Pirimqul Qodirov Yulduzli tunlar 480. indd



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/39
tarix17.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#110873
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
yulduzli tunlar 0

natu g‘am ko‘rgan, Osoyishi kam ko‘rgan mendek yana bir bormu?
She’rning g‘amgin va sehrli ohangidan ta’sirlangan Bobur:

Yaxshi o‘qiding, – dedi o‘g‘liga. – Istaymenki, men ko‘rgan 
qayg‘ularu shafqatsizliklarni ilohim sen ko‘rmagin.

Xo‘p, hazratim, men faqat siz bilgan ajoyibotlarni bilsam bas!
Ota-bola suhbatga berilib arkka qanday yetganlarini sezmay 
qoldilar. Keyin ular darichalari Shohi Kobul tog‘iga qarab ochiladi-
gan xushhavo xonai xosda o‘tirganlarida
Humoyun qo‘liga qog‘oz va 
qalam oldi-yu, otasi ixtiro qilgan Xatti Boburiy harflari bilan bir bayt 
she’r yozdi:
Turklar xatti nasibing bo‘lmasa, Bobur, ne tong, Boburiy xatti em-
asdur, xatti Sig‘noqiydurur*.
Bobur so‘nggi daf’a Samarqandda yuz bergan mash’um voqealar-
ni va Xatti Boburiyni maktabda bolalarga o‘rgatgan muallimning 
toshbo‘ron qilib o‘ldirilishini eslab «uh» tortdi.
Bir vaqtlar Ulug‘bekni halok etgan yovuz kuchlar uning rasadxo-
nasini qayta tiklamoqchi bo‘lgan Boburni ham dinsizlikda va rofiziy
-
likda ayblab, hatto qo‘shinning ko‘p qismini shunga ishontirgani 
Qizilqumdagi mag‘lubiyatga zamin yaratgan edi. Shundan beri Bobur 
o‘zi ixtiro etgan xatni joriy etish fikridan butunlay qaytgan edi.


365

Senga buni qaysi mualliming o‘rgatdi? – so‘radi Bobur Humo-
yunning yozuviga ko‘z yugurtirib.

Mirbadal xattotdan o‘rgandim... Humoyunning yozuvida xato 
bo‘lmasa ham, lekin hali bu xatga qo‘li o‘rganmaganligidan harflar 
notekis chiqqan edi.

Senga manzurmi?

Juda! Belgilari oz. Tez yozish mumkin. O‘qishi jo‘n.

Unday bo‘lsa ko‘proq mashq qil. Minba’d menga maktub yoz-
sang, shu xat bilan biti. Men ham senga shu xat bilan javob yozurmen. 
Maxfiy tutmoq oson bo‘lur. Humoyun podshoh otasi bilan maxfiy 
xatlar yozishini ko‘z oldiga keltirdi-yu, ko‘nglida yana issiq bir iftixor 
tuyg‘usi mavj urdi. Otasiga mehri toblanib, uning ko‘ngliga yoqadigan 
yana bir ish qilgisi keldi.

Hazratim, lozim bo‘lsa, endi musiqadan bir imtihon qilib ko‘ring.

Qani, qani!
Humoyun savdarboshiga afg‘on rubobini keltirishni buyur-
di. So‘ng dur va sadaf bilan bezatilgan, tog‘lar sadosini eslatuvchi 
ulug‘vor tovush beradigan bag‘ri keng rubobni sozlab, avval navo 
yo‘lida bir kuy chaldi, keyin savtga o‘tdi. Bobur qulog‘iga juda yoqimli 
tuyulgan bu savtni darhol tanidi.
«Chorgoh savti» deb atalgan bu kuyni bultur Boburning o‘zi
bastalagan edi. Humoyun buni ham izlab topibdi-da! Yoki murab-
biylari unga ataylab otasi yozgan she’rlarni yodlatib, otasi bastala-
gan kuyni o‘rgatib, shu yo‘l bilan podshohdan tahsin eshitmoqchi-
mikinlar?
Murabbiylarda shunday bir xushomad bo‘lganda ham Humo-
yunning o‘zi kuyni samimiy ixlos bilan chalayotgani bilinib turardi. 
Bola o‘zining boyagi so‘zini – otasining ijodidan ibrat olishga havasi 
zo‘rligini hozir chindan isbot qilmoqda edi.
Bobur o‘g‘li chalayotgan go‘zal kuyga quloq solib turib, ko‘ngli za-
vqli tuyg‘ularga to‘lib ketdi.
Endi o‘zining hayoti ham unga eng yorug‘ va tiniq tomonlari bi-
lan ko‘rina boshladi. Axir u ham bir vaqtlar Humoyun kabi beg‘ubor, 
musaffo yoshlik damlarini boshdan kechirmaganmidi? Uning hayoti 
ham tiniq bir buloq bo‘lib oqmaganmidi? Keyin bu buloqning ustiga 
jarlar qulab, uni loyqalatdi. Lekin hali bu buloq qurigan emas, uning 
obihayoti Humoyunning qalbini ham obod qilgani mana hozir bilinib 
turibdi.


366
Bobur o‘zi bilan o‘g‘lining orasida ajib bir bog‘lanish borligini bu-
gun birinchi marta aniq sezdi. Otaning hayoti o‘g‘lining hayotida aynan 
takrorlanmasa ham, lekin yangi bir tarzda davom etishi mumkinli-
giga, agar o‘g‘il astoydil otaga sodiq bo‘lsa, unga tortsa, otaning umri 
o‘g‘ilning umriga ulanib ketishiga Boburning endi ko‘zi yetdi. Shunday 
bo‘lgach, Humoyunni atkasi, onasi va murabbiylari Boburga ixlosmand 
qilib tarbiyalaganlari, unga otasining fazilatlarini saralab olib berishga 
intilayotganlari katta bir ne’mat emasmi? Boburning o‘zi ham o‘g‘liga 
faqat fazilatlarini ravo ko‘radiku. Faqat shundagina o‘g‘il u qilgan xa-
tolarni qilmasligi, u tortgan azoblarni tortmasligi mumkin. Fazilatlar... 
Bobur o‘z fazilatlarini bugun o‘g‘li orqali allanechuk saralangan holda 
ko‘rib, ko‘ngli ko‘tarildi, o‘ziga birdan hurmati ortdi.
Keyin u Humoyunning atkasi Qosimbekni saroyga chaqirtirib, 
unga bosh-oyoq sarupo va ot in’om qildi. Shahzodaning boshqa mu-
rabbiylari va muallimlari ham katta-katta hadyalar oldilar.

Senga ne in’om qilay, ayt! – deb Bobur o‘g‘liga kulimsirab tikildi. 
Humoyun kitob yig‘ishni yaxshi ko‘rardi. Uning alohida bo‘lmani egal-
lagan xos kutubxonasidan tashqari, xobgohida ham kitob to‘la javon-
lar bor edi. To‘shagining bosh tomoniga xushbo‘y sandal daraxtidan 
ishlangan javon qo‘yilgan, otasining she’riy devoni javonning alohida 
tokchasida yolg‘iz turar edi.

Yana yangi she’riy kitoblar yozsangiz, – dedi Humoyun otasiga 
uyalinqirab ko‘z tashlarkan, – mana shu alohida tokcha sizning asar-
laringiz bilan to‘lsa... O‘g‘lingizning tilagi shu!
Bobur zavq bilan qah-qah urib:
– E-ha, sening bu tilagingni o‘rinlatmoq uchun men bir umr 
mehnat qilmog‘im kerak- ku!.. – dedi. – Mayli, «yaxshi niyat – yarim 
davlat» derlar. Bugundan boshlab sen uchun bir she’riy kitob boshla-
gaymen. Qani, daftaringni ber...
Humoyun muqovasi oltin suvi bilan ziynatlangan, nafis varaqlari
-
ga hali hech narsa yozilmagan yangi daftarini otasiga ikki qo‘llab 
tutdi.
Bobur xona to‘ridagi miz yoniga kelib o‘ltirdi-yu, birdan o‘g‘liga 
mehri toblanib, hayajon ichida:
«Jigarim bilan jonimga payvand farzandim!»– deb yozdi.
O‘zidagi otalik mehri va Humoyundagi farzandlik sadoqati tojdor 
otalar va valiahd o‘g‘illar orasida juda kam uchraydigan nodir tuyg‘ular 
ekanini, Ulug‘bek bilan Abdullatif orasida bo‘lib o‘tgan fojialarga sol-


367
ishtirganda, u o‘z o‘g‘lidagi samimiy hislarni qanchalik qadrlashi, qan-
chalik asrab-avaylab, kamolga yetkazishi zarurligini shu lahzada butun 
vujudi bilan his qildi. Qalbini to‘ldirgan otalik tuyg‘usi she’riy ohang bi-
lan qog‘ozga tusha boshladi: «Davlatu baxt bila Humoyun bo‘l, komron 
bo‘l, jahonda yuz tuman obro‘yi izzat ko‘r!»
Bobur yozishdan to‘xtab o‘rnidan turdi:
– Davomini keyin bitgaymen!.. Kitobning nomi sening ismingga 
qofiya bo‘lg‘usidir!.. Bobur o‘sha yili yozib tugallagan she’riy kitob – 
«Mubayyin» – Humoyunning nomiga chindan ham qofiyadosh edi. 
U o‘g‘lining daftariga bitgan ezgu tilaklarini ham shu kitobga she’riy 
satrlar shaklida joylab, hammasini san’atkor xattotga ko‘chirtirdi-da, 
Humoyunga taqdim qildi.
Humoyun shu vaqtgacha otasidan olgan sovg‘alar orasida eng ul-
kani va bebahosi – mana shu she’riy kitob ekanini sezib, uni qayta-
qayta ko‘zlariga surdi...
U arab tilida yozilgan, murakkab fiqx kitoblarini tushunolmay 
qiynalib yurar edi. Otasi taqdim qilgan «Mubayyin» fiqxning qonun-
qoidalarini ravon turkiy tilda go‘zal masnaviylarda ifodalab, Humo-
yun uchun ham darslik vazifasini bajarar, ham unga she’riy zavq 
berardi. Eng muhimi, uning otasiga bo‘lgan mehri, ixlosi shu kitob 
tufayli yangi bir kuch bilan o‘sib borardi.
Humoyun o‘n besh yoshga kirganda uning kitob javonida otasi-
ning yana bir asari – aruz ilmiga bag‘ishlangan «Muxtasar» paydo 
bo‘ldi. Humoyunning endigi istagi – otasining o‘smirlik yillaridan beri 
yozib yurgan «Vaqoi’» nomli kitobini o‘qish edi. U otasining eng katta, 
eng maroqli asari mana shu ekanini onasi Mohim begimdan eshitgan 
edi.
Humoyun o‘n olti yasharligida otasi unga Badaxshon viloyatini 
berib, askar va savdari bilan Kobuldan kuzatib qo‘ydi. Humoyun 
tog‘lar orasida otasi bilan xayrlashayotganda oila a’zolari o‘zaro «Bo-
burnoma» deb atay boshlagan o‘sha «Vaqoi’» kitobidan bir nusxa 
ko‘chirtirib yuborishni iltimos qildi.
O‘g‘lining boshqa ko‘p iltimoslarini so‘zsiz qabul qilgan Bobur bu 
gal yerga qarab bosh chayqadi:

Hali u kitob bitgan emas. O‘lda-jo‘lda yotgan asarni ko‘chirtirib 
bo‘lmas.

Qachon bitkurursiz, hazratim? Men intizormen! Bobur o‘g‘lining 
yuziga xomush nazar bilan tikildi.


368

Ko‘p intizor bo‘lma. Chunki u kitobning bitishi uchun mening 
umrim tugashi kerak. Humoyun seskanib tushdi:

Nechun bunday deysiz?
«Boburnoma»ning davomi ancha vaqtdan beri yozilmay yurar 
edi. Qizilboshlar bilan tuzilgan ittifoq, Bobur vataniga begona 
qo‘shinni boshlab borib, mag‘lubiyatga uchraganlari... buni yozish u 
yoqda tursin, hatto eslashdan ham yuragi bezillar edi. Nahotki umr 
kitobining so‘nggi bobi shu bo‘lsa? Bobur eng yirik asarini bu tarzda 
yozib tugatolmasligini sezardi. Uni ko‘ngildagidek tugallash uchun 
esa o‘sha mag‘lubiyatlar zahrini yuvib ketadigan katta g‘alabalarga 
erishishi kerak edi. Mana endi o‘g‘li Humoyun ulg‘ayib, yoniga kir-
yapti. U Humoyunning so‘nggi gapdan iztirobga tushganini sezib:

Mening so‘zimdan tashvishlanma, – dedi. – Men «Vaqoi’»ni um-
rim bo‘yi yozmoqchi bo‘lganim uchun shunday dedim. Orzuyim bor-
ki, uning kelgusi boblariga sening ham yaxshi ishlaring bitilgay. Zora 
o‘zim ham... bu kitobning poyoniga yorug‘ yuz bilan yetsam.

Hazratim, undoq bo‘lsa, ilohim «Boburnoma»ni yana ellik yil 
yozing, yuz yil yozing!

O‘shangacha kutishga sabr-toqating yeturmikin?– deb kuldi 
Bobur. Humoyun jiddiy turib:

Tangrim oldida ont ichib aytamenki, sabr-toqatim umrim yet-
gunicha yetur! – dedi.
Kobul daryosining bo‘yida Bobur egachisi Xonzoda begim uchun 
qurdirgan Bog‘i Dilkushoning ko‘k marmar ko‘shkida mavlono Fa-
zliddin cho‘kka tushib o‘ltiribdi. Undan pastroqda mavlononing so-
qol-mo‘ylovi ko‘zga ko‘rinib qolgan o‘g‘li odob bilan qo‘l qovushtirib, 
yerdan ko‘zini olmay sukut saqlaydi.
Nafarmon kabo kiygan, yuziga oq harir parda tutgan Xonzoda be-
gim siniq tovush bilan to‘xtab-to‘xtab so‘zlaydi:

Hammadan ko‘ra.. o‘lgan odamga qiyin ekan, mavlono. O‘lgan 
qaytib kelmas ekan... Tiriklar... oh-voh qilib, ming kuyib-yonsalar 
ham, axiri bir kun... tasalli topar ekanlar. Mana, o‘zimdan qiyos...

Begim, bu zamonda tiriklarga ham oson emas. Mening Andijon-
dan bosh olib chiqib ketganimga yigirma uch yil bo‘ldi. Shundan beri 
sizning boshingizga qancha kulfatlar tushdi! Biz qancha balolarni 
ko‘rdik.
Xonzoda begim Andijonda qolib ketgan yoshlik yillarini ko‘z ol-
diga keltira boshladi.


369
Mavlono Fazliddin o‘shanda qanchalik ko‘hlikyigit bo‘lganiga 
hozir ishonish qiyin. Azob-uqubatlarga to‘lib-toshgan so‘nggi o‘n yil-
liklar uning bo‘yinlariga ham ajinlardan to‘r solib ketgan, qo‘llarini 
suyakday qotirib, tomirlarini bo‘rttirgan, yelkasini bukchaytib, olt-
mish yoshlik mo‘ysafidga o‘xshatib ketgan. Holbuki, u endi ellik uch 
yoshga kirgani Xonzoda begimga ma’lum edi. «O‘zimchi?» deb be-
gim har kuni ko‘zguda ko‘radigan aksini xayolidan o‘tkazdi. Xonzoda 
begimning old tishlaridan uch-to‘rttasi tushib ketib, lablari burisha 
boshlagan, sochi siyraklashib, kulrang tusga kirib qolgan edi. Go‘zal 
yoshliklari endi hech qachon qaytib kelmasligi, umrlarining eng yax-
shi yillari ochilmay so‘lgan gulday umrbod xazon bo‘lganligi Xonzoda 
begimning yurak-bag‘rini timdalab o‘tdi.

Mavlono, o‘g‘lingiz necha yoshdalar?

Yigirma birda, begim.
Xonzoda begim halok bo‘lgan Xurramshohning tirik bo‘lsa hozir 
yigirma ikki yoshga kirishini esladi. Bu yo‘qotishning unutilmas ala-
mi keyingi dardi ustiga qo‘shildi-yu, ko‘ziga yosh quyilib keldi:
– Ishqilib, o‘g‘lingizning umri uzoq bo‘lsin. Men ko‘rgan musibat 
sizning boshingizga hech vaqt tushmasin, mavlono. Men endi tirik 
qolmayman degan edim. Yolg‘iz o‘g‘limning ketidan ketaman degan 
edim. Lekin jonim qattiq ekan.
Mavlono begimning yig‘isidan sarosimaga tushib o‘g‘liga bir qar-
ab oldi. So‘ng begimning xayolini boshqa yoqqa burish uchun o‘zining 
boshiga tushgan azob-uqubatlardan so‘zlashga tushdi:
– Hirotlar ham juda notinch bo‘lib ketdi, begim. Shoh Ismoil sha-
harni olib, sunniylarni quvg‘in qildi. Keyin yana shayboniyzodalar 
shaharni bosib olib, shia tarafdorlarini qatag‘on qildi. Shia mozor-
larini ochirib, Marvda Shayboniyxonni o‘ldirtirgan ruhoniylarning 
suyaklarini to‘plarga solib ottirdilar. Keyin ko‘p o‘tmay, Hirotni yana 
qizilboshlar ulardan tortib olishdi. Qasd olish qaytadan boshlandi. 
Hammayoq alg‘ov- dalg‘ov. Kamoliddin Behzod Hirotdan Tabrizga 
shoh saroyiga xizmatga olib ketildi. Mavlono Xondamir shahardagi 
to‘polonlardan bezib, ota yurtlaridagi uzoq bir qishloqqa chiqib ket-
dilar. Bizga o‘xshagan musofirlarning ahvoli bundan ham battar 
bo‘ldi... O‘g‘limiz Aloviddin Hirotda sangtaroshlik san’atini o‘rgangan 
edi. Lekin san’at bilan kimning ishi bor? Axiri, shoir Muhammad Sul-
ton bilan maslahatni bir joyga qo‘ydigu Bobur mirzodan panoh istab 
Kobulga keldik.


370
Bu gaplar davomida Xonzoda begim ko‘z yoshlarini artib, o‘zini 
ancha bosib oldi:
– Kelib behad yaxshi qilgansiz, mavlono... men sizga bir omonat-
ingizni qanday qaytarishni bilmay yurgan edim.
Mavlono Fazliddin ko‘zlari pirpirab:

Qaysi omonatim? – dedi. Xonzoda begim ma’yus kulimsirab:

Hozir, – dedi-yu, o‘rnidan ko‘tarildi va to‘rdagi o‘ymakor eshik-
dan ichkariga kirib ketdi.
Ko‘p o‘tmay u bir xizmatkorga oq ipak matoga o‘ralgan narsani 
ko‘tartirib qaytib chiqdi. Begimning ishorasi bilan xizmatkor ha-
ligi narsani mavlono Fazliddinning oldiga qo‘ydi-da, ta’zim qila-qila 
orqasi bilan yurib chiqib ketdi.
– Mavlono, ochib ko‘ring, – dedi Xonzoda begim.
Mavlono Fazliddin o‘ramni sekin ochdi-yu, chetlari sarg‘ayib ket-
gan chizmakashlik qog‘ozlarini ko‘rdi. So‘ng ularni avaylab varaqlar 
ekan, o‘zining Andijonda qurmoqchi bo‘lib, Xonzoda begim bilan 
bamaslahat chizgan loyihalarini tanidi. Yigitlik orzulari xayolida qay-
tadan uyg‘onib, ko‘zlari chaqnab ketdi. Andijonda qurilmay qolgan 
obidalarning loyihasini shuncha yildan beri asrab olib yurgan Xonzoda 
begim unga hozir o‘sha oshiqlik paytidagidek nafis va jozibali ko‘rindi. 
O‘shda, qoyatosh ustida noxosdan begimning belidan olgan paytidagi 
shirin tuyg‘ulari uyg‘ondi-yu, yuragini zavqqa to‘ldirdi:
– Hazrat begim, siz menga jonimni qaytarib bergandek bo‘ldingiz! 
Mo

’jizani qarang! Orada shuncha yillar! Shuncha yo‘llar! Shuncha 
tog‘u daryolar!
Mavlono Fazliddinni to‘lqinlantirgan zavq va quvonch Xonzoda 
begimga ham o‘tdi. Uning tovushida shodlik jarangi eshitildi:
– Rostdan, bu loyihalar menga qo‘shilib juda ko‘p balolarni bosh-
dan kechirdi. Men qancha joyga borgan bo‘lsam, bular ham bisotla-
rimu javohirlarim orasida men bilan sargardon bo‘lib yurdi. Faqat 
oxirgi marta Qunduzdan Samarqandga jo‘naganimizda tog‘laru 
daryolardan ko‘p yuk olib o‘tib bo‘lmadi. Sandiqlarimdan bir qismi 
Qunduz qo‘rg‘onida qoldi. Shularning ichida bu loyiha ham qolgan 
ekan. Samarqandga borib ko‘p achindim. Yoz kelsa Qunduzga odam 
yuborib olib keltirmoqchi edim... Keyin haligi falokatlar bo‘ldi... Qun-
duzga qolgani yaxshi bo‘lgan ekan. Boshqa sandiqlarimning hammasi 
Hisorda fitnachi mo‘g‘ullarning ilkida qoldi... Mavlono, qarang-chi, 
hamma varaqlari joyidami?


371
Shunday deb, Xonzoda begim yuzidan harir pardasini boshi usti-
ga ko‘tarib qo‘ydi-yu, loyihalarga tikilib qaradi.

Hammasi joyida! – dedi mavlono Fazliddin uning yuziga min-
natdorona ko‘z tash-lab.

Samarqandda faqir sizning huzuringizga kirishga jur’at etol-
magan edim.

O‘zim sizni chorlamoqchi bo‘ldim. Ammo loyihalar Qunduzda 
qolganligi uchun andesha qildim...
Mavlono Fazliddin Andijonda Xonzoda begimning suratini ham 
chizganini, hozir loyihalar orasida o‘sha surat yo‘qligini begimga es-
latgisi kelib:

Balki... Suratlar yo‘qolib ketgandur? – dedi. Xonzoda begimning 
yuziga nafis qizillik yugurdi:

Hali ham musavvirlik qilmoqdamisiz, mavlono?

Hazrat begim, ko‘p yil mashq qilinmasa qo‘l musavvirlikdan 
chiqib qolar ekan... Hozir faqat me’morlik bilan mashg‘ulmen.

Andijonda chizgan suratlaringizni men alohida saqlamoqdamen, 
– deb Xonzoda begim mavlononing o‘g‘liga iymanib ko‘z tashladi.
Bo‘y yetib qolgan bu yigit oldida o‘zlarining yoshlik muhabbat-
larini eslatuvchi suratni Xonzoda begim ataylab olib chiqmaganini 
mavlono Fazliddin endi sezdi.

Lutfan siz haqsiz, hazrat begim... O‘sha suratlar endi umrbod 
sizniki bo‘lg‘ay! Buni juda istab turgan Xonzoda begim:

Saxovatingizdan toabad minnatdormen! – dedi.
Mavlono Fazliddin qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, odob bilan bosh egdi. 
So‘ng gapni yana ochiq turgan eski loyihalari ustiga burdi:
– Men endi bularni Hirotda o‘rgangan yangiliklarim bilan 
to‘ldirgaymen. Ana undan so‘ng bemalol amalga oshirsam bo‘lur... 
faqat... bu madrasayu qasrlar qaerga qurulmog‘i mumkin? Andijon... 
uzoqda qoldi. Kobulgami?
Xonzoda begim ma’yus bosh chayqadi:
– Kobul – biz orzu qilgandek qudratli davlat emas, mavlono. 
«Ulug‘ me’morlik obidalari qurmoq uchun ulkan davlatning qudrati-
ga suyanmoq kerak» deganlar haq ekanlar. Nachora?..
Mavlono Fazliddin oldida ochiq turgan tarhlarga g‘amgin ko‘z 
tikib:
– Ha, taqdir bizni notavon qilib yaratmishdir, – dedi. Ovozi kek-
salarnikidek g‘ijirlab eshitilganini o‘zi ham sezdi-yu, qo‘shib qo‘ydi: –


372
Men endi qarib qoldim. Qirg‘inlar, to‘polonlar, fatoratlar bilan umrim 
o‘tdi. Lekin nahotki bu hammasi uzluksiz davom etaversa? Axir bir men 
emas, o‘nlab zakovatli olimlar, hunarpeshalar, shoirlar jaholat dovuli 
bilan Movarounnahru Xurosondan quvilmishlar. Ilgari qora kuchlar 
bizni Andijondan quvsalar, Samarqanddan panoh topar edik. Samar-
qand johillari kun bermasalar Hirotdan najot izlar edik. Endi Andi-
jonu Samarqand ham, Buxoroyu Hirot ham – barchasi ko‘chmanchi 
sultonlaru diniy adovatlar dovulidan zir titramoqda. Dovul uchirgan 
xazonday vatanidan quvilgan qancha ma’rifatlik olimu san’atkorlar, 
qancha nodir iste’dodlar behuda hayf bo‘lib ketmoqdalar. Bizning va-
tandan ayrilishimiz – daryoning o‘zanini yo‘qotib, dashtu biyobonga 
toshib chiqib ketishiga o‘xshaydir. Amudaryo bir vaqtlar shu kuyga 
tushgan ekanu to o‘ziga yangi yo‘l solib, boshqa bir dengizga borib 
qo‘yilguncha u yoqdan-bu yoqqa bosh urib, toshib yurgan ekan. Biz 
ham umr bo‘yi u yoqdan-bu yoqqa bosh urib munosib o‘zanimizni 
topolmaymiz. Endi bu kajraftor falak hech bo‘lmasa farzandlarimiz-
ga rahm qilsin! Biz bo‘lmasak, bular o‘zlariga munosib o‘zan chopib, 
yangi bir madaniyat dengiziga borib quyilsinlar! Umr bo‘yi o‘z ijodiy 
rejalarini amalga oshirolmay kuyib yurgan iste’dodning bu alamli ni-
dosi Xonzoda begimni titratib yubordi.

Mavlono, faqat siz emas, Bobur mirzo ham o‘zanini yo‘qotgan 
daryodek bezovtalar!

Bilamen, taqdir ul hazratga ham o‘gaylik qilmishdir!

Ammo Bobur mirzo sargardon bo‘lib yurgan iste’dodlar dary-
osini bir joyga yig‘moqchilar, nasib bo‘lsa, ilmu san’atning yangi bir 
dengizini barpo qilmoqchilar.

Biz uchun so‘nggi umid hali ham Bobur mirzodirlar. Shuning 
uchun o‘g‘lim bilan Kobulga keldik.

Qaerga joylashdilaringiz, mavlono?

Jiyanim Tohirbeknikiga tushdik. O‘zi safarda ekan...
Ota-bola ikkovlari ham eski kiyim kiyishgan, rang-larini juda old-
irib qo‘yishgan. Ularning moddiy jihatdan ham qiynalib yurganlarini 
sezgan Xonzoda begim yana o‘rnidan turib, ichkari xonaga kirib ket-
di. Qabosining cho‘ntagidan kalit olib, tokchada turgan po‘lat sand-
iqni ochdi.
Inisi Bobur mirzo Xonzoda begimga eng nufuzli a’yonlari qatori 
ulufa tayinlagan edi. Har oyda xazinadan charm hamyonga solingan 
ming dinor oltin kelib turar edi. Xizmatkorlar begimga berilgan mul-


373
kning ekin-tikini bilan tirikchilik o‘tkazishardi. Begimning bir o‘ziga 
ko‘p pul ketmas, shuning uchun xazinadan kelgan oltin to‘la hamyon-
larning anchasi po‘lat sandiqda taxlanib turar edi.
Xonzoda begim mavlono Fazliddinning kichikroq bir hovli va ot 
sotib olishi, kiyim-kechagi, uch-to‘rt oylik tirikchiligi uchun qancha 
pul ketishini chamalab ko‘rdi-da, ming dinorlik hamyonlaridan ik-
kitasini oldi. So‘ng ularni boyagi xizmatkorga berib, oltin barkashda 
ko‘tartirganicha ota-bolaning oldiga qaytib chiqdi.
Mavlono Fazliddin hamyonni ko‘rib, xijolat cheka boshladi. Xon-
zoda begimdan pul olish unga og‘ir edi.
– Mavlono, bu hamyonlar Bobur mirzoning xazinalaridan kelm-
ishdir. O‘zlari bo‘lmaganliklari uchun ulufalarini men sizga top-
shirmoqchimen. Biri – o‘g‘lingiz Aloviddinga. Marhamat! Olingiz!
Aloviddin qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, endi birinchi marta og‘iz ochib 
gapirdi:
– Rahmat, hazrat begim, biz sizdan behad minnatdormiz!
Uning yoqimli tovushi va so‘zlarni mayin talaffuz qilishi mavlono 
Fazliddinning yigitlik paytini eslatar edi... Shu tufayli ota-bola ikkovi 
ham begimga benihoya aziz ko‘rinardi.
Amudaryo tomondan tog‘ oshib uchib kelgan turnalar Kobuln-
ing ustidan janub-sharq tomonga o‘tmoqda edilar. Arkning tillakori 
ayvonida Mohim begim bilan nonushta qilib o‘tirgan Bobur turnal-
arning qisqa va sirli tovush bilan «qurey»lashini eshitdi-yu, o‘rnidan 
turib, ayvon chetiga bordi va osmonning ovoz kelayotgan tomoniga 
tikildi... Ko‘kda egilib-chayqalib kelayotgan bir shoda qora marjon-
ni ko‘zlari bilan qidirib topgandan keyin turnalarning tovushi unga 
go‘yo aniqroq eshitila boshladi.
Go‘zal va tiniq «qur-ey», «qur-ey»larda qandaydir horg‘inlik 
ohanglari borga o‘xshardi va turnalarning uzoq-uzoqlardan uchib 
kelayotgani esga tushar edi. Balki ular shu kelishda Andijonning usti-
dan uchib o‘tirgandirlar? Yoki Toshkent va Samarqand atroflaridagi 
so-kin suvlar bo‘yiga qo‘nib dam olgandirlar?
Bu o‘ydan Boburning qalbini alamli bir sog‘inch tuyg‘usi chulg‘ab 
oldi. Hatto shu turnalar ko‘rib kelayot-gan joylarni u endi borib 
ko‘rolmaydi. Ko‘li Malikda va G‘ijduvonda yengilib, Hisorda fitnachilar 
xiyonatidan abgor bo‘lib qaytganiga, mana, o‘n uch yil bo‘lyapti. Bobur 
shundan beri qaltis harbiy yurishlardan o‘zini tiyib yuribdi. Mo‘g‘ul 
beklarining xiyonatlarini Qunduzdayoq bila turib, yana o‘shalarga va 


374
qizilboshlarga tavakkalchilik bilan suyanib ish qilgani uning vataniga 
qaytadigan barcha yo‘llarini bekitib tashlagan edi.
Turnalarning uzoqlashib so‘nib borayotgan tovushlari ta’sirida 
Boburning ko‘ngliga: «Endi tug‘ilib-o‘sgan yurtingga umrbod qaytol-
maysan!» degan alamli o‘y keldi-yu, yuzi birdan tundlashdi. Orqasiga 
o‘girilib, savdarboshiga chog‘ir keltirishni buyurdi. Mohim begim 
dasturxon yonidan Boburga tomon kelar ekan:
– Hazratim, ertalabdan chog‘ir? – deb taajjublandi. Hozir farzand-
laringiz salomga kelurlar... Ana, mirzo Hindol atkalari bilan kelmo-
qdalar.
Boshiga kichkina ipak salla o‘ragan, murassa’ kamariga kichkina 
qilich taqilgan sakkiz yoshli mirzo Hindol ayvonning baland zina-
poyasidan kattalarday qo‘l qovushtirib, ta’zim qilib chiqdi. Otasi buni 
ko‘rib beixtiyor jilmaydi. Hindolni yelkasidan quchib erkalatdi, keyin 
uni yoniga olib, zarbof ko‘rpacha ustiga o‘ltirdi.

Qilich taqib olibsiz, amirzodam, jangga bormoqchimisiz? – deb 
hazillashdi. Hindol katta-katta ko‘zlarini chaqnatib Mohim begimga 
bir qarab oldi. Mohim begim «Ayting!» deganday bosh irg‘adi. Shun-
da Hindol burro til bilan otasiga:

Meni ham olib boring, – dedi.

Qayerga?

Hin... Hindistonga.

Hindistonda nima qilmoqchisiz?

Yo‘l... yo‘lbarsni ko‘ramen...

Ana xolos! – deb Bobur kuldi. – Biz sizga Hindol ismni bersak, 
siz faqat Hind yo‘lbarsini tomosha qilmoqchisiz xolosmi?
Bola qizarib:
– Yo‘q, – dedi va jajji qilichining sopini qisimiga oldi. – Agar 
yo‘lbars... «eyman» desa, men mana shu qilich bilan uni uramen!
Bobur Hindolni yana yelkasidan quchib erkalatdi:
– Barakallo! Unday bo‘lsa sizni Hindistonga albatta olib borur-
miz...
Shu payt ayvon zinapoyasidan oltin ko‘zachada chog‘ir olib 
chiqayotgan sharbatchi ko‘rindi. Mohim unga qo‘li bilan «Qayting!» 
ishorasini qildi. Sharbatchi Boburga qo‘rqa-pisa ko‘z tashladi-da, un-
ing o‘g‘li bilan ovunib, chog‘irni esidan chiqarganini sezdi va zinadan 
sekin qaytib tushib ketdi. Bobur Hindoldan xat-savodni qanchalik 
o‘rganganini, qanaqa she’rlar yod bilishini so‘radi.


375
– Men qur’on oyatlaridan yod bilurmen. Kulhu ollohu ahad...

Hindolning she’rga unchalik ishi yo‘q, – deb izoh berdi Mohim 
begim. – Bunga o‘yin bo‘lsa, yoydan o‘q otsa, ot chopsa bas. Kitobga 
xushi yo‘q.

Balki yoshi kichik bo‘lgani uchundur?

Gulbadan bundan uch yosh kichik. Ammo savodi Hindoldan 
yaxshi. Hozir ko‘rursiz... Qizcha kitobga shunchalik o‘chki, taajjubdan 
yoqamni ushlaymen.
Bobur o‘ychan tovush bilan:
– Nahot Hindol o‘sha tog‘alariga tortsa? – dedi.
Boburning bu so‘zlarida qanchalik murakkab ma’no borligini 
faqat Mohim begim tushunardi. Chunki Hindol Mohim begimdan 
emas Boburning kichik xotini Dildor og‘achadan tug‘ilgan edi. Sha-
riat beradigan ruxsat bo‘yicha Bobur ham uch xotinlik bo‘lib olgan, 
avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan bu berahm odat Mohim begimni 
qanchalik ezmasin, alamini ichiga yutib chidab kelar edi. Boburning 
ikkinchi xotini Gulruh begimdan Mirzo Komron va Mirzo Askariy ot-
liq ikki o‘g‘il tug‘ildi. Bular Humoyundan keyingi taxt vorislari edilar. 
Gulruh begim shu sababli Mohim begimga kundoshlarcha sovuq mu-
omala qilar edi. Uch xotin Kobulning uch chekkasida har biri alohida 
ko‘shkda tursa ham bir-birlarining ahvollaridan xabardor edilar. Dil-
dor og‘acha besh yilda ikki qiz tug‘di. Mohim begim esa uch marta 
farzand dog‘ini boshdan kechirdi. Uning Humoyundan keyin tuqqan 
ikki o‘g‘il, bir qizi birin-ketin o‘lib ketdi. Keyin umuman bo‘yida 
bo‘lmay qoldi. Buning hammasidan Mohim begim juda qattiq kuyib 
yurganini sezgan Bobur unga qanday tasalli berishni bilmas edi. Bir 
kuni mana shu ayvonda o‘tirganlarida Mohim begimning o‘zi: «Dil-
dor og‘acha yana homilador emishlar, – deb qoldi.– Men kuyib ado 
bo‘ldim. Endi Dildor og‘acha shu gal o‘g‘il tug‘sa ham, qiz tug‘sa ham, 
agar menga bersangiz o‘z farzandimdek tarbiyalab o‘stirar edim». 
Dildor og‘acha o‘z farzandini kundoshiga ishonib topshirishini tasav-
vur qilib bo‘lmas edi. Lekin Mohim begim Humoyunni qanchalik yax-
shi tarbiyalaganini hamma bilar, uning yana farzand o‘stirish ishti-
yoqi zo‘rligini Bobur ham sezar edi.
Dildor og‘acha Kobulning Bog‘i Yo‘ng‘ichqasida mana shu 
Hindolni tuqqanida Boburning maxsus farmoni bilan uch kunlik 
chaqaloqni arkda turadigan Mohim begimning tarbiyasiga keltirib
berdilar.


376
Bu bolani to‘qqiz oy qalbi tagida ko‘tarib yurgan Dildor og‘acha: 
«O‘g‘limdan tiriklay judo bo‘ldim», deb ancha vaqt yig‘lab-siqtab yur-
di. Bobur unga:
«Azaldan udum shundoq, – deb vaj ko‘rsatdi. Podshoh oilasida 
o‘g‘illarni katta xotin tarbiyat etmog‘i kerak. Mohim Humoyunni qan-
doq voyaga yetkazdi, ko‘rdingmi? Hozir Badaxshonda eng obro‘lik 
hokim! Xudo xohlasa, Mohim Hindolni ham shundoq voyaga yetkiz-
gusidir!»
Mohim begim Hindolni o‘z farzandidan ham ziyoda tarbiya qilay-
otgani Boburga ma’lum edi-yu, lekin bolaning tog‘a avlodlari johil va 
ma’rifatsiz odamlar edi. Dildor og‘acha Hisor va Samarqandda ko‘p 
yomon ishlar qilgan Sulton Mahmud mirzoning avlodlaridan edi. 
Shayboniyxon tomonidan o‘ldirilgan Sulton Ali mirzoga ham xesh-
ligi bor edi. Bobur Samarqandda so‘nggi gal g‘alaba bilan borganda 
va qizilboshlar bilan may ichib yurgan kunlarida Dildor og‘achaning 
husnini, xususan, dutor chalib ashula aytgandagi shirin ovozini yo-
qtirib qolib, kayf ustida uni haramiga olgan edi. Buning hammasidan 
xabardor bo‘lgan Mohim begim Boburning «Hindol ma’rifatsiz 
tog‘alariga tortmasin, tag‘in!» degan hadigini tarqatishga intildi:
– Hazratim, Humoyunning ko‘p fazilatlari Hindolda ham bor. 
Qalbi to‘la mehr. Ishonamenki, Hindol ham sizga tortgay. Egachingiz 
Xonzoda begimdan eshitganmen. Siz ham mana shu yoshda «urush-
urush» o‘ynashni behad yaxshi ko‘rar ekansiz.
Bobur yana Hindolga yuzlandi:
– Men senga kitoblar sovg‘a qilsam o‘qurmisen?
– O‘qu... o‘qurmen! – deb Hindol tutilibroq javob berdi.
Bobur munshini chaqirib, Kobul kutubxonasidan Hindolga ker-
akli kitoblarni Mohim begimga keltirib berishni buyurdi. Shundan 
keyin savdarboshi ichki xonadan bolaning bo‘y-bastiga moslab ish-
langan oltin dastali Kamoni Shoshiy olib chiqdi. Chiroyli soqdoqda 
o‘n ikkita oltin bezakli yoy o‘qi ham bor edi. Bunday chiroyli o‘q-
yoyni birinchi marta ko‘rayotgan bola nodir sovg‘ani qo‘liga olganda 
ko‘zlari quvonchdan yaltirab ketdi.
– Ana, tirandozliqni mashq qil, ammo kitob o‘qishni ham unutma! 
– deb tayinladi Bobur.
Hindol ta’zim bilan otasiga qulluq qilib, zinapoyadan pastga tush-
ib ketdi. Oradan sal o‘tmay ayvonning ichki eshigidan ellik yoshlard-
agi enaga ayol kichkina Gulbadanni qo‘lidan yetaklab chiqdi. Bu ista-


377
rasi issiq ayol – Tohirning xotini Robiya edi. Avvallari Qutlug‘ Nigor 
xonim xizmatida bo‘lgan Robiya hozir Mohim begim huzurida besh 
yashar Gulbadanga enagalik qilmoqda edi.
Bobur o‘z oilasiga yigirma to‘rt yillik qadrdon bo‘lgan Robiyaning 
ta’zim bilan bergan salomiga alik olib, u bilan iliq so‘rashdi. So‘ng qiz-
chasi Gulbadanga yuzlandi. Qo‘g‘irchoqday yasantirilgan jajji qizchan-
ing qosh-ko‘zi beixtiyor Dildor og‘achani eslatdi. Gulbadanni ham o‘sha 
go‘zal juvon tuqqan edi. Mohim begim Hindolni onalarcha suyib par-
varish qilayotganini yillar davomida kuzatib yurgan Dildor og‘acha bu 
ayolning tantiliga qoyil bo‘lgan va Gulbadanni unga o‘zi farzandlikka 
bergan edi. Bu ikki ayol endi kalondimog‘ Gulruh begimga qarshi go‘yo 
bolalar orqali ittifoq tuzgan edilar. Gulruh begim esa bir emas, ikki 
o‘g‘li bo‘y yetib kelayotganidan behad mag‘rurlanar, Komron mirzo va 
Askariylarni taxt vorisi Humoyunga qarshi raqobat tuyg‘usi bilan tar-
biyalar edi. Shu sababli Bobur ham Gulruh begimdan ko‘p ranjir, lekin 
oradagi kundoshlik balosini butunlay daf qilish qo‘lidan kelmas edi.
Murg‘ak qizchasini ko‘rgan zahoti esiga tushgan bu murakkab-
liklar Gulbadanning egilib ta’zim qilishi va shirin «assalomi» bilan 
xayolidan uzoqlasha boshladi. Bobur qizchasini qo‘lida ko‘tarib olib, 
peshonasidan o‘pdi, so‘ng dasturxon oldiga kelib, uni tizzasiga olib 
o‘tirdi. Dasturxon to‘la noz-ne’matlarni, Odinapurdagi Bog‘i Vafoda 
o‘sgan chiroyli norinj*larni ko‘rsatib:
– Ne yeysan? – deb so‘radi.
Gulbadan odob bilan bosh chayqadi – u podshoh otasining oldida 
ovqat chaynab o‘tirishdan iymanar edi. Lekin dadasining zar qo‘shib 
to‘qilgan qimmatbaho abosidagi tugmalar uni juda qiziqtirib qo‘ydi. 
Bu tugmalardan birining yuz tomoniga kichkina qilib yo‘lbars shakli 
o‘yilgan. Yo‘lbarsning ko‘zlari o‘rniga zig‘irdan ham kichikyoqut don-
alari o‘rnatilgan. Ikkinchi oltin tugmaning yuzida afsonaviy bir qush 
qanotlarini yozib tumshug‘ida kichkina gavharni olib uchib boryapti. 
Umrida bunday g‘alati tugmalarni ko‘rmagan qizcha ularning bitta-
sini qo‘lchasi bilan sekin ushlab ko‘rdi.

Senga tugmalar ma’qulmi? – deb so‘radi dadasi, Gulbadan «ha», 
deb jilmaydi. Bobur qizchasi ushlab ko‘rgan yuqorigi tugmani yulib 
olmoqchi bo‘lib bir tortdi. Lekin tugma juda mahkam tikilgan ekan, 
uzilmadi.

Hazratim, ne qilmoqchisiz? – hayratlanib so‘radi Mohim begim. 
– Qo‘ying, tugmani uzmang, axir bu sizning shohona libosingiz!


378

Hechqisi yo‘q. Zargarga buyursalar, yana bitta shundoq tugma 
yasab bergay. Bobur kamariga osilgan qindan kichkina qalamtarosh 
oldi-yu, o‘sha tugmani ipidan qirqib olib, qizchasiga berdi:

Lekin yo‘qotma. Bu qush – Humo. Ilohim senga baxt keltirsin. 
Gulbadan quvonib va hayajonlanib:

Rahmat, hazrati... oli... – dedi-yu, lekin jumlaning oxirini uncha 
kelishtirolmadi.

Meni ota deya qol qizim.
Gulbadan onasi Mohim begimga savol nazari bilan qaradi. Mohim 
«ha, ayt!» degandek bosh irg‘adi. Shunda Gulbadan qo‘lchalari bilan 
otasining bo‘ynidan quchdi-da:
– Otajon! – deb uning yonog‘idan o‘pdi.
Bobur ko‘pdan beri his qilmagan bolalarcha bir poklik va 
ma’sumlik borlig‘iga go‘yo nur bo‘lib taraldi.

Guli, – dedi Mohim begim, – endi hazrat otangga bitta hikoya 
aytib bergin. Gulbadan sekin otasining tizzasidan pastga tushdida, 
xuddi muallimga javob berayotgan talabadek tik turib, toshbaqa 
va chayon haqidagi mashhur hikoyatni aytib berdi. Xususan, tosh-
baqa chayonga yaxshilik qilib, uni daryodan o‘tkazib qo‘ymoqchi 
bo‘lganda, chayon unga zahar solishga tirishganini, so‘ng bu yomonli-
gi uchun daryoga cho‘kib o‘lganini shunday kelishtirib aytdiki, Bobur 
zavq qilib kuldi-da:

Siz so‘zlab berganmidingiz? – deb Mohimdan so‘radi.

Yo‘q, o‘zi «To‘tinoma»ni bemalol fahmlab o‘qidi. Besh yoshga 
yetmay savod chiqargan qizchani men birinchi ko‘rishim.

Gulbadanga ko‘z tegmasin, zehnu muhofazasi benazir.

Sa’diyning «Guliston»idan xiyla hikoyatlarni yod bilur. Ash’orga 
uncha o‘ch emas. Ammo nasriy hikoya xotirasiga so‘zma-so‘z naqsh-
lanib qolur. Bog‘da, ko‘chada ko‘rganlarini ham kelishtirib hikoya qi-
lur. Men o‘zimcha orzu qilurmenki, Gulbadan shoira bo‘lmasa ham 
hazrat otalarining nasrnavisligini meros olsa ne ajab?

O, nasr yozmoq uchun qanchalik ko‘p savdolarni boshdan ke-
chirmoq kerak, Mohim! Gulbadan ota-onasining gaplariga yaxshi 
tushunayotganday sergaklanib quloq solmoqda edi. Uning katta-
katta shahlo ko‘zlarida qandaydir umid, ayni vaqtda, xavotirlik 
borga o‘xshardi. Go‘yo uning otasidan kutgan umidlari puchga 
chiqsa ko‘ngli qattiq ozorlanishini sezib xavotirlanayotgandek
ko‘rinardi.


379

Zukko qizim, hazrat onang sendagi ajib bir qobiliyatni yaxshi 
payqabdir. Agar Gulining nasrga ishqi zo‘r bo‘lsa, – deb Bobur Mohim 
begimga qarab davom etdi, – «Voqoi’»ning osonroq boblaridan be-
ray, xattot qizchamizga bir nusxa ko‘chirib bersin.

Men ham sizdan shuni iltimos qilmoqchi edim. Guli turkiy 
tilni hazrat otalarining kitoblaridan o‘rgangani yaxshi. Men, ojizan-
giz, orzumandmenki, faqat Humoyundek o‘g‘illaringiz emas, Gul-
badandek qizlaringiz ham tarixda sizga munosib nom qoldirsalar*. 
Bu so‘zlarning samimiyligini butun vujudi bilan sezgan Bobur nox-
osdan to‘lqinlanib ketdi. Mohim begim kundoshi Dildor og‘achaning 
bir emas, ikki farzandini shunchalik mehr bilan tarbiyalashi va ul-
arning kelajagiga shu darajada jon kuydirishi uchun qancha katta 
bardosh, tantilik, bag‘ri kenglik kerak bo‘lganikin? Bobur yoshi 
qirqdan oshgan sari kelajak avlod haqida ko‘p o‘ylar, farzandlar, 
ayniqsa, shu yoshda odamning hayotida hal qiluvchi kuchlardan 
biriga aylanishini sezardi. Shu sababdan ham Mohim begimning 
birgina Humoyunni emas, mana, Hindol bilan Gulbadanni ham ota-
lariga sadoqatli va mehr-oqibatli farzandlar qilib tarbiyalayotgani 
xotin kishining o‘z eriga qilishi mumkin bo‘lgan eng ulug‘ yaxshiligi 
ekanini hozir butun borlig‘i bilan his qildi. Bobur podshohlik udu-
miga yon berib, Mohim begimning ustiga yana ikki xotin olgan 
bo‘lsa ham Mohim buni bag‘rikenglik bilan kechirgani, yana o‘zini 
unga shunchalik fido qilayotgani – tengsiz bir muhabbat va sado
-
qatning nishonalari emasmi?
Bobur tez o‘rnidan turib, ko‘rpachada o‘ltirgan Mohim begimning 
ustiga engashdi-yu, sochidan, peshonasidan, yuzidan o‘pa boshladi.
– Mohim, siz mening benazir malagimsiz! – deb ehtiros bilan shi-
virladi: – Men shoh bo‘lsam ham ulug‘ qalbingiz o‘trusida qulmen!
Mohim ham tez o‘rnidan ko‘tarildi. Gulbadan ota-onalariga 
iymanib qarab turganini ko‘rdi-yu, atrofga olazarak bo‘lib ko‘z tash-
ladi.
Robiya ularni xoli qoldirib ichkariga kirib ketgan. Savdarboshilar 
ham yo‘q. Bobur Mohim begimning ko‘zlaridan ham o‘pib:

Buyuring, – dedi, – neki istasangiz men bajo keltiray! Mohim 
begim uyalib shivirladi:

Gulbadanga javob beraylik...
Bobur yana savdarboshini chaqirdi va Gulbadanga Hindistondan 
keltirilgan to‘tiqushlarni hadya qilishni buyurdi.


380
Chiroyli oltin qafaslarga solingan to‘tiqushlarning kamalakday 
tovlangan patlari Gulbadanning e’tiborini o‘ziga tortdi. To‘tiqushlar 
so‘zlashni bilar edi, kattarog‘i shang‘i tovush bilan:
– Assalom, begim! – dedi.
Gulbadan bundan zavq qilib bolalarcha soddalik bilan:
– Assalom, to‘ti! – dedi.
Shunda hammalari beixtiyor kulib yubordilar. Gulbadan dadasin-
ing oldiga chopib keldi, bu ajoyib sovg‘asi uchun uning qo‘lini o‘pdi. 
Bu orada ichkaridan chiqqan Robiya qizchani sekin qo‘lidan oldi-da, 
to‘tiqush solingan qafas bilan birga zinapoyadan pastga olib tushib 
ketdi.
Bobur va Mohim begim ikkovlari ichkari xonaga yo‘naldilar. Kat-
ta tanobiy uyning to‘ridagi shahnishinga eroniy gilamlar va zarbof 
ko‘rpachalar to‘shalgan edi. Bobur Mohim begimning xipcha belidan 
quchib, o‘sha tomonga boshlab borar ekan:

Hali ham kelinchaklik paytlaringizdagidek sarv-qomatsiz, Mo-
him, – dedi.

Chunki siz men uchun hamon yigirma yoshlik yigitsiz!
Mohim begim shunday deb, ichki uyning ochiq eshigidan 
ko‘rinib turgan shohona to‘shaklariga olovli bir nigoh tashlab oldi. 
Bugungi ehtirosli tun, ikkovlari xuddi alanga tillaridek goh butun 
borliqlari birlashib, goh yana ajrashib, so‘ng qaytadan olov mavji-
da birlashib, ikki tan bir vujudga aylangan paytlari xayoliga titroq 
solib o‘tdi. O‘sha daqiqalarda Mohim erining qulog‘iga: «Siz mening 
ko‘z ochib ko‘rgan yagona yorimsiz, sochingizdan-tirnog‘ingizgacha 
butun borlig‘ingiz menga jonimdan ham aziz, endi sizni boshqa 
hech kimga bermasmen!» deb shivirlagan edi. Boburning hozir uni 
o‘pib: «Men shoh bo‘lsam ham sizning ulug‘ qalbingiz o‘trusida qul-
men!» degani Mohimning o‘sha tungi so‘zlariga javobdek eshitildi. 
Bu so‘zlar va o‘pichlar Mohim begimning borlig‘ini shunday yayrat-
ib yubordiki, yoshi o‘ttiz yettiga borgan bo‘lsa ham hozir yigirma 
yoshli juvondek husni jamoli ochilib, ko‘zlaridan o‘t chaqnab, sho‘x 
ohangda so‘radi:
– Men hozir neki tilasam bajo keltirurmisiz?
Bobur Mohimning yangi bir ko‘shk qurib berishini yoki katta 
xarajatlar uchun xazinadan qo‘shimcha oltin so‘rashini kutgan edi. 
Uning bunaqa istaklarini so‘zsiz bajargisi kelib turgan Bobur:
– Sizdan molu jonni ayamasmen, buyuring! – dedi.


381
Mohim bir lahza taraddudlanib turdi-yu, past va jiddiy tovush bi-
lan dedi:
– Sizdan molu jon emas, farzandimiz Humoyunni... Kobulga qay-
tarishingizni iltimos qilmoqchimen.
Bobur ham endi jiddiylashib:

Nechuk? – dedi. – Butunlay Kobulga qaytsinmi?

Ha, sizdan o‘tinamen!

Mohim, Humoyun yonimizda bo‘lishiga men ham tashna-
men. Biroq shimoliy chegaralarimizni Humoyundek ishonchli odam 
qo‘riqlab turmasa, shayboniyzodalarni o‘zingiz bilursiz...

Bilganim uchun tunu kun xavotirdamen. Ikki yildan beri Hu-
moyun Badaxshonda. Men uni shunchalik sog‘inamenki, turgan 
xonalariga kirsam, o‘qilgan kitoblarini varaqlasam, ko‘zimga yosh 
kelur.

Mohim, siz bilursizki, tojdorlaru valiahdlarga ona bo‘lishning 
mashaqqati behisob... Shukr qiling, mening rahmatlik onam tortgan 
azoblarni xudo sizning boshin-gizga solgan emas. Humoyun mirzon-
ing ishlari juda taraqqiyda. Badaxshonlik sodiq yigitlardan to‘rt- besh 
mingi uni asrab-avaylab yururlar. Shayboniyzodalar ham biz bilan 
murosa qilishga majbur, chunki hozir ular ichki nizolarni tinchitol-
may, o‘zlari bilan o‘zlari ovora.

Undoq bo‘lsa, Badaxshonga endi Komron mirzoni yubora qoling. 
Axir u kishi ham o‘n oltiga kirdilar. Gulruh begim doim o‘g‘illarining 
er yetganidan faxrlanib gapirurlar. Bobur xotinlarining orasidagi 
raqobatni juda yomon ko‘radi. Chunki kundoshlik raqobati bolalar
-
ga ta’sir qilsa, ular bora-bora bir-birlariga dushman bo‘lib qolishlari 
mumkinligini bilardi.

Siz Gulruh begimning gapiga e’tibor bermang degan edim-ku, 
Mohim!

E’tibor bermay ilojim yo‘q, hazratim! Chunki Gulruh begimning 
ikki o‘g‘li ham yonlarida. Men bo‘lsam uzoqdagi Humoyunni sog‘inib 
qon yuturmen!

Obbo!.. Mayli, men sizning tilagingizni bajo keltiramen, deb 
so‘z berdim. So‘zimda turmog‘im kerak. Humoyunni juda sog‘ingan 
bo‘lsangiz, ikki-uch haftadan so‘ng uni albatta ko‘rursiz.

Qayerda ko‘rurmen? – ovozi titrab so‘radi Mohim.– Kobuldami? 
Bobur ovozini pasaytirib:

Odinapurda, – dedi.


382
Odinapur Hindiston chegarasiga yaqin joyda edi, Mohim begim 
Boburning o‘sha joyda qo‘shin to‘playotganini eshitgan edi. Aftidan, 
Humoyunning Kobulga kelib yurmasdan, bor qo‘shini bilan Badax-
shondan to‘g‘ri Odinapurga o‘tib borishi harbiy maqsadlarga mu-
vofiqroq kelar edi. Mohim begim endi xavotirli ovoz bilan so‘radi:
– Hazratim Humoyunni ham Hind yurishiga olib bormoqchilarmi?
Sir saqlanayotgan mavzuda gap ochilgani uchun Bobur atrofga 
ko‘z tashlab, bir lahza jim quloq soldi. Ayvonda ham, ichki uylarda 
ham ikkovlaridan boshqa odam yo‘q edi.

Siz bilursiz, men Movarounnahrdan umidimni uzganimdan
beri yorug‘ bir istiqbolni Hindiston tomondan izlamoqdamen. O‘n 
yildan beri bir necha qayta ishonchli odamlarimni Hindga elchilikka 
yubordim.

O‘zingiz ham Hindga to‘rt qayta borib keldingiz-ku.

Lekin to‘rt martasida ham Dehliga yetolmadim. Laxo‘r atroflari
-
dan qaytdim.

Hindda vatanlarini jon-jahd bilan himoya qiladigan botir yigit-
lar ko‘p ekan-da.

Ha, xususan, rajput yigitlari jasur qilichboz kelurlar.

Ular jangda nechog‘lik beomon ekanini biz ham eshitdik. Shun-
ing uchun har gal Hind yurishiga ketganingizda xavotirlik olovida 
qovrilib, tunlarni uyqusiz o‘tkazurmen. Har ikki tomondan qancha 
begunoh odamlar jang qilib halok bo‘lgani xayolimdan nari ketmay-
di. Hatto Bajur qo‘rg‘onida o‘ldirilgan uch ming yog‘iyning boshidan 
kalla-minora yasatibsizlar!

Siyosat uchun... zarur bo‘ldi.

Ammo bunday siyosat sizdek siymo uchun ma’zur emas, hazra-
tim! Shakkokligim uchun meni kechiring! Hind yurishi endi bas!

Yo‘q, bas qilolmasmen. Hindiston rojalari menga elchi yuborm-
ishlar. Ular Ibrohim Lodining* zulmidan bezor emishlar. Mamlakat-
lari vayron, uluslari parokanda, o‘zaro urushlardan hamma bezgan. 
«Hindda qudratli davlat tuzib, qadimiy madaniyatni tiklamoq uchun 
bizga sizdek ma’rifatli tojdor kerak» deb, panjoblik Davlatxon o‘z 
o‘g‘li Dilovarxonni bizga vakil qilib yuboribdir.
Mohim begim Boburning Davlatxon bilan ittifoq tuzganini bilar 
edi. Boburni Ibrohim Lodi zulmiga qarshi chorlayotganlar orasida 
hindistonlik mashhur roja Sangram Sinx ham bor edi. Bundan uch 
kun oldin Bobur shu rojaning elchisini qabul qilgan, lekin unga nima 


383
javob berganini hali ko‘pchilik bilmas edi. Mohim eriga mayin tikilib:

Bir savolga ijozat bering, – dedi.

Marhamat.

Rano Sinx bilan ham ittifoq tuzdingizmi? Bobur tasdiq ma’nosida 
bosh irg‘adi.

Men Hindga borsam, uni talab kelish uchun emas, balki umr 
bo‘yi intilib yetisholmayotgan orzularimni o‘sha yerda ro‘yobga 
chiqarish uchun bormoqchimen! Hozir shu maqsadga yetishish 
uchun qulay fursat keldi.

Biroq bu maqsadingiz yo‘lida dahshatli bir choh – qonli urush 
bor!

Biz bu chohdan ot sakratib o‘tmog‘imiz mumkin.

Hazratim, siz ot sakratib o‘tganingizda ham, bu chohga ming-
ming bevayu sag‘iralarning ko‘z yoshlari to‘kilgay! Begona yurtning 
onalariyu bevalari siz bilan urushda o‘lgan farzandlariyu erlarining 
o‘limini kechirarmikinlar?

O‘shal onalaru bevalarning farzandlariyu erlari parokanda 
yurtning ichki urushlarida ozmuncha halok bo‘lmoqdami? Ibrohim 
Lodi goh Panjob bilan, goh Gvalior bilan, goh Bangola bilan jang qilur. 
Narigilar ham bir-birlari bilan taxt talashib urushurlar. Har yili qirq-
ellik ming navkar bu o‘zaro urushlarda behuda halok bo‘lmoqda. 
Mamlakat bizning Movarounnahrdek xarob. Bu to‘polonlardan bez-
gan hind beklari qochib kelib mendan panoh topdilar. Shulardan biri 
Hindubek besh yildan beri mening nufuzli amirlarim qatorida yur-
ganini bilursiz. Ular ham meni Hind sari chorlaydirlar, mamlakatni 
obod qilishni, ilmu ma’rifatni yuksaltirishni o‘ylaydilar.

Agar bunday ma’rifatli podshoh o‘z yurtlaridan chiqsa edi, ulug‘ 
davlat tuzish yo‘lida noiloj to‘kiladigan qonlar osonroq unutilmog‘i 
mumkin edi. Ammo boshqa yurtdan borgan fotihlarning to‘kkan 
qonlari fotihlik qilichidan yetgan dil yaralari asrlar davomida unut 
bo‘lmag‘ay, tuzalmag‘ay! Men ana shundan xavotirdamen, hazratim! 
Mohimning so‘nggi so‘zlari Boburning dilidagi eng og‘riydigan yarani 
tirnaganday bo‘ldi. U ozorlanib o‘rnidan turdi:

Taqdir qilichi bizning dilimizni ozmuncha yaraladimi? Qani bu 
yaralarning unut bo‘lgani? Qani tuzalgani?!
Bobur kaftini kaftiga qahr bilan urib, savdarboshini chaqirdi:
– Men boya ayvonda chog‘ir keltirishni buyurgan edim! Nechun 
keltirmadi?


384
Uning avzoyi keskin o‘zgarganini, hozir savdarboshi kirsa biron 
jazo olishi mumkinligini Mohim begim sezdiyu tez o‘rnidan turdi.

Hazratim, chog‘ir ichgingiz kelsa, marhamat, men saqlab 
qo‘ymishmen, – deb ipak parda bilan to‘silgan tokchadan oltin 
ko‘zacha to‘la may va ikkita nafis chinni piyola oldi. Boshqa tokchada 
guldor dasturxon bilan bir lagan norinj turgan edi. Dasturxonni apil- 
tapil shahnishinga yozib, norinjni unga qo‘ydi-da, Boburni taklif qildi. 
Ko‘zachadan chinni piyolaga xushbo‘y mayni quyar ekan:

Ijozat bersangiz, men hozir soqiylik qilsam!– dedi. Bobur o‘tirar 
ekan, ijozat ma’nosida bosh irg‘adi.
Mohim piyolaga yarmidan oshiribroq may quydi-yu, chap qo‘li 
ko‘ksida, o‘ng qo‘li bilan Boburga uzatdi:
– Oling, hazratim, sizga uzoq umr, baxtu saodat yor bo‘lg‘ay!
Piyoladagi tiniq xushbo‘y ichimlik Mohimning qo‘li bilan birga xi-
yol titrab turibdi. Bobur piyolani olar ekan, xotini iliq bir gap kutay-
otganini sezdi. Lekin hozir uning qalbida qandaydir sovuq izg‘irin xu-
ruj qilmoqda edi. Harbiy va siyosiy ishlarning qorbo‘roni xayollarini 
chirmab, goh hazora qabilalari bilan bo‘lgan qonli to‘qnashuvlarga 
olib ketar, goh Panjobga bog‘liq chigal muammolar, goh karvon 
yo‘llarida talonchilik qilgan qaroqchilarni jazolash tashvishlari esiga 
tushar, goh og‘ir zambaraklarni sinovdan o‘tkazish paytida ularning 
yo‘g‘on mis quvuri yorilib ketgani va to‘pchilardan besh kishi o‘sha 
joyda halok bo‘lgani ko‘z oldiga kelar edi. U sovuq izg‘irin changali-
dan chiqib ketishga va avvalgi iliq ruhiy holatiga qaytishga intilib, 
dardli tovush bilan dedi:

Mohim, uzoq umru baxtli hayot men uchun ushalmaydigan 
orzu bo‘lsa kerak.

Nechun? Agar tangrim nasib qilsa, ushalishi hech gap emas. Ilo-
him nasib qilsin!

Aytganingiz kelsin...
Bobur mayni sipqordi-yu, piyolani Mohim begimga qaytarib ber-
di. Norinjdan bittasining po‘chog‘ini qo‘li bilan archib, yarim pallasini 
yedi. So‘ng Mohim begimga «Yana quying!» ishorasini qildi.
Ikkinchi piyoladan keyin vujudiga mayin bir iliqlik taraldi, boy-
agi sovuq izg‘irin xayolidan uzoqlashganday bo‘ldi-yu, Mohimga 
ko‘nglini ochib gapirgisi keldi.

Bu amirlar, elchilar, ittifoqdoshlaru yog‘iylar, yana yuz xil 
davlat ishlari qalbimni yuz bo‘lak qilib, yuz tomonga tortadir, Mo-


385
him! Goho mening ko‘nglim ham parchalanib ketgan, o‘zaro urush-
larda azob tortayotgan mamlakat kabi alg‘ov-dalg‘ov bo‘ladir! Hay-
otimda go‘yo shunday bir qutb borki, unga barcha amirlaru elchilar, 
chopqinlaru urushlar to‘planmishdir. Bu qutbda men sovuqqonlikka 
o‘rganmishmen, chunki siyosat bobida odamlarga xuddi shatranj 
taxtasi ustidagi piyodayu sipohiylarga qilgan shafqatsiz muoma-
lani qilmasang, ularni aqlu farosat, hisobu kitob bilan idora etmas-
ang, murodga yetolmassen. Ammo bu shafqatsiz siyosatning sovuq 
izg‘irinidan o‘zim to‘ng‘ib keturmen. So‘ng may ichib, isingim kelur. 
Bu sovuq qutbda she’r yozishga ham hafsalam qolmas!

O‘shal noxush qutb o‘trusida boshqa iliq makoningiz yo‘qmi, 
hazratim?

Bugun... mana hozir yana bir marta payqadimkim... men uchun 
olamda eng iliq qutb

Siz, Humoyun, Gulbadan... Sizlar bilan bo‘lganda tuyg‘ularim 
jo‘shib, ijod qilgim kelur.

Undoq bo‘lsa, doim biz bilan birga bo‘ling! Bundan biz ham be-
had baxtiyor bo‘lurmiz!

Qani edi!.. Ammo buning uchun men davlat ishlaridan butunlay 
voz kechmog‘im kerak.

Butunlay voz kechishingizga hojat yo‘q, hazratim. Axir siz 
Kobulda katta davlat barpo etdingiz. Qunduzdan Qandahorgacha, 
Badaxshondan Sind daryosigacha bo‘lgan parokanda o‘lkalarni bir 
markaz atrofiga birlashtirdingiz. Kobul o‘z tarixida birinchi marta 
shunday ulkan mamlakatning poytaxtiga aylandi. Bu yerda siz yan-
gi ko‘shklar qurdirdingiz, yangi bog‘lar barpo etdingiz, yangi ariqlar 
qazdirib, ko‘p joylarni obod qildingiz. Shu hammasi siz uchun aziz 
emasmi?

Noshukrlik bo‘lmasin, men Kobulda ko‘p mas’ud kunlarni 
ko‘rdim. Biroq katta orzularimni ro‘yobga chiqarishga hamon ojiz-
men. Shu menga tinchlik bermaydir. Kobul atrofidagi ko‘p joylar hali 
qalamiy emas, sayfiy*. Ana, G‘aznida necha asrdan beri buzilib yot
-
gan ulug‘ band* bor. Mahmud G‘aznaviy bandi derlar. Agar shu band 
tiklansa, cho‘l bo‘lib qolgan katta bir vodiy yana yashnab ketgay. Men 
shu bandni tuzattirmoqchi bo‘ldim. Lekin sarfini hisoblab ko‘rsam, 
xazinam yetmas ekan... Bu ahvolda men Kamoliddin Behzoddek ulug‘ 
iste’dodlarni qaysi davlatimga taklif etamen? Behzodni Shoh Ismoil 
Tabrizga olib ketmishdir. Chunki hozir shoh mendan qudratliroq. 


386
Qanchadan-qancha ilmu hunar ahli, me’morlaru muhandislar bor, 
agar chorlasam, ko‘plari kelurlar. Lekin... Kobulga o‘zi kelgan me’mor 
mavlono Fazliddinga munosib ish topib berganim yo‘g‘u boshqalarni 
qandoq chorlay?
Mohim begim Boburning Hindistonga intilishiga naqadar ko‘p va 
murakkab sabablar borligini sezib:
– Xorazmlik vatandoshingiz Beruniy ham Hindis-tonga bor-
gan – dedi. – Hazratim, siz uning «Hindis-ton» otliq kitobini qanday 
o‘qiganingiz esingizdami?
Bobur G‘aznidan topib kelingan bu kitobning eski arab tilidagi 
nusxasini qiynalib o‘qigan bo‘lsa ham mazmunini juda yoqtirgan edi.

Ha, Hind hayotini Beruniychalik teran tahlil etgan olim kam 
bo‘lsa kerak. Beruniy ham mening Hindni ko‘rish ishtiyoqimni os-
hirdi.

Bilamen. Hindda sizni ohanraboday o‘ziga tortgan yana bir si-
ymo Xisrav Dehlaviydir.

So‘zingiz chin, Mohim. Men Dehlaviyning ko‘p ash’orlarini 
«Muxtasar» kitobimda keltirmishmen. Dehlaviyning otasi amir Mah-
mud Qarshi bilan Shahrisabz oralig‘ida yashagan lochin ismli turkiy 
qabiladan edi. Men buni yaqinda bildim. Lochin qabilasi Chingizxon 
istilosidan qochib, Hindga borib qolgan ekan. Xisrav Dehlaviy Davlat-
noz ismli hind muslimasidan tug‘ilmishdir.

Hazratim, – dedi Mohim Boburga muloyim tikilib, – siz ham 
shoirsiz, ham olimsiz. Men orzu qilardimki, barcha el-uluslar sizni 
ham Beruniydek, Dehlaviydek faqat yaxshi so‘zlar bilan tilga olsalar.
Bobur Mohim begimning botinib aytolmagan so‘zlarini tus-
hundi-yu, yuzi tundlashdi. Xayolida yana o‘sha sovuq izg‘irin 
qo‘zg‘aldi.

Siz mening podshoh ham ekanimni nechun eslatmoqchi emassiz?

Chunki men sizni ijodingiz olovi yongan iliq qutbda muqim tu
-
rishga chorlamoqchimen!

Men ijod qutbida umrbod qolmoqchi bo‘lib, Dahkatda, Osmon 
Yaylovda yalangoyoq yurganimda nechun uchramadingiz? Endi 
kech!.. Podshohni barcha el-uluslar faqat yaxshi so‘zlar bilan tilga 
olishi – ushalmaydigan bir orzu. Men odamlarning maqtoviga ham, 
ta’nayu malomatiga ham rosa to‘yganmen!
Bobur yaqinda yozgan bir g‘azalidan ikki satrini jo‘n so‘zga 
o‘xshatib ohangsiz, aytdi:


387

Ulusning ta’nu ta’rifi* menga, Bobur, barobardur, bu olamda 
o‘zimni chun yomon- yaxshidan o‘tkardim.

Rost, bizning hech birimiz dunyoning achchiq-chuchugini 
sizchalik ko‘p tatib ko‘rgan emasmiz... Olamning berahm dag‘al ja-
bru jafolarini bunchalik ko‘p ko‘ra turib shu qadar nafis she’rlar bit
-
ishingiz, shunchalik nazokatli ohangda kuylashingiz meni doim bir 
mo

’jizadek hayratga solur. Hazratim, siz ulug‘ shoirlar davrasidan 
joy olmog‘ingiz kerak. Men goho qo‘rqamenki, jahongirlik, fotihlik 
sizning shoirligingizga soya tashlab qo‘ymasmikin?

Hind yurishidan voz keching, demoqchimisiz?!
Mohim begim Boburni bu niyatidan qaytarolmasligini endi aniq 
sezdi.

Hazratim, hech bo‘lmasa Humoyunni Kobulda qoldiring! Axir 
siz Hindga ketsangiz, kimdir Kobulni boshqarishi zarur-ku!

Men yo‘g‘imda Kobulni siz idora etgaysiz, begim!

Nahot! Axir men ayol kishimen! Shariatga binoan xotinning ma-
vqeidan o‘g‘illarning mavqei balandroq bo‘lur. Kobulda o‘g‘illaringiz 
mirzo Komron bilan mirzo Askariy borlar. Bobur bu muammoni 
birpasda sovuqqonlik bilan hal qildi:

Mirzo Komronga Qandahorni bergaymen. Askariy ikkalasi shu 
hafta Qandahorga keturlar.
Qandahor bu yerdan otda bir haftalik yo‘l. O‘g‘illari ketsa, Gulruh 
begimning hovuri pasayib qolishi aniq.
– Kobul mening xos shahrim, – deb davom etdi Bobur. – Uni hargiz 
o‘g‘illarga bermasmen, faqat sizga topshirib ketgaymen! Qosimbek 
qavchin xizmatingizda bo‘lur. Barcha haram ahli men yo‘g‘imda sizga 
bo‘ysung‘usidir!
Kutilmagan bu inoyatdan Mohim begim endi hayajonga tushdi. 
Podshoh o‘z xotiniga bunchalik katta ishonch bildirishi juda kam 
uchraydigan hodisa edi. Ayniqsa, butun haram, hatto Gulruh begim 
ham Bobur yo‘g‘ida Mohim begimga bo‘ysunishi, bunga xalaqit beri-
shi mumkin bo‘lgan mirzo Komron va mirzo Askariylarning Qanda-
horga jo‘natilishi Mohim begimni qiynab yurgan ishkal tugunni bird-
an yechib yuborgandek yengillik berdi:

Hazratim, inoyatingizdan boshim ko‘kka yetdi! Ammo bilursiz-
ki, ojizangiz hokimlikka tashna emasmen.

Kimki hokimlikka tashna bo‘lmasa, men o‘shal zotga ko‘proq 
ishonib hokimiyat bergaymen. Barcha tashqi ishlarga Qosimbek mu-


388
tasaddi bo‘lg‘ay. Hindol yoningizda. Siz uning nomidan ham amru far-
mon bersangiz, shariatga mos kelur.
Mohim begimning boyagi iztirobli o‘ylari 
bir 
lahzaga bo‘lsa ham 
xayolidan uzoqlashdi. Boburning katta ishonchi qalbiga shunchalik 
yoqib tushgani begimning o‘zini ham xiyol taajjublantirdi. Qanda-
horga hokim bo‘lish Komron mirzoga ham yoqib tushishini o‘yladi. 
Bobur ikki tomonni ham tinchitadigan nozik bir siyosat yurgizayot-
ganini begim endi sezdi. Odamlardagi ichki manfaat tuyg‘usini bexato 
topib, shu tuyg‘uga suyangan holda ularni mohirona boshqara bilish 
katta bir san’at ekani, Bobur yillar davomida mana shu san’atni qan-
chalik yaxshi egallaganini begim hozir juda yaqindan ko‘rdi va go‘yo 
o‘z tajribasidan o‘tkazdi. Komron mirzoni Qandahorga jo‘natish, Mo-
him begimga Kobul ixtiyorini berish boshqa ko‘p amiru beklarning 
ko‘nglidagini topib, o‘rinlarini almashtirish

bu hammasi shatranj donalarini ularga juda mos keladigan bir 
mahorat bilan surish va o‘rinlarini almashtirishga o‘xshab ketardi. 
Shunday bo‘lsa ham Bobur Mohim begimning ko‘nglidagi eng nozik 
dardni payqab, uni kundoshi Gulruh begimning qo‘li yetmaydigan 
yuksak martabaga munosib ko‘rgani behad yoqimli edi.

Hazratim, sizning ulug‘ ishonchingiz mening tanimga yangi bir 
jon ato qildi! Biroq... ne qilayki, men dunyodagi barcha ne’matlardan, 
hatto o‘z jonimdan ham siz bilan Humoyunni ortiq ko‘rurmen. Siz 
hozir rahnamolik san’atida benazirsiz. Shunday bo‘lsa ham fotihlarn-
ing g‘animi ko‘p bo‘lur. Hindda beadad el. Beadad yog‘iy. O‘ylasam 
vahmim kelur!

Jang xatarsiz bo‘lmas. Siz muncha iztirobga tushmoqdasiz, Mo-
him? Sizga ne bo‘ldi?

Men Humoyun uchun ham iztirob chekmoqdamen... Hech 
bo‘lmasa Humoyun Kobulda qolsin, sizdan o‘tinamen, hazratim!
Bobur Mohim begimga endi ozorlanib ko‘z tashladi: nahotki u 
«erim xatarli jangda o‘lsa ham o‘g‘lim yonimda tirik qolsin» demo-
qchi?
– Humoyun taxt vorisi, – dedi Bobur ranjigan tovush bilan. – 
Shuning uchun qo‘shinda men bilan birga borishi shart... Eskidan 
odat shundayligini nechun unutdingiz?
Bu odatning ma’nosi shu ediki, agar uzoq yurtdagi jangda pod-
shoh halok bo‘lsa, taxt vorisi darhol qo‘shinga bosh bo‘lishi kerak 
edi, aks holda, qo‘shin boshqa da’vogarlar tomoniga o‘tib ketishi 


389
mumkin edi. Bobur bu odatni eslatish bilan «men agar olamdan 
o‘tsam, o‘rnimga Humoyun qolishini istab, uni birga olib ketmoqchi-
man», demoqchi edi. Mohim begim Boburning gapidagi bu ma’noni 
fahm-ladi-yu, iztirobi battar oshdi. Nazarida, Bobur Hindistondan 
umrbod qaytib kelolmaydiganday, oldindagi yurish «borsa kel-
mas» yurish bo‘ladiganday tuyuldi. Mohim begimning yuragi ezilib, 
ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi.
– E xudoyim! Dunyo nechun bunday beomon yaratilgan? Qachon 
bexatar kunlarga yetgaymiz?
Bobur jim edi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə