Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/23
tarix23.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#90029
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
oqsil va oqsil-energetik taqchillik yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish yollari

 
 
 
 
Ovqatning oqsillar tarkibini, ya’ni to‘la qiymatli va to‘la qiymatli bo‘lmagan
oqsillar miqdorini aniqlash maqsadida, iste’mol taomidagi hayvon va o‘simlik 
oqsillarining miqdori hisoblab topildi. Bunda qabul qilingan kunlik ovqatdagi 
hayvon oqsillarining miqdori qiz bolalarda 35,4 g (me'yordan 20 % kam), o‘g‘il 
bolalarda 37,8 g ni (me'yordan 14 % kam) tashkil qiladi. Bolalar ratsionidagi 
o‘simlik oqsillarining miqdori me'yorga yaqin, yoki undan bir oz past bo‘lsada (3-
jadval), ularning umuimiy oqsillardagi ulushi me'yoriy ko‘rsatkichlardan yuqori, 
o‘simlik oqsili umumiy oqsilning 40 % va undan yuqori miqdorda ekanligi 
aniqlandi. 
Shunday qilib, 5-6 yoshdagi bog‘cha tarbiyalanuvchilarida aniq ovqatlanishni 
o‘rganish bo‘yicha olib borgan tekshirishlarimiz ular organizmining oqsillarga 
bo‘lgan talabi to‘la qondirilmaganligi va ayniqsa organizm uchun katta ahamiyatga 
ega bo‘lgan hayvon oqsillari ovqat tarkibida yetishmaganligini ko‘rsatdi.
Olingan natijalarga ko‘ra, bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari ovqatining 
tarkibida oqsillar va ayniqsa hayvon oqsillari miqdorini 20 % oshirish lozim. 
Bunga ularning kunlik ratsioni tarkibida tegidhli darajada go‘sht, tuxum, sut 
maxsulotlari miqdorini oshirilishi bilan erishish mumkin. 
 


60 
3.3.2. Maktab o‘quvchilari ovqatlanishi. 
Tekshiruvlarda ishtirok etgan maktab o‘quvchilarinig (11-13 yoshli)
 
kunlik 
ratsioni tarkibidagi mavjud makronutrientlar miqdori beradigan energiyani 
aniqlashdan quyidagi natijalar olindi. Maktab o‘quvchilari kunlik taomidagi 
umumiy energiya miqdori o‘rta hisobda qiz bolalarda 2667, o‘g‘il bolalarda 2852 
kkal ni tashkil qiladi. Me'yoriy talablardan bu ko‘rsatkichlar qizlarda 7 %, o‘g‘il 
bolalarda 4% ko‘p. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə