini) o‘zlashtirish jarayoni ona tilini o‘zlashtirish 
jarayoni bilan aynan o‘xshash (parallel), ya’ni avval nutqiy kompetensiyalar, keyin 
lisoniy kompetensiyalar yoki avval tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv, 
keyin fonetika, leksika, grammatikani o‘zlashtirish izchilligida sodir bo‘ladi.
Ma’lumki, ona tilini sof bo‘lmasa-da, taqlidan o‘zlashtirish jarayonida 
o‘xshashlik (analogiya)ka amal qilinadi, o‘quvchi qanday idrok etsa, shunday 
o‘zlashtiradi va bilganiga monand gaplar (va so‘zlar), til qonuniyatiga yot hosilalar 
yaratadi. Buni bolaning so‘zdan foydalanishdagi omilkorligi, deb tushunish 
mumkin. Masalan, besh yoshli David ismli bola dadasining tug‘ilgan kunda «
I’d 
like to propose a toast
» (Qadah so‘zi aytmoqchiman), degan gapidan ilhomlanib, 
qo‘liga finjon oladi-da; «I’d like to propose a piece of bread», deya mehmonlarni 
kuldiradi. Bunday holat mutaxassislar tomonidan muloqot qilishning insonga xos 
instinkti va kreativ til tajribasi, deb izohlanadi. Biz bunday vaziyatdagi tasodifiy 
nutqiy ifodani 
tashabbusli nutq
deb nomlashni ma’qul topdik. Til tajribasi atamasi 
tadqiqotchilar tomonidan mukammal sharhlangan. Mutanosiblik nazariyasida ham 
ingliz tili ta’limining maqsadi o‘quvchilar psixikasida til egallashning avvaldan 
shakllangan umumiy mexanizmlarini faollashtirish lozimligi targ‘ib etiladi.
Tabiiy muhit mavjud bo‘lgan xorijiy mamlakatlarda ingliz tili alohida 
predmet sifatida emas, balki boshlang‘ich ta’limda o‘qitiladigan boshqa predmetlar 
bilan integratsiyalashtirilgan holda o‘qitiladi, ingliz tilidagi autentik nutqni tinglab 
tushunish va o‘quvchilarning o‘zaro yoki o‘qituvchi bilan og‘zaki muloqotiga 
ustuvor ahamiyat qaratiladi.
Predmetlararo bog‘lanish hozirda didaktika va o‘qitish metodikasida bilimlar 
mazmuni bilan ilmiy bilish metodlarining mutanosibligiga asoslangan yaxlit 
sistema sifatida tushuniladi (M.N. Skatkin, I.D. Zverev, I.Ya. Lerner va b.). 
Predmetlararo bog‘lanishga sistemali yondashish, uning tarkibi, tuzilishi hamda 
vazifalarini, uning boshqa tizim ob’yektlari (o‘quv jarayoni, o‘quv-tarbiyaviy 
faoliyat va h.k.) bilan munosabatini birgalikda ochib berishni taqozo etmoqda. 


24 
2012-yildan e’tiboran Daniya, Gretsiya, Islandiya va Turkiyadan tashqari 
barcha Yevropa mamlakatlarida hamda Filippinda ona tilidan tashqari fan 
asoslaridan saboq beradigan ayrim predmetlarni (M: Filippinda matematikani 
ingliz tilida o‘qitish tajribasi) o‘rganiladigan chet tilda o‘qitish yondashuvi 
boshlang‘ich ta’limga joriy etilib, chet (ingliz) til muloqot va ayrim predmetlarini 
o‘rganish vositasi maqomida o‘qitila boshlandi. 
Hindiston, Keniya, Nigeriya, Janubiy Afrika, Malayziya kabi mamlakatlarda 
ko‘pgina holatlarda maktab ta’limi to‘lig‘icha ingliz tilida olib borilmoqda. 
Natijada bunday holat ilg‘or til siyosatiga mos kelmay qolishi, ona tilining 
maqomini susaytirishi va ingliz tilining «buzib ishlatilishi»ga sabab bo‘lmoqda. 

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə