O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/45
tarix22.05.2023
ölçüsü465,45 Kb.
#112002
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
PEDAGOGIKA

Jismoniy tarbiya.
Jismoniy tarbiya inson kamolotiga ta’sir
etadigan eng qadimiy tarbiya vositalaridan hisoblanadi. Umumta’lim
maktablarida amalga oshiriladigan jismoniy tarbiyaning asosiy
vazifalari o‘quvchilarning salomatligini mustahkamlash, ularni
mehnatga, mustaqil mamlakatimizni himoya qilish va ijtimoiy
hayotga tayyorlashdan iborat.
Maktabda o‘quvchilarga jismoniy tarbiya harakatli o‘yinlar,
gimnastika, sinfdan va maktabdan tashqari sport mashg‘ulotlari
turlari vositasida beriladi.
Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya darslaridan ko‘zda
tutilgan maqsad, asosan, bolalarni o‘z qaddi-qomatini to‘g‘ri
tutishga, muhim harakatlarni (yurish, sakrash, yugurish) to‘g‘ri
bajarishga odatlantirish va buyumlar bilan mashq bajarishga
o‘rgatishdan iborat. Eng muhimi, bolalarga salomatligi haqida o‘zi
g‘amxo‘rlik qilishi zarur ekanligi to‘g‘risidagi fikrni singdirishdir.
Chunki inson salomatligi, jismoniy barkamolligi nafaqat uning
shaxsiy ishi, balki bu davlat ahamiyatiga molik vazifa hamdir.

Abu Nasr Forobiy.
Fozil odamlar shahri. Òoshkent. 1993- y.
2
M. Temurova
. Boshlang‘ich ta’lim jurnali. 9—12- sonlar. 1995- y.


17
Mehnat tarbiyasi.
Mehnat tarbiyasi oldida turgan asosiy vazifa
o‘quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat
qurollari bilan muomala qilishga o‘rgatib, hayotga, ijtimoiy foydali
mehnatga tayyorlashdir. Bu vazifalarni ikki turkumga ajratish
mumkin. Birinchidan, mehnatga bo‘lgan munosabat jarayonidagi
zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Yoshlarda xalqi, vatani
manfaati yo‘lida mehnat qilish xohishini tarbiyalab, mehnatga
hayotiy zarur faoliyat deb qarashlarini tarkib toptirishga erishiladi.
Ikkinchidan, guruh vazifalari, mehnat faoliyatini bajarish
jarayonida zarur bo‘ladigan bilimlar o‘zlashtiriladi, fan asoslari,
politexnik ta’lim o‘rganiladi.
Mehnat tarbiyasi tushunchasi umumiy bo‘lib, bu tushuncha
bir qancha xususiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Bulardan
birinchisi: politexnik ta’lim, bu ishlab chiqarishning barcha
sohalariga taalluqli bo‘lgan ilmiy asoslarni va prinsiðlarni, mehnat
ko‘nikma va malakalari, oddiy mehnat qurollari bilan muomala
qilish kabilarni o‘zlashtirishni taqozo qiladi.
Ikkinchisi: bu umumiy mehnat. Umumiy mehnat o‘quvchi-
larni mahsulot ishlab chiqariladigan faoliyatga jalb etilishini taqozo
qiladi. Uchinchisi: ijtimoiy-foydali mehnat. Bu mehnat turi
ko‘pchilik foydasiga ishlashni nazarda tutadi (temir-tersak,
makulatura yig‘ish, sinf, maktabni ta’mirlashga yordam berish,
maktab uchastkasida ishlash). Òo‘rtinchisi: o‘z-o‘ziga xizmat qilish.
U maishiy xizmat turiga kirib, sinf, maktab ozodaligini saqlash,
o‘zining ish joyini, kiyim-kechagi, o‘quv qurollarini ozoda,
tartibli saqlashni nazarda tutadi. Beshinchisi: uy mehnati, bu ham
maishiy mehnat turiga kirib, uyda ozodalikka rioya qilishni, ota-
onaga uy ishlarida yordam berishni taqozo qiladi.

Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə