Pirimqul Qodirov Yulduzli tunlar 480. indd



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/39
tarix17.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#110873
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
yulduzli tunlar 0

Agar bayxayri salomat guzar zi Sind kunam, Siyoro‘y shavam, gar 
havoyi Hind kunam*.
Xo‘ja Kalonbekning uyiga ko‘chib o‘tgan Hindubek bir kun kechki 
payt bu she’rni yozib kelib Boburga ko‘rsatdi va baytni o‘qigan odam-
lar hamma joyda shov-shuv gap qilib yurganini aytdi.
Bobur Xo‘ja Kalonning «Hech kim menga ergashmaydigan qilib
ketgaymen!» degan so‘zlarini esladi-yu:


431

Bu kudurat nechun? – deb hayron bo‘ldi. – Nahotki, Xo‘ja Kalon 
boshqa beklarning ham Hinddan ketishini istasa?

Bilmadim, bu yerda qolgan beklarning fidoyiligi Xo‘ja Kalon
-
bekning alamini keltirganmi?

Ha, o‘zi shunday fidoyi bo‘lolmaganining alami bu! – dedi Bobur 
va qarsak chalib munshini chaqirdi.
Munshi kelguncha o‘rnidan turib, xonai xosning u burchagidan-
bu burchagiga asabiy bir tarzda borib keldi. Bir ko‘ngli Xo‘ja Kalon-
ning ketidan chopar yuborib, uni G‘azni hokimligidan bekor qilishga 
moyil edi. Lekin shuncha yillik qadrdonidan ayrilish, keyin G‘aznidagi 
vayron bo‘lib yotgan bandni tiklash uchun yana boshqa odam izlash 
tashvishi uni bu fikrdan qaytardi.
Nima qilish kerak? Xo‘ja Kalonning she’ri Hindistondan ketgisi 
kelib yurgan beku navkarlarni battar qo‘zg‘atib qo‘yishi aniq. Agar bu 
bayt uchun Xo‘ja Kalon jazolansa, she’rning ta’siri yanada oshishi aniq.

Bu bayt devorga yozilganicha turibdimi? – so‘radi Bobur Hin-
dubekdan.

O‘chirtirib tashladim.

Bekor qilibsiz, bek. Siz o‘chirganingizdan so‘ng bu bayt odam-
larning xotirasiga yanada mahkamroq o‘rnashur, she’rning ta’sirini 
faqat she’r bilan kesmoq mumkin. Qo‘lida qalam-qog‘ozi bilan xipcha 
bo‘y, o‘rta yashar munshi ta’zim qilib kirdi.

Yozing! – buyurdi Bobur unga.
Munshi gilam ustiga cho‘kka tushib, juzdonni tizzasiga qo‘ydi, 
qog‘ozni kafti bilan tekislab, yozishga tayyorlandi. Bobur badiha 
ohangida gapirdi:
– 
Yuz shukr de Boburki, karimu g‘affor, Berdi senga Sindu Hindu 
kishvari bisyor.
«Kishvar» so‘zi vaznga tushmay saktalik berganini sezdi-da, ik-
kinchi satrni boshqacha qilib takrorladi:
Berdi senga Sindu Hindu mulki bisyor. Issiqlig‘iga gar senda yo‘qdur 
toqat. Sovuq yuzin ko‘ray desang G‘azni bor.
Mushoiraning nozik qoidalariga moslab birpasda yaratilgan bu 
badiha Hindubekning zavqini keltirdi. U devorga sovuq gap yozib 
ketgan Xo‘ja Kalonbekning basharasi ham
Boburga nechog‘liq sovuq ko‘ringanini o‘zicha tasavvur etib, 
beixtiyor kulib yubordi.
Bobur ot-gan o‘qining nishonga tekkanini shu zavqli kulgidan 
sezdi-yu, yengil bir so‘lish olib, munshiga buyurdi.


432
– Badihani uch nusxa ko‘chiring. Bir nusxasini Xo‘ja Kalonbekning 
ketidan jo‘natsinlar.
Hindubek, bir nusxasini siz olib, Kalonbekning baytini o‘qigan 
beku navkarlarga bering.
Ko‘rsinlar-chi, mushoirada kim g‘olib?
Bu badihani o‘qigan ko‘pchilik bek va mulozimlar Xo‘ja Kalon-
bekni kulgi qilishib, «Sovuq yuzin ko‘ray desang G‘azni bor!» dey-
digan bo‘lishdi. Issiqdan toqatsizlanib noliydiganlarga ham: «Sovuq 
yuzin ko‘ray desang G‘azni bor!» deb istehzo qilish rasm Yaxshilik va 
salomatlik bilan Sind daryosidan o‘tib olganimdan keyin agar yana 
Hindni havas qilsam yuzim qaro bo‘lsin.
Panipatda og‘ir yarador bo‘lgan Tohir uch oygacha o‘rnidan turol-
may yotdi. Saroydan yuborilgan tabib uning etidagi yaralarni durust 
muolaja qildi-yu, lekin qovurg‘a va qo‘l suyaklarining mayda-mayda 
bo‘lib singan joylarini epaqaga keltirolmadi. Singan suyaklarning 
og‘rig‘i tunu kun tinchlik bermas edi. Tohir Agrada o‘sha eski qadr-
doni Mamat bilan kichik bir hovlichada turar, «endi bu yerdan o‘ligim 
chiqsa kerak», deb o‘ylar edi.
Shuning ustiga Kobuldan mavlono Fazliddin Tohirning muhan-
dis o‘g‘li Safarbekni boshlab kelib qoldi. Ular qurilishda birga ishlay-
digan hind sangtaroshlaridan so‘rab-surishtirib, agralik bir jarrohni 
topib keldilar. Jarroh kambag‘alparvar odam ekanini eshitgan mav-
lono Fazliddin jiyanini unga tanishtirar ekan:

Sohib Bayju, – dedi. – Tohir ham aslida zahmatkash bir dehqon 
edi. Men buning navkar bo‘lishiga qarshi edim...

O‘shda siz haq gapni aytgan ekansiz, mulla tog‘a,– dedi Tohir. 
– Men berahmlar orasida yurib berahm bo‘lib ketgan ekanmen... 
Bo‘lmasa, yigirma yillik qadrdonim Mamatga shunchalik shafqat-
sizlik qilarmidim? Mana, hammasining qasosi qaytdi. Hali ham Ma-
mat odamgarchilik qildi. Bo‘lmasa otlarning oyog‘i tagida qolib ma-
jaqlanib ketardim!
Mavlono Fazliddin Mamatning bu yaxshiligini kelgan kunlari es-
hitgan va uni bog‘ qurilishiga ishga olgan edi. Mavlono buni tabibga 
forscha aralash urducha tilida hikoya qilib berdi-da:

Jiyanim ham endi bekligu navkarlikni tashlamoqchi, – dedi. – 
Sizu bizdek tinch mehnat bilan kun ko‘rmoqchi. Bunga yordam be-
raylik!

Bilaman, siz bizning yurtimizga obodonchilik qilish uchun kel-


433
gansiz, sohib, – dedi Bayju, – Siz iltimos qilganingiz uchun jiyanin-
gizga qo‘limdan kelganicha yordam beraman!
Tabib aytganini qilib Tohirni bir oy astoydil davoladi. Bayjuning 
sezgir qo‘llari qaysi suyak qayeridan qanday singanini bexato aniqlab, 
hammasini mohirlik bilan joy-joyiga qo‘yib chiqdi. Bir oy davomida 
Tohir uning kafti oqish-ko‘kimtir, usti qora mayin panjalariga xuddi 
o‘z qo‘llariga o‘rganganday o‘rganib ketdi. Keyin tuzalib o‘rnidan tur-
gan kuni Bayjuning shu panjalarini qo‘llariga olib, ko‘ziga surdi:

Ayting, sohib, men bu yaxshiligingizni qanday qaytaray?

Jarrohning qo‘lini shunchalik e’zozlab ko‘zga surganingiz – yax-
shiligimning qaytgani emasmi?

Yo‘q, men sizdan umrbod qarzdormen!

Kim bilsin, balki men o‘zim hozir bir qarzimni uzgandirman?
Mavlono Fazliddin ham shu yerda turgan edi. U tabibning allan-
imani «Aytaymi, aytmaymi?» – deb ikkilanayotganini ko‘rdi-yu:

Sohib Bayju, siz nechun o‘zingizni qarzdor sezdingiz? – dedi.

Buning tarixi uzoq... Faqat iltimos qilaman, boshqa hech kimga 
aytmangizlar.

Iltimosingizni bajonidil qabul qildik!

Mening bir filbon akam bor. Ibrohim Lodi zamonida akam 
Agradan ish topolmay Panjobga ketgan edi. O‘sha yerda qo‘shinlaringiz 
qancha odamlarimizni qirganini eshitipti. «Bularni vatanimga kirgiz-
mayman», debdi-yu, qo‘shinlaringizni adashtirib, changalzor botqo-
qlikka boshlabdi.

E, bo‘ldi, bo‘ldi! – dedi Tohir filbon rahnamo La’l Chandni eslab. 
– Bizning ikkita navkarimizni filiga urdirib, mayib qilib ketgan edi... 
Ammo men o‘shanda uning dovyurakligiga qoyil bo‘lgan edim. Bir o‘zi 
bir qo‘shindan qo‘rqmay olishgan edi-ya!.. Biz uni changalzor botqo-
qlikdan chiqolmaydi, deb o‘ylagan edik. Chiqibdimi-a? Hozir tirikmi?

Tirik, lekin endi Agraga kelishdan qo‘rqadi... Akam o‘sha 
navkarlaringni mayib qilgani... yaxshi bo‘lmagan... Ehtimol, men so-
hib Tohirni davolaganim– o‘sha gunohimizni yuvib ketgandir?

Siz akangiz qilgan ishni gunoh deb atamang, sohib Bayju! – 
e’tiroz qildi mavlono Fazliddin.– Vatanni bunday bahodirona himoya 
qilish gunoh emas, balki sharafdir!

Yaxshi so‘zlaringiz uchun rahmat, sohib! Ammo o‘sha ishi tu-
fayli akam hamon ishsiz. O‘z vatanida bekinib qochib yuribdi. Bola-
chaqasi och-yalang‘och.


434

Akangiz qurilishda ishlaganmi?

Ha, fil bilan doim qurilishda ishlar edi.

Bo‘lmasa menga uchrasin, ish topib beray. Biz hatto harbiy 
fillarni mehnatga o‘rgatmoqdamiz-ku!

Akam buning hammasini eshitgan. Ibrohim Lodi bekitib yotgan 
oltinlarni sizlar endi qurilishga sarflayotganlaringizdan mamnun. 
Ammo qo‘lga tushib qolishdan qo‘rqadi.

Balki akangizning Agraga kelmagani to‘g‘ridir. Bu yerda beku 
mulozimlar ko‘p, tanib qolib, bir balo qilishlari mumkin. Akangiz 
a’yonlar kam boradigan chet joydagi qurilishga kelsin. Men juma 
kuni Dehalpurga boraman. Istasa, o‘sha joyga borsin.

Sohib, sizni podsholaringiz hurmat qilar emishlar, eng katta qur-
ilishlarning sarkori ekansiz. Podshohdan akamning gunohini so‘rab, 
shafoat olib berolmaysizmi? – O‘shanda biz bexavotir yurar edik.
Mavlono Fazliddin o‘ylanib turdi-yu:

Sizni bunga ishontirolmayman Bayju, – dedi.– Chunki pod
-
shohning joniga qasd qilgan odamlarni ayovsiz jazolash haqida 
farmon chiqarilgan. Bobur mirzo shu farmonga imzo chekkan-
lar. O‘zlari sohibdil shoir, ma’rifatlik inson bo‘lsalar ham podshoh-
lik bilan fotihlik u kishini murakkab ziddiyatlarga duchor qilgan. 
O‘shanda La’l Chand uni askarlari bilan adashtirib, yo‘q qilib yubor
-
moqchi bo‘lgani esiga tushsa, qahr ustida qatl ettirib yuborishi
mumkin.

Bu rost, – dedi Tohir tog‘asining so‘zini ma’qullab, – Hatto men... 
endi saroyga xizmatga qaytishdan cho‘chiymen. Bobur mirzoni chin 
dildan yaxshi ko‘rsam ham uning shafqatsiz muhitidan uzoqroq yur-
gim keladi.

Undoq bo‘lsa, endi mening akam najotni faqat sizdan kutadi, 
mavlono Fazliddin!

Men unga qo‘limdan kelgan yaxshilikni qilishga tayyormen. 
Kelgusi juma Dehalpurga kelsin. Faqat... o‘zini... Sizning nomingiz bi-
lan atasin. Iloji bo‘lsa qiyofasini sal o‘zgartirsin.

Akamning o‘zi ham soch-soqol o‘stirib, tanish qiyin bo‘lgan qi-
yofaga kirgan.

Juda soz. Balodan hazar deydilar. Fili bilan qurilishda ishlab 
o‘zini o‘nglab olsin, so‘ngra yana kengashib ko‘rurmiz!
Tabib Bayju akasi La’l Chandni kelgusi haftada Dehalpurga mav
-
lono Fazliddin oldiga yuboradigan bo‘lib ketdi.


435
Agrada sershamol yomg‘ir fasli boshlangan saraton kunlarining 
birida Tohir saroyga – Boburning huzuriga keldi.
Devoni xosning marmar ayvonida o‘tirgan Bobur uni zo‘rg‘a ta-
nidi – Tohirning soch-soqoli oqarib ketgan. Yuzidagi chandiqdan 
tashqari, engagi aralash bo‘yniga go‘yo katta bir yamoq tushgan.

Xayriyat, tuzalib ketibsiz, – deb Bobur uning ko‘nglini 
ko‘taradigan gap izladi.

Ha, mulla tog‘am jonimga ora kirdilar...

Endi qalay, avvalgi xizmatga qaytmoqchimisiz?
Tohirning o‘ng qo‘li zaif, bo‘yni ham durust qayrilmaydigan bo‘lib 
qolgan, yon-veriga qaramoqchi bo‘lsa, butun gavdasini burib qarar edi.

Men endi qo‘rchilikka yaramasmen.

Bo‘lmasa ichki beklar qatorida yuravering.

Lekin men beklikni eplolmadim... Panipatda o‘zimdan o‘tdi.

Nechun?
Tohir jang bo‘ladigan kuni azonda qanday sabuhiy qilganini, ot-
dan qanday yiqilganini va qadrdon navkarini qanday shafqatsizlar-
cha urganini bir-bir aytib ber-di.
– Bek bo‘ldim, deb mag‘rurlanib zolim bo‘lib ketgan ekanmen. 
O‘lim to‘shagida yotib o‘zimni tanidim. Menga beklik... to‘g‘ri kelmas 
ekan, hazratim. O‘zim ham endi mayib odammen. Ijozat bering, mulla 
tog‘am tarhini chizgan bog‘da suvchimi, gulchimi bo‘lib qolay... Bir 
vaqtlar Quvada kichkina bog‘chamizdagi dov-daraxtlarni sug‘orishni 
yaxshi ko‘rar edim...
Bobur ayvonning jimjimalik marmar ustunlari ortidan suzib 
o‘tayotgan yomg‘ir bulutlariga tikilib og‘ir xo‘rsindi. U Tohirga yax-
shilik qilmoqchi bo‘lib beklik unvonini bergani oxir-oqibatda yomon-
lik bo‘lib chiqqan edi.
– Siz-ku, beklarning kasofat muhitidan suvchi bo‘lib qutulmoq-
chisiz. Lekin men qandoq qutulgaymen?
Bu savol Tohirni shoshirib qo‘ydi.

Siz... podshohsiz, hazratim. Beklar sizning itoa-tingizdalar.

Itoatimda bo‘lib itoat etdirurlar... Bularning shunday girdoblari 
borki, sal bexabar qolsangiz g‘arq qilib yuborurlar... Men So‘xda sizga 
aytgan gaplarim esingizdami?

Men u so‘zlaringizni hech vaqt unutmasam kerak...

O‘shanda, siz, umrbod huzuringizdan ketmasmen, degan edin-
giz-ku!


436

Hazratim, men u vaqtda sog‘lom yigit edim... Hozir ahvo- 
lim bu...

Saroyda mening xilvatxonamga qaraydigan durust odam yo‘q. 
Shu ishni siz olsangiz. Xilvatxona – Boburning yolg‘iz o‘tirib ijod 
qiladigan joyi ekanini Tohir bilar, Bobur hayotining eng dilkash 
tomoni uning ijodida ekanini sezardi. Lekin saroyning murakkab, 
bo‘g‘iq muhitidan ko‘ngli qolgan Tohir bog‘da, tog‘asining yonida 
ishlashni istardi.

Hazratim, qulingizni ma’zur tuting. Men bog‘da ishlaymen, deb 
ahd qilgan edim...

Bog‘da ham xilvatxona bo‘lur, – dedi Bobur. – Qurib bitirilsa 
unga ham siz qaragaysiz. Ma’qulmi?
Endi «yo‘q» deyishning iloji qolmadi. Boburning so‘zini ikki qilib 
o‘rganmagan Tohir qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi-yu, rozilik berdi.
Agra qal’asidagi xilvatxona devoni xos bilan podshoh oshxonasi-
ning oralig‘ida edi. Bir oydan beri davom etayotgan yomg‘ir fasli hali-
beri tugaydiganga o‘xshamas, ba’zi kunlari besh-o‘n martadan jala 
quyib o‘tardi. Yog‘in-sochinli kunlarda Bobur ko‘proq Agrada ishlay-
di. Xilvatxona – ichma-ich qurilgan uch xonadan iborat. Bu xonalarn-
ing mayda-chuyda ishlarini to‘rtta savdar qiladi, lavozimi «oftobachi» 
deb ataladigan Tohir ularga boshliq. Eng ichki xonada qog‘oz, qalam 
va Bobur tayinlagan kitoblar turadi. Berigi xonaga dasturxon solinib, 
Bobur xush ko‘radigan gulob, norinj sharbati, anba mevasi* qayla*, 
tanbul bargi* va mag‘zi qizil fufal yong‘og‘i qo‘yilgan. Bir kuni Tohir 
dasturxonga eng toza G‘azni chog‘iridan ham bir ko‘zacha qo‘ydirgan 
edi, Bobur:
– Chog‘ir majlisi xirgohda bo‘ldi, bas, – dedi.
Shundan keyin Tohir xilvatxonaga ichkilikni yo‘latmaydigan 
bo‘ldi. Bobur ichki uyda tuni bilan ishlasa Tohir ham tong otgun-
cha uxlamay, uning tinchini qo‘riqlab chiqar edi. Uning tashqi xon-
ada uyg‘oq o‘tirishini biladigan Bobur goho ichkaridan chiqib kelib, 
g‘alati savollar berardi:

Badaxshonda archazorlarda nafis bir o‘t bo‘lur edi, esingizda
-
mi? Dahkat atrofida, Osmon Yaylovda ham mo‘l edi. Rangi havorang. 
Men bir daftarga yozib qo‘ygan edim... Kobulda qolganmi? Yo‘q.

Ot yeydimi?

Ha, yaxshi yeydi. Bo‘yi past-past, yerdan to‘p-to‘p bo‘lib chiqur.

Betakamikin?


437

Ha, ha, betaka ham derlar, lekin asli butaka! Buttalab o‘sgani 
uchun butaka der ekanlar. Men buning vajhi tasmiyasini* Badax-
shonda eshitgan edim.
Bobur qidirgan so‘zini topganidan mamnun bo‘lib ichkariga kirib 
ketdi. U Tohir bilan birga ko‘rgan joylari, birga boshdan kechirgan 
voqealarining mana shunaqa tafsilotlarini so‘rab, aniqlab olgan kun-
lari Tohirning ham ko‘ngli ko‘tarilib yurardi. U Boburning o‘z ko‘rgan 
kechirganlari haqida katta kitob yozayotganini eshitgan edi. Endi To-
hir ham shu kitobning yozilishiga bir qadar ishtirok etayotgani uchun 
«har qalay, bu yerda o‘tgan kunlarim zoe ketmaydiganga o‘xshaydi», 
deb qo‘yardi. Bir kun tun yarimlaganda Bobur xilvatxonadan xomush 
bo‘lib chiqdi-yu, hazin tovush bilan bir to‘rtlik o‘qib berdi:

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə