O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi r. Mavlonova, O. To‘rayeva


U. Xayyom. Navro‘znoma. Òoshkent. 1990- y. 19 III BOB



Yüklə 465,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/45
tarix22.05.2023
ölçüsü465,45 Kb.
#112002
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45
PEDAGOGIKA

U. Xayyom.
Navro‘znoma. Òoshkent. 1990- y.


19
III BOB.
BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHI,
ÒARBIYASI VA KAMOLOÒI
ASOSIY ÒUSHUNCHALAR
Pedagogika kursining muhim metodologik muammolaridan biri
bu shaxs tarbiyasi va uning rivojlanishi muammosi hisoblanadi.
O‘sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya obyekti hisoblanadi.
Butun hayoti davomida insonning rivojlanish jarayoni davom
etaveradi. Bu jarayonda u turli o‘zgarishlarni, jismoniy, ruhiy,
miqdor va sifat o‘zgarishlarni o‘z boshidan kechirib boradi. Insonda
bo‘ladigan jismoniy o‘zgarishlarga — bo‘yining o‘sishi, vaznining
og‘irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining, ichki a’zolari
va asab tizimining o‘zgarib borishi kiradi. Ruhiy o‘zgarishlar esa
uning aqliy rivojiga aloqador bo‘ladi va insonda ruhiy sifatlarning
shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo‘lgan sotsial
sifatlarning tarkib topishi hisoblanadi.
Odam bolasining rivojlanishi — bu muhim jarayon sanaladi.
Ma’lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy tomondan
o‘zgarib boradi. Lekin bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida
rivojlanish nihoyatda kuchli bo‘ladi. Bola mana shu yillarda ham
jismoniy, ham ruhiy jihatdan o‘sishi, o‘zgarishi tufayli shaxs
sifatida kamolga yetadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq
ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib,
murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin
egallaydi.
Odamning munosabatlari doirasiga kishilar bilan aloqasigina
emas, balki tabiatga, hayotga bo‘lgan munosabatlari ham kiradi.
Mana shu xil ko‘p qirrali aloqalar va munosabatlar zaminida har
bir shaxs o‘z qobiliyati va qiziqishini, o‘z bilimi va uquvini namoyon
qiladi, o‘z ishiga, vazifasiga, burchiga, xalqiga, Vataniga, o‘z-
o‘ziga bo‘lgan munosabatlarini ifodalaydi. Òabiiyki, shaxsdagi bu
fazilatlar faqat tarbiyaning mahsulidir.
Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik
omillarning ta’sir kuchi hamisha bir xil bo‘lavermaydi. Sababi
odamning xulqiga, munosabatiga va aloqalariga yoshi, bilimi,
hayotiy tajribasi, odatlari va nihoyat, vaziyat ham ta’sir etadi.
Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri aniqlash va bexato baholash uchun
uni turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda kuzatib ko‘rish
lozim. Shundagina shaxsning ijtimoiy xulqi, ma’naviy qiyofasi,
insoniy fazilatlari ro‘yobga chiqadi. Demak, shaxsni rivojlantirish


20
vazifasini to‘g‘ri hal qilish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi
omillarni, bu omillarning tabiatini, shaxsning xususiyatini yaxshi
bilmoq kerak.
Pedagogikada „Shaxs“ tushunchasi „Inson“ tushunchasidan
farqli o‘laroq, insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Yangi
jamiyat boshqa odamlar bilan muomalada bo‘lishi, munosabat
o‘rnatishi natijasida shakllanib boradigan sifatlarni bildiradi. Inson
ruhiy xususiyatlarining rivojlanishi (aql, idrok, diqqat, harakat va
h. k.), hayotda o‘z o‘rnini topa olishi, uning Vatan, xalqning ravnaqi
yo‘lida og‘ishmay, e’tiqod bilan xizmat qilishi, imonli bo‘lishi
insonni shaxs darajasiga ko‘taradi. Bunday sifatlarning ro‘yobga
chiqishi tarbiyaga bog‘liq bo‘ladi.
Bolaning kamolotiga, ruhiyatiga, fe’l-atvori shakllanishiga
qanday omillar ta’sir etadi? Bola tarbiyasiga, uning shakllanishiga
biologik omil, ijtimoiy omil va tarbiya ta’sir etadi. Bu muammo
pedagogikada avvaldan munozaraga sabab bo‘lib kelayotgan masala
hisoblanadi.
Ko‘p asrlik shu munozara zaminida bir-biriga qarama-qarshi
ikki nuqtayi nazar vujudga keldi. Ulardan bir toifasi odam bolasi-
ning shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy-biologik omillar hal qiluvchi
rol o‘ynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik
vaqtida avlod-ajdodlardan o‘tgan tug‘ma xususiyatlarigina rivojlanadi.
Bu nuqtayi nazar tarafdorlari tarbiyaning rolini cheklab qo‘yadilar.
Bu nuqtayi nazar fanda 
biologik yo‘nalish 
deb nomlanadi. Ularning
vakillari Aristotel, Platonlarning fikrlaricha, taqdir, tole har
kimning hayotidagi o‘rnini, mavqeyini avvaldan belgilab bergan.
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namo-
yandalarining fikricha, odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo‘lajak
shaxsiga xos barcha xususiyatlarga ega bo‘ladi, rivojlanish esa ana
shu xususiyatlarning miqdoriy ko‘payib borishidan iboratdir.
Preformistlar ham naslning shaxs rivojlanishidagi roliga favqulodda
yuksak baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini mutlaqo
inkor etadilar. Bu nazariyaning yana bir yo‘nalishi XX asrda keng
tarqalgan 
bixeviorizm
oqimi 
bo‘ldi.
Bixeviorizm oqimiga amerikalik pedagog va psixolog E. Òoran-
dayk asos soldi. Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, shu
jumladan, ong va aqliy qobiliyat ham nasldan naslga o‘tadi. Bu bilan
E. Òorandayk tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta’sirini inkor etadi,
uni shaxsning xususiyatlariga ta’sir etishdan ojiz deb biladi.
Xuddi shunday nuqtayi nazarni yana bir amerikalik progmatik
pedagog D. Dyui va A. Komboslar yoqlab chiqadilar. Ular


21
tarbiyaning shaxsga bo‘ladigan faol ta’sirini inkor etib, rivojlanishni
faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat deb ko‘rsatadilar. Odam qanday
sifatlar bilan tug‘ilgan bo‘lsa, tarbiya jarayonida bilim olish,
ko‘nikma va malaka hosil etishi natijasida xuddi ana shu sifat va
xususiyatlar rivojlanib boradi, degan fikrni ilgari suradilar. Ammo
psixologiya va pedagogika fanlarining keyingi yillardagi inson
tarbiyasiga, kamolotiga oid ilmiy ma’lumotlari odam bolasining
shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishiga, kamolotga yetuviga
murakkab jarayon deb hisoblashga imkon beradi. Uning shaxs
bo‘lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit hamda
maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan tarbiya alohida rol o‘ynaydi.
Bu ilmiy ma’lumotlar shaxsni tabiatning bir bo‘lagi deb qarashga
imkon yaratadi. Shunga ko‘ra, unda tabiiy kuch va imkoniyatlar
bor, ular shaxsning rivojlanishi uchun ma’lum ahamiyatga ega
ekanligini ko‘rsatadi. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo‘lib, uning
rivojlanishi uchun tarbiya kerak, deb ta’kidlanadi.
O‘rta Osiyo mutafakkirlaridan Forobiy, Abu Ali ibn Sinolar
ham inson tarbiyasiga ta’sir etadigan omillar ahamiyatiga e’tibor
berib kelganlar. Forobiy inson kamolotida ta’lim-tarbiyaning
muhimligini ta’kidlab: „Munosib inson“ bo‘lish uchun odamda
ikki imkoniyat: ta’lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Òa’lim olish
orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan
muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga
olib boradigan yo‘ldir...“ deydi.
Abu Ali ibn Sino etika va axloqiy tarbiya masalalarini falsafiy-
pedagogik asosda yoritib berishga harakat qilgan. U, ayniqsa, oila
tarbiyasida ota-onaning o‘rniga alohida to‘xtalib: „Bola tug‘ilgach,
avvalo, ota unga yaxshi nom qo‘yishi, so‘ngra esa uni yaxshilab
tarbiya qilishi kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan
foydalanilsa, oila baxtli bo‘ladi“ degan fikrni ilgari suradi.
Shunday ekan, inson kamolotiga ta’sir etadigan omillarning
birortasini ham inkor etmagan holda ularni alohida-alohida ko‘rib
chiqaylik.

Yüklə 465,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə