Mavzu: Multisim dasturining yaratilish tarixi, xususiyatlari, bosh ishchi oynasi. Ishdan maqsad



Yüklə 136,87 Kb.
səhifə11/22
tarix11.12.2023
ölçüsü136,87 Kb.
#146267
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Mavzu Multisim dasturining yaratilish tarixi, xususiyatlari, bo-www.hozir.org

Nazorat savollari: 
1.

Multisim dasturining fazifasi?


2.

Foydalanuvchi interfeysi asosiy elementlari nimalardan iborat?


3.

Sxemalarni modellash qaanday usul yordamida amalga oshiriladi.


4.

Elementlar bazasi nima







Mavzu: Multisim dasturida yarimoʻtkazgichli diodlarni oʻrganish 


Ishdan maqsad:

1.p-n oʻtishni toʻg‘ri va teskari ulash vaqtida dioddagi tok va kuchlanishni 


tekshirish.
2. Yarimoʻtkazgichni diod voltamper xarakteristikalari (VAX)ni olish va 
ularni oʻrganish.


Diodlar toʻg‘risida qisqacha ma’lumotlar 
Yarim oʻtkazgichlar deb, oʻtkazuvchanligi keng chegarada oʻzgaradigan va
shuningdek, harorat oshishi bilan oʻtkazuvchanligi tez oshadigan moddalarga 
aytiladi. Ularning oʻtkazuvchanligi metallarnikidan
kichik, dielektriklarnikidan esa katta boʻladi. Yarim 
oʻtkazgichlarga germaniy, kremniy, indiy, selen kabi
moddalar kiradi. Kremniy va germaniy moddalari 
keng tarqalgan tipik yarim oʻtkazgichlar hisoblanadi.
Yarim oʻtkazgichlarning oʻtkazuv-chanligi tashqi 
ta’sirlarga bog‘liq. Masalan, harorat, nurlanishlar
ta’sirida ularning oʻtkazuvchanligi oʻzgaradi. 
Shuningdek,
yarim

oʻtkazgichlarning


oʻtkazuvchanligi 
ular
tarkibiga 

kiritilgan


aralashmalarga ham kuchli bog‘liq boʻladi. Yarim 
oʻtkazgichlarning oʻtkazuvchanligini va boshqa xususiyatlarini tushuntirishda
kovak deb ataladigan musbat zaryadli zarra shartli tushuncha kiritiladi. Yarim 
oʻtkazgich kristallida yuz beradigan fizikaviy hodisalarni oʻrganish uchun ularning
kristall tuzilishi va undagi atomlarining oʻzaro bog‘lanish tabiatini bilish kerak. 
Kremniy toʻrt valentli element boʻlganligi uchun uning atomining tashqi elektron
qobig‘ida yadroga zaif bog‘langan toʻrtta valent bog‘langan elektron boʻladi. Har 
bir kremniy atomining eng yaqin qoʻshni atomlari ham toʻrtta boʻladi (2.2-rasm).
Qoʻshni atomlarning har bir jufti bir-biriga kovalent bog‘langan. Bu bog‘lanishning 
hosil boʻlishida har bir atomda bittadan valent elektron qatnashadi. Bu elektronlar
tashqi ta’sirlar natijasida atomdan ajralib chiqib, erkin elektronga aylanadi. Bunday 
elektronlar qoʻshni atomga borishi, undan boshqasiga oʻtishi va soʻngra butun
kristall boʻylab harakatlanib yuradi. Bog‘lanish uzilganda elektroni yetishmaydigan 
“boʻsh joy” hosil boʻladi. Bu kovak deb ataladi. Kremniyning juft elektronli
bog‘lanishlari ancha mustahkam boʻlib, past haroratda uzilmaydi. Shuning uchun 
past haroratlarda kremniy elektr tokini oʻtkazmaydi. Barcha yarim oʻtkazgichlar
Si

Si
Si

Si
Si

e
2.1.-rasm 




absolyut nol T=0 K haroratda dielektrik hisoblanadi. Ideal (sof) yarim


oʻtkazgichning oʻtkazuvchanligi xususiy oʻtkazuvchanlik deyiladi.
Yarim oʻtkazgichlarning muhim xususiyati shundan iboratki, ularda
aralashmalar 
boʻlsa,
xususiy

oʻtkazuvchanlik bilan birga aralashmali


oʻtkazuvchanlik deb ataladigan qoʻshimcha oʻtkazuvchanlik ham paydo boʻladi. 
Aralashmaning turi va konsentrasiyasini oʻzgartirib, musbat va manfiy ishorali
zaryad tashuvchi zarralar sonini oʻzgartirish mumkin. Masalan, toʻrt valentli 
kremniyga aralashma sifatida besh valentli fosfor qoʻshilsa, erkin elektronlar soni
koʻp marta ortadi. Yarim oʻtkazgichda elektronlarini oson beradigan va erkin 
elektronlar sonini orttiradigan aralashmalar donor aralashmalar deyiladi. Donorli
aralashma hisobiga hosil boʻladigan oʻtkazuvchanlik donorli yoki elektronli 
oʻtkazuvchanlik deyiladi. Bunday yarim oʻtkazgichlar n-tipli yarim oʻtkazgichlar
deyiladi (negativ – manfiy soʻzidan olingan). n-tipli yarim oʻtkazgichda elektronlar 
asosiy zaryad tashuvchilar hisoblanadi.
Kremniyga elementlar davriy sistemasining uchinchi guruhida joylashgan 
indiy elementi aralashma sifatida qoʻshilsa, toʻla kovalent bog‘lanish hosil boʻlishi
uchun unga bitta elektron yetishmaydi. Natijada kovak hosil boʻladi. Bu holda 
kristallda kovaklar soni aralashma atomlar soniga teng boʻlib qoladi. Bunday
aralashmalar akseptor (qabul qiluvchi) aralashmalar deb ataladi. Tashqi elektr 
maydon boʻlganda kovaklar maydon boʻylab koʻchadi va kovakli oʻtkazuvchanlikni
hosil qiladi. Kovakli oʻtkazuvchanlikka ega boʻlgan yarim oʻtkazgichlar p-tipli 
yarim oʻkazgichlar deyiladi.
a) Toʻg‘ri ulash b) Teskari ulash

Yüklə 136,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə