Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/23
tarix23.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#90029
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
oqsil va oqsil-energetik taqchillik yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish yollari

XULOSA VA TAVSIYALAR. 
Qarshi shahri aholisi guruhlarida olib borilgan tekshirishlar asosida 
quyidagi xulosalar qilindi: 
1.
Tekshirishda ishtirok etgan bog‘cha yoshidagi o‘g‘il bolalarning 
antropometrik ko‘rsatkilchari (tana vazni va bo‘yi) me'yor darajasida 
bo‘lsa, qiz bolalarda bu ko‘rsatkichlardan tana vazni o‘rta hisobda 7 % 
past (bo‘y uzunligi 98,5 sm, vazni 14,8 kg). 
2.
Bog‘cha yoshidagi bolalar kunlik ratsionining umumiy energetik 
qiymati me'yor darajasida bo‘lgan holda ularning umumiy oqsillarga 
bo‘lgan talabi qiz bolalarda 85 %, o‘g‘il bolalarda 91 % qondirilgan. 
3.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning to‘la qiymatli oqsillarga bo‘lgan talabi 
qiz bolalarda 80%, o‘g‘il bolalarda 86 % qondirilgan. 
4.
Olingan natijalarga ko‘ra, bolalar bog‘chalarida ular ovqatining 
tarkibida oqsillar va ayniqsa hayvon oqsillari miqdorini 20 % oshirish 
lozim. 
5.
Maktab yoshidagi bolalar kunlik ratsionining umumiy energetik 
qiymati me'yor darajasigan biroz ko‘p bo‘lgan holda ularning umumiy 
oqsillarga bo‘lgan talabi qiz bolalarda 85 %, o‘g‘il bolalarda 88 % 
qondirilgan. 
6.
Maktab yoshidagi bolalarning to‘la qiymatli oqsillarga bo‘lgan talabi 
qiz bolalarda 90 %, o‘g‘il bolalarda 88 % qondirilgan. 
7.
Katta yoshidagi kishilar kunlik ratsionining umumiy energetik qiymati 
me'yor darajasigan ko‘p bo‘lgan holda ularning umumiy oqsillarga 
bo‘lgan talabi ayollarda 82 %, erkaklarda 93 % qondirilgan. 
8.
Katta yoshidagi kishilarning to‘la qiymatli oqsillarga bo‘lgan talabi 
ayollarda 80 %, erkaklarda 88 % qondirilgan. 


66 
9.
Keksa kishilar kunlik ratsionining umumiy energetik qiymati me'yor 
darajasigan biroz kam bo‘lgan holda ularning umumiy oqsillarga 
bo‘lgan talabi ayollarda 82 %, erkaklarda 83 % qondirilgan. 
10.
Keksa kishilarning to‘la qiymatli oqsillarga bo‘lgan talabi ayollar va 
erkaklarda 78 % qondirilgan. 
 
Olgan narijalar ko‘rsatishicha tekshiruvda ishtirok etgan guruhlar ratsioni 
organizmning oqsillarga bo‘lgan talabini turli darajada qondirmaydi va ularning 
ovqatlanishida ma’lum o‘zgartirishlar kiritilishi lozim. Ular ratsioni oqsilli 
komponenti bo‘yicha qay darajada o‘zgartirilishi kerakligi boyicha quyidagi 
tavsiyalarimizni berish o‘rinli deb topdik. 
Bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari ovqatining tarkibida oqsillar va 
ayniqsa hayvon oqsillari miqdorini 20 % oshirish lozim. Bunga ularning kunlik 
ratsioni tarkibida tegishli darajada go‘sht, tuxum va sut maxsulotlari miqdorini 
oshirilishi bilan erishish mumkin. 
Tekshirishlgan maktab o‘quvchilari ratsionidagi oqsillar miqdorini oshirish 
choralari ko‘rilishi lozim. Bunda ratsiondagi hayvon oqsili 10-12 %, o‘simlik 
oqsili 14-20 % oshirilishiga hayvon mahsulotlardan asosan go‘sht va tuxum 
maxsulotlari, o‘simlik maxsuotlaridan asosan dukkaklilardan foydalanish 
maqsadga muvofiq. 
Katta yoshdagi kishilarning ratsioni hayvon oqsillari bilan erkaklarda 12 %, 
ayollarda 20 % boyitilishi lozim. Ular ratsioninig energetik qiymati me’yorlardan 
yuqori ekanligi bois oqsillar miqdorining oshirilishida yog va karbonsuvlarning 
miqdori tegidhlicha kamaytirilishi kerak. 
Keksa kishilar istemol taomlari hayvon oqsillari bilan ayollar va erkaklarda 22 
%, o‘simlik oqsillari bilan ayollarda 13, erkaklarda 11 % boyitilishi lozim. Buning 
uchun 
tegidhlicha 
hayvon 
maxsulotlaridan 
asosan 
sut-qatiq, 
o‘simlik 
maxsulotlaridan don va dukkaklilar miqdorini oshirish lozim. 


67 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə