National University of Uzbekistan Volume 3



Yüklə 98,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix27.12.2023
ölçüsü98,22 Kb.
#162458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
autizm-sindromli-bolalarni-psixologik-tashxislash-tamoyillari-va-psixokorreksion-vazifalar

Diqqatni tekshirish.
Diqqatni tekshirishda psixolog avval bolada diqqatning 
buzilishi mavjudligini aniqlashi lozim. So‟ngra bu buzilishlarning namoyon bo‟lish 
darajasini, ularning faoliyat buzilishlaridagi rolini, kelib chiqishi va sababini 
aniqlashi kerak. Diqqat buzilishlarining namoyon bo‟lish darajasini aniqlashda 
ularning faoliyat jarayoni va natijasiga qanchalik ta'sir etganligiga diqqatni qaratish 
lozim. Ko‟pincha, diqqatning qo‟pol bo‟lmagan buzilishlari ishning natijalarida aks 
etmasada, shunga qaramay ularning mavjudligi ko‟pgina klinik holatlarning tashxis 
belgisi sifatida ahamiyatga ega bo‟ladi. Diqqatning qo‟pol buzilishlarida 
kuzatilganda, ular boladagi qiyinchilikning asosiy sababi ekanligini yoki ular 
xarakterning ko‟rinishlariga kirishini aniqlash zarur. Diqqatidagi 
kamchiliklar boshqa psixik funktsiyalari faoliyatiga, ayniqsa 
xotira faoliyatiga ta'sirini bilish lozim (xotiradagi ayrim 


National University of Uzbekistan 
Volume 3 | NUU Conference 2 | 2022
Google Scholar indexed 
Current Issues of Social Sciences and Humanities
 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-613-621 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari 
 
 
 
 
 
 
614
 
April, 2022 
https://nuu.uz/ International Scientific Conference 
kamchiliklar diqqatni buzilishiga olib keladi.) Ixtiyorsiz diqqatning o‟ziga xos 
fiziologik asosi bor. Akademik A.P.Pavlov ta‟limoticha, bu asos orientirovka yoki 
tekshirish reflekslaridan iboratdir. Jumladan, u bunday yozgan edi; "Biz ham, 
hayvonlar ham tashqi muhitning salgina o„zgarishi bilan shu o„zgarishning sababiga 
qarata tegishli sezuvchi apparatlarimizni moslashtiramiz”. Tashqi qo‟zg‟ovchi miya 
yarim sharlariga turlicha kuch bilan ta‟sir etadi. Eng kuchli tashqi ta‟sirot dominant 
deb aytiladi. Bu ta‟sirot qisqa muddat ichida kishi diqqatini o‟ziga tortadi. Masalan, 
odam ma‟lum faoliyat turi bilan mashg‟ul bo‟lib turgan paytda to‟satdan eshitilgan 
hayqiriq ovozi uning faoliyatini buzadi va diqqatini o‟ziga qaratadi. Bu dominantdir. 
Dominant muayyan nerv uchastkasidagi kuchli qo‟zg‟aluvchanlik qobilyatiga ega 
bo‟lgan qo‟zg‟alish markazi bo„lib, bu paytda boshqa nerv markazlari tormozlangan 
bo‟ladi. Doinant markaziy nerv sistemasiga kelgan har qanday qo„zg„alishlarni qabul 
qilib, ularga tegishli javob qaytaradi va boshqa markazlarning tolrmozlanishi evaziga 
o„z faoliyatini kuchaytiradi. Shunday qilib bosh miyaning katta yarim sharlari 
po‟stlog‟ida sodir bo‟luvchi qo‟zg‟alish va tormozlanish protsesslari diqqat 
faoliyatinig fiziologik asosidir.[1] 

Yüklə 98,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə