O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


BOB. TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHNING MAZMUNI, SHAKL, METODLARI



Yüklə 94,99 Kb.
səhifə8/11
tarix11.05.2023
ölçüsü94,99 Kb.
#109550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
24 variyant

BOB. TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHNING MAZMUNI, SHAKL, METODLARI.


    1. § Bolalarni maktabga tayyorgarlik mazmuni.

Maktabdagi majburiy ta'lim bolaga ma'lum talablarni qo'yadi. Ma'lumki shu bola ta'lim-tarbiyaviy muassasaning talablarini baj'ara oladigan rivojlanish daraj'asiga yetish kerak, faqat shundagi bolani maktabga yozdirish mumkin.
Maxsus adabiyotlarda bolalarning maktabga tayyorgarligini mazmuni va mezonlari aniq ko'rsatib berilgan, lekin bolani maktabga tayyorlashda bola shaxsini qaysi tomonlari va qanday rivojlantirish kerakligi masalasida ota-onalar va bog'cha tarbiyachilar tasavvurlari turlichadir. Bola tarbiyasida ishtirok etgan kattalar orasida o'tkazilgan so'rovlar shuni ko'rsatadiki, ko'pchilik ota-onalar uchun bolaning maktabda muvaffaqiyatli o'qishini asosiy hal qiluvchi shartni uning umumiy rivojlanishi tashkil etadi, ya'ni yaxshi sog'liq, jismoniy chiniqish, axloqiy va ijtimoiy yetuklik. Ba'zi bir kattalar (ota-onalar) faqatgina aqliy rivojlanish muvaffaqiyatli maktab o'qishning asosiy omili deb hisoblashadi. O'z fikrlarini uiar shunday asoslab berishadi, xususan, birinchi sinfda bolalarga barcha o'quv fanlari mazmunini o'zlashtirish qiyin bo'ladi va yana hozirgi ilmiy-texnikaviy rivojlanish insonning aqliy qobiliyatiga juda katta talablar qo'yadi. So'ralganlarning ko'pchiligi eng, avvalo, bolaning jismoniy va aqliy rivojlanish darajasini ko'paytirish kerak deb hisoblashadi. Ota- onalarning kamchiligi bolaning hissiy-axloqiy rivojlanish darajasini nazarda tutib, bolaning ijtimoiy rivojlanishiga asosiy kuchni qaratishadi.
Bolani maktabga tayyorlashda ota-onaning kuchlari, asosan, o'qish jarayoni bilan bevosita bog'liq, malaka va ko'nikmalarga yo'naltiriladi. Ular birinchidan - bolani diqqatini bir joyga jalb qilishni o'rganish kerakligi,
ikkinchidan uning bilimlarini to'ldirib, xotira, tafakkur va nutqini rivojlantirish kerakligi, uchinchidan - maktabga bo'lgan qiziqishini o'stirib borish kerakligini ta'kidlab aytishadi. Ba'zilar bolalarning irodaviy sifatlarini rag'batlantirish va mustahkamlash kerak deb hisoblashadi, ular bolaning qat'iyatli va tirishqoq bo'lishiga harakat qilishadi hamda bolada intizomni, harakatchanlikni shakllantirish, ya'ni uning butun xulqini shakllantirish. Qo'l amaliyotini rivojlantirish ham alohida bir qism bo'lib kiritilgan.
Ota-onalarning ko'pchiligi birinchi sinfga borishdan oldin bolaga o'qish va yozishni o'rgatish kerak emas deb hisoblashadi, chunki keyinchalik, bola maktabga borganda o'qishga qiziqishni yo'qotib qo'yish mumkin, darslarda be'tibor bo'lishi mumkin. Ularning bolaga o'qish va yozishni o'rgatmasliklarining yana bir sababi maktab talabalarini bilmay turib, noto'g'ri o'rgatib qo'yishdan xafvsirashadi (qo'rqishadi). O'qish va yozish bu faqat maktab faoliyat turlari va ularni o'rgatish maxsus tayyorlangan o'qituvchilar ostida amalga oshish kerak deb hisoblashadi.
Ota-onalarning boshqa bir guruhi bolaning maktabga borishdan oldin o'qish va yozishga o'rgatishga intiladilar. Ular bolaga maktab tomonidan qo'yilgan talablari va 1-sinfda o'qitish tempi juda baland va tez, shuning uchun oldindan olingan (o'zlashtirilgan) malakalar bolaga har
qanday topshiriqlarni bajarishga yordam beradi va natijada, ortiqcha zo'riqishni oladi, deb asoslab berishadi.
Shunday ota-onalar ham borki, ular bolani o'z shuhratparst niyatlarga o'rgatadilar: o'quv yili boshida ularning bolalari o'z tengdoshlaridan oshib o'tib (ilgari o'tab ketib) va shu tufayli endi shakllanayotgan kollektivda manfaatli o'rinni egallaydilar.
5-6 yoshli bolalar bilan ishlaydigan bog'cha tarbiyachilar so'rovlari shuni ko'rsatdiki, ko'pchilik bolaning maktabga tayyorlashda jismoniy va aqliy rivojlanishni afzal qo'yish-moqda. Ta'lim tarbiyaviy - ishni bolani tafakkuri, nutqi va bilim jarayonlarini shakllantirishga yo'naltirilib, pedagoglar bolani tabiat va jamoat to'g'risida asosiy bilimlar bilan boyitishadi. Ular, ota-onalar kabi aqliy va jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasi bolaning shu sohadagi duch kelgan qiyinchiliklardan saqlaydi, deb hisoblashadi. Bunda, shaxsning iroda va intizom kabi sifatlarini tarbiyalashga kamroq e'tibor beriladi.
Qanday qilib olimlar maktabga tayyorgarlikni aniqlashadi? Pedagogik va psixologik adabiyotlarda bolaning ta'lim va tarbiya jarayoniga kirib, uning mazmuni muvaffaqiyatli o'zlashtirib olishga yo'l qo'yadigan shaxsning umumiy rivojlanganligi deb ko'rsatilgan, yana maktabgacha yoshdagi bola o'zining jismoniy, aqliy va estetik rivojlanishini egallashi kerak bo'lgan.
Maktabga tayyorgarlik darajasini bolaning katta aqliy va jihatlarning yaxlit bir sistemasi (tartibi) deb ko'rsatilgan. Jismoniy vazifalarini bajara oladigan butun organizm va asab sistemasining ma'lum yetuklik saviyasini aniqlaydi (ko'rsatadi). Shu bilan bir qatorda tevarak atrof haqida olinganoddiy bilimlar, amaliy va aqliy faoliyatdagi oddiy malakalar,
tafakkur, nutq va bilim qiziqishlarining rivojlanish darajasi, hulqning ijtimoiy va axloq-irodaviy sifatlarini shakllanish darajasi katta ahamiyatga ega.
Psixologlar (ruhshunoslar) maktabga umumiy tayyorgarlikning quyidagi tarafiarini ajratadilar: jismoniy, aqliy, ijtimoiy-axloqiy (yoki ijtimoiy his tuyg'uli) va sababli (motivli).
Boshlang'ich maktab bolaning o'qitishga tayyorgarlik darajasiga o'z talablarini qo'yadi. Talablardan biri - bog'cha bolalariga xos bo'lgan kun tartibga rioya qilish. Maktabgacha bolaning bog'chaga borish vaqti oilaviy sharoitga
qarab belgilanadi. Ammo maktabga borish majburiy bola darslarga har kuni kelishi shart.
Bog'cha bolasi kun bo'yi tuzilishi va mazmuni qiziq bo'lgan turli xil faoliyatlar bilan shug'ullanadi. Asosan, bola o'z xohish (istagi) bo'yicha o'ynaydi yoki ish bilan shug'ullanadi. Bola o'zining mashg'ulotlarini va o'yinlarini vaqti va mazmunini o'rganish mumkin. Maktabda esa kunning birin-chi qismining asosiy vaqtini tartibli (sistemali) o'qitish egallaydi; bundan tashqari, kunning ikkinchi qismini ma'lum vaqtini yana darslarni tayyorlashga ajratish kerak. Maktabda bola o'z xohishi va qiziqishi bilan tanlagan mashg'ulotlar chegaralangan. Bola maktab tartibi va darslar jadvaliga bo'ysunishi kerak. Har qanday ob-havoda bola maktabga vaqtida kelishi, o'quv qurollarini olib kelishi, maktab ta'lim sharoitlariga ko'nikishi kerak. Darslarda ma'lum vaqt tinch o'tirib, diqqatini bir joyga jalb qilib ishlashi tanaffuzda esa nisbatan qisqa vaqt ichida o'z kuchlarini tiklab olishi kerak bo'ladi. Maktabdagi ta'limning tashkil etilishi va mazmuni o'quvchining mustaqil ishlashini ta'minlab beradigan malaka va ko'nikmalarining rivojla-nishini yuqori darajasini talab qiladi. Bolaning yozuvni muvaffaqiyatli egallashi uchun, masalan, unda barmoqlarini mayda harakatlari rivojlangan bo'lishi shart.
Shunday qilib, maktab hayotiga jismoniy va ruhiy jihatdan o'rganish, uchun bolaga eng, avvalo, mustahkam sog'liq, orgnizmni kasalliklarga kurashish qobiliyati, jismoniy chiniqish va chidamli bo'lish kerak. Sistemali (tartibli) ta'lim uchun bolaning aqliy rivojlanishi, ya'ni, aniqrog'i, maktabga umumiy ruhiy tayyorgarligi muhim deb hisoblanadi.
Bola birinchi sinfda uchta fan (o'qish, yozuv va matematika)ning asoslarini, tabiat va jamiyat to'g'risida oddiy bilimlarni egallaydi. Bola odamlar, jismlar va tevarak atrof-dagi hodisalar haqida ma'lum tasawur bilan maktabga kelishi kerak.
Bolaning o'quv materialni to'liq o'zlashtirishi va ta'limni bola qobiliyatlariga mos kelishi uning aqliy faoliyatiga bog'liq bo'ladi.
Bolaning yaxshi o'qishiga aqliy faoliyatining rivojlanish darajasi, idrok, tasavvur, xotira va tafakkur funksiyalari, hamda aqliy faoliyat bilan shug'ullanish odatlari ta'sir qiladi. Bola tahlil qilish (analiz) qobiliyatiga o'rganish kerak: narsalarni (predmetlarni) idrok etganda muhim va muhim bo'lmaganlarni ajrata bilish, kuzatayotgan hodisalarni umumlashtirish, guruhlash va hokazo. Bola zehinli, ziyrak, topqir, mustaqil bo'lishi kerak. Zavq, hursandchilik keltiradigan aqliy faoliyatga nisbatan bolada qiziqish paydo bo'ladi.
Ta'limning muvaffaqiyatli bo'lishi ko'p jihatdan bola nutqining rivojlanish darajasiga, uning lug'at boyligiga, mustaqil, aniq, ifodali va grammatik jihatdan to'g'ri gapira berishiga bog'liq bo'ladi. Nutq-aqliy faoliyatning asosiy qismi (komponenti) va bolaning shu faoliyati natijalarini aytib bera oladigan asosiy vosita bo'ladi. O'qishda ijobiy natijalarga erishishning muhim asoslaridan bilimdonlik, tirishqoqlik hisoblanadi.
Bolada maktabga borish bilan nafaqat hayot tartibi va asosiy faoliyatida, balki ijtimoiy o'rnida ham o'zgarishlar sodir bo'ladi. Sola munosabatlari shakllangan tanish tengdoshlar va kattalar jamoadan, notanish bolalar va kattalar jamiyatiga o'tadi. Oldingi jamoada (kollektivda) bola ma'lum bir o'rinni egallash, o'zini huquq, burch va imtiyozlarini bilar edi, yangi shakllanayotgan maktab jamoatida esa bola o'zini boshidan ko'rsatishi kerak. Bolaning burch va huquqlari, maktabgacha davrga nisbatan, aniqroq va qattiqroq belgilanadi. Bola faoliyatini baholashning muhim mezonlardan bin, nafaqat maktabda, balki oilada, tengdoshlar davrasida, — bu muvaffaqiyatli o'qish bo'lib qoladi.
Baho qo'yish va baholash ijtimoiy ahamiyatga va rasmiy hujjat shakliga ega.
Maktabda uzoq muddat ota-ona g'amxo'rligisiz bo'lgani sababli, bola o'z yoshiga mos his tuyg'u va iroda mustah-kamligiga ega, o'z xulqini nazorat qila olishi kerak. Agar o'quvchi o'qishga ijobiy yondashsa, o'qishni xohlab, intilsa, ta'limdagi boshlang'ich qiyinchiliklarni tezroq va osonroq bartaraf etiladi. Iroda bolaga barcha maktab vazifalarini doimiy va muvaffaqiyatga bajarishga kerak bo'ladi.
Bilim va ijtimoiy hayot qonun-qoidalariga rioya qilish, xarakterning ijobiy jihatlarining shakllanganligi bolaga boshqa bolalar bilan muloqot o'rnatishda, sinfdoshlar bilan do'stona munosabat o'rnatishda va jamoada faol ishtirok etishda juda katta yordam beradi.
Bolani maktabga umumiy tayyorgarligi deganda uning har tomonlama, ya'ni uning ma'lum bir taraflari emas, balki hamma taraflari rivojlangan bo'lish kerak. Har qanday bir tarafini rivojlanmagani, zaifligi (aqliy, his-tuyg'uli, irodaviy yoki amaliy-harakatli) maktabda o'zlashtirmaslikning sabablaridan bo'lishi mumkin.
Shu bilan birgalikda, birinchi sinfda o'quv fanlarning (o'qish, yozish, matematika) mazmunini o'zlashtirish uchun maxsus bilim, malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishlari kerak. Masalan, matematika o'qitishda o'qituvchi bola narsalarning rangi, shakli, katta-kichikligi, sonini ajrata biladi deb hisob- laydi; yozuvni o'rganishda esa bola yozuv va rasm qurollarini to'g'ri ishlata olishini, grafik mashqlarni bajara olishga tayanadi. Shu kabi bilim, malaka va ko'nikmalar maktabga maxsus tayyorgarlikni tashkil etadi. Umumiy va maxsus tayyorgarlik bir-biriga zid kelmaydi, bir-birini chiqarib tash-lamaydilar. Maktab fanlarini mazmunini o'zlashtirishda bolani, maxsus tayyorgarligi umumiy tayyorgarlikdan kelib chiqadi, unga mos keladi va tayanadi va aksincha, maxsus
tayyorgarlikning mazmuni ta'limning umumiy tayyorgarlikka yordam berish kerak.
Bola shaxsini rivojlantirishda ma'lum bir tarafiga (asosan, aqliy) kuchli yo'naltirish berishga alohida e'tibor berish kerak. Kattalar har doim shuni esda tutishlari kerakki bolaning yoshini hisobga olinmagan tezlashtirilgan, jadal o'qitish zarur hisoblanadi.
Maktabgacha davr inson shaxsini shakllantirishda juda katta ahamiyatga ega, chunki shu davrda shaxsning asoslari solinadi. Agar shaxsni har taraflama shakllantirishda aynan shu yoshdagi qulay sharoitlardan qo'llanilmasa, rivojlanishning to'xtab qolishlari yoki chetlashlarini bartaraf etish nihoyatda og'ir kechadi.
7 yosh - bu bola yangi sharoitga tez o'rganadigan va o'qish jarayonida muvaffaqiyatli ishtirok etadigan davr hisoblanadi. Ya.A.Komenskiy bolaning yettinchi yili - bu bekorchilikda buzilib ketmaslik uchun maktabda o'qishni boshlaydigan vaqt hisoblagan. Bolani ona maktabida 5-6 yil ta'lim-tarbiya olishini (oilada bolani ona tarbiyasi nazarda tutilgan) u yetarli va optimal muhlat deb hisoblagan.
Bolaning yoshi (7 yosh) mezonidan tashqari, uni sog'lig'ini umumiy holati va asosiy antropometrik ko'rsatkichlari jismoniy tayyorgarligini belgilashadi. Bunda bo'yi (7 yoshga 110 sm dan kam bo'lmasligi kerak), vazn (20 kg), ko'krak aylanasi (nafas chiqqanda 55 sm dan kam bo'lmasligi kerak), tanadagi o'zgarishlari suyaklarni o'sishi, tishlarni almashuvi.
Maktabga tayyor bo'lgan bola jismoniy chiniqqan, bar qanday ob-havoda uzoqda uzoq vaqt yura oladi, asosiy harakat malakalarga, to'g'ri osankaga ega, o'zining harakat-larini nazorat qila oladi, tozalikka rioya qiladi.
Bolaning bilim jarayonlarini rivojlanganligi uning jamiyat va tabiat, voqea hodisalarni tushunib yetishi, kuzatish qobiliyati, kundalik hodisalarni to'g'ri nomlash, bir-biri bilan bo'lganlar aloqani tushunib yetishi ko'rsatiladi. Bola o'z fikrlarini ifoda eta bilish kerak, ijodiy va mustaqil fikrlay olishi, aniq ko'rgazma materialga tayanib, masalalarni yecha bilishi kerak. 6-7 yoshli bola oiladan tashqarida ham o'zini dadil tutishi kerak. Shakllangan madaniy ko'nikmalari o'z tengdoshlari bilan munosabatlar o'rnatishga yordam beradi.
Bolaga mustaqil o'zi kiyinishni, ovqat yeyishni, narsalarini toza va tartibli saqlashni o'rganishi kerak. Bola kattalar mehnatini muhimligini tushunishi va hurmat qilishi kerak. Har qanday ishga ijobiy yondashib, uni diqqat, e'tibor bilan vaqtida bajarishi lozim.
Bolada estetik idrokni shakllantirish, o'zini yoshida mos adabiy asarlarga qirqish uyg'otish, yon-atrofni estetik (nafis) jihatdan bezatishiga intishini rivojlantirish kerak. Bolani musiqani, adabiy so'zni, rasmlarni chiroyini sezishni o'rganishi kerak; ashula aytishi, rasm chizish, yasash, toipshmoqlar, laparlar, tez aytishlar, maqollar, ertaklarni bilishi va aytib berishi, kitoblarni avaylashni bilishi kerak.

    1. Yüklə 94,99 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə