National University of Uzbekistan Volume 3


Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari



Yüklə 98,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix27.12.2023
ölçüsü98,22 Kb.
#162458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
autizm-sindromli-bolalarni-psixologik-tashxislash-tamoyillari-va-psixokorreksion-vazifalar

Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
615
 
April, 2022 
https://nuu.uz/ International Scientific Conference 
Idrokni tekshirish.
Idrokni aniqlash tekshirilayotgan bolaning holatiga 
bog‟lik, bo‟ladi. Eshituv idroki avval eshitishi pasaygan yoki shunga taxmin 
qilinayotgan bolalarda tekshiriladi. Eshituv holati vrach-surdolog va surdopedagog 
tomonidan aniqlanadi. Psixolog ushbu ma'lumotlardan foydalanib bola rivojlanishiga 
ularning u yoki bu darajada ta'sirini o‟rganadi. Surdolog tekshiruvidan o‟tmagan va 
nutqida kamchiligi bor bolani psixolog o‟rganayotganda, Komissiyadagi boshqa 
mutaxassislar bilan birgalikda bu bolada eshituvini pasayganligini taxmin qilib, uni 
surdologik tekshiruvga yuborishi kerak. Eshituv funksiyalari to‟liq saqlangan
nutqida kamchiligi bor bolalarda ko‟pincha nutqni eshitish idroki, ya'ni unga qaratib 
so‟zlangan nutqni tushunish buzilganligi kuzatiladi. Bunda psixolog logoped bilan 
birgalikda bola nima uchun tushunmayotganligi tekshiriladi. Ko‟ruv idrokini 
tekshirishda bolani ko‟ruv agneziyasi mavjudligiga e'tibor berish zarur (predmetli, 
fazoviy, rang, harf va hokazo). Ko‟rishning pasayishi bilan bog‟liqligi taxmin qilinsa, 
uni ko‟ruv o‟tkirligini tekshirishga yuboriladi. Ko‟ruv funksiyalari saqlangan bo‟lib, 
turli agnoziyalar kuzatilsa, sababini aniqlash zarur. Uning sababi aqliy nuqson
po‟stloqning lokal buzilishlari hamda po‟stloq tonusining o‟zgarishlari bo‟lishi 
mumkin. 
Tafakkurni tekshirish. 
Tafakkurni tekshirish xususiyati bolaning yoshiga 
bog‟liq bo‟ladi. Ilk yoshda ko‟rgazmali-harakatli tafakkurning holati maktabgacha 
yoshda, maktab yoshida ko‟rgazmali-obrazli va so‟z-mantiqiy tafakkur tekshiriladi. 
Bolaning aqliy faoliyatini taxlil qilishda uning- motivatsion, operatsion, dinamik 
hamda tanqidiy fikrlash tomonlarini ko‟rib chiqish kerak. 

Yüklə 98,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə