National University of Uzbekistan Volume 3


National University of Uzbekistan



Yüklə 98,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix27.12.2023
ölçüsü98,22 Kb.
#162458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
autizm-sindromli-bolalarni-psixologik-tashxislash-tamoyillari-va-psixokorreksion-vazifalar

National University of Uzbekistan 
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-613-621 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
617
 
April, 2022 
https://nuu.uz/ International Scientific Conference 
bajarishda xatolarini yo‟qotib barcha variantlardan foydalanib ko‟radi. 
3. Amaliy qo‟llab ko‟rish. Bola predmetlarning xususiyatlarini ajrata 
boshlaydi, lekin ko‟rgazmali obrazli ravishda solishtira olmaydi va amaliy qo‟llab 
ko‟rishga kirishadi. 
4. Ko‟rish orqali solishtirish. Bola predmetlarning xususiyatlariga tayanib 
topshiriqni hech qanday tahminlarsiz darrov bajaradi. 
Autist bolalar tafakkurini tekshirish. "Segen taxtasi" 
Ushbu topshiriqni bolani tekshirishda birinchi bo‟lib berish tavsiya etiladi, chunki u 
bolalarda qiziqish uyg‟otadi. Umuman, barcha bolalarning, xususan autist bolalarning 
tafakkur jarayonlarini tekshirish uchun qo‟llanilishi mumkin. Segen doskasining 
tuzilishi quyidagicha: 10 ta geometrik figurani olib maxsus karton yoki fanerda shu 
geometrik figuralar shaklida chuqurchalar o‟yiladi. Uchburchak, to‟rtburchak, 
kvadrat, aylana, romb, to‟g‟ri to‟rtburchak, trapetsiya kabi geometrik figuralarni 
tushuntirish asosida bolalardan tegishli chuqurchalarga joylashtirish talab etiladi. Ish 
tartibi quyidagicha: dastlab tajriba o‟tkazuvchi bolalarga chuqurchalarga 
joylashtirilgan taxtachani ko‟rsatadi. Shundan so‟ng u taxtachadagi figuralarni to‟kib 
tashlaydi va bolalardan yana figuralarni o‟z joylariga joylashtirishni so‟raydi. Bu usul 
ayniqsa, chuqur autizmli bolalarni bog‟cha yoshida o‟rganishga yordam beradi. Bola 
gapirmasligi ham mumkin. Bu usulning turli variantlari bor. 2 yoshli bolalar uchun 4 
ta figurali, undan kattabolalar uchun esa, 10 ta figurali varianti bor. Aqlan normal 
bolalar 2 yoshdan boshlab bu ishni to‟g‟ri bajara oladilar. Aqliy nuqsonlilar yoki 
autist bolalar geometrik figuralarni paypasalaydilar, og‟izlariga olib ko‟radilar, ularni 
stolga urib taqillatadilar. Maqsadsiz harakat qiladilar, sinov va xato usullardan 
foydalanadilar. Bu bolalar ko‟rsatilgan yordamdan foydalana olmaydilar. Tajriba 
o‟tkazuvchining berayotgan ko‟rsatmasini idrok qilish, tushunib etishi ham 
diagnotsik ahamiyatga ega. Usulning sodda tuzilishga egaligi sababli, har bir 
o‟qituvchi, psixologlar mutsaqil ravishda yasab foydalanishlari mumkin. Metodika 
ko‟rsatmani tushunishni, asosiy geometrik shakllarni bilish darajasi, harakatlar 
koordinatsiyasining holati, fazoviy chamalash, faoliyat xarakterini (figuralarni 
ushlash, chuqurchalar bilan solishtirish va h.k.) aniqlash maqsadida qo‟llaniladi. 
Maqsad: 
kattalikni 
farqlash 
darajasi, 
ko‟rgazma-harakatli 
tafakkurning 
shakllanganligini tekshirish. Jihoz: shakllar andozasi chuqur o‟yilgan taxta (4 
variantli) va shu chuqurchalarga to‟g‟ri keladigan shakllar. 
O‟tkazish usuli: bolaga shakllar joylashtirilgan taxta ko‟rsatiladi 
va ko‟zining oldida taxta shunday ag‟dariladiki, ichidagi shakllar 
stolning o‟rtasiga tushiriladi. Ko‟rsatma beriladi: a) so„z orqali 



Yüklə 98,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə