O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


§ Maktab ta’limi tayyorgarligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar



Yüklə 94,99 Kb.
səhifə7/11
tarix11.05.2023
ölçüsü94,99 Kb.
#109550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
24 variyant

§ Maktab ta’limi tayyorgarligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar.


Bolani qachon va qancha tayyorlash kerakligi haqida kattalar orasida turli fikrlar mavjud. Ko'pchilik ota-ona va tarbiyachilar 3 yoshdan boshlab, 1-sinfga bir yil qolgungacha tayyorlashni ku-chaytirish kerak deb hisoblashadi. Ammo boshqalar faqat mak-tabdan oldingi bir yil davomida tayyorgarlik qilish kerak deb ay-tishadi. Ba'zi ota-onalar bola bog'chaga borishi bilan maktabga tayyorgarlik boshlanadi, deb o'ylashadi.


Maktab hayotiga bolani kim tayyorlashi kerak? Bog'cha tarbiyachilari bolani maktabga tayyorlash butun bog'cha davrida amalga oshishi kerakligini tushunishadi va dastur talablariga bi-noan uni amalga oshirishadi. Lekin aynan maktabga borishdan avval ular tayyorgarlikka alohida diqqat-e'tiborini qaratishadi: talaffuzdagi kamchiliklarni bartaraf etishadi, bilimlarni bir sistemaga solishadi, qo'llarning mayda harakatini rivojlantirishadi va hokazo.
Lekin, oila bola tug'ilishidan keyin yashaydigan birinchi ijtimoiy muhit. Oilada bola o'zining birinchi ijtimoiy tajriba va malakalarini orttiradi, ota-ona va kattalar namunalari orqali tarbiyalanadi, oilaviy rishtalarni tushunib yetadi va qadrlaydi. Shuning uchun bolani maktabga tayyorlashda oila hal qiluvchi, mu-him ahamiyatga ega. Ota-onalarning ko'pchiligi bolani maktabga tayyorlashda bog'cha bilan oilaning hamkorligi zarur deb hisoblashadi. Ba'zi ota-onalar esa bolani maktabga tayyorlashda javobgarlikni bog'chaga yuklashadi, ba'zilari esa butun javob-garlikni o'z bo'yniga olishadi.
Y.A. Kamenskiy o'zining «Onalar maktabi» kitobining maktabga tayyorlash bobida yozishicha, barcha insonlar bajaradigan ishlar, ma'lum bir tayyorgarlikni talab qiladi. Ota-onalar shuni o'ylab, o'z bolalarini maktabga tayyorlashadi. Maktabga har tomonlama tayyorgarlikdan tashqari, Kamenskiy ota-onalar uchun quyidagi vazifalarni ko'rsatadi:

  1. Bolalarda maktabga borganda, o'z tengdoshlari bilan o'qi- gan va o'ynaganda xursandchilik hissini tug'dirish.

  2. Bolalarga maktabdagi ta'limning mohiyatini tushuntirish, ularni maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishtirish.

  3. Bolalarda bo'lajak o'qituvchilarga nisbatan hurmat va ishonchni shakllantirish.

Hozirda ota-onalar bolalarni maktabga qanday tayyor-lashmoqda. Ota- onalarning ko'pchiligi maktabda yaxshi o'qish-ning shartlaridan biri shaxsning umumiy rivojlanishi deb hisoblashadi. Ammo, bolaning aqliy rivojlanishi eng asosiysi deb bilishadi, shuning uchun mashg'ulotlarda bilim, nutq, tafakkur va xotirani rviojlantirishga harakat qiladilar. Keyingi o'ringa bolaning o'qish va yozish malakalarini rivojlantirishni qo'yishadi, yodlatishadi, suhbatlashishadi, birgalikda mantiqiy o'yinlar o'ynashadi. Gohida mehnat, sport, ashula yoki raqs bilan shug'ullantirishadi.
Xulosa qilib aytganda, bolani maktabga tayyorlashda maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari bilan ota-onalarning hamkorlikda ish yuritishi ijobiy natija beradi.

  1. Yüklə 94,99 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə