Yetakchi xususiyatlari, tur va janrlari



Yüklə 272,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix28.11.2023
ölçüsü272,75 Kb.
#138362
  1   2   3   4   5   6   7   8   9


1-MAVZU. MUSTAQILLIK DAVRIDA «O‘ZBEK 
XALQ OG‘ZAKI IJODI»NI O‘RGANISHNING 
YETAKCHI MASALALARI. FOLKLOR ATAMASI
YETAKCHI XUSUSIYATLARI, TUR VA JANRLARI
Reja:
1. Mustaqillik va xalq ijodining o‘rganilishi masalalari, 
mustaqillik davri folklorshunosligining o‘ziga xos xusu­
siyatlari, folklor – milliy ma’naviyati mizning asoslari dan 
biri sifatida.
2. Folklor atamasi, yetakchi xususiyatlari, tur va 
janrlari.
1. Mustaqillik va xalq ijodining o‘rganilishi masa-
lalari, mustaqillik davri folklorshunosligining o‘ziga 
xos xususiyatlari, folklor – milliy ma’naviyatimizning 
asoslaridan biri sifatida. 
Ma’naviyat kecha yoki bugun 
paydo bo‘lib qolgan tushuncha emas, u asrlardan buyon 
xalqimiz bilan birga yashab, birga taraqqiy etib kelayotgan 
buyuk bir qadriyatdir. Inson dunyoga kelgan kunidan boshlab, 
to hayotining eng so‘nggi lahzasigacha o‘zi mansub xalqning 
qadriyatlari, an’analari ichida ulg‘ayadi, kamol topadi. Hatto 
o‘zini folklorga begona deb bilgan, bu atama ta’rifidan 
mutlaqo yiroq bo‘lgan kishi shu an’analar ichida ulg‘aygan, 
uning ongi, shuuri shu qadim an’analar ta’sirida shakllangan 
bo‘ladi. 
Har bir sohaning o‘z tarixi bo‘lganidek, folk lorshunoslik 
borasidagi izlanishlarning ham o‘z ildizlari mavjud. Bu 
izlanishlar ildizi olis o‘tmishga borib taqaladi. Mahmud 
Koshg‘ariy zamonidan to bugungi kungacha xalq og‘zaki 
ijodi haqida nimaiki aytilgan, yozilgan bo‘lsa bularning bari 
o‘zbek xalq og‘zaki ijodini o‘rganishga o‘zining munosib 
ulushini qo‘shgan. 
1


Mamlakatimiz mustaqillikka erishish ostonasida birinchi 
Prezidentimiz tomonidan ko‘plab hayotbaxsh farmonlar bilan 
bir qatorda, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va 
Navro‘z bayramini qayta tiklanishi xalqimizning ma’naviy 
hayotida katta iz qoldirdi. Shubhasiz, aytish mumkinki, bugun 
mamlakatimiz iqtisodiy, madaniy sohada nimaiki yutuqlarga, 
yuksalishlarga erishgan bo‘lsa, ana shu sa’yi harakatlarning 
alohida o‘rni bor. Zero, til millat tafakkurini shakllantiruvchi 
bir mezondir. Til va tafakkur bir-biriga bog‘liq jarayon. 
Millatning til ravnaqi, shubhasiz, uning badiiy asarlarida 
namoyon bo‘ladi. Xalq og‘zaki ijodi ana shunday tafakkurni 
shakllantiruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi.
Folklor turli davrlarda turlicha o‘rganilgan, turlicha 
yondoshuvlar bo‘lgan, biroq mustaqillikdan keyin u tom 
ma’noda yangicha mazmun va mohiyat kasb etdi. 
«Alpomish» dostonining ming yilligi xalqaro miqyosda 
keng nishonlandi, «O‘zbekiston xalq baxshisi» unvoni joriy 
etildi. Bu esa milliy ma’naviyatimizning asoslaridan biri 
bo‘lgan xalq ijodining yuksalishiga xizmat qildi. 
«Alpomish» dostoni millatimizning o‘zligini namoyon 
etadigan, avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan qahra-
monlik qo‘shig‘idir, – deb yozadi birinchi Prezidentimiz 
Islom Karimov o‘zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas 
kuch» kitobida. – Agarki, xalqimizning qadimiy va shonli 
tarixi tuganmas doston bo‘lsa, «Alpomish» ana shu 
dostonning shoh bayti, desak, to‘g‘ri bo‘ladi».
1
Bu nafaqat 
«Alpomish» dostoniga, balki, butun folklor asariga, milliy-
ma’naviyatimizga berilgan yuksak ba hodir. Shuning uchun 
ham mustaqillikka erishgani 
miz 
dan keyin folklor milliy 
ma’naviyatimizni shakllan 
tiruvchi asosiy omillardan biri 
sifatida o‘rganib kelinmoqda. 
1
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 
2008. – B.32-33. 
2


Mustaqillik davridan oldin folklor asarlari o‘rganil-
maganmi, nashr etilmaganmi degan haqli savol tug‘ilishi 
tabiiy. O‘rganilgan, tadqiq etilgan va nashr ham etilgan. 
Biroq, bu nashrlar mukammal nashrlar emasdi. Ularda ko‘plab 
qisqartirishlar, buzib talqin qilinishlarga yo‘l qo‘yilgandi. 
Birgina misol: «Rustamxon» dostonining folklor arxivida 
saqlanayotgan qo‘lyozmasida Sultonxonning farzandli bo‘lish 
oldidan tush ko‘rgani shunday tasvirlanadi: «Sultonxon 
ul kecha yotib tush ko‘rdi. U tushida shunday ayon bo‘ldi. 
Bu Xudoy bergan farzanding, Qurudum mamlakatiga safar 
qilsang, o‘n to‘rt jil deganda borib kelsang shu bolang turadi, 
bo‘lmasa nobud bo‘ladi» (Hodi Zarifov nomidagi folklor 
arxivi. Qo‘lyozma, inv. № 112, 6–7-betlar.).
Bu tush motivi Sultonxonning Qurudum mamlakatiga 
safarga chiqishining sababini hamda tug‘ilayotgan farzand 
Rustamning oddiy farzand emas, ilohiyot bilan bog‘liqligini 
ko‘rsatuvchi muhim bir jihatdir. Aytish mumkinki, doston
tush motivi bilan boshlanadi va doston so‘ngidagi voqealar 
ana shu tush bilan bog‘liq holda kechadi. Biroq «Rustamxon» 
dostonining 1965-yilgi va 1985-yilgi nashrlarida bu motiv 
tushirib qoldirilgan. Oqibatda Sultonxonning safarga chiqishi 
ham noayon bo‘lib qoladi.
Yoxud qo‘lyozmada: Ko‘rolmaysan, bildim yolg‘iz 
qo‘zingdi, 
Kelgin sarson opa, endi birga jilayik, – deya Ximchaoyim 
Xuroyimga murojaat qiladi. Bu murojaatda «Sarson, sargor-
dan, ya’ni ovvora bo‘lgan opa, kelgin, birga yig‘laylik», - 
deyilyapti. Nashrda esa oxirgi misra: «Kelgin, chopson, opa, 
endi birga yig‘laylik» – tarzida berilganki, oqibatda chopson 
so‘zining misradagi ma’nosi noaniq bo‘lib qolgan. Bunday 
misollarni ko‘plab keltirish mumkin. 
«Alpomish» dostonidagi poyga epizodini eslang. 
Mustaqillikdan oldingi yillardagi nashrlarda «bog‘langan 
3


band»dan Rajabxo‘ja pirning yordamida xalos bo‘lgan 
Qorajonga qarata aytilgan:

Yüklə 272,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə