Mavzu: Multisim dasturining yaratilish tarixi, xususiyatlari, bosh ishchi oynasi. Ishdan maqsad



Yüklə 136,87 Kb.
səhifə14/22
tarix11.12.2023
ölçüsü136,87 Kb.
#146267
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Mavzu Multisim dasturining yaratilish tarixi, xususiyatlari, bo-www.hozir.org

Yarimoʻtkazgich diod 
deb bir (yoki bir necha) elektr oʻtishlarga ega ikki
elektrodli elektron asbobga aytiladi. Diodlar radioelektron qurilmalarda ishlatilishi 
va bajaradigan vazifasiga muvofiq tasniflanadilar.
Barcha yarimoʻtkazgich diodlarni ikki guruhga ajratish mumkin: toʻg‘rilovchi 
va maxsus vazifalarni bajaruvchi.

Toʻgʻrilovchi diodlar 
oʻzgaruvchan tokni 
oʻzgarmas tokka oʻzgartirish uchun qoʻllanadi. Toʻg‘rilanuvchi tok shakli va
chastotasiga bog‘liq holda ular past chastotali, yuqori chastotali va impuls diodlarga 
ajratiladi.

Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlarda 
p-n

oʻtishlarning turli 


elektrofizik xususiyatlaridan, masalan, teshilish hodisalaridan, fotoelektrik
hodisalardan, manfiy qarshilikka ega sohalari mavjudligidan va boshqalardan 
foydalaniladi. Maxsus vazifalarni bajaruvchi diodlar, xususan, oʻzgarmas
kuchlanishni barqarorlash, optik nurlanishni qayd etish, elektr sxemalarda 
signallarni shakllantirish va boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun qoʻllaniladi.
Yarimoʻtkazgich diodlarning elektr sxemalarda shartli belgilanishi 2.4 a - 
rasmda, uning tuzilmasi koʻrinishi b - rasmda keltirilgan. Rasmlarda diodning
chiqishlari A va K koʻrsatilgan boʻlib, ular diodning elektrodlari deb ataladi. 
Diodning


- tomoniga ulangan elektrod anod deb, p- tomoniga ulangani esa - katod 
deb ataladi. Diodning statik VAX 2.4 - rasmda keltirilgan.
2.4-rasm. Yarimoʻtkazgich diodining shartli belgilanishi (a), tuzilmasi koʻrinishi 

(b), va statik VAXi (v).


Yarimoʻtkazgich diodning toʻg‘ri va teskari yoʻnalishlaridagi qarshiliklari bir 
- biridan keskin farq qiladi: toʻg‘ri yoʻnalishda siljitilgan diodning qarshiligi qiymati



kichik, teskari siljitilgan diodniki esa - katta boʻladi. Shu sababdan diod bir tomonga


elektr tokini yaxshi oʻtkazadi, ikkinchi tomonga esa - yomon oʻtkazadi. 
Diodning asosiy parametrlari:
1. Statik qarshilik [Om]

2. Differensial qarshilik [Om] ;


3. Xarakteristika tikligi


𝑠 =
∆𝑖


∆𝑢

[A/B].



Yüklə 136,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə