Mavzu: Multisim dasturining yaratilish tarixi, xususiyatlari, bosh ishchi oynasi. Ishdan maqsad



Yüklə 136,87 Kb.
səhifə9/22
tarix11.12.2023
ölçüsü136,87 Kb.
#146267
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Mavzu Multisim dasturining yaratilish tarixi, xususiyatlari, bo-www.hozir.org

Ostsillograf
. Ostsillograf ikkita kanalga ega (SHANNEL A va V). 
Kanallarning sezgirliklari 10 mkV/boʻl. dan 5 kV/boʻl. gacha alohida sozlanishi
hamda vertikal boʻyicha (YPOS) va gorizontal boʻyicha (XPOS) siljishlar 
oʻrnatilishi mumkin. Kirish boʻyicha rejimlar AS (faqat oʻzgaruvchan signal
kuzatiladi) va DC (oʻzgaruvchan va oʻzgarmas signal kuzatiladi) tugmalar 
yordamida tanlanadi. Odatdagi rejim (vertikal boʻyicha–signalning kuchlanishi,
gorizontal boʻyicha–vaqt) Y/T tugmasi yordamida oʻrnatiladi. V/A rejimda vertikal 


boʻyicha V kanalning kuchlanishi, gorizontal boʻyicha A kanalning kuchlanishi


boʻladi. Y/T rejimda razvertkaning davomiyligini (Time Base) 0,1 ns/boʻl. dan 
1s/boʻl. gacha oʻrnatish imkoniyati mavjud. Razvyortka kutuvchi rejimda (Trigger)
boʻlishi mumkin. Ushbu rejimda ishga tushiruvchi signalning sathi sozlanishi 
(Level) hamda uning oldingi yoki keyingi frontidan foydalaniladi (Edge).
Razverkani ishga tushirish rejimi Auto (A yoki V kanaldan), A kanaldan, V kanaldan 
yoki tashqi manbadan (Ext) boʻlishi tanlanadi. Expand knopkasi bosilganda
ostsillografning ekrani kattalashadi, ikkita vizir chizigʻi paydo boʻladi. Ular 
yordamida kuchlanish, vaqt intervallari va ularning ortishini oʻlchash mumkin.
Ostsillografning avvalgi holatiga qaytish uchun Reduce knopkasi bosiladi.
Ostsillograf (Oscilloscope) A va V kirishlariga keltirilgan ikkita signalni
kuzatish imkonini beradi (1.28-rasm).

1.28-rasm. Ostsillograf (Oscilloscope) 


AS rejimi tanlanganda faqat oʻzgaruvchi signallarni kuzatish mumkin
(oʻzgarmas signallar uchun yopiq kirish rejimi). Sukut boʻyicha DC (ochiq kirish) 
rejimidan foydalaniladi. Bu holda ostsillograf ekranida qoʻshimcha ravishda
signalning oʻzgarmas tashkil etuvchisi ham aks ettiriladi. Ostsillografning kirishini 
korpusga ulash uchun 0 rejimi tanlanadi.




1.29-rasm. Funktsional generator (Function Generator) 


Funktsional generator (Function Generator) sinusoidal, uch burchak va toʻgʻri
burchakli signallarni hosil qiladi (1.29-rasm). Uning dialog panelida signalning 
chastotasi (Frequtncy) va amplitudasi (Amplitude) beriladi. Bundan tashqari, Offset
boʻlimidan foydalanib chiqish kuchlanishiga oʻzgarmas kuchlanishni qoʻshish 
mumkin. Impuls davomiyligining signal davri davomiyligiga nisbatining qiymati
foizlarda panelning Duty cycle boʻlimida oʻrnatiladi.



Yüklə 136,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə