National University of Uzbekistan Volume 3


Autist bolalar nutqni tushunish xususiyatini tekshirish



Yüklə 98,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix27.12.2023
ölçüsü98,22 Kb.
#162458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
autizm-sindromli-bolalarni-psixologik-tashxislash-tamoyillari-va-psixokorreksion-vazifalar

Autist bolalar nutqni tushunish xususiyatini tekshirish. 
Nutqni tushunishni maxsus tekshirish suhbat vaqtida olingan dastlabki 
ma'lumotlarni aniqlashga xizmat qiladi. 
Tekshirish texnikasi: eng oddiy usul bola oldidagi yoki rasmda tasvirlangan 
predmetlarni ko„rsatishni boladan so„rashdir. 
Ma'lum bo‟lgan usullardan yana biri bola tomonidan bir necha so‟z 
ko‟rsatmasini bajarilishidir. 
1. Sodda ko‟rsatmalarni tushunish. Bolaga "Daftarni ol", "Qalamni qo‟y" kabi 
oddiy ko‟rsatmalarni bajarish taklif qilinadi. Ko‟rsatmaga mos harakat qilish uning 
tushunganligidan dalolat beradi. 
2. Murakkab ko‟rsatmalarni tushunish. Bolaga ketma-ketlikda quyidagi 
murakkab ko‟rsatmalarni bajarish taklif qilinadi: "Eshikni yop va chiroqni yoq", 
"Daftarni partaga qo‟y va qalamni ol". 


National University of Uzbekistan 
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-613-621 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
620
 
April, 2022 
https://nuu.uz/ International Scientific Conference 
3. "Ustida", "ichida", "yonida", "orqasida", "tagida" kabi ko‟makchi so‟zlarni 
tushunish. Bolaga ushbu so‟zlar yordamida ko‟rsatma berib ishni bajarish taklif 
etiladi. 
4. Gaplardagi murakkab bog‟lanishlarni tushunish buning uchun quyidagi 
usullardan foydalaniladi: 
- Qaysi jumla to‟g‟ri, aniqla: bahor yozdan avval keladimi yoki yoz bahorla 
oldin keladimi? 
- Tingla va savolga javob ber: Bolalar itning ketidan yuguryapti. Kim olin 
yuguryapti? 
5. Bog‟langan matnni tushunish. Bunda bolaga kichik hikoyani eshitish va 
savollarga javob berish taklif qilinadi. 
Autist bolalarni psixologik tekshirishda o‟tkazilgan metodikalar natijalari 
quyidagi me'zonlar bilan baholandi: 
- Topshiriqni mustaqil bajardi 
- Topshiriqni yordam bilan bajardi 
- Topshiriqni qisman bajardi 
- Topshiriqni bajara olmadi[4]
Bola tug‟ilganidan bir yoshgacha bo‟lgan davrda jismoniy va psixologik jihatdan 
juda tez o‟sadi. Bu davrda bola ko‟p jihatdan ongsiz bo‟lib kattalarning doimiy va 
to‟g‟ri parvarishiga muxtoj bo‟ladi. Bolaning kelgusida sog‟lom bo‟lishi va psixik 
jihatdan normal o‟sishi uning shu davrda to‟g‟ri parvarish qilinishiga bog‟liq. Bu 
yoshda bolaning nerv sistemasi ham tez o‟sib boradi - miyaning og‟irligi 350 gr dan 
900gr ga boradi, (1 yoshdan 3 yoshgacha 200 ortadi) boshni tik tutishi, narsalarni 
paypaslab ushlash, turishga urinish, emaklash, faoliyatlari vujudga keladi. Bir qator 
analizatorlari paydo bo‟lib, normal ishlay boshlaydi. Ko‟rish va eshitish analizatorlari 
bir muncha murakkab yo‟l bilan rivojlana boshlaydi. Bola hayotining ikkinchi 
xaftasida sekin harakat qilayotgan narsalarni payqaydi, uch oylikda yarqiroq 
narsalarga tikilib qaraydi, uch to‟rt oylik bola onasini taniydi, tafakkur elementlari 
paydo bo‟lib - onasini boshqalarga taqqoslaydi. Olti-yetti oylik bola oti aytilgan 
narsani ko‟rsatadi, xarakat xotirasi paydo bo‟ladi. Bola bilan muloyim gaplashib 
tursak, unda faollik, kattalarga talpinish reaksiyasi yuzaga keladi «jonlanish 
kompleksi» yuzaga keladi. Bola o‟z atrofidagi barcha narsalarga diqqatini qarata 
boshlaydi. Bolaning birinchi yig‟isiyoq nutq apparatlarini rivojlantira boshlaydi. 2-3 
oylikda g, k, a tovushlarini chiqaradi, 8 oyligida kattalarning 
gapini tushuna boshlaydi, kattalarga taqlid qilib nutqi o‟sib 
boradi. Shu tariqa bolada iroda, odat, xissiyot, temperament 



Yüklə 98,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə