O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Esda saqlab qolish uchun zarur boʻlgan tushunchalar



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə13/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

Esda saqlab qolish uchun zarur boʻlgan tushunchalar:
Pedagogika – ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda o‘rganadigan fan
sohasi. Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni
o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim
nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari
hisoblanadi
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos
“o‘rgatuvchi”,
didasko “o‘rganuvchi”) ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining
mohiyati,
qonun
va
qonuniyatlari,
tamoyillari,
o‘qituvchi
va
o‘qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari,
natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi masalalarni tadqiq
etadi
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri
bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va
usullari, uni tashkil etish masalalarini o‘rganadi
Ta’lim – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o‘tkaziladigan,
o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, ularning
bilish qobilyatlarini o‘stiradigan va dunyoqarashini tarkib toptiradigan
jarayondir
Tarbiya – yosh avlodni ma’lum faoliyatiga tayyorlash uchun ma’lum
maqsadga qarata rejali va bir tizimda ta’sir etish jarayonidir
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya jarayonida olingan va tartibga solingan bilim,
egallangan ko‘nikma va malakalar, hamda tarkib topgan dunyoqarashlar
majmui. Ta’lim, tarbiya va ma’lumot inson shaxsini aqliy, jismoniy va
ma’naviy jihatdan shakllantirish va rivojlantirishga qaratiladi
Nazorat savollari:
1. Pedagogika nimani o‘rganadi?
2. Pedagogikaning vazifalari nimalardan iborat?
3. Pedagogika qachon paydo bo‘lgan?
4. Pedagogikaning rivojlanish manbalarini sanab bering.
5. Bilim sohasining mustaqil fanga aylanishi uchun nimalar zarur?
6. Pedagogikaning predmeti nima?
7. Tor va keng ijtimoiy ma’noda ta’lim nima?
8. O‘z-o‘zini tarbiyalash deb nimaga aytiladi?
9. O‘rganish deb nimaga aytiladi?
10. Ta’lim nima?



20


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə