National University of Uzbekistan Volume 3


Autist bolalar diqqat xususiyatini tekshirish. "Yetishmaydigan qismlarni



Yüklə 98,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix27.12.2023
ölçüsü98,22 Kb.
#162458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
autizm-sindromli-bolalarni-psixologik-tashxislash-tamoyillari-va-psixokorreksion-vazifalar

Autist bolalar diqqat xususiyatini tekshirish. "Yetishmaydigan qismlarni 
aniqlash"
Maqsad: Ixtiyoriy diqqatni tekshirishga mo‟ljallangan bo‟lib, ko‟ruv-fazoviy analiz 
va sintezning shakllanganlik darajasini, diqqat va ishlash qobiliyatining xususiyatlari, 
maqsadga va topshiriqning shartiga muvofiq harakat qilishi qobiliyati, o‟rgatilishi 
aniqlanadi. Material: Tekshirishni o‟tkazish uchun bir nechta ayrim qismlari 
yetishmaydigan 3-4 ta rasmlar. 
O‟tkazish texnikasi: tekshiruvchi bolaga rasmlarga diqqat bilan qarashni, sinchkovlik 
bilan rasmlarni kuzatib, ulardagi yetishmayotgan qismlarini topishni va o‟z o‟rniga 
qo‟yishni so‟raydi. Bu uslubiyat bilan maktabgacha va kichik maktab yoshidagi 
bolalar tekshiriladi. Autist bolalar diqqatining buzulganligi, tasavvurning yo‟qligi, 
nutqining to‟liq rivojlanmaganligi sababli vazifalarni bajarishga qiynaladi. 
Topshiriqlarni bajarish jarayonida bolaga turlicha yordam ko‟rsatilishi mumkin: 
topshiriqni qo‟shimcha tushuntirish, shaklni uni tashkil qiluvchi 
qismlarga bo‟lish, aytib berish, ko‟rsatish. 


National University of Uzbekistan 
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-613-621 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
619
 
April, 2022 
https://nuu.uz/ International Scientific Conference 
Autist bolalar xotira xususiyatini tekshirish. "L.V.Zankov metodikasi” 
O‟tkazish texnikasi: Bolaga eslab qolishi uchun 5 ta so‟z aytiladi (nur, nonushta
o‟rmon, o‟yin, o‟qish). Eslab qolish jarayonini osonlashtirish uchun har bir aytilgan 
so‟zga monand rasmlar ko‟rsatiladi (lampa, non, daraxt, qo‟g‟irchoq, kitob). Tanlovni 
to‟liq bo‟lishini ta'minlash maqsadida 1 ta qo‟shimcha rasm beriladi (sigir). 
Ko‟rsatma: Hozir men senga aytadigan so‟zlarni eslab qolishing kerak, ularni yaxshi 
eslab qolishing uchun men senga har bir aytilgan so‟zga monand rasmlarni beraman. 
Masalan: "O‟yin so‟ziga qo‟g‟irchoq", chunki o‟yin o‟ynash uchun qo‟g‟irchoq 
lozim. Agar bola ko‟rsatmani tushungan bo‟lsa tekshirishni o‟tkazish mumkin. 
Bolaga eslab qolish uchun rasmlarni ko‟rsatib so‟zlab bilan rasmlar o‟rtasidagi o„zaro 
bog‟liqlikni tushuntirib berishni so‟rash lozim. Agar bola buni qilishga qiynalsa, 
avval: 
O‟ylab ko‟r bu rasm nimasi bilan senga o‟yinni eslatadi? Yoki o‟yin uchun nima 
kerak? kabi savollar bilan bolani rag‟batlantirish lozim. Agar bu holda ham bola 
yaxshi tushuna olmasa, unda tekshiruvchining o‟zi uni ko‟rsatib rasm va so‟z 
o‟rtasidagi o‟zaro bog‟liqlikni o‟rnatadi va bu bolani qanchalik tushunganligini 
tekshiradi. Har bir so‟z aytib bo‟linib rasmlar tanlangandan so‟ng tekshiruvchi 
rasmlarni yig‟ib oladi. U bolani chalg‟itish xarakteridagi 2-3ta savol beradi. Masalan: 
"Senga bu topshiriq yoqdimi? Senga qiyin bo‟lmadimi? Bu topshiriqdan 
charchamadingmi?" shu kabi savollardan keyin bolaga rasmlar ko‟rsatib savol beradi. 
Bu rasm senga qaysi so„zni eslatyapti?[3] 

Yüklə 98,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə