O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva


INSONNING KAMOL ÒOPISHIDA ÒARBIYANING ROLI



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/45
tarix22.05.2023
ölçüsü465,45 Kb.
#112002
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
PEDAGOGIKA

INSONNING KAMOL ÒOPISHIDA ÒARBIYANING ROLI
Òarbiya muhit kabi inson kamolotiga ta’sir etuvchi tashqi omil-
lardan hisoblanadi. Òarbiyaning xususiyati shundaki, u aniq
maqsadni ko‘zlab, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirish yo‘lida
tarbiyachi rahbarligida muntazam amalga oshirib boriladi.


25
Ammo tarbiya ta’sirining kuchi va uning natijasi irsiyat va muhit
kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi.
Inson kamoloti irsiyat yo‘li bilan orttirilgan va tabiiy layoqatlar
bilan belgilanib qolmay, balki butun hayoti davrida uni qurshab
olgan voqelik ta’sirida orttirgan xususiyat va sifatlar bilan ham
belgilanadi.
Shubhasiz, tarbiya odamning ko‘zi, sochi, terisining rangiga,
uning badani tuzilishiga ta’sir eta olmaydi, lekin jismoniy
taraqqiyotga ta’sir etishi mumkin. Chunki maxsus tashkil etilgan
jismoniy mashqlar orqali bolaning salomatligi mustahkamlanadi
va chiniqtiriladi. Insonning tabiiy qobiliyati faqat tarbiya orqali,
uni ma’lum bir faoliyat turiga jalb qilish orqali rivojlanishi mumkin.
Ma’lumki, bola layoqatini rivojlantirish, uni qobiliyatga
aylantirish va hayotga mos holda o‘stirish uchun mehnatsevarlik va
ishchanlik kerak. Mehnatsevarlik va muttasil o‘tirib ishlash kabi
fazilatlar faqat tarbiya natijasida orttiriladigan fazilatlardir. Garchand
inson kamolotiga ta’sir etadigan omillar bir qancha bo‘lsa ham,
lekin maxsus tarbiya muassasalarida tarbiyachi rahbarligida amalga
oshiriladigan tarbiya jarayoni yetakchi hisoblanadi. Chunki,
birinchidan, tarbiya ta’sirida turli fazilatlar o‘zlashtiriladi va bilim,
ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq
ko‘nikmalar, malakalar ham maxsus uyushtirilgan tarbiya orqali
hosil qilinadi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklarni ham
o‘zgartirib, shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Masalan, ko‘rlar,
gunglar ham o‘qitilib, sog‘lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham
yo‘qotish yoki bartaraf qilish mumkin.
Òo‘rtinchidan, tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni
belgilaydi. Shu tufayli, u shaxsning kamolga yetishini tezlashtiruvchi
rol o‘ynaydi. Inson kamol topishida maktabning ahamiyati katta.
Bolalar maktabga qadam qo‘yar ekan, ular o‘quv mehnati bilan
band bo‘ladilar. Bolalar maktabda fan asoslarini egallash bilan
birga, ularda sekin-asta ilmiy dunyoqarash shakllanib boradi.
O‘qituvchi-tarbiyachilarning rahbarligida insonga xos bo‘lgan
yuksak fazilatlarni egallaydilar. Òarbiyaviy ishlarni reja asosida tashkil
etish bolani tarbiyalashda oilaga har vaqt yordam ko‘rsatadi.
Òarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchisining oilaviy sharoitidan xabardor
bo‘lishi, pedagogik maslahatlarga, yordamga muhtoj bo‘lgan oilalarga
yordam berishi muhim. Tarbiyachi uchun bola bo‘sh vaqtini kimlar


26
bilan o‘tkazayotgani va nimalar bilan mashg‘ul bo‘layotgani
ahamiyatsiz emas. Chunki o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bola
ko‘chaning salbiy ta’siriga berilib ketishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, inson faqat faoliyatda
rivojlanadi, undan tashqarida rivojlanish yo‘q. Bola juda yoshligidan
boshlaboq kattalar yordamida tashqi muhit bilan turli xil aloqada
bo‘ladi. Maktab yoshida bu aloqalar o‘qish va shu bilan bog‘liq
bo‘lgan boshqa faoliyat bilan bog‘lanadi va bular rivojlanish uchun
manba sanaladi.
Pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirilgan har qanday faoliyat
shaxsning aqliy va irodaviy rivojlanishiga ta’sir etadi. Demak, bola
ulg‘aya borgan sari uning faoliyati ham shakli va mazmuni bilan
hamohang o‘zgarib boraverar ekan.
Masalan, bog‘cha yoshida bolalarning asosiy faoliyat turi o‘yin
bo‘lsa, maktab o‘quvchisi uchun o‘qib, mehnat qilish asosiy
faoliyat bo‘lib qoladi. Demak, bola hayotida faoliyat turlarining
o‘zaro munosabati ham o‘zgaradi va buning ta’sirida bola kamoloti
ham yangi, yuqoriroq bosqichga ko‘tariladi.
Umuman, pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirilgan har qanday
faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy va irodaviy
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Rahbarlik qilinmagan faoliyat
esa biryoqlama yoki salbiy ta’sir etishi mumkin.
Shunday qilib, inson taraqqiyotining ilmiy konsepsiyasi inson
kamolotiga ta’sir etadigan omillarni tahlil etib, inson kamoloti va
uning shaxsini shakllantirishni yagona va bir butun jarayon
ekanligini ta’kidlaydi. Bu jarayonda insonning faolligiga katta o‘rin
beriladi. U faolligi bilan o‘z shaxsini shakllantira oladi. Òarbiyachi
tomonidan qo‘yiladigan maqsad aniq bo‘lsa va bu maqsadga erishish
uchun odam astoydil harakat qilsa, kutilgan natijaga erishiladi.

Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə