O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti biologiya va kimyo fakulteti kimyo bo‘limi


B halqaning 3- va 4- uglerod atomlarida  joylashadi.  A



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/28
tarix08.06.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#89062
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
1 oktil 67 dimetoksi 1234 tetragidroizoxinolinni flavonoidlar bilan

B
halqaning 3- va 4- uglerod atomlarida 
joylashadi. 
A
halqaning 6- va 8-hamda 
B
halqaning 2- va 5- uglerod atomlarida ham 
gidroksil guruhlari bo‘lishi mumkin, ammo bunday hosilalar tabiatda kam uchraydi. 
Ba’zan flavanoidlarning gidroksil guruhlari metil efir holida bo‘ladi [1-6,8,10]. 
O‘simlik tarkibidagi flavonoidlar sof aglikon va birlashgan glikozid holida 
uchraydi. Faqat antosianidlar o‘simliklar tarkibida doimo glikozidlar holida bo‘ladi. 
Glikozidlarni hosil qilishda ko‘pincha flavonoidlar 
C
halqasidagi 3- uglerod 
atomi hamda 
A
halqadagi 5- va 7- uglerod atomlariga birikkan gidroksil guruhlari 
ishtirok etadi. Odatda glikozid hosil qilishda bitta (monoglikozid) yoki bir vaqtning 
o‘zida ikkita qand molekulasi (diglikozid) gidroksil guruh bilan birikishi mumkin. 
Diglikozidlar tarkibida birlashgan qandlar bir xil qandning ikki molekulasi yoki ikki 
xil qandning molekulalari qoldig‘lari tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Glikozidlar 
hosil qilishda D-glukoza, L-ramnoza, L-arabinoza, D-galaktoza, D-ksiloza va boshqa 


10 
qandlar hamda D-glukuron kislota, rutinoza, soforoza kabi spetsifik disaxaritlar
ba’zan trisaxaridlar ishtirok etadi. Glikozid tarkibida aytib o‘tilgan qandlar piranoza 
(faqat L-arabinoza-furanoza) shaklida uchrab, flavonoid molekulasidagi fenol 
gidroksiliga B-bog‘lanish orqali birikadi. 
O‘simlik tarkibida aksariyat flavonoidlarning O-glikozidlar (qand molekulasi 
aglikon bilan gidroksil guruhning kislorodi orqali efir tipida birikadi) va qisman C-
glikozidlari (qand molekulasi aglikon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri flavon molekulasidagi 
uglerod atomiga birikadi) holida bo‘ladi [1-6,8,10]. 
Masalan: 
Lamiaceae
oilasiga mansub 
Dracocephalum multicfule Montbr. Et 
Auch. ex Benth.
o‘simligi yer ustki qismidan kosmosiin, apigenin-7-O-B-D-glukozid 
va sinarozid kabi O-glikozidlar ajratib olingan. 
Lomatogonium rotatum
(L.) Fries ex 
Fern (
Gentianaceae
oilasiga mansub) o‘simliklarning yer ustki qismidan (xloroform 
va etilatsetatli fraksiyalar) flavonoidlar ajratib olingan va bular orasida etilatsetatli 
fraksiyasidan izoorientin Izoorientin-5,7,3,4-OH-6-C- (6-C-B-D-glukopironozil 
lyuteolin) kabi C-glikozid ham ajratib olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. 
O‘simlikning, guli, bargi va mevalari tarkibida flavonoidlar ko‘pincha glikozid 
holida, po‘stloq hamda ildizlarning to‘qimalari tarkibida sof aglikon holida uchraydi. 
Masalan: 
Thermopsis dolichocarpa V. Niritin
o‘simligi yer ustki qismidan 
flavonoidlar ajratib olingan va bu flavonoidlar ichida genistin glikozidlari borligi 
hamda 
Rhapontikum carthamoides (Willd) Iljin 
o‘simligi ildizidan aksariyat aglikon 
flavonoidlari, kversitin, lyuteolin, kversitagetin, kempferol, izoramnetin, sianin 
aglikonlari ajratib olinganligi haqida adabiyotlarda keltirib o‘tilgan [1-6,8,10]. 
1-jadval 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə