Pirimqul Qodirov Yulduzli tunlar 480. indd



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/39
tarix17.05.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#110873
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
yulduzli tunlar 0

SEKRI QAYTA KO

Z OCHGAN BULOQ
Boburning maxsus taklifi bilan Hirotdan Agraga kelayotgan ma
-
vlono Xondamir, shoir Shihob Muammiy va mudarris Ibrohim Qo-
nuniy uch oyga yaqin yo‘l yurdilar. Badvahima Xaybar dovonidan 
o‘tib, sersuv Sind daryosidan kechib, changalzor o‘rmonlarni oralab 
borar ekanlar, mavlono Xondamir olamning naqadar ulkanligini endi 
birinchi marta astoydil his qildi. Haftalar, oylar davomida otliq safar 
qilib oxiriga yetib bo‘lmaydigan bag‘ri keng o‘lkalar hammasi endi 
yaxlit bir davlat bo‘lib birlashganligi, Balxdan Kobulgacha, undan 
Laxo‘r va Dehligacha hamma joyda Boburning muhri bosilgan far-
monini beto‘xtov ado etishlaridan sezilar edi. Bu farmonga muvofiq 
Xuroson va Movarounnahrdan Boburning taklifi bilan kelayotgan 
ilmu san’at ahlini, hunarpeshalarni barcha viloyat hokimlari, barcha 
qo‘riqchi askarlar va bekat nazoratchilari qo‘shni davlat elchilariga 
ko‘rsatiladigan izzat-ikrom bilan kutib olib, kuzatib qo‘yishlari ker-
ak edi. Yo‘llarda hali qaroqchilar tugatilmagan, tartib o‘rnatilmagan 
notinch shahar va qishloqlar bor edi. Xondamir va uning hamrohlar-
ini bunday joylardan «badraqa» deb ataladigan ikki yuz-uch yuz 
kishilik qo‘riqchi askarlar o‘tkazib qo‘yishardi. Karvonsaroylarda 
ham ularni «podshohning xos mehmonlari» deyishib, eng yaxshi 
xonalarga joylashtirishar, qo‘llaridagi qog‘ozlariga binoan kunda-
lik taomlari uchun bepul guruch, go‘sht, yog‘ berishar, tag‘in mayda 
xarajatlari uchun maxsus ulufa ham to‘lashardi. Charchagan ot-
ulovlarini almashtirishlari kerak bo‘lib qolsa, yomchilar boquvdagi 
ot-ulovlaridan ularga birinchi navbatda berishar edi. Kobuldan De-
hligacha bo‘lgan minglab chaqirim yo‘l bo‘yidagi karvonsaroylar va 
yomlar Boburning harakatlari bilan shunchalik obod va shunchalik 
yaxshi ishlab turar edi.
Xondamir yo‘llarda, bekatlarda Hindistonga borib kelayotgan 
elchilar, sayyohlarva savdogarlarni ko‘p uchratardi. Bultur Agradan 
ellik chaqirimcha g‘arbdagi Sekri degan joyda Bobur Rano Sango bilan 
urushib, Panipatdagidan ham ulkanroq g‘alabaga erishgandan keyin 
uni astoydil tan olib, elchi yubora boshlagan podshohlar ko‘payib 
qolgan edi. Xondamir Laxo‘rda uchratgan qizilboshlarning elchisi 
Shoh Taxmasi I* nomidan g‘alati sovg‘alar olib bormoqda edilar. Bu 
sovg‘alar orasida oq tuyaning zar uqali kajavasida parvarishlab olib 
ketilayotgan ikkita go‘zal cherkas qizi ham bor edi. Shoh Taxmasi bu 


447
qizlarni Boburning haramiga atab yuborgan edi. Xondamir Dehlidan 
shimolroqdagi bir bekatda samarqandlik va toshkentlik elchilarni 
ham uchratdi. Sekridagi g‘alabaning shuhrati atrof mamlakatlarga 
yoyilganidan keyin Bobur Hindistonda tuzgan yangi davlatni un-
ing ashaddiy dushmanlari bo‘lgan shayboniyzo-dalar ham tan olgan 
edilar. Hozir Samarqand taxtida o‘ltirgan Ko‘chkinchixonning elchisi 
Boburga Samarqandning soyaki mayizlaridan, Konibodomning sub-
honi o‘riklaridan, Buxoroning o‘tkir maylaridan, Movarounnahrning 
boshqa noyob ne’matlaridan yetti tuyaga sovg‘a-salom yuklab, yoniga 
ikki yuzta yaxshi otni ham tortiq qilib qo‘shib keltirgan edi. Bobur bu 
elchini o‘zining Jamna bo‘yida qurdirgan yangi Hasht Bihisht bog‘ida 
xonlar o‘tiradigan oq kigiz ustiga o‘tqazib, kamoli ehtirom bilan qabul 
qilgan edi. Boburning qabulidan va sovg‘a-salomlaridan mamnun 
bo‘lib qaytayotgan xon elchisi Xondamirga maqtandi:
– E, mavlono, biz Hindistonda ko‘rgan xirmon-xirmon oltinlarni 
hali hech kim ko‘rmagandir. Bobur mirzo quyma oltindan qilingan 
taxtda o‘ltiribdir. Taxtning pastiga katta gilam to‘shalgan ekan. Viloy-
at hokimlari har yili beradigan oltinlarini shu gilamning ustiga keltir-
ib to‘kdilar. Birpasda oltindan katta xirmon ko‘tarildi.
Bobur shayboniyzodalarning oltinga suq odamlar ekanini bilgani 
uchun elchining ko‘zi oldida ataylab shunday xirmon ko‘targanini 
Xondamir ich-ichidan sezib kuldi:

Janob elchi bu xirmondan kapsan olmadilarmi?

Podshoh bizga qimmatbaho sarupolar kiydirdi. Gilam ustidagi 
oltindan hazrat Ko‘chkinchixonga atab sovg‘a berildi. Oltin tangalarni 
sanab ham o‘ltirmadilar. Ikki yuz ellik misqolni bir kumush tosh bilan 
tortib berdilar – qo‘ydilar.

Ikki orada biron shartnoma tuzildimi?

Ha, bemalol bordi-keldi qiladigan bo‘ldik. Savdo-sotiq tiklandi. 
Aloqalar ilgarigidan yaxshiroq ravnaq topg‘usidir. Biz bulardan ipak, 
ziravor olurmiz. Bularga ho‘lu quruq mevalar, ot-ulovlar soturmiz... 
Yo‘li uzoq bo‘lsa ham korvonlarimiz ishtiyoq bilan kelib ketadi. Chun
-
ki Bobur mirzo butun qalamravida tamg‘a* solig‘ini bekor qilmishlar. 
O‘zbek, turkman, tojik, hind, arab, ajam, fors – qo‘yingki, hamma bani 
bashar* bu og‘ir soliqdan xalos bo‘lib, daromadlari oshibdi. Hunar-
mandu savdogarlar ham shunisidan juda mamnun. Faqat Bobur pod-
shoning bir amri bizga ma’qul kelmadi.

Qaysi amri? – qiziqib so‘radi Xondamir.


448
– Butun mamlakatida may ichish man etilmishdir. Bobur mirzon-
ing o‘zi ham «minba’d ichmaymen», deb butun el oldida tavba qilibdir-
lar. Bazmlari ichkiliksiz... muzdakkina! Ko‘chkinchixonning elchisini 
ko‘ngilsizlantirgan bu yangilik Xondamirning ruhini ko‘tardi. Husayn 
Boyqaroni va uning o‘g‘illarini ichkilik balosi qay darajada xarob qil-
gani hali mavlononing esidan chiqqan emas edi. Bundan to‘qqiz yil-
cha burun Bobur Hirotga ikkinchi marta borganda Xondamir uning 
ham mayxo‘rlikka ruju qila boshlaganini ko‘rgan, «Nahotki, bu nodir 
siymo ham boshqa ko‘p temuriylar singari iste’dodini ichkilikka boy 
bersa!» deb tashvishlangan edi. Elchining hikoyasi uning mana shu 
tashvishini tarqatib yubordi.
Xondamir bu uzoq va mashaqqatli safarga Boburni orqa qilib 
chiqqan edi. Yoshi ellikdan oshayotgan olim bu uzoq yurtlardan Hi-
rotga sog‘-salomat qayta oladimi, yo‘qmi, hali o‘zi uchun qorong‘i 
edi. U Bobur tufayli mana shu qorong‘ilikni bo‘yniga olib kelmoqda 
edi. Endi yo‘llarda Boburning irodasi va aql-zakovatidan dalolat be-
radigan nimaiki uchra-sa, hammasi mavlononing qalbidagi mash’um 
qorong‘ilikni quvayotganday bo‘lar va yorug‘ bir istiqbolga ishonch 
uyg‘otar edi.
Xondamir Agraga kelib kirganda daryo bo‘yiga qurilgan Hasht 
Bihisht va Zarafshon bog‘larini, marmarlariga chiroyli gullar solib 
ishlangan tosh imoratlarni, tomlari maysalar bilan bezangan tilla-
kori tolorlarni*, chaman-chaman gullari ko‘zni qamashtiradigan 
gulzorlarni ko‘rdi. Bu ulug‘vor go‘zalliklar mavlononing kela-kel-
guncha ko‘rgan va eshitganlariga qo‘shildi-yu, u Boburni avval-
gidan boshqacha favqulodda qudratli bir qiyofaga kiritib tasavvur 
eta boshladi...
* * *
Lekin Bobur so‘nggi yillarda ko‘p kasal bo‘lib, juda ozib ketgan, 
jussasi xiyla kichrayib qolgan edi. Xondamir uning o‘zini qanchalik 
oldirib qo‘yganini Sekri tog‘iga sayrga chiqqanlarida oftob yorug‘ida 
juda aniq ko‘rdi. Bobur Sekri tog‘ining mo

’jazligi va tekis joyga tush-
ganligi O‘shdagi Buratog‘ni eslatishi haqida gapirar, tog‘ etagidagi 
ko‘l ichiga qurilayotgan toshsupani qo‘li bilan ko‘rsatar, pastda qulf 
urib o‘sgan yam-yashil bog‘ va daraxtlar orasidan ko‘rinib turgan 
yangi imoratlar qanday barpo bo‘lganini hikoya qilardi. Xondamir 
esa uning suyagi bo‘rtib qolgan ozg‘in yuziga, ko‘z atroflari va pesho
-


449
nasidagi qavat-qavat ajinlariga, uyqusizlikdan ichiga botib ketgan 
qovoqlariga qarab, ich-ichidan unga kuyunar edi.
Tog‘dan ko‘l tomonga tushib borayotganlarida Bobur Xondamirn-
ing bu kuyunishini sezganday bo‘lib:

Mening taqdirim g‘alati, mavlono, – dedi. – Atrofimni obod qil
-
ganim sari o‘zim so‘lib bormoqdaman.

Unchalik emasu... har qalay, o‘zingizga ham ko‘proq g‘amxo‘rlik 
qilishingiz zarurmikin?

Zarurlikka zarur. Lekin mamlakat qanchalik ulkan bo‘lsa, uni 
idora etish shunchalik qiyinlashar ekan. Men zo‘r bir davlat tuz-
ish maqsadini zimmamga olganimda buning qanchalik mushkul 
ekanini tasavvur qilmagan ekanmen. Tunu kun mehnat, tashvish, o‘ 
olov... Xuddi harakatdagi vulqonlar orasiga tushib qolgandekmen. 
Ko‘zlagan maqsadim amalga oshguncha umrim yetgaymi, yo‘qmi, 
bilmaymen.

Niyatni butun qilmoq kerak, hazratim. Siz hali yigit yoshidasiz, 
alhol qirq olti yoshdasiz.

Ammo Hindga kelganimdan beri har yili besh-o‘n yillik umrim 
sarf bo‘lgandek tuyulur. Isitma, uyqusizlik...
Xondamir Boburning Hindistonga kelib tuzgan yangi devonini 
bugun ertalab o‘qigan edi.
Shu devondagi bir ruboiy hozir uning esiga tushdi:
Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur,
Ko‘zdin uchadur uyqu chu oqshom bo‘ladur.
Har ikkalasi g‘amim bila sabrimdek,
Borg‘on sari bu ortadur, ul kam bo‘ladur.
Boburning uyqusiz tunlardan kirtaygan ko‘zlari sal shamol tegsa 
yoshlanadigan bo‘lib qolgan edi.

Tabiblar uyqusizlikning davosini bilar edilar-ku?

Hirotlikxos tabibimiz Yusufiy muolaja qilib ko‘rdi. Bo‘lmadi. 
«Sizga orom kerak» deydir. «Davlat tashvishlarini unuting», deydir. 
«Kechalari she’r yozmang», deydir. Ammo... davlat tepasida o‘ltirib, 
uning tashvishini qanday unutish mumkin? Faqat she’r yozganda, ijod 
qilganda bu tashvish xayolimdan ko‘tariladir. Lekin Agrada bo‘lsam 
ijodga ham fursat topolmasmen. Kechasi ham, kunduzi ham davlat 
tashvishi... Bezor bo‘lib, mana shu Sekriga chiqib keldim. Ijod uchun bu 
yer tinchroq... Anchadan beri masnaviy yozmoqdamen. Sanasam, bir 
kecha-kunduzda ellik bayt masnaviy bitibmen.


450
Bobur xastaligi ustiga ko‘p ishlab o‘zini juda toliqtirib qo‘yganini, 
uyqusizlikning bir sababi shu ekanini, tabib kechalari she’r yoz-
ishni man qilishi to‘g‘riligini Xondamir sezib borardi-yu, lekin buni 
aytishga andisha qilardi. Tabiatan orom nimaligini bilmaydigan 
Bobur o‘zini ayamay ishlab o‘rganib qolgan edi, u bir kunda shun-
cha she’r yozganidan mamnun bo‘lib yurganda uni bu mamnuniyat-
dan ham mahrum qiladigan nasihat gap aytish mavlonoga o‘rinsiz
tuyuldi.

Ishqilib, xudo sizga quvvat bersin, – deb qo‘ya qoldi. Bobur ma-
vzuni yangilagisi kelib:

Mavlono, «Habib us-siyar*»ni necha yil yozgansiz?– dedi.

O‘n bir yil. Lekin hali xatm qilgan emasmen. Xotirjamlik 
bo‘lganda Hirotda xatm qilmoqchi edim. Lekin yigirma yildan beri 
sunniyparastlar bilan shiaparastlar Hirotni bir- birlaridan tortib olib, 
goh o‘tga urdilar, goh suvga...

Ho‘ o‘shanda... Unsiyaning minorasida turib so‘zlashganimizda 
«Hirotning tole quyoshi botib ketmasmikin? – deb iztirob chekkan 
edingiz. Shu iztiroblar bari o‘rinli ekan-da.

Hirotda tole ketganda Samarqand bizga quchoq ochib tursa 
ekan! Shia-sunniy adovati Movarounnahr bilan Xurosonu Eronning 
madaniy aloqalarini uzib tashladi. Bu aloqalardan qancha avlodlar 
bahra olgan edi, qancha iste’dodlar kamol topgan edi. Johil sultonlar 
Movarounnahrni biqiq muhitga solib qo‘yib, xurofot bilan bid’atga 
yem qilmoqdalar. Samarqanddan kelgan bir olim yig‘laguday bo‘lib 
aytib berdi. Obirahmat bo‘yidagi uch oshiyonlik Ulug‘bek rasadxo-
nasi vayron bo‘lmishdir. Shahar hokimining parvoyiga kelmas emish. 
Johillar nurab yotgan rasadxonaning g‘ishtlarini olib ketib, o‘z hovli-
lariga ishlatmoqda emishlar.

Biz o‘zga yurtga kelib imoratlar qurganda ular o‘z yurtimizd-
agi obidalarni buzmoqdalar! Charxning bundan achchiq kinoyasi 
bo‘lurmi, mavlono? Shuni o‘ylasam, o‘z yerimizni qo‘yib, Hindga 
ko‘ngil berganim menga xuddi oqibatsizlikdek ko‘rinadir!

Biroq falakning gardishi shuni taqozo qilsa, odam iloj topol-
mas ekan-da. Mana, men ham sizdan ibrat olib, Hindga keldim-ku! 
Muarrix bo‘lganligim uchun tarixiy zarurat bizdan zo‘r bo‘lishini ko‘p 
sezmishmen.
Bobur Xondamirning so‘nggi gapiga qiziqib, otini uning otiga ya-
qin yurgiza boshladi.


451

Darhaqiqat, tarix alohida shaxslar irodasiga bo‘ysunmas ekan, 
– dedi Bobur. – Oyog‘ingiz tagidagi tog‘ pastga qarab ko‘chsa, siz 
yuksakka qanchalik intilmang, tog‘ ko‘chkisi bilan birga pastga qu-
lab ketar ekansiz. Endi o‘ylab ko‘rsam, Movarounnahrdagi ko‘chkilar 
meni xuddi shu ko‘yga solgan ekan. Biroq siz qadam qo‘ygan tog‘ 
ichdan ko‘tarilib o‘sib borsa, ko‘zlagan yuksakligingizga qanday 
ko‘tarilganingizni o‘zingiz sezmay qolur ekansiz. Hindiston menga 
ichdan ko‘tarilib o‘sib boruvchi tog‘dek tuyuladir, mavlono. Shuning 
uchun Samarqandu Andijonda qilolmagan ishlarimni bu yerda qilish 
umididamen!

Mening nazarimda ham endigi yuksalish asri Hindga 
ko‘chganga o‘xshaydir. Jaholat quvgan juda ko‘p ilmu san’at ahli 
sizdan panoh istab Hindga kelishlari bejiz emasdir. Chunki falakn
-
ing gardishi o‘zgardi. Axir bir vaqtlar Xurosonu Movarounnahr 
ham ichdan ko‘tarilib o‘sib boruvchi tog‘dek yuksalgan emasmi-
di? Xorazmda – Beruniy, Buxoroda – Ibn Sino, Tusda – Firdavsiy, 
Bolasug‘unda – Yusuf Xos Hojib– bular hammasi bir- biriga asr-
dosh. Shuncha zo‘r siymolar chiqqan asr – bizning ulug‘ bir yuksal-
ish asrimiz edi. Chingizxonning ko‘chmanchi o‘rdalari bosib keldi-
yu, madaniy taraqqiyotimiz iplarini bir necha asrga uzib tashladi. 
Ulug‘bek davrida Samarqandda, Navoiy davrida Hirotda juda ko‘p 
madaniy daholar yana uyg‘ondi. Yangi yuksalishlar asri boshlandi. 
Lekin kajraftor falak buni ham bizga ko‘p ko‘rdi! Yana chingiziy 
sultonlar madaniy taraqqiyot iplarini uzib, chalkashtirib yubordi-
lar... Faqir Hirotda topolmay yurgan kalavaning uchini shu yerda 
topgandek yengil tortmoqdamen. Musofirlik juda og‘ir bo‘lsa ham, 
lekin bashariyat yashab turgan shu keng olamda yangi daholari 
uyg‘ongan, ilmu san’atga astoydil yo‘l ochilgan Hindning borligi 
qalblarga quvvat beradir... Men endi «Habib us- siyar»ning so‘nggi 
tahririni shu yerda, qanotingiz ostida tugallash umididamen.

Bajonidil!.. Bizdan neki ko‘mak zarur bo‘lsa tortinmay ayting.

Faqir Hazrat Mir Alisherning kutubxonalarida ko‘p yil ish-
ladim. Husayn Boyqaro hazratlarining kutubxonalaridagi nodir 
qo‘lyozmalardan ham ko‘p foydalandim... Endi... bu kutubxonalar Hi-
rotda qoldi.
Xondamir Boburning ham ellik kishi ishlaydigan ulkan kutubxo-
nasi borligini bilar, Hirotdan topilmaydigan nodir manbalar bu ye-
rdan topilishi mumkinligiga ishonar edi. Biroq podshohning xos ku-


452
tubxonasiga ancha-muncha odam yo‘lay olmaydi. Xondamir shuni 
o‘ylab, gapining davomini aytishga iymandi.

Siz bizni deb shuncha joydan kelibsizu biz kutubxonamizni 
sizdan ayagaymizmi, mavlono? – dedi Bobur uning iymanish sababini 
sezib. – Abdulla kitobdorga buyurgaymen, sizga neki asar zarur bo‘lsa 
topib bergay. Kutubxonada hindistoniy kitoblar ham ko‘p. Abdulla 
kitobdorning ixtiyorida sanskritni yaxshi biladigan tarjimon olimlar 
bor. Shulardan bir-ikkitasini sizning ixtiyoringizga berurmen, neki 
xizmatingiz bo‘lsa ado eturlar.

Toabad minnatdormen, hazratim! Gustoxlik sanalmasa, yana 
bir erkaligim bor...

Marhamat, mavlono.

Hirotda o‘zingiz yozgan sarguzashtlaringizdan parcha o‘qib 
bergan edingiz. Meni maftun etgan edi. Agar shu asaringizning tayy-
or qismlari bo‘lsa, men uchun... eng aziz, eng nodir manba bo‘lur edi. 
Chunki siz boshdan kechirib, tadqiq etgan tarixiy voqealarni boshqa 
hech kim shunday yaxshi tadqiq etgan emas...
Bobur otining chimirilgan quloqlariga tikilib bir oz jim bordi. U 
ikki yildan beri «Boburnoma»ni boshidan qaytib ko‘chirib, yaxlit bir 
asar holiga keltirmoqda edi. Bultur yoz issiqlari tugab, yomg‘ir fasli 
boshlanganda juda qattiq shamol ko‘tarilgan. Bobur chodirda ish-
lab o‘ltirganda yomg‘ir aralash kelgan dovul uning chodirini yiqitib, 
qo‘lyozmalarning o‘nlab varaqlarini uchirib ketgan edi. Butun-butun 
boblarni yomg‘ir-dovul halok qilgan edi. Ularni tiklash uchun haliga-
cha yaxlit bir vaqt topilmas edi.
Qo‘lyozmani shu ahvolda Xondamirga bersa to‘g‘ri bo‘larmikin?
– Men o‘ylab ko‘ray, mavlono.
Bu orada ular Sekri tog‘ining etagidagi buloqqa yaqinlashdilar. 
Atrofi orasta qilib qo‘yilgan suvi muzday buloq Boburning yaxshi 
ko‘rgan joylaridan biri edi. Shu yerda Xondamir ikkovlari otdan tush-
dilar.
Tiniq mavjlarga toza qumlar qo‘shilib qaynab chiqayotgan buloq 
sokin gulzorlarni oralab, shildirab oqmoqda edi.
– Atrof shunday sokin, – dedi Xondamir. – Ko‘l bo‘yida qurilish-
lar... Bundan ikki yil burun shu Sekrida Rano Sango bilan dahshatli 
janglar bo‘lganini tasavvur etish mushkul. Mana shu atroflarda bo‘lib 
o‘tgan qirg‘inning eng tahlikali damlari Boburning tasavvurida qay-
tadan gavdalandi. O‘shanda u naq o‘limni bo‘yniga olib qo‘ygan edi.


453
Zahar asorati hali ketmagan. Bobur asta-sekin darmonga kirib, 
sog‘lig‘ini tiklayotgan kunlarda navbatdagi hayot-mamot kurashi 
boshlandi. Bu gal eng jangovar rajput qo‘shinlarining sarkardasi 
Rano Sangram Sing to‘qson ming qo‘shin to‘plab, Boburga qarshi 
jangga otlandi.
Holbuki Bobur Kobulda ekanida Rano Sangram bir necha marta 
elchilar yuborib, uni Hindistonga taklif qilgan va Ibrohim Lodiga qar-
shi kurashga chorlagan edi. Rano Sangram o‘g‘li Bikramaditni oraga 
qo‘yib tuzgan shartnomada «agar Bobur hazratlari bizni Ibrohim 
Lodi zulmidan xalos qilsalar, uni oliy hukmdorimiz deb tan olurmiz» 
deyilgan joyi ham bor edi.
Ehtimol, u paytda Rano Sangram Boburni «Hindis-ton issiqlariga 
bardosh berolmas, oladiganini olib qaytib ketsa, mamlakat o‘zimizga 
qolar», deb o‘ylagandir. Ammo Bobur Hindistonda mahkam o‘rnashib, 
ikki yildan buyon katta qurilishlar qilayotgani va ulkan bog‘lar, tosh-
hovuzlar, qasrlar bunyod etayotgani Rano Sangramning avvalgi umi-
dini puchga chiqardi. Surishtirib qarasa, Boburning qo‘shini hali ham 
o‘n besh mingdan ortiq emas. Rano Sangram esa barcha rajput roa va 
ranolari bilan til biriktirib, bundan olti barobar ortiq qo‘shin to‘pladi. 
Yana Ibrohim Lodining ukasi Mahmud Lodi ham yigirma ming suvoriy 
bilan unga yordamga keldi. Rano Sangram mingdan ortiq jangovar 
filni oldinga chiqarib, yo‘lida uchragan to‘siqlarni parchalab, yanchib, 
Bobur tomonga bostirib kela boshladi. Ichkarida fitna, xiyonat. Bobur 
laxo‘rlik Olamxonni ikki ming qo‘shin bilan Gvalior himoyasiga yubor-
gan edi, u odam yo‘lini bexatar tomonga burib, askari bilan Panjobga 
qochdi. Hasanxon degan yana bir afg‘on sarkardasi olti yuz navkari bi-
lan Bobur qarorgohidan yashiriqcha chiqib, tunda dushmanga borib 
qo‘shildi. Shuning ustiga Muhammad Sharif degan munajjim:
«Mirrix g‘arb tomonidadir, osmondagi yulduzlar bizning 
mag‘lubiyatimizdan darak bermoqda», deb ovoza tarqatdi. Beku 
navkarlarni vahima bosganini sezgan Bobur Sekri ko‘li yaqinidagi 
qarorgohga besh yuzdan ortiq odamlarini yig‘di. Doshqozonlarda 
palov pishmoqda. Dasturxonlarga noz-ne’matlar, oltin-kumush suro-
hiylar qo‘yilgan. Soqiylar xumlarda kuch yig‘ib yotgan maylardan 
ko‘zachalarini to‘ldirib olishmoqda. Ulardan biri ikkinchisiga shivir-
lab deydi:
– Ertaga yana qirg‘in urush bo‘larmish. Shunday paytda ichkulik 
bazmi ko‘ngillariga qanday sig‘arkin?


454
Ikkinchi soqiy e’tiroz qiladi:
– Ichkulik odamni botir qilgay, g‘am-g‘ussani unutdirgay! Xumda 
xosiyat ko‘p. Ba’zi beklar ham: «Jangchilarning kayfiyatini may bilan 
ko‘tarmoq kerak!» deb, bazmning tezroq boshlanishini sabrsizlik bi-
lan kutmoqda edilar. Hatto shahzodalardan Humoyun bilan Askariy 
ham xatarli urush oldidan to‘yib kayf qilish umidida edilar. Bobur 
o‘g‘illarining otadan ibrat olib allaqachon may ichishga o‘tganlarini 
hozir yana bir og‘rinib his qildi-yu, ko‘pdan beri ko‘ngliga tukkan niyat-
ini shu qirg‘inbarot arafasida amalga oshirmasa bo‘lmasligini o‘yladi.
U savdarlarga buyurib ziyofat bo‘ladigan joydan nariroqqa 
kattagina chuqur qazdirdi. Chuqur yaqiniga sandiqday-sandiqday 
ikkita xarsangtoshni yumalatib keltirib o‘rnattirdi. Beku navkar-
lar uning nima qilmoqchiligini tushunolmay hayron edilar. Bobur 
oltin-kumush surohiylarga may qo‘yishni buyurdi. Lekin dasturxon 
yoniga hech kimni taklif qilmadi. O‘zi ham may to‘la oltin surohiy 
bilan haligi chuqur yaqinida tikka turibdi. Beklardan biri yonidagi 
o‘rtog‘iga:

Bugun tik turib ichgaymiz, chamasi? – deb shivirladi. Bobur 
hamma eshitadigan jarangdor tovush bilan:

Janob beklar! Yigitlar! – deb gap boshladi.– Taklif bo‘ldiki, 
jangchilarga may ichiraylik, toki dadil bo‘lib maydonga kirsinlar. 
Ammo boshimizdan o‘tgan, bilurmizki, may dadilligi – aldamchidir. 
Mast odam jangda ajal paymonasidan qanday ichganini bilmay qolur. 
Najot qayda? Ertangi jang biz ko‘rgan qirg‘inlarning eng mushkuliyu 
eng murakkabi bo‘lg‘usidir. Biz sepoyalar yasadik, arobalarni zanjir-
lar bilan bog‘ladik, g‘alabaning barcha rejalarini tuzdik. Endi bu re-
jalarni eng nozik nuqtalarigacha bexato amalga oshirmasak mag‘lub 
bo‘lgaymiz. Jangda nihoyatda hushyor bo‘lmog‘imiz kerak. Najot 
mastlikda emas, hushyorlikdadir! May ichib ko‘p gunohlar qildik. 
Endi men hayot- mamotjangiga halqumimni poklab kirmoqchimen... 
Bir o‘lim har vaqt boshimizda bor. Agar ertaga kunim bitsa, bu foniy 
dunyodan boqiy dunyoga may mastligi bilan emas, imon pokligiyu 
tan halolligi bilan ketmoqchimen!
Bobur o‘sha damda chindan ham bir o‘limni zimmasiga olib, beku 
navkarlari bilan vidolashayotgan odamday hayajonlanib gapirgan 
edi. Bu ko‘pchilikka juda qattiq ta’sir qildi. Bir lahzalik og‘ir jimlikdan 
so‘ng, Bobur shu bugun bitgan masnaviy she’ridan to‘rt satrini yod-
dan aytdi:


455

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə