Yevropada uyg`onish davri psixologiyasi



Yüklə 47 Kb.
səhifə1/2
tarix21.10.2023
ölçüsü47 Kb.
#129947
  1   2
17 psixologlari


Yevropada uyg`onish davri psixologiyasi. xvii asrda psixologik ta‘limot

Reja:


  1. Rene Dekartning ong haqidagi ta‘limoti.

  2. Refleks haqidagi ta‘limot.

  3. Spinozaning psixologik qarashlari.

  4. Ong haqidagi ta‘limotning rivojlanishi.

17 asr psixologlar ko`z ungida psixikaga bulga qarashlarning tubdan o`zgarishi davri sifatida namoyon bo`ladi. Psixologik fikr taraqqiyotidagi yangi davrni "fanlar malikasi" bo`lib hisoblangan mexanika tasirida paydo bo`lgan konqepqiyalar ochib berdi. 17 asrga oid psixologik fikrlarning o`ziga xos tomonlarining talqinada ochiq namoyon bo`di.


A/ tushuntirish uchun hech qanday ruhga muxtoj bulmagan tana-mexanik sistema haqidagi ta‘limot:
B/ ichki ko`zatish orkali o`z psixik xolati haqida hamma narsani bilish mumkin bo`lgan individning ongi haqidagi ta‘limot.
V/ inson faoliyatini unga foydali narsalar tomon yunaltiruvchn yoki zararli narsalardan qaytaruvchi ehtiroslar /affektlar/ haqidagi ta‘limot
G/ fiziologik va psixologik tomonlar urtasidagi munosabat haqidagi ta‘limot. Bu ta‘limotlarning asosida fanning ulug zahmatkashlari Rene Dekart/1598-1660/, Benedit Spinoza/1632-1677/, Tomas Gobbs /1588-1679/, Djoi Lokk /1632-1704/, Gomfrits Leybnits /1646-1716/ kabilar turar edi.
Frantso`z matematigi, tabiatshunos va faylasufi Dekartning ismi bilan psixologiya tarixidagi goyat muhim bosqich boglanadi. Aynan u o`zining ong haqidagi ta‘limoti bilan Aristotelning rux haqidagi ta‘limotidan psixika tutrisidagi tushunchalarning ajralib chiqishi uchun asos yaratdi. U avtomat kabi mexanik ishlovchi organizm modelini tanlaydi va u bilan usha kunlargacha rux bilan boshqariluvchi bo`lib hisoblangan tirik tanani uning ta‘siridan "xolos etdi". Shu davrda Garve tom oni qon aylanishining kashf qilinishi "organizm- mexanik mashina" degan fikrni rivojlantirdi. Unda yurak qon utkazuvchi nasos bo`lib hisoblanadi va bu jarayonda ruxning hech qanday funkqiyasi yo`q deb ta‘lim berildi. Dekartgacha barcha faoliyat jarayonlari, yerdagi hayot tashqarisidan energiya oluvchi maxsus agent ruh bilan boshqariladi, deb hisoblab kelindi. Ammo Dekartdan boshlab, tana mexanika qonunlariga asosan to`zilgan avto sistemadir, undagi organlarning ishlashi ham tananing faoliyati ham, boshqa tanalar bilan aloqasi ham, ruhga muhtoj emas, deb takidlandi. Lekin bu bilan ruh "ishsiz" bo`lib qoldimi? Yo`q, Dekrt ruhni hech narsaga bogliq bulmagan oliy substanqiyagacha kutardi. "Rux ongning o`zluksiz bulmagan hodisalari-fikrlaridan iborat" deb aytdi olim. Ruhning birdan bir asosiy belgisi uning fikrlashidir. Fikrlashdan tuxtash ruhning yo`q bo`lishiga olib keladi, deb hisoblaydi. Dekart tana va ruh substanqiyalarini o`zaro taqqoslang shunga olib keladiki, Dekart tana o`z tabiatiga bulinuvchi, rux esa bulinmas, shuning uchun u turli xil narsa degan xulosaga keldi. Dekart dualizmning ma‘nosi shuki, tana va rux mustaqil substanqiyalardir. Bu degan siz ularning har qaysisi mavjud bo`lishi uchun o`zidan boshqa xech narsaga muxtoj emas. «Ruh butunlay mening tanamdan butunlay ayru bo`lib, u tanamsiz ham mavjud bula oladi». «Bizdagi issiqqlik va harakat fikrga bogliq bulmagani uchun ular faqat tanamizga tegishlidir» deb yozadi Dekart.
Buni Dekart ruxsiz tanalar ham, masalan, olov issiqlikka ega bo`lishi va harakatlanishi bilan isbotlashga harakat qiladi. Dekartning fikricha, hayotni rux bilan boglaganlar xato qiladilar. Negaki "ulim xech kachon rux tufayli sodir bulmaydi, balki tananing muhim qismidagi bo`zilishi tufayli ruy beradi".
Dekartga ko`ra asoslarning asosi shubxalanishdir. Uning fikricha hamma tabiiy va gayri tabiiy narsalardan shubxalanish keraq Chunki shubxalanganda odam fikrlaydi. Bunda Dekartning mashxur aforizmi
/Men fikrlayapman, bundan chiqdi mavjudman/. O`zining asosiy
fikrlarini Dekart «Aqlni boshqarish qoidalari» «Ruhlar extiroslari», «Odam haqida» nomli asarida bayon etdi.
18 asrning eng yirik kashfiyotlari qatoriga refleks tushuncha-sining paydo bo`lishini kiritish mumkin. Refleks tushunchasi Dekart fizikasida paydo bo`di. Agar Garvey o`z kashfiyoti bilan ruhni ichki a‘zolarini bonqaruvchisi sifatida -inkor etgan bo`lsa, Dekart ruxni tashqaridai ta‘sir etish xususiyatidan mavfum qildi. U fanga fiziologiya va psixologiyada fundamental bo`lgan refleks tushunchasi ni /termini emas/ kiritdi. U davrda nerv sistemasi tutrisidagi bilimlar ham oz edi. Dekart uni ingichka quvurchalar- «trubkachalar»dan iborat deb tasavvur qildi. Dekartning tasavvurida guyo shu trubkachalardan mayda yengil havosimon zarralar harakatlanadi. Bu zarralarni Dekart «hayvon ruhlari» deb nomladi. «Men ruh deb atagan narsalar kichiklik va tez harakatlanishdan boshqa hech qanday xususiyatga ega bulmagan tanachalardan o`zga narsa emas. Bular qonning eng harakatchan zarralari bo`lib, doim miya tomonidan harakatlanadi», deb tushuntirmoqchi bo`ladi Dekart. Uning refleks sxemasiga ko`ra
tashqi impuls nerv trubkachalari ichida joylashgan nerv “iplarining” uchiga tasir qilib, ular shu “ip” chiqqan miyaning
qismini guyo arqonning bir uchi ikkinchisini harakatga keltirganidek ko`zgatadi. U yerdan «hoyvon ruhlari» nerv ortqali tegishli muskulga utib, kisqarishga majbur qiladi. Shu tariqa harakat ruy beradi, Shuning uchuy qaynoq buyum qulni kuydirib tartib olishga majbur qiladi. Bunda xuddi yorug`lik nurining ko`zgudan qaytganidek reakqiya sodir bo`ladi. Xatti harakatlarning reflektor tabiatni ruhga murojaat qilmay ochib berib, Dekart umid qiladiki (kelajakda ancha murakkab hodisalarni ham u tariflab bergan fiziologiya mexanika qoidasiga ko`ra tushuntirish mumkin bular: «Masalan, it uljani kurgach, unga tashlanadi, lekin uq ovozini eshitsa, albatta qochadi. Shunga qaramay ovga urgatilgan itlar uljani kurgach tuxtaydi. Aqlsiz hayvonlar miyasida shunday o`zgarish hosil qilib, ularni urgatish mumkin ekan, ehtimol odamga biror narsani urgatishda bundam ham yaxshiroq narsalarga erishsa bular», deb taxmin qildi Dekart. Bunda u shunday xulosa chiqardiki, ruhning kuchi emas balki mexanika qoidalari asosida ruy beruvchi tanadagi o`zgarishlar asosida inson avvalo o`z tabiatining, qolaversa tashqi olamning xukmdoriga aylanishi mumkin.
Dekartning birinchi opponenta bo`lib gollandiyalik faylasuf Barrux Spinoza chiqdi. Gegelning fikricha B. Spinoza Dekart falsafasidagi dualizmni olib tashladi. Unga ko`ra yagona va abadiy ajralmas xususiyatlarga ega bo`lgan substanqiya - bu tabiat. Shuning uchun odamni substanqiyalar uchrashadigan «joy» sifatida Spinoza inkor etadi. Odam bir butun moddiy va ruhiy mavjudod deb biladi. hech kim Spinozachalik Dekartning dualiz organizmga mashina singari munosabatda bo`lganini anglamagan. O`zining eng mashhur psixologik asari «Etika» da faylasuf dastlab substanqiyalar masalasida tuxtaladi. Shu yerdanoq uning karashlari Dekartning qarashlaridan o`zoqlashadi, Dekartdan farqli ravishda Spinoza monestik ta‘limotni ilgari surdi. Substanqiya deganda Spinoza bizdan tashqarida joylashgan tabiatni tushunadi. Bu substanqiya o`z navbatida bir qancha xususiyatlarga ega bo`lib, inson ularning faqat ikkitasi - tana va fikrni biladi. Shuning uchun ruh va tana bitta individuumni, ya‘ni fikrlaydigan tanani tashkil etadi. Alohida ruhiy substanqiyaning borligini Spinoza inkor etadi, lekin materiya va tafakkur birligi muammosini oxirida ochib berolmadi, Substanqiyalar ta‘limoti asosida Spinoza insoning xissiy holatlari kuproq affektlar masalasini yoritib berdi. o`zining affektlar hakidagi ta‘limotida affektlarning paydo bo`lishi va ularning tabiati: odamlarning affektlarga kulligi va affektlarning kuchq inson ozodligi va inson aklining kuchi masalalari yuzasidan tuxtaldi. Affektlarni Spinoza tabiiy hodisa deb biladi. Affeklar orasidan Spinoza 3 tasini alohida ajratib kursatadi. 1. Xohlash. 2. Qoniqish. 3. Qoniqmasliq Qolgan barcha emoqiyalar shulardan paydo bo`ladi, deb hisoblaydi Spinoza. Spinoza affektlar butunlay inson irodasiga bogliq va ularni tuliq boshdarish mumkin, degan fikrga qushilmaydi. Bu borada u affeklarni inson ustida utkazadigan hukmronligi haqida fikr yuritadi. Barcha affektlar Spinozaning fikricha insonni shunday holatga olib keladiki, bunda u o`z-o`zini boshqara olmaydi. Tasodif-larga qaram bo`lib, aniqlik ko`z oldida, noaniqlik tomon boradi, ozodlik esa affektlarga ergashishda emas, balki ularni aqlga buysun-dirishdir. Spinoza psixologiyasi ongning psixologik ob‘ekt sifatida shakllanishi yo`lidagi Dekartdan keyingi muhim qadam bo`di.
Dekart dualizmining tanqid qilinishidan boshqa yo`nalish angliyalik faylasuf Tomas Gobbs nomi bilan bog`liq, Gobbs ruhni alohida mavjudlik sifatida mutlako inkor etdi. Uning fikricha dunyoda Galiley tomonidan ochilgan mexanika qonunlariga buysinuvchi moddiy tanalardan boshkd hech narsa yo`q.
Barcha psixik hodisalar ham shu konunlarga buysunadilar. Moddiy narsalar Gobbs fikricha, organizmga ta‘sir etib, sezgini hosil qiladi. Inertsiya «qonuniga ko`ra, sezgidan uning kucheyz izi sifatida tasavvurlar paydo bo`ladi. Ular esa fikrlar zanjirini hosil qiladi va bu fikrlar sezgilar qanday ketma-ketlikda almashgan bo`lsa, shunday tartibda joylashadi. Bunday bog`lanish keyin assoqiaqiya nomini oldi. Agar avvalgi harakat yana takrorlansa va ustunlik qilsa, keyingilari harakatlanuvchi materiya bilan bogliq bo`lgandan tekis stolda tomchining harakatlanayotgan suv ham harakatlanganidek uning ketidan harakatlanadi. Asosny psixologik femomenlardan biri sifatida assoqiaqiyalarni Dekart, Spinoza ham tan olishgan. Lekin tafakkur va irodaga nisbatan uning bilimning quyi shakli deb hisoblangan. Gobbs birinchi bo`lib assoqiaqiyani psixologiyaning universal qonuni sifatida tariflaydi. O`zining qobiliyatlar haqidagi ta‘limoti bilan Gobbs Dekartni "Tugma idayalari" xakidagi gepotezasini qattiq tankid qildi va odamlarda tugma bir-biridan ustun belgilari bulmasligini isbotlashga intildi. T.Gobbs bevosita F.Bekonning davomchisi sifatida empirik yo`nalish namoyondasi sifatida tanildi.
Empirik psixologiyaning «otasi» Gobbs vatandoshi J.Lokk bo`di. Uning «Inson akli haqidagi tajriba» asari psixologiyaning keyingi taravdiyotiga kuchli ta‘sir etdi. Lokkning maqsadi inson bilishining paydo bo`lishi va rivojlanishining tajribaviy urganishdan iborat edi. Bunda u «tugma ideyalar» goyasini inkor etib, bilimlarning manbai individning hayotiy tajribasi deb biladi. Tajribaning o`zida esa Lokkning fikricha 2 manba bor: sezgi va refleksiya. Sezgining obektdagi tabiatdagi barcha moddiy narsalar bo`lib, ularning mahsuloti fikrlardir. Ya‘ni «Biz sariq, oq yashil, issiq, sovuq, yumshoq, qattiq, shirin, achchiq va boshqalar haqidagi fikrlarni shu manba orqali olamiz» deb hisoblaydi Lokq Refleksiyaning obekti aqlimiz faoliyati bilan egallangan va biz tashqaridan ololmaydigan fikrdir. Ongning ob‘ekti shu fikrdir, chunki ong Lokkning bergan ta‘rifiga ko`ra aqlimizda ruy berayotgan narsalarni idrok etishdir. Lokk tajriba manbalarini o`zaro farqlasa-da, ularni bir-biridan ajratmaydi. Uning fikricha, sezgi bilimning boshi, refleksiya sezgi asosida paydo bo`ladi. Buni u shunday ta‘riflaydi: «Aqlda birorta narsa ham yo`qki (u sezgida ham mavjud bulmasa». Lokka kure, fikrlar 2 xil, oddiy va murakkab, bo`ladi, Oddiy fikr faqat bitta bo`ladi. Oddiy fikr faqat bitta tushunchani o`zida saqlaydi. Boshqa fikrlar parchalanmaydi. Murakkab fikrlar oddiy fikrlarni kushish, taqqoslash, umumlashtirish va obstarktlashtirish natijasida paydo bo`ladi. Oddiy fikrlar yigindisi ongni tashkil etadi. Murakkab fikrlarning hosil bo`lish manbalaridan biri sifatida Lokk assoqiaqiyani keltiradi. U birinchi bo`lib «fikr assoqiaqiyasi» degan atamani kiritadi.

Adabiyotlar ro`yxati:




  1. Yüklə 47 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə