Mavzu: Multisim dasturining yaratilish tarixi, xususiyatlari, bosh ishchi oynasi. Ishdan maqsad



Yüklə 136,87 Kb.
səhifə7/22
tarix11.12.2023
ölçüsü136,87 Kb.
#146267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Mavzu Multisim dasturining yaratilish tarixi, xususiyatlari, bo-www.hozir.org

Elementlar bazasi.
Dasturiy kompleks katta elementlar bazasiga ega. Ulardan 
eng koʻp ishlatiladiganlarini koʻrib chiqamiz.

Oʻzgarmas tok va kuchlanish manbalari
1.22-rasmda keltirilgan. Ular 
Sources asboblar panelida joylashgan va sxemalarni ta’minlash uchun xizmat qiladi.


1.22-rasm. Oʻzgarmas tok va kuchlanish manbalari


Oʻzgarmas kuchlanish manbasi VCC (1.22-rasm, a) raqamli sxemalarga +5V 
kuchlanish (mantiqiy 1) berish uchun ishlatiladi. Batareyadan (1.22-rasm, b) raqamli
va analog sxemalarni ta’minlash uchun foydalaniladi. Oʻzgarmas tok manbasi 1.22-
rasm, v da koʻrsatilgan.
Oʻzgaruvchan kuchlanish va tok manbalari 
elektron sxemalarning kirish 
signallari sifatida ishlatiladi (1.23-rasm).
1.23-rasm. Oʻzgaruvchan kuchlanish va tok manbalari 

Oʻzgaruvchan kuchlanish manbasida (2.23-rasm, a) kuchlanishning effektiv


qiymati, fazasi va chastotasi beriladi. Oʻzgaruvchan tok manbasida (1.23 - rasm, b) 
tokning effektiv qiymati, fazasi va chastotasi oʻrnatiladi. Toʻgʻri burchakli impulslar
manbasida (1.23-rasm, v) impulsning amplitudasi, chastotasi va toʻldirish 
koeffitsienti koʻrsatiladi. Toʻldirish koeffitsienti
%
100


T

i

ga teng, bu yerda



i


kirish impulsining davomiyligi, T – tebranishlar davri. Toʻldirish koeffitsienti


element xossalar oynasining Duty Cycle satrida koʻrsatiladi.
Funktsional generator (1.23-rasm, g) Instruments panelida joylashgan, ikkita
qarama-qarshi fazali chiqishga ega va sinusoidal, uch burchak, toʻgʻri burchak 
shakldagi signallarni hosil qilishi mumkin.
Multisim dasturida qator oʻlchov asboblari mavjud. 


Voltmetr
DC rejimida oʻzgarmas va AS rejimida oʻzgaruvchan kuchlanishni 
oʻlchaydi. Chiqishidagi qalinroq chiziq manfiy potentsialga mos.

Ampermetr
ham

AC va DC rejimlariga ega.


Raqamli indikator oʻnli-ikkili hisoblagichning chiqishlariga ulanadi. CHap 
tomondagi chiqishi yuqori razryadga mos keladi.


Yüklə 136,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə