Mundarija: 1


I BOB. SHO‘RLANGAN TUPROQLAR, ULARNING TURLARI. SHO‘RHOQ VA SHO‘RHOQSIMON, SHO‘RTOB VA SHO‘RTOBLI TUPROQLAR



Yüklə 251,78 Kb.
səhifə2/15
tarix12.06.2023
ölçüsü251,78 Kb.
#116814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
tuzlarning o\'simliklarga ta\'siri1

I BOB. SHO‘RLANGAN TUPROQLAR, ULARNING TURLARI. SHO‘RHOQ VA SHO‘RHOQSIMON, SHO‘RTOB VA SHO‘RTOBLI TUPROQLAR


1.1 SHo‘rxok va sho‘rhoksimon tuproqlar.
Yer qatlamlarida suvda yeriydigan ko‘p miqdorda tuzlari bo‘lgan tuproqlarga sho‘rlangan tuproqlar deyiladi.
SHo‘r tuproqlar yer yuzasining quruq cho‘l, yarim sahro va sahro mintaqalarida keng tarqalgan.
O‘zbekistonda sho‘rlangan yerlar maydoni 750 ming km2 ni tashkil qiladi. Respublikamizning umumiy sug‘oriladigan maydoni 4,3 mil. gektar bo‘lsa shundan 55 % sho‘r yerlar hisoblanadi.
SHo‘rlangan yerlar ikki guruhga bo‘linadi:
1. SHo‘rxoksimon va sho‘rxok yerlar.
2. SHo‘rtob va sho‘rtobli yerlar.
SHo‘rxoksimon va sho‘rxok tuproqlar yer yuzining qurg‘oqchil mintaqalarida shu jumladan O‘zbekistonda keng tarqalgan.
SHo‘rlangan tuproqlar tuzli qatlamning joylashish chuqurligiga va undagi tuzlarning miqdoriga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
1. SHo‘rlanmagan-tuzli qatlam 150-200 sm chuqurlikda bo‘lib, tuzlar miqdori 0,3 % dan oshmaydi.
2. Kuchsiz sho‘rxoksimon-tuzli qatlam 80-120 sm chuqurlikda bo‘lib, tuzlar miqdori 0,3-0,6 % bo‘ladi.
3. SHo‘rxoksimon-tuzli qatlam 30-80 sm chuqurlikda bo‘lib, tuzlar miqdori 0,6-1,0 % bo‘ladi.
4. SHo‘rxokli-tuzli qatlam 5-30 sm chuqurlikdan boshlanib, tarkibida tuzlar 1-2 % bo‘ladi.
5. SHo‘rxok-tuzlar qatlam yer yuzasidan boshlanib tarkibida 2% va undan ko‘p miqdorda tuzlar uchraydi.
SHo‘rxok tuproqlarning kimyoviy tarkibi va morfologik belgilariga ko‘ra quydagilarga bo‘linadi.
Ho‘l sho‘rxoklar, qatqaloqli sho‘rxoklar, mayin sho‘rxoklar, qora sho‘rxoklar.
Yerlarning melioratsiya qilishda sho‘r tuproqlarni sho‘rlanish darajalarini va sho‘rlanish tiplarining o‘rganish muhim amaliy ahamiyatga ega.
Tuproqdagi suvda yeriydigan tuzlarning miqdori va sho‘rlanishi darajasi laboratoriyada tuproqni kimyoviy analiz qilish yo‘li (suvli so‘rim analizi) bilan aniqlanadi.
Bunda tuproq yeritmasining (rN) reaksiyasi, tuproqning ishqoriyligi, xlor-ioni, sulьfat-ioni, kalьsiy, magniy natriy va suvda yeriydigan tuzlarning jami (quruq yoki qattiq qoldiq) aniqlanadi va shu analiz natijalari bo‘yicha tuproqning sho‘rlanish darajasi belgilanad SHo‘rlangan tuproqlar genetik belgilari, morfologik tuzilishi, tuzli qatlamlarning joylashish chuqurligi, sho‘rlanish darajasi va sho‘rlanish tiplari bo‘yicha klas-sifikatsiyalarga bo‘linadi.


1.29-rasm. Dunyo mamlakatlarida sho‘r tuproqlarning tarqalishi.


I.Sabolьchu bo‘yicha (qora dog‘lar sho‘r yerlar)


SHo‘rlangan tuproqlar
SHo‘rlangan (Solonchak- rus atamasi) tuproqlar deb o‘zida to‘yingan o‘tkazuvchanlik ekstrakti (ES) 4 dm/sm-1 dan yuqori bo‘lgan va almashinuvchan natriy foizi (ESP) 15 % dan kam bo‘lgan tuproqlar tushuniladi. pH odatda 8.5 dan kam hisoblanadi. Ilgari bunday tuproqlar ustki qavati oq tuz bilan qoplanganligi uchun oq ishqor tuproqlar deb atalgan. SHo‘rlangan tuproqlar suvda yeruvchi tuzlarning to‘planishidan kelib chiqqan. SHo‘rlangan tuproqlar yeritmasidagi suvda yeruvchi tuzlarning ko‘pchiligi natriy, kalsiy, magniy kationlari, xlor, sulfat hamda biokarbonat anionlaridan tashkil topgan. Odatda kamroq miqdorda kaliy, ammoniy, nitrat va karbonatg ham mavjud bo‘ladi.

  1. Yeruvchan tuzlarning manbalari.

Quyidagilar tuproqda to‘planuvchi suvda yeruvchan tuzlarning xar xil manbalaridir.

  1. Birlamchi minyerallar kimyoviy jarayonlarda (gidroliz, gidratatssiya, yerish, karbonizatsiya, oksidlanish) turli xil Ca2+, Mg2+ va Na+ kabi komponentlar asta-sekin ajralib chiqadi va yeruvchi tuzlarni hosil qiladi.

  2. Quruq va yarim quruq iqlim-SHo‘rlangan tuproq ko‘pincha quruq va yarim quruq iqlimli yog‘ingarchilik darajasi past bo‘lgan va tuproqning bug‘lanish darajasi yuqori bo‘lgan mintaqalarda hosil bo‘ladi.


  3. Yüklə 251,78 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə