Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)


 Katta yoshdagi kishilar ovqatlanishi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/23
tarix23.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#90029
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
oqsil va oqsil-energetik taqchillik yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish yollari

 
3.3.3. Katta yoshdagi kishilar ovqatlanishi. 
Katta yoshdagi kishilarning (40-59 yoshli)
 
kunlik iste’mol taomlarining 
energetik qiymati va uning tarkibidagi oqsillar miqdorini anketa-so‘rov metodi 
yordamida aniqladik. Olingan natijalar 5-jadvalda keltirilgan. 
5-jadval 
Katta yoshdagi kishilar kunlik ratsionining energetik qiymati va uning 
tarkibidagi oqsillar miqdori. 
Ko‘rsakichlar 
Ayollar 
Erkaklar 
me’yor 
natija 
%

me’yor
natija 
%

Umumiy energiya, kkal 
1800 
2070 
115 
2100 
2520 
120 
Umumiy oqsil, g 
58 
48 
82 
65 
60 
93 
Hayvon oqsili, g 
32 
26 
80 
36 
32 
88 
O‘simlik oqsili, g 
26 
22 
84 
29 
28 
96 
Tekshiriluvchilar ratsionining umumiy energetik qiymati 5-jadvaldan ko‘rinib 
turganidek me'yor darajasiga yaqin, yoki biroz yuqori. Ya’ni, ayollarda bu 


62 
ko‘rsatkich o‘rta hisobda qabul qilingan me'yoriy talablardan 15 %, erkaklarda 20 
% ko‘p. 
Tekshiriluvchilarning kunlik iste’mol qilgan taomlarining tarkibidagi oqsillar 
miqdorini aniqlashdan olingan natijalarga qaraganda, ularning ratsionida umumiy 
oqsilning miqdori biroz kam bolsada, me’yorga yaqin. O’rtacha bir kunlik 
ratsiondagi umumiy oqsilning miqdori ayollarda 48 g, erkaklarda 60 g ni tashkil 
qiladi, bu tegishli ravishda me'yordan 12 % va 7 % kam.
 
Ovqatning oqsillar tarkibini, ya’ni to‘la qiymatli va to‘la qiymatli bo‘lmagan
oqsillar miqdorini aniqlash maqsadida, iste’mol taomidagi hayvon va o‘simlik 
oqsillarining miqdori hisoblab topildi. Bunda qabul qilingan kunlik ovqatdagi 
hayvon oqsillarining miqdori ayollarda 26 g (me'yordan 20 % kam), erkaklarda 32 
g ni (me'yordan 12 % kam) tashkil qiladi. Tekshiriluvchilar ratsionidagi o‘simlik 
oqsillarining miqdori me'yorga yaqin, yoki undan bir oz past bo‘lsada (5-jadval), 
ularning umuimiy oqsillardagi ulushi me'yoriy ko‘rsatkichlardan yuqori, o‘simlik 
oqsili umumiy oqsilning 46 % yuqori ekanligi aniqlandi. 
Shunday qilib, katta yoshdagi kishilarning (40-59 yoshli) aniq ovqatlanishni 
o‘rganish bo‘yicha olib borgan tekshirishlarimiz ular organizmining oqsillarga 
bo‘lgan talabi asosan hayvon oqsillar yetishmaganligi hisobiga to‘la 
qondirilmaganligi va o‘simlik oqsillarining umumiy oqsil tarkibidagi ulushi 
me’yordan ko‘pigini ko‘rsatdi.
Katta yoshdagi kishilarning ratsioni hayvon oqsillari bilan erkaklarda 12 %, 
ayollarda 20 % boyitilishi lozim. Ular ratsioninig energetik qiymati me’yorlardan 
yuqori ekanligi bois oqsillar miqdorining oshirilishida yog va karbonsuvlarning 
miqdori tegidhlicha kamaytirilishi maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə