Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/23
tarix23.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#90029
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
oqsil va oqsil-energetik taqchillik yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish yollari

3.3.4. Keksa kishilar ovqatlanishi.
Tekshirishlarimizda keksa kishilarda (60-74 yoshli) iste’mol taomlarining 
energetik qiymati va uning tarkibidagi oqsillar miqdorini anketa-so‘rov metodi 
yordamida aniqladik. Olingan natijalar 6-jadvalda keltirilgan. 


63 
Keksa kishilar kunlik ratsionining umumiy energetik qiymati 6-jadvalda 
ko‘rinib turganidek me'yor darajasiga yaqin. Ya’ni, ayollarda bu ko‘rsatkich o‘rta 
hisobda qabul qilingan me'yoriy talablardan 11 %, ekaklarda 9 % kam. 
Keksa kishilarning kunlik iste’mol qilgan taomlarining tarkibidagi oqsillar 
miqdorini aniqlashdan olingan natijalarga qaraganda, ularning ratsionida ma'lum 
darajada oqsil taqchilligi mavjud. O’rtacha bir kunlik ratsiondagi umumiy 
oqsilning miqdori ayollarda 50 g, erkaklarda 57,3 g ni tashkil qiladi, bu tegishli 
ravishda me'yordan 18 % va 17 % kam .
6-jadval 
Keksa kishilar kunlik ratsionining energetik qiymati va
uning tarkibidagi oqsillar miqdori. 
Ko‘rsakichlar 
Ayollar 
Erkaklar 
me’yor 
natija 
%

me’yor
natija 
%

Umumiy energiya, kkal 
1975 
1758 89 
2300 
2093 
91 
Umumiy oqsil, g 
61 
50 
82 
69 
57,3 
83 
Hayvon oqsili, g 
33 
26 
78 
38 
29,6 
78 
O‘simlik oqsili, g 
28 
24,4 
87 
31 
27,7 
89,4 
 
Keksalar iste’mol taomidagi to‘la qiymatli va to‘la qiymatsiz oqsillar 
miqdorini aniqlash maqsadida, iste’mol taomidagi hayvon va o‘simlik oqsillarining 
miqdori hisoblab topildi. Bunda qabul qilingan kunlik ovqatdagi hayvon 
oqsillarining miqdori ayollarda 26 g (me'yordan 22 % kam), erkaklarda 30 g ni 
(me'yordan 22 % kam) tashkil qiladi. Keksalar ratsionidagi o‘simlik oqsillarining 
miqdori me'yorga yaqin, yoki undan bir oz past bo‘lsada (6-jadval), ularning 
umuimiy oqsillardagi ulushi me'yoriy ko‘rsatkichlardan yuqori, ya”ni o‘simlik 
oqsili umumiy oqsilning 49 % va undan yuqori miqdorda ekanligi aniqlandi. 
Shunday qilib, keksa ayol va erkaklarda aniq ovqatlanishni o‘rganish bo‘yicha 
olib borgan tekshirishlarimiz ular organizmining oqsillarga bo‘lgan talabi to‘la 


64 
qondirilmaganligi va ayniqsa organizm uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan 
hayvon oqsillari ovqat tarkibida yetishmaganligini ko‘rsatdi. 
Keksa kishilar istemol taomlari hayvon oqsillari bilan ayollar va erkaklarda 22 
%, o‘simlik oqsillari bilan ayollarda 13, erkaklarda 11 % boyitilishi lozim. Buning 
uchun 
tegidhlicha 
hayvon 
maxsulotlaridan 
asosan 
sut-qatiq, 
o‘simlik 
maxsulotlaridan don va dukkaklilar miqdorini oshirish tavsiya etiladi. 


65 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə