Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)


III BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/23
tarix23.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#90029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
oqsil va oqsil-energetik taqchillik yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish yollari

III BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI
....................... 
3.1. Qo‘llanilgan usullar va yig‘ilgan materiallar .......................................... 
3.2. Antropometrik tekshirishlar …………………………………………….... 
3.3. Aniq ovqatlanishni o‘rganish …………………………………………….. 
3.3.1. Bog‘cha tarbiyalanuvchilari ovqatlanishi ……………………………… 
3.3.2. Maktab o‘quvchilari ovqatlanishi ……………………………………… 
3.3.3. Katta yoshdagi kishilar ovqatlanishi …………………………………… 
3.3.4. Keksa kishilar ovqatlanishi …………………………………………….. 
XULOSA VA TAVSIYALAR
……………………………………………………. 
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
…………………………………………………... 
ILOVALAR 
.............................................................................................................. 



KIRISH 
Mavzuning dolzarbligi.
Respublikamiz hayotida, uning barcha jabhalarida qator ijobiy o‘zgarishlar 
yuzaga kelib, shu qatorda kishilar, ayniqsa bolalar salomatligiga e’tibor yanada 
oshib bormoqda (1). Kishilar salomatligini yaxshilash yo‘lida amalga oshiriladigan 
ishlar orasida aholi orasida sog‘lom turmush tarzi va u bilan bog‘lik masalalarga 
alohida e’tibor berilishi lozimligi xozirgi kun talabidir. Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti qoshidagi Jahon Sog‘liqni Saqlash Bo‘limi tomonidan berilgan 
ma'lumotlarga ko‘ra, kunlik ovqatlanish mavjud me'yorlarga moslab olib 
borilganda kishilar salomatligi 75-80 %-ga ta’minlanadi. Ushbu nufuzli tashkilot 
hisobotlarida sog‘lom turmush tarzining asoslaridan birinchisi qilib to‘g‘ri 
ovqatlanish e’tirofof etilgan. 
To‘g‘ri ovqatlanishga erishish maqsadida olib boriladigan harakatlarda qator 
ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelinadi, ularning 
ichida eng muhimi har kimning qanday ovqatni qochon va qanday qilib iste’mol 
qilish haqida yetarli bilimga, yoki ovqatlanish madaniyatiga ega bo‘lmasligidir 
(35, 30). 
Hozirgi vaqtda aholi ovqatlanishidagi oqsil va oqsil-energetik taqchilligi 
butun dunyo bo‘yicha katta muammo bo‘lib qolmoqda. Ovqatlanishning bu turdagi 
disbalansi qator kasalliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lib, insonning hayoti va 
faoliyatiga ta'sir etuvchi muhim omillardan hisoblanadi. Bu omilning ayniqsa, 
bolalar organizmiga ko‘rsatadigan ta'siri alohida e'tiborga molikdir. Bola 
organizmi ontogenezning perinatal davrida ovqat taqchilligiga nisbatan o‘ta sezgir 
bo‘ladi, chunki bu davrda organizmning me'yorida o‘sish va rivojlanishi uchun 
oziqa moddalariga bo‘lgan talab juda yuqori, lekin energetik va plastik manbalarni 
to‘plash va ular sarfini ovqat yetishmovchiligini kompensatsiya qilishga 
yo‘naltirish qobiliyati juda past. Rivojlanish biologiyasida yaxshi tanish bo‘lgan bu 
qonuniyat ontogenezda o‘sish tezligi, moddalar va energiya almashinuvining 



jadalligi, neyro-endokrin boshqaruv hamda organizmning boshqa tizimlari 
faoliyatini o‘rganish asosida aniqlangan (31, 36 ). 
Iste’mol qilinadigan ovqat bilan inson o‘zining amalga oshiradigan barcha 
faoliyatlari va ichki a'zolarining faoliyati uchun zarur bo‘ladigan energiyani
hamda vujuddagi barcha hujayra va to‘qimalarning yangilanishi uchun kerakli 
plastik materiallarni doimiy sur'atda olib turadi. Ularga bo‘lgan ehtiyoj esa yosh, 
jins, ob-havo sharoitlari, ayniqsa, qilinadigan jismoniy va aqliy mehnatning 
miqdori, tezligi va boshqa shart-sharoitlarga qarab o‘zgarib turadi.
Aholi turli guruhlarining ovqatlanish me'yorlari bir-biridan farq qiladi. Uni 
aniqlash maqsadida tegishli mutaxassislar tomonidan maxsus tadqiqotlar olib 
boriladi va tegishli tavsiyalar ishlab chiqariladi (19, 20, 21). Kunlik taomlanish 
mavjud me'yorlarga moslab olib borilsa, ya'ni kunlik ovqatlanish to‘g‘ri, oqilona 
yoki ratsional tashkil qilinsa kishilar salomatligi 75-80 %-ga ta’minlanishi 
aniqlangan. Bu raqamlar BMT qoshidagi Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti 
tomonidan e'lon qilingan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ushbu nufo’zli tashkilot 
hisobotlarida sog‘lom turmush tarzining asoslaridan birinchisi qilib ham aynan 
to‘g‘ri ovqatlanish e’tirofof etilgan. 
To‘g‘ri ovqatlanishga erishish, ya'ni mavjud me'yoriy tavsiyalarga qarab ish 
tutish va doim to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilish katta aholi miqyosida 
olinganda qator qiyinchiliklarni tug‘diradi. Buning qator ob'ektiv va sub'ektiv 
sabablari bor, birinchidan, e'lon qilingan me'yorlar aholining u yoki bu guruhi 
uchun faqat o‘rtacha ko’rsatkich bo‘lib hisoblanadi, ikkinchidan, tegishli raqamlar 
ekologik muhit sharoitining o‘zgarishi bilan sezilarli darajada siljiydi (masalan, 
ekologik disbalans sharoitida С vitaminga bo‘lgan talab 2 baravardan ham oshib 
ketadi va hokazo), uchinchidan, har хil stress-omillar (kuchli jismoniy yoki aqliy 
yo’qlama, juda yuqori harorat, kuchli radiatsiya va boshqalar) oziq moddalarga 
bo‘lgan ehtiyoj me'yorlarini buzilishiga olib keladi, to‘rtinchidan, moddiy ta’minot 
kishilar orasida turlicha bo‘lganligi bois hamma ham kerakli oziq moddalarni 
(masalan go‘shtni) tegishli miqdorda harid qilaolmasligi mumkin va hokazo. 



Bunday sabablarning yana bir qanchasi borki, ularning ichida eng muhimi har 
kimning qanday ovqatni qochon va qanday qilib iste’mol qilish haqida yetarli 
bilimga, yoki ovqatlanish madaniyatiga ega bo‘lmasligi qator ilmiy tadqiqotlarda 
aniqlangan (ovqatlanish madaniyati). Ovqatlanish madaniyati esa fiziologiya, 
anatomiya, biokimyo, tibbiyot asoslari kabi fanlarning umumiy tushunchalariga 
ega bo‘lish hamda bu o‘rinda milliy an'analar, udumlarni hisobga olgan holda
jamoada va ommaviy axborot vositalari orqali doimiy sur'atda berib borilishi 
kerak. Bu ish ancha murakkab, sertarmoq soha bo‘lib, uni amalga oshirishda 
birgina tibbiyot xodimlarining mehnatlari yetarli emas, balki o‘qituvchilar 
(ayniqsa, biologlar va ekologlar), murabbiylar, rahbar xodimlar o‘zaro 
hamkorlikda ish olib borishlari lozim (23, 29, 31, 32, 34, 41, 42). 
Aholi ovqatlanishini ratsionallashtirish borasida olib boriladigan ishlardan eng 
muhimi bu aholi turli guruhlarining amaldagi ovqatlanishini o‘rganish bo‘lib 
hisoblanadi. Buning uchun tegishli usullar mavjud bo‘lib, ulardan foydalangan 
holda turli aholi guruhlarida yil davomida iste’mol qilinadigan taomlar miqdori va 
tarkibini o‘rganish mumkin. Misol tariqasida shuni aytish mumkinki, vohamiz 
qishloqlarida istiqomat qilayotgan o‘quvchilarning kunlik ovqatidagi oqsillar, 
ayniqsa hayvon oqsillarining miqdori me'yor talablaridan 1,5–2 baravar kam 
bo‘lib, karbonsuvlar esa 1,0 – 1,5 baravar ziyod. Xuddi shuningdek 
nomutanosiblik ko’pgina ma’danli moddalar va vitaminlarga nisbatan ham 
ko’zatiladi. Bu hol ularning me'yoriy o‘sish va rivojlanishi hamda fanlarni 
o‘zlashtirishiga salbiy ta'sir etmay qolmaydi (27,28). 
Iste’mol taomlaridagi asosiy (oqsillar, yog‘lar va karbonsuvlar) va qo‘shimcha 
(ma’danli moddalar, vitamnlar) oziq moddalarning me'yor darajasidan keskin farq 
qilishi aholining boshqa qontingentlari (sportchilar, homilador va sut emizadigan 
onalar, qariyalar) ovqatlanishida ham qayd qilinadi.
Ovqatlanish kamchiliklarini bartaraf qilishda turli guruhlarning amaldagi 
ovqatlanishini o‘rganish ancha qo‘l keladi. Gap shundaki tegishli tadbirlar 
o‘tkazish uchun dastavval qaysi guruhda to‘g‘ri ovqatlanish nuqtai nazardan 



qanday kamchiliklar mavjudligini bilish lozim, buning uchun esa shu guruh 
tekshiriluvchilarining oziq moddalardan qancha miqdorda, qachon iste’mol 
qilishini aniqlash va shunga ko‘ra tavsiyalar ishlab chiqilishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, aholi orasida amaldagi ovqatlanishni o‘rganish orqali 
oziq moddalarning qabul qilinishida yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklarni tuzatishda 
muvaffaqiyatli foydalanish mumkin va bu esa salomatlikni muhofaza qilish hamda 
qator kasalliklarni oldini olishda asosiy tadbir hisoblangan sog‘lom turmush tarzini 
xalq orasida keng ko‘lamda yoyish borasida muhim ahamiyat kasb etadi
.
Bu 
borada birinchi navbatda bolalar ovqatlanishiga va uni ratsional bo‘lishiga e'tibor 
qaratmoq lozim. Chunki organizm ayni jadal o‘sish va rivojlanish davrida 
ratsionda u yoki bu oziq moddasi, ayniqsa oqsil yetishmovchiligiga o‘ta sezgir 
bo‘ladi (10,17,41). 
Qabul qilinadigan ovqat bilan organizm uchun zarur barcha oziq moddalar, 
shu jumladan oqsillarning o‘z vaqtida yetarli miqdorda qabul qilib turilishi 
iste’mol qilinadigan taomlarning miqdori va tarkibiga bog‘liq. Oilalarning oziq-
ovqat xom-ashyolari bilan ta’minlanishi, oila byudjeti, milliy an'analar hamda urf-
odatlarni inobatga olmoq kerak. Oziq moddalarning, ayniqsa oqsillarning (to‘la 
qiymatli va to‘la qiymatsiz oqsillar), shuningdek almashtirib bo‘lmaydigan yog‘ 
kislotalari, mikroelementlar va vitaminlar kerakli miqdorda iste’mol qilinishi va 
ko‘pincha iste’mol qilinadigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining bir-biriga 
me'yoriy nisbatlari aksariyat hollarda qabul qilingan standart normativlardan 
keskin farq qilishi qator ilmiy taqiqotlarda ko‘rsatib berilgan.
Masalan, 
Respublikamizning ko‘pchilik mintaqalarida iste’mol qilinadigan ovqatning asosiy 
qismini non va un mahsulotlari tashkil qilib, oqsillar, yog‘lar, vitaminlar va ayrim 
mineral moddalarni kerakli darajada qabul qilish prinsiplari bo’ziladi. Bunday 
holning kelib chiqishida asosan bir nechta sabablar mavjud, ya'ni ko‘pchilik, oziq 
moddalar zahirasi yetarli bo‘lsada, asosiy oziq moddalarga, ayniqsa vitaminlarga 
bo‘lgan talab me'yorlarini bilishmaydi. Ikkinchi holda esa ko‘pgina oilalarda 
kerakli oziq moddalarni tegishli darajada iste’molda ishlatish uchun moddiy 



imkoniyatlar nihoyatda cheklangan bo‘ladi. Ba'zan esa ayrim almashtirib 
bo‘lmaydigan aminokislotalar va umumiy oqsil taqchilligi tufayli ayniqsa o‘suvchi 
organizmda tegishli xastaliklar yuzaga keladi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə