O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


§ Maktabgacha ta’lim muassasalarining tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini aniqlash



Yüklə 94,99 Kb.
səhifə6/11
tarix11.05.2023
ölçüsü94,99 Kb.
#109550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
24 variyant

§ Maktabgacha ta’lim muassasalarining tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini aniqlash.


Ushbu muammoning yechimini topishda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda quyidagi ob’ektiv va sub’ektiv shart- sharoitlarning yaratilishi muhim ahamiyatga ega.

  1. Sub’ektiv shart-sharoitlar. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi

    • bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo’yicha ota-ona, pedagog hamda maktabgacha ta’lim muassasa hodimlarining bu borada muayyan bilimga ega ekanligi;

    • Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash qiziqarli va ichki intilishning mavjujudligi;
  1. Ob’ektiv shart-sharoitlar.


    • Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashga oid mavzularda yaratilgan manbalar ilmiy,ilmiy – ommabop, metodik adabiyotlar, darslik, qo’llanma hamda ko’rgazmali qurollarning mavjudligi;

    • Ta’lim jarayonining axborot va texnik vositalar bilan yetarli darajada ta’minlanganligi va hakazolar.

Metodlar og’zaki metod uning mazmunini ifodalovchi quyidagida o’z aksini topadi.Ma’ruza, semenar, konferensiya.
Ko’rgazmali metod mazmunini ifodalovchi shakllarni bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo’yicha bukled, elektron darslik, plakat va boshqa didaktik materiallar to’plami, vedio syujet, (bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo’yicha) va hakozalar.Yuqoridagi manbalarni o’rganish natijasida mazkur band yuzasidan quyidagi xulosaga kelish mumkin.

  1. So’nggi yillarda ―Bolalarni maktabga tayyorlash‖ metodikasi muammo sifatida o’rgangan va bu borada bir qator konsepsiyalarga asoslangan.

  2. Tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorlashning pedagogik asoslari mavzusida yartilgan manbalardan muammoning u yoki bu jihati alohida-alohida tatbiq etilgan.Shu bois, bu masalani yaxlit bir butun hamda har tomonlama yondashuv asosida tatbiq etish dolzarb va pedagogik muammo sifatida izlanishlar olib borish ehtiyojini yuzaga keltirmoqda.

  3. Chiqarilgan nazariy xulosalarga asoslangan holda tatqiqotchilik faoliyatini yo’lga qo’yishda dastlabki pedagogik va psixologik jihatdan ―Maktab ta’limiga tayyorlash ‖ tushunchalariga sharh berishda boshlash lozim degan to’xtamga keldik.Zero bu tarzdagi harakat tatqiqotning umumiy mohiyati to’g’risida aniq tasavvurning hosil bo’lishiga zamin yaratdi.Dessertatsiya ishining

    1. bandida ana shu xususida so’z yuritilgan.

Bolarni maktab ta’limiga o’qitishning samaradorligi ko’p jihatdan ularning tayyorgarlik darajalariga bog’liq bo’ladi.Maktab ta’limiga tayyorgarlik- maktabgacha ta’lim muassasalari va oilada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaga berilgan ta’lim va tarbiyaning muhim yakunidir.Bolaning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasi maktab bolaga qo’yadigan talablar majmui orqali aniqlanadi.Bu talablarning o’ziga xos tomoni o’quvchining yangi sotsial- psixologik o’rni, u bajarishga tayyorlangan bo’lishi lozim bo’lgan yangi vazifa va burchlardan kelib chiqadi.
Maktabga kirish bola hayotidagi odatiy turmush tarzi atrofdagilar bilan munosabat sistemasining o’zgarishiga aloqador muhim davrdir. Bola hayotida birinchi bor markaziy o’rinni ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan o’quv faoliyati egallaydi. Unga odatiy bo’lgan erkin o’yin faoliyatidan farqli o’laroq endi ta’lim majburiy bo’ladi va birinchi sinf o’quvchisidan to’rtta jiddiy munosabat talab
etiladi.Ta’lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolaning kundalik hayot jarayonini qayta quradi.
Har qanday pedagog hech qanday vositalardan foydalanmay, bolani maktabga tayyorgarligini aniqlay oladi. Ba'zi ota-onalar ham bola qanchalik sog'lom, chaqqon, mustaqil, aqlli, o'qishga tayyor ekanligini taxminan bilishadi.
Bog'cha tarbiyachilari har bir bolaning maktabga tayyorgarligini to'g'ri aniqlashda yetarli pedagogik, texnologik bilim va tajribalarga ega bo'lishlari kerak, bunda ular MTMda ta'lim va tarbiya dasturi talablariga tayanishlari kerak. Agar maktabgacha davrda bola normal rivojlangan bo'lsa, uning jismoniy va aqliy rivojlanishiga hech qanday kuchli ta'sirlar bo'lmagan bo'lsa, unda bola yetti yoshda ta'lim olish darajasiga yetadi.
Ammo ba'zi oilalar va bog'chada maktabga tayyor bo'lmagan bolalar ham uchraydi. Bunday bolalar mutaxassis nazoratida maxsus tekshiruvdan o'tishadi va o'qishga tayyorgarligi darajasi haqida mutaxassis xulosa chiqaradi. Bolaning o'yinqaroqligi, mustaqil bo'la olmasligi, his-tuyg'u va ijtimoiy rivojlanishining juda past darajaliligi uning maktabga tayyor bo'lishiga to'siq bo'ladi. Bunday bolalar o'rtoqlari va tengdoshlari orasida o'z o'rnini topa olmaydilar.
Ular kundalik faoliyatlarida yordamga muhtoj: berilgan va-zifalarni tushuna olmaydilar va mustaqil bajara olmaydilar, qo'llarining mayda harakatlari yaxshi rivojlanmagan. Lug'at boyligi, o'z fikrlarini ifodalashi chegaralangan, xotirasi sust, umumlash-tirishni bajara olmaydi va hokazo.
Bularga nafaqat bolaning yomon ijtimoiy ahvoli sabab bo'ladi, balki nasliy omillar, jiddiy va murakkab kasalliklari, yengil tug'ma jarohatlari, nevrozlar keltirib chiqaradigan sharoitlar ham sabab bo'ladi. Bola o’qishni butun mamlakat oldida javobgar bo’lgan o’z burchi, kishilarning mehnat hayotidagi ishtiroki tarzida
anglay boshlaydi.Bola o’quvchi bo’lgandan so’ng,maktabgacha ta’lim yoshidagiga nisbatan sifat jihatdan yangi o’rin egallaydi.
Ta’lim tizimining o’ziga xos xususiyati maktab ta’lim tizimini doimo takomillashtirib borishidir. Maktab ta’limiga 1-sinfga keluvchi o’quvchidan qandaydir maxsus bilim va ko’nikmalarni emas, balki nilgarigi yillarga nisbatan aqliy faoliyatning murakkabroq shakllarini, axloqiy irodaviy sifatlarinng yuksakroq rivojlangan darajasini o’z xatti-harakatini boshqarish qobilyatini katta ishonchlilik qobilyatini talab qiladi.Maktabgacha ta’lim muassasasining vazifasi ta’lim – tarbiyaviy ishining butun sistemasi bilan bolalardan maktab ta’limi talablariga to’liqroq muofiq keluvchi maktabda o’qishga tayyorgarlikni tarkib toptirishdir.
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, birinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishni maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umumiy har tomonlama rivojlanishining yuqori darajasini ta’minlaydigan, ikkinchidan, bolalarni maktabning boshlang’ich sinflardan o’rganishlari lozim bo’lgan o’quv fanlarini egallashga, maxsus tayyorlashni ta’minlaydigan qilib tashkil etilishini nazarda tutadi.Shunga ko’ra psixologik-pedagogik adabiyotlarda tayyorgarlik tushunchasi bola shaxsini rivojlanish sifatida aniqladi va ikkita o’zaro bog’langan jihatlardan maktabga, o’qishga, umumiy psixologik tayyorgarlik va ―maxsus tayyorgarlik‖ tarzida ko’rib chiqiladi.
Maktabga umumiy tayyorgarlik bolalar bog’chasining maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashga oid davomli maqsadga muofiq ta’lim-tarbiyaviy ishning muhim yakuni sifatida namoyon bo’ladi.
Maktabga tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaqtiga kelib aqliy, ma’naviy, irodaviy, estetik va jismoniy rivojlanishda erishgan shunday darajasidaki, u bolaning maktab ta’limining yangi sharoitiga va o’quv materialini
yaratadi. Umumiy tayyorgarlik tushunchasi maktab ta’limi nuqtai nazaridan 1- sinfga borayotgan bola psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko’rsatkichlarni muovfaqiyatli jamlaydi. Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik bolaning o’qishga intilishi, o’quvchi bo’lish ishtiyoqidan bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi bolaning o’quv faoliyati elemintlarini egallashi, iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo’luvchi asoslangan tayyorgarlikni o’z ichiga oladi.Bolaning maktabga psixologik tayyorgarligining barcha majmua bolani sinf jamoasiga olib kirish, maktabda o’quv materialini ongli faol egallash, keng doiradagi maktabga oid majburiyatlarni bajarishni qamrab oladi.
Bolaning maktabga maxsus ravishda tayyorligi maktabda o’qishga umumiy psixologik tayyorgarligiga qo’shimchadir.U bolada matematika va ona atili kabi o’quv fanlarini o’rganish uchun zarur bo’lgan maxsus bilim , ko’nikma va malakalarning mavjudligiga ko’ra aniqlanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarda eng oddiy matematik tasavvurlarni tarkib toptirish, nutqni o’stirish hamda savodni egallashga tayyorlash yuzasidan o’tadigan jadal ish bolalarni maktabda o’qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta’minlaydi.
Maktabga qatnaydigan bola yangi turmush tarziga kishilar bilan o’zaro munosabatning yangi tizimiga faol aqliy faoliyatga tayyorlangan bo’lishi darkor.U yangi jiddiy majburiyatlarni uddalashi uchun jismoniy rivojlanishda muayyan darajaga erishgan bo’lishi kerak.
Bolaning maktabda o’qishga umumiy tayyorgarligi mazmunida bir necha o’zaro bog’langan jihatlar mavjud bo’lib, ulardan muhimlari ma’naviy, aqliy, jismoniy tayyorgarlikdir.
Maktabda o’qishga axloqiy, irodaviy tayorgarlik bolaning maktabga bolalik oxiriga kelib axloqiy xatti-harakat iroda axloqiy hissiyotlar va ong rivojida unga yangi ijtimoiy nuqtai-nazarni faol egallashga hamda o’zining o’qituvchi, sinfdoshlar bilan o’zaro munosabatlarini axloqiy asosda qurishiga imkon beradigan darajaga erishishida ifodalanadi.
Maktabni, axloqiy-irodaviy tayyorgarlik mazmuninio’quvchi tutgan o’rnidan kelib chiquvchi bola shaxsi hamda xilqiga qo’yiladigan talablarga ko’ra aniqlanadi.Bu talablar maktabda o’qishning dastlabki kunlaridanoq o’quvchi oldiga o’quv majburiyatlarini mustaqil va ma’suliyatni his etgan holda bajarish tartibli va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishini talab etadi.Bu yuksak talablarni bajarishga tayyorlash oldindan maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada maktyabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan davomli, maqsadga yo’naltirilgan tarbiyaviy ish jarayonida amalga oshiriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsiy hulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon bo’ladi.Bu munosabatda bolaning maktabgacha tarbiya yoshi davomida rivojlanadigan o’z xulq-atvorini boshqarish qobilyati qoidani yoki tarbiyachi talablarini ongli bajarish asabiylashib ketishga erk bermaslik, qo’yilgan maqsadga erishishda qat’iyatni namoyon qilish, kerakli ishni o’ziga tortadigan, ammo maqsaddan chalg’itadiganiga qarshi o’laroq oxirigacha bajarish ko’nikmasi va shu e’tiborga loyiqdir.Bo’lajak o’quvchi xulq-atvoridagi ixtiyorilikni rivojlanish asosini maktabgacha tarbiya yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan sabablar, o’zaro bo’ysinuvchilari tashkil qiladi.Sabablarning o’zaro bo’ysinganligi katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning ushbu daqiqadagi o’z ishtiyoqlarini ma’naviy ahamiyatli maqsadlar yo’lida yengish uchun irodaviy, ongli intilishlariga aloqadordir.
Tabiiyki, maktabgacha tarbiya yoshida bolaning xulq-atvori ixtiyoriylikning yuqori darajasi bilan ajralib turmaydi, ammo bu davrda maktabdagi yangi xulq- atvori turiga o’tishni ta’minlaydigan ixtiyoriy xulq-atvor mexanizmining tarkib topishi muhimdir.
Maktabgacha axloqiy-irodaviy tayyorgarlikning qaror topishida, shuningdek, tayyorlov guruhidagi bola shaxsiy xulq-atvoridagi mustaqillik, uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlar ahamiyatlidir.
Tayyorlov guruhidagi bolada mustaqillikni muovfaqiyatli shakllanishining dalolati tarbiyachining eslatish va ko’magisiz xulq-atvor qoidalarini bajarish, yangi sharoitlarda harakatning to’g’ri odatiy usullaridan foydalanish yordam berishga tayyorlik qobilyatidir.Mustaqillik bilan uzviy bog’langan xulq-atvordagi uyushganlik va intizomlilik bola xulq- atvoridagi maqsadga yo’llanganlikda o’z faoliyatini maktabgacha ta’lim muassasalarida qabul qilingan qoidalarga muofiq ongli tashkil eta bilishda faoliyat natijasiga erisha bilish va uni nazorat qilish, o’z xulq-atvorini boshqa bolalarniki bilan muvofiqlashtirish o’z xatti-harakatlari uchun shaxsiy ma’suliyatni his qilishda o’z ifodasini topadi.Tayyorlov guruhi bolalar xulq-atvoridagi mazkur xususiyatlarning mavjudligi maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikni shakllantirishning isboti xizmatini o’taydi.
Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning boshqa muhim tarkibiy qismi bolaning katta yoshlilar va tengqurlari bilan o’zaro munosabatlarini qoidalarga muofiq tashkil eta bilishdir.Tajribaning ko’rsatishicha, maktabdagi o’qish sharoitlariga moslashish oldingi yillarda bolalarda ―jamoachilik‖ sifatlari:do’tlarga nisbatan xayrixoh, xushmuomilalik, g’amxo’rlik bildirish, o’zaro yordamga hozirlikning qanchalik muvoffaqiyatli shakllantirilganligiga bevosita bog’liqligini ko’rsatdi.Bola xulq-atvorida jamoatchilik xislatlarini bunday majmuining mavjudligi uni maktabga, axloqiy, irodaviy tayyorligining ko’rsatkichi bo’la oladi
va yangi jamoada tengqurlari bilanmuomilada ko’tarinki ijobiy ruxni yuzaga keltiradi.
Maktabda bolaning o’qituvchi bilan o’zaro munosabati ham ishga oid yangi asosda tashkil topadi.O’qituvchining baxosi o’quvchi bilimi va uni o’quv majburiyatlarini bajarish sifatining mezoniga aylanadi. Maktabga aqliy tayyorlikning muhim tarkibiy qismi maktabga o’qishga kirayotgan bolada atrof, dunyo haqida yetarlicha keng bilish boyligining mavjud bo’lishidir. Bilimlarning bu fondi o’qituvchi o’z ishini tashkil etishda tayanadigan zarur asos hisoblanadi.
Bolani maktabga aqliy tayyorligida bolalar egallagan bilimlarning sifati a]hamiyatlidir. Bilimlar sifatining ko’rsatkichi birinchi navbatda ularni bolalar tomonidan ongli egallaganligi; tasavvurlarining aniq va tabaqalashtirilganligi; oddiy tushunchlar mazmuni va hajmining to’liqligi; o’zlariga tushunarli o’quv va amaliy vazifalarni hal etishda bilimlarni mustqkil qo’llana olish qobilyatlari; muntazamlilik, ya’ni maktabgacha tarbiya yoshidagilarning narsa va hodisalar o’rtasidagi tushunarli, muhim aloqa hamda munosabatlarni aks ettira bilish qobiliyatidir.
Bolani maktabga aqliy tayyorgarligining tarkibiyqismi bola bilish faoliyatini muayyan darajada rivojlangan bo’lishidir. Bu o’rinda
Birinchidan bilish jarayonining o’sib boro’vchi ixtiyoriyligi; materialni ma’no jihatdan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash,
narsa va hodisalarni rejali idrok etish, qo’yilgan bilish va amaliy masalalarni maqsadga muvofiq hal etish qobiliyati va shu kabilar;
Ikkinchidan bilish jarayonlari sifatini oshirish: sezgilarning
aniqligi, idrokning to’liq va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror ifodalashning tez va aniqligi;
Uchinchidan bolada atrof dunyoga bilish munosabatlari, bilimlarni egallash va maktabda o’qishga intilishning mavjudligi muhim
ahamiyat kasb etadi.
Maktabga aqliy tayyorlikni shakillantirishda bo’lajak o’quvchini tafakkur faoliyatining umumiy darajasi muhim ahamiyatga ega.
Bolalar bog’chasining bolalarni aqliy tarbiyalashga oid olib borayotgan muntazam, maqsadga muvofiq ish sharoitlarida bolalarda (faoliyat) tafakkur faoliyatida narsalarning ko’p tomonlama tahlil qilish qobiliyati, ijtimoiy tarkib topgan sensor etalonlardan fan hamda hodisalar xususiyat va sifatlarini tadqiq qilishda foydalana bilish narsa va hodisalardagi asosiy aloqa, bogliqlik, belgilarni anikqlash asosida oddiy umumlashtirishlar qilish qobiliyati, uo’shashlik va farqlanuvchi belgilarni izchil ajratish asosida narsalarni qiyoslashni amalga oshirish ko’ nikmasi tarkib toptiriladi. Bulajak o’quvchilarda akliy faoliyatning elementar mustaqilligi: o’z faoliyatni mustaqil rejalashtirish va uni reja asosida amalga oshirish ko’nikmasi, oddiy bilish vazifasini qo’yish va uni xhl etish kuo’ikmasi va shu kabilar rivojlantiriladi.
Maktabda aqliy tayyorlik, shuningdek bolalar tomonidan o’quv faoliyati elementlarini egallab olinishini ham o’z ichiga oladi. Bolalar muntazam ta’lim sharoitlarida maktabgacha bolalik oxiriga kelib, o’quv faoliyatining asosiy tarkibiy qismlarini: tushunarli o’quv
vazifasini qabul qilish, tarbiyachining ko’rsatmalarini tushunish va aniq bajarishni ishni kattalar tomonidan o’z, xulq-atvori, topshiriklarni bajarish sifati ustidan nazorat kilish kunikmasini, uzining va boshka bolalarning ishlariga tanqidiy baho berish qobiliyatini, egallab olishlari kerak.
Nutqni qanchalik yuqori darajada rivojlangan bo’lishi bolani
maktabga aqliy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Tovushni aniq talaffuz qilish, lug’atning boyligi, o’z fikrini mantiqiy grammatik to’g’ri bayon qila bilish, madaniy nutq muomalasi-bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli o’qishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Aqliy tayyorlik tarkibiga shuningdek, savodning boshlang’ich asoslari oddiy matematik tasavvurlar, ona tili yetarlicha keng bilim, ko’nikma va malakalar doirasi ham kiradi.
Shunday qilib, maktabdagi o’qishga aqliy tayyorlik bolalarni aqliy va nutqiy rivojlantirishning uzaro bog’langan tarkibiy qismlardan tarkib topadi. Bilish faoliyati, bilish qiziqishlari, bola tafakkuri usullari, atrof dunyo haqidagi anglangan sistemalashtirilgan tasavvurlar hamda elementlar tasavvurlar va elementar o’quv faoliyati umumiy darajasining birligi bolalarda maktabdagi o’quv materialini egallashga aqliy tayyorlikni vujudga keltiradi.
Bolani maktabda o’qishga jismoniy tayyorligi o’qishning muvaffaqiyatli bo’lishida katta ahamiyatga egadir. Maktabga chiqish
munosabati bilan bola turmush tarzining qayta ko’rilishi, kun tartibining o’zgarishi, jiddiy o’quv mehnati, darslarning davomiyligi undan sezilarli jismoniy zo’r berishni talab qiladi. Maktabga jismoniy tayyorlik ko’pgina tarkibiy qismlardan tarkib topadi. Bu birinchi navbatda bola salomatligining yaxshi bo’lishi, organizimning chiniqqanligi, ma’lum darajada chidamliligi va ish qobiliyati, kasalliklarga qarshilik ko’ rsata olishidir. Bolalarni maktabga tayyorlashda barmoq mayda muskullarining rivojlanishi alohida o’rin egallaydiki, bu yozuvni muvaffaqiyatli egallashning zaruriy shartidir.
Maktabga jismoniy tayyorlik shuningdek bola tomonidan madaniy
gigiyenik malakalarni egallanishini, ularda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish odatini tarbiyalashni nazarda tutadi.
Jismoniy tayyorlik bola maktbaga yetuklikni shakllantirishning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi.
Maktabga yetuklikni aniqlashda bola sog’ligining holati va organizmning biologik yetukligini baholash (antropometrik ko’rsatkichlar suyak, mushak, nafas olish va yurak-tomir sistemasining) rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko’p omilli tahlildan, maktabga funksional tayyorlikni
«Maktabga yetuklik»ni asosiy ko’rsatkichi va eng avvalo bir qator fiziologik funksiyalarining rivojlanish darajasini baholashdan foydalaniladi. Bularga: partada anchagina uzoq muddat o’tirish uchun zarur bo’ladigan tormizlanish kobiliyatining rivojlanganligi; harakatlarni yaxshi boshqarish, jumladan yozish va rasm solishga aloqador grafik vazifalarni bajarishda zarur bo’ladigan barmoqlarning mayda harakatlari; ijobiy va tormozlanishiga xos shartli aloqalarni nisbatan tez hosil qilish hamda mustahkamlash, shuningdek ikkinchi signal sistemaning yetarlicha rivojlanganligi ta’luqlidir.
Bolalarni «Maktabga yetukligi»ni aniqlash maqsadlarida gigiyenistlar Kern-Irasekning (ChSSR) testlari, sovet tadqiqotchilari (M.M.Antropova, M.M.Kolsova, T.S.Sorokina va boshqalar) tomonidan ishlab chiqilgan metodikadan foydalanadilar. Bolalarni tekshirish ularni maktabda olti yoshdan o’qishlari mumkinligini aniqlash imkonini beradi.
Bolalarni maktabga jismoniy tayyorliklarini tekshirish natijasi ko’pchilik bolalarda uning asosiy ko’rsatkichlari norma atrofida ekanligini va hatto undan ilgarilashini ko’rsatdi.
Kun tartibi, chiniqtiruvchi muolajalar, muntazam jismoniy tarbiya mashgulotlari, hilma-xil harakatli o’yinlar va jismoniy mashqlar faol harakat rejimi bolalarni maktabda o’qishiga jismoniy tayyorligini ta’minlashning zaruriy shartlari hisoblanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar asosan MTMda va oilada maktabga tayyorlanadi. MTMlarda bolalarni rivojlanishi va maktabga tayyorlash 3 bosqichda amalga oshadi:
Bolalar nutqini rivojlantirish. Jismonan rivojlantirish.
Ma’nan rivojlantirish.
Bolalarni maktabga tayyorlashdan maqsadi bola shaxsini bolalarni maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat
talablariga muvofiq sog’lom va yetuk maktabga o’qishga tayyorlangan tarzi shakllanishdan iboratdir.
Maktabga tayyor bo'lmagan bolaning qabul qilishi bola shaxsining rviojlanishiga har tomonlama yomon ta'sir etadi. O'qishdagi o'zlashtira olmasliklar bolada o'qishga nisbatan salbiy munosabat tug'diradi. Uning jismoniy va ruhiy sog'lig'i ham xavf ostida. Ularda nevroz belgilari paydo bo'lishi mumkin: uyquning buzilishi, siydik ushlay olmaslik, bosh og'riqlari va boshqalar. Tarbiyasida ham qiyinchiliklar paydo bo'la boshlaydi: bola qanday bo'lmasin o'ziga diqqat-e'tiborni qaratmoqchi bo'ladi, yomon harakatlar qila boshlaydi. Agar bolaning tayyor emasligini vaqtida aniqlansa, bunday hollarning oldini olish mumkin bo'ladi.
Bolaning maktabga tayyorligini turli sohadagi mutaxassislar aniqlay oladilar. Bolalar shifokori bolani tekshirib, somatik rivojlanishini aniqlaydi, agar ma'lum bir jismoniy, ruhiy kamchiligi bo'lsa, uni ruhiy-pedagogik tekshiruvga yuboradi. Ma'lum bir nuqsonlarga ega bo'lgan bolalar maxsus maktabga yuboriladi. 1 sentabrga
qadar 7 yoshga to'lmagan, bolalar bog'chasiga bormagan, pedagogik qoloq, nutq kamchiliklari, jismoniy rivojlanish kamchiliklari bo'lgan bolalarni maxsus konsultatsiyalar, boshlang'ich sinf o'qituvchilari tekshirib beradilar.
Tuman ruhiy-pedagogik konsultatsiyalarida bolaning maktabga tayyorgarligini har tomonlama aniqlashadi. Ular ta'lim-tarbiyadagi qiyinchiliklarni bartaraf etishda profilaktik va korreksion usullarni tavsiya etadilar, tarbiya sohasiga oid maslahatlar beradilar. Bular bilan birga tuman mahalla qo'mitalari faol ishtirok etadilar. Bola tarbiyasiga salbiy ta'sir etadigan ota-onalar bilan mahalla qo'mitalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlar ishlashadi.
Tuman ruhiy-pedagogik konsultatsiyalarida bolalarning maktabga tayyorligini aniqlashda psixologik testlardan foydalanadi.
Testlarni mazmun jihatdan 2 guruhga bo'lish mumkin:

      1. O'qish jarayonida ishtirok etadigan alohida psixologik tomonlarning shakllanish darajasini aniqlaydigan testlar.

      2. Maktabga umumiy tayyorgarlikni tekshiradigan testlar.

Konsultantlar bolani ota-onalar oldida tekshiruvdan o'tkazadilar. So'ngra tekshiruvlar natijalari asosida quyidagi choralarni maslahat beradilar:

  1. umumta'lim maktabining 1-sinflga yozish;

  2. o'qishni 1 yilga qoldirish;

  1. bolani bog'cha yoki maktab qoshidagi maxsus sinfga yozdirish;

  2. bolani maxsus maktabga yozdirish.

Konsultatsiyalarning xulosasi asosida mahalla qo'mitalarining maktab bo'limlari bola qayerda o'qishini hal qilishadi. Agar bola 7 yoshga to'lib, ammo uning sog'lig'i yaxshi bo'lmasa, unda tekshiruvlar natijasiga ko'rao'qish 1 yilga
qoldiriladi. 1 yildan so'ng, bola qaytadan maxsus tekshiruvdan o'tadi va qayerda o'qishi hal qilinadi.
Agar bola tarbiyasida ishtirok etadigan shaxslar unga alohida e'tibor ajratishsa, uning har tomonlama rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratib berishsa, yordam berishsa, o'qishdan qolgan muhlat ijobiy natija beradi.
O'qishdan qolgan bolalar bilan ishlashda tarbiyachilar uchun hozircha maxsus dasturlar ishlab chiqilmagan. Pedagoglar bunday bolalar bilan mavjud bo'lgan. Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim va tarbiya dasturi bo'yicha ishlashmoqda, faqat ularga ko'proq e'tibor ajratadilar.
Maktabda o'qishni o'zlashtira olmaydigan bolalar uchun maxsus sinflar ochiladi. Bunday sinfda o'qishni vaqtincha o'zlashtira olmaydigan, normal intellektga ega bo'lgan bolalar o'qiydilar. O'qishdagi qoloqlikni individual mashg'ulotlar, alohida parvarish va maxsus kurs tartibi yordamida bartaraf etish mumkin.
Maxsus sinf 12-15 o'quvchiga mo'ljallangan bo'lib, maktab direktorining ruhsati bilan ochiladi. Maxsus sinfga o'tkazish sinf rahbari tavsiyasi, maktab shifokori va ruhiy-pedagogik konsultatsiya xulosasi asosida amalga oshiriladi. O'quvchi maxsus sinfda vaqtincha, uning o'qishdagi qoloqligi bartaraf etilguncha qoladi. Sinfda 2 yilgacha o'qish mumkin.
Aqliy va jismoniy, nutq kamchiliklarigaega bo'lgan, qiyin tarbiyalanadigan, kasal va quvvatsiz bolalar maxsus maktablarga yuboriladi. Bularga aqli zaif bolalar uchun maxsus maktablar va yordamchi maktablar kiradi.
Maktabga umumiy va maxsus tayyorgarlik ko'rishga jiddiy talablar qo'yilgan, shuning uchun bolani maktabga doimiy ravishda tayyorlash kerak. Tayyorgarlik o'z-o'zidan, avtomatik tarzda paydo bo'ladi. Faqat maqsadga yo'naltirilgan va uzoq muddatga mo'ljallangan tarbiya jarayoni bolani maktabga yaxshi tayyorlanishiga olib keladi.

    1. Yüklə 94,99 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə