O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə21/146
tarix24.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#160359
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   146
Общая педагогика-fayllar.org

Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh
davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik
xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni
hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola
rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo‘ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish
uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish
va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining o‘sishi ham,
rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha
bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, Abdulla Avloniylar ham
bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar.
Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki
bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin.
Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr
yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki



32
g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish va chala ishlaydigan,


erinchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining
ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur. Bolaning
individual o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy
tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish, metodikasini bilish
muhim. Temperament lotincha “temperamentum – qismlarning bir-biriga
munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik
xususiyatlari majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari
ham mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga
bo‘linadi:
1. Go‘daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir
yoshgacha bo‘lgan davr.
2. Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha bo‘lgan yosh davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar (bolalar) – 7 yoshdan 11–12
yoshgacha.
5. O‘rta va katta maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar, ilk
o‘spirinlar) – 12 yoshdan –17 yoshgacha.
Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli
ravishda quyidagi davrlarga bo‘linadi:

go‘daklik (1 yoshgacha);

ilk yosh (1–2 yosh);

ilk yosh guruhi (2–3 yosh);

kichik yosh (3–4 yosh);

o‘rta yosh (4–5 yosh);

katta yosh (5–6 yosh);

maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta’lim).

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə