Tadbir ssenariysi tayyorlash uchun namuna “Assalom, Navro‘z!” nomli bayram tadbiri



Yüklə 102,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix23.09.2023
ölçüsü102,8 Kb.
#123470
  1   2   3


Tadbir ssenariysi tayyorlash uchun
NAMUNA
“Assalom, Navro‘z!” nomli bayram tadbiri.
Maktab hovlisi bayramona sharlar, gullar bilan va navro‘z bayramiga oid
shiorlar bilan bezalgan. Tadbirga mahalla vakillari, faxriy ustozlar, ota-onalar hamda
o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etadilar.
Bayram tadbirlaridan avval sinflararo “Bahor taomlari - Navro‘z ko‘rki” nomli
tanlov o‘tkaziladi. Tanlovda barcha sinf o‘quvchilari o‘zlari tayyorlagan bahor
taomlarini dasturxonga tortadilar. Hakamlar hayati taomlarni turlariga, sifatiga,
mazzasiga dasturxonning bezalishiga ko‘ra baholaydilar. So‘ng bayram tadbiri
namoyish etiladi.
1-boshlovchi:
Assalomdan boshlaymiz kirish so‘zimiz.
O‘zbekiston deya atalur bizning yurtimiz,
Ko‘hna Farg‘onaning farzandi o‘zimiz.
Kelajagi porloq yurtim senga assalom.
2-boshlovchi
Assalom, azizlar, qalbi quyoshlar.
Mehringiz nuridan bahramand yoshlar,
Biz sizga keltirdik bir oliy iymon,
Bir oliy iymonkim otashin salom.
Assalomu alaykum, deymiz maktabning go‘zallikda tengi yo‘q, sho‘x va shodon
qizlariyu mard va jasur yigitlariga va yana alohida boshimizni egib ta’zim aylaymiz
aziz va mo‘tabar ustozlarga, maktabimizga tashrif buyurgan mehmonlarimizga.
1-boshlovchi:
Biz O‘zbekiston yurtini balki maktabimizning barcha yoshlari va ustozlarini
kirib kelayotgan Navro‘z ayyom bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin deymiz.
Bahmal yopib yillarga,
Adir dala qirlarga
Gullar olib qo‘llarga
Navro‘z keldi azizlar.
2-boshlovchi:
Quyosh separ nurlarin
Yerga zarrin nurlarin,
Erkalatib hurlarin,
Navro‘z keldi, azizlar!
Bugungi “Assalom, Navro‘z“ deb nomlangan bayram tadbirimizni ochib berish
uchun so‘zni maktabimiz rahbari Nabiyev Abdumomin Nazirovichga beramiz.
Hozirgi navbatni 9-g sinf o‘quvchisi Tursunova Sevaraning “Orombaxsh”
raqsiga beramiz.
Hozirgi navbat 9-g sinf o‘quvchilari tayyorlagan bayram dasturiga
Navro‘zoy, Bahoroy va Dehqon bobolarni davraga taklif etamiz.
1-boshlovchi:
Navro‘z bu yil ham dillarga olam-olam quvonch olib kelayoir. Uni hamma


bolalaru qizlar momolaru- bobolar ham sog‘inishgan.Chindan ham ostonamizni hatlay-
hatlay deb turgan navro‘zni sog‘indik.Uni har yilgidek o‘zimiz orzu qiladigan va esda
qolarli tarzda nishonlaymiz. Chunki Navro‘z biz sevib va kutib nishonlaydigan
bayramlardandir.
2-boshlovchi:
Navro‘z yasharish bayrami tabiatning uygo‘nishi bilan bog‘liq bo‘lgan kun.
21-mart kecha va kunduz tenglashgan yangi kun ya’ni Navro‘z bayrami sifatida sharq
xalqlari tomonidan nishonlanadigan milliy bayram hisoblanadi.

Yüklə 102,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə