National University of Uzbekistan Volume 3


Oiladagi ichki munosabatlarni tekshirish



Yüklə 98,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix27.12.2023
ölçüsü98,22 Kb.
#162458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
autizm-sindromli-bolalarni-psixologik-tashxislash-tamoyillari-va-psixokorreksion-vazifalar

Oiladagi ichki munosabatlarni tekshirish. 
Oilaviy ichki munosabatlarni 
tekshirishda avvalambor ota-ona - bola munosabati, ayniqsa ona bilan munosabatiga 
e'tibor berish zarur. Bola va ota-ona munosabatlari turli tarzda buzilgan bo‟lishi 
mumkin. Bu buzilishlarga bolani haddan tashqari avaylab-asrash, bolaga umuman 
e'tibor bermaslik, o‟zidan hissiy itarish, bola bilan qo‟pol, yomon munosabatda 
bo‟lish kabilarni kiritish mumkin. Bolaning oiladagi boshqa bolalar bilan o‟zaro 
munosabatiga e'tibor berish, ayniqsa oilada undan kichik bolalar tug‟ilgan bo‟lgan 
bo‟lsa. Bundan tashqari bola tarbiyasida ishtirok etadigan boshqa oila a'zolari (buvi, 
buva va boshqa qarindoshlar) bilan munosabati. Oiladagi ichki munosabatlarning 
buzilishi bola rivojlanishiga turlicha ta'sir etishi mumkin.
Tengdoshlari 
bilan 
munosabatini 
tekshirish. 
Tengdoshlari 
bilan 
munosabatining buzilishi turli yoshlarda kuzatilishi mumkin. 
Bunday buzilishlarning eng og‟ir holatlari bolani izolyatsiyalash 
(ayirish, qo‟shmaslik) yoki boshqa bolalar tomonidan 


National University of Uzbekistan 
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-613-621 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
616
 
April, 2022 
https://nuu.uz/ International Scientific Conference 
qo‟shmaslikdir. Tengdoshlari bilan muloqatga kirishish malakasi yo‟qligi, ular bilan 
munosabatga kirishish istagining pastligi yoki (ushbu istakning saqlanganligida) 
kelisha olmaslik oqibatida doimiy nizolar kelib chiqishini olib kelganda hollarda 
buzilish deb hisoblash mumkin.
 
Tengdoshlari bilan munosabati buzilishining asosiy 
belgilari o‟ta tajovuzkorlik, nizolarga moyillik, dominantlik, bo‟ysunganlik, 
passivlik, boshqacha qilib aytganda aloqada teng bo‟lmagan o‟rinlarni qabul qilish 
tendentsiyasidir.
 
Intellekti me'yordagi, ruhiy rivojlanishi orqada qolgan va autist 
bolalarni differentsial tashxis qilish muammolarini hal etishda va bolalarni maxsus
ta'lim muassasalariga saralashda asosiy tashxis qilish mezoni bo‟lib ko‟rgazma-
xarakatli, ko‟rgazma-obrazli tafakkur hamda tafakkurning mantiqiy elementlarining 
shakllanganlik darajasi hisoblanadi.
 
Tafakkurning bu formalarining shakllanishi 
bolaning predmetli-amaliy faoliyati jarayonida diqqat, idrok, xotira, nutq, ko‟ruv- 
harakat koordinatsiyasi, mayda motorika, faoliyatning ixtiyoriy regulyatsiyasi 
funksiyalarini rivojlanishi asosida kechadi. Intellektual nuqsonlarni tashxis etishda 
o‟yin predmet-amaliy topshiriq asosida tuzilgan usullarni qo‟llash maqsadga muvofiq 
bo‟ladi. Chunki ularning tashxis qilish imkoniyati ko‟p bo‟lib, ushbu metodikalar 
faqatgina natijalarni emas, balki jarayonning o‟zini, topshiriqni bajarish usulini tahlil 
qilish imkonini beradi. Ushbu metodikalardan bolaning bilimini aniqlash maqsadida 
o‟yin shaklidagi ta'limiy eksperement sifatida foydalanish mumkin. Psixologik 
tekshirish o‟tkazishda bolaning faqatgina yoshiga emas, balki uning intellektual va 
jismoniy imkoniyatlariga bog‟liq holda tashxis usullarini tanlash zarur. Shuni 
e'tiborga olish kerakki, ko‟ruv o‟tkirligining 0,09 dan pastligi, ko‟rish maydonining 
20%ga kamayishi hamda harakatida nuqsoni hamda harakatida kamchiligi (bolalar 
serebral falajligining og‟ir formasi) bo‟lganda topshiriqni bajarish sifatiga ta'sir 
qiladi.
 
Ushbu metodikalarni bajarish natijalarini baholashda harakatlarning o‟rinliligi 
(topshiriqni qanday qabul qiladi), topshiriqni bajarish usuli, bajarish jarayonini 
o‟rganishi va o‟z faoliyati natijasiga bo‟lgan munosabatini e'tiborga olish zarur.
 
Birinchi parametr tavsifida bola berilgan topshiriqni xohish bilan bajarayotganligi, 
ko‟rsatmani tushunganligi, harakatlarini o‟rinliligiga e'tibor qaratish muhim. 
Topshiriqni bajarish turlari orientirlash faoliyati darajasidan dalolat beradi. 
Topshiriqni bajarishning to‟rt daraja yoki turi ajratiladi:
 
1. Betartib harakatlar. Bu holda bola predmetlarning xususiyati va sifatini 
ajrata olmaydi (tuzilishi, kattaligi, rangi...) boshqa variantlarga maqsadsiz o‟tadi, 
ko‟pincha kuch ishlatadi. 
2. Maqsadga yo‟naltirilgan tahminlar yoki xato tahminlar 
orqali, bola predmetning xususiyatlarini anglay olmaydi, lekin 



Yüklə 98,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə