Landshaftshunoslik asoslari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/18
tarix23.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#155971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
landshaftshunoslik asoslari

1 -MAVZU. KIRISH. 
R E J A 
1.
Landshaftshunoslik asoslari fanining asosiy g’oya va tamoyillari. 
2.
Fanning maqsadi va vazifalari. 
3.
Landshaftshunoslik geotizimlar haqidagi fan sifatida. 
4.
Landshaftshunoslikning geofafiya fanlari ichida tutgan urni va axamiyati. 
Georgrafiya mutaxassisligi geografiya fanlari bakalavri tayyorlash uquv 
rejasiga muvofik respublikamiz universitetlarida landshaftshunoslik asoslari kursi 
o`qitilmokda. Bu kurs ko`p kirra universitet ta`limi berishning asosiy tamoyillariga 
ko`p jixatdan mos keladi. Landshaftshunoslik metodologiyasini ilmiyhnazariy 
tomonlarini egallab olish nafakat tabiiy geografiya, balki u bilan bir katorda 
sotsialhiktisodiy geografiya va boshka ko`pgina xususiy geofafik fanlar 
bajaradngai ilmiyhtadkikot ishlarida xam birday zarur bulib kolmokda. Ayniksa 
tabiiy resurslardan tugi va okilona foydalanish, atrofhmuxitni ifloslanishi va 
buzilishini oldini olish ya’ni muxofaza kilish bilan boglik bulgan muammolarni xal 
kilishda ishtirok etadigan mutaxassislar uchun xam landshaftshunoslikdan puxta 
bilimga ega bo`lish muxim axamiyatga egadir. 
Landshaftshunoslik asoslari kursi talabalarda Er landshaft kobigining bir 
butunligi, uning barcha komponentlari birhbiri bilan uzaro boglik va alokador 
ekanligi, ular orasida murakkab va xilmahxil tabiiy jarayonlar bulib turishi 
haqidagi tushunchani shakllantirishga, Er landshaft kobigini tashkil kiluvchi 
geotizimlar haqidagi bilimlarni egallashga karatilgandir. 
Landshaftshunoslik Er yuzasida ob`ektiv mavjud bulgan turlihtuman 
landshaftlarni aniklash, xaritaga tushirish, ularni ta`riflab berish bilan 
shugullanadi. Landshaftlarning xosil bo`lishini, utmishda, xozirda va kelajakda 
kanday bo`lishini, ularning ichki tuzilishini, rivojlanishini va ularda ruy beradigan 
turli tabiiy geografik jarayon va xodisalarni, jumladan modda va energiya 
almashinishini o`rganadigan fandir. Laidshaftlardan xalk ho`jaligida tugri va 
okilona foydalanish xamda ularni samaradorlashtirish masalalari xam 
landshaftshunoslik vazifasiga kiradi. Olimlar fikricha 1950h60 yillarda 
landshaftshunoslik geografnyannng eng muxim kismi, uzagi va metodologik asosi 
sifatida shakllangan. 
Landshaftshunoslik tabiiy geografiya fanlari tizimiga kiradi. Tabiiy geografiya 
fani ilgari so`rgan, tabiatdagi barcha komponentlari uzaro boglik, birhbiriga doimo 
ta`sir etib turadi degan g’oya landshaftshunoslik nazariyasining negizini tashkil 
kiladi. Landshaftshunoslikning ob`ekti tabiiy geografiyaning o`rganish ob`ekti 
bilan boglik va uning tarkibidadir. 
Tabiiy geografiya faning tarixiga nazar tashlasak, uning o`rganish ob`ektini 
asoslab berishga azaldan urinib kelinganini kuramiz. Ammo bu masalani nisbatan 
samarali xal etilishi akademik A.A.Grigor’evning (1932, 1937) geografik kobik 
haqidagi ta`limoti bilan boglik buldi. Bu ta`limotning asosiy mazmuni Erning ustki 
kismi sifat jixatdan aloxida uziga xos bulgan kobikdan tuzilganligi va u uzaro 
uzviy boglik bulgan birhbiriga faol ta`sir etib turadigan turli geosferalar (litosfera, 
atmosfera, gidrosfera) dan tashkil topganligi xamda uzida organik xayot va 



murakkab tabiiy geofafik jarayonning mavjudligidadir. SHuning uchun xam tabiiy 
geografiya fani geografik kobikni dialektik yaxlit xolda o`rganadi. Tabiiy 
geografiyani o`rganish ob`ekti geografik kobik ekanligini akademik S.V.Kalesnik 
(1947h1955) xam ta`kidlab, geografik kobik keng ma`noda, rel`ef, geografik tog 
jinslari va yotkiziklari, iklim, suvlar, tuprok katlami va organik dunyoning 
majmuasidan iboratdir deb yozadi. Boshka ko`pgina etuk geograf olimlar xam 
tabiiy geografiyaning predmeti Erning aynan shu kismi ekanligini e`tirof etishadi. 
Ammo uni turlicha nom bilan ataydilar. Masalan, YU.K.Efremov (1969) va 
D.Armand (1975) "landshaft kobigi" deb, A.G.Isachenko(1965) "epigeosfera" deb, 
I.M.Zabelin (1978) "biogeosfera" deb, R.I.Abolin (1914) "epigenema", 
E.M.Lavrenko (1949) esa "Fitogeosfsra" deb ataganlar. 
Geografik kobikning yukoridagi va pastki chegaralarini xam geografik 
adabiyotda bir xil talkin kilinmaganligini kuramiz. 
A.A.Grigor’ev (1937) geografik kobikning yukoridagi chegarasini er yuzidan 
30 km balandda, ya`nn stratosferadagi ozon gazi katlamidan, pastki chegarani esa 
erning ichki kismida 100h120 km chukurlikda, ya`ni tektonik kuchlar xarakati 
sungan joydan utkazadi. 
S.V.Kalesnik (1970) yukoridagi chegarani stratosferaning kuyi katlamlari 
buylab er yuzidan 25h30 km balanddan, pastki chegarani esa er yuzadang 500-800 
km pastdan utkazadi va litosferannng eng yukori katlamlarinigina kirtadi. 
L.G.Isachsnks (1965) geografik kobik deganda troposfera, gidrosfera xamda 
litosferaning 5h6 km kalinlikdagi yukori katlamlarini tushunadi. 
I.M.Zabelin (1978) fikricha geografik kobikning yukoridagi chegarasi 
troposferaning yukoridagi chegarasi bilan mos keladi va dengiz satxidan 10h12 km 
balanddan utadi. Pastki chegarasi materiklarda 5 km chukurlikda, okeanlar ostida 
esa urtacha 4 km pastda utadi. 
SHunday kilib, geografik kobik planetamizning ustki bir necha un km 
kalinlikdagi kismini uz ichiga olib, birhbiriga uzaro ta`sir etib turadigan va uzaro 
boglik bulgan geosferalar (atmosfera, litosfera, biosfera)ning majmuasidan 
iboratdir. U juda murakkab tuzilgan, doimo rivojlanib turadigan, bir butun va sifat 
jixatidan uziga xos bulgan moddiy tzimdir. 
Xar bir geosfera moddannng ma`lum bir agregat xolatini aks ettirsa, geografik 
kobikda turli xolatdagi moddaning birgalikda kelishini kuramiz. Undan tashkari 
organik moddaning mavjudligi xam geografik kobikning eng muxim 
xususiyatlaridan biridir. 
Geografik kobikni tashkil etivchi va uning rivojlanishini taminlovchi 
geosferalarning uzaro ta’siri va alokadorligi asosida uning komponentlari va 
kismlari orasida ruy beradigan modda va energiya almashinishi yotadi. Bu 
almashinish moddaningaylanishi (masalan : suvniig aylanishi, kimyoviy 
unsurlarning aylanishi, biologik aylanish kabilar) shaklida buladi. 
Geografik kobikning eng muxim xususiyatlaridan yana biri uning bir butunligi 
va yaxlit tabiiy geografik mujassama ekanligidir. Lekin uning bir butunlngi, 
uningturli kismlarida turlicha tabiiy geografik sharoit mavjudlmgini iikor etmaydi. 
Boshkacharok kilib aytganda. geografik kobikning uzi yaxlit tabiiyhGegrafik 
mujassama bo`lishi bilan bir vaqtda u turlihtuman kattahkichik tabiiy geografik 



mujassamalarga 
tabakalangandir. 
Bu 
tabiiyhgeografik 
mujassamalar 
kattahkichikligiga karab turli kulamni egallaydi. Masalan. ulariing eng kattasi 
geografik kobik bulsa, undan kichikrogi matsriklar va okeanlar, yanada kichikrogi 
tabiiyhgeografik o`lkalar va x.k. Agar ularning kulamni saklagan xolda birinhketin 
sanab utadigan bulsak, kuyidagicha xolatni kuramizh 
Geografik kobikning bunday murakkab bo`lishi uni xar tomonlama tadkik 
xilishni, yana uni bir butun xolda xam, aloxida komonentlari buyicha xam va 
katgahkichik kismlari tabiiy geografik mu'jassamalari buyicha xam o`rganishni 
takozo kiladi. Natijada geografik kobikni tadkikot ob’ekti sifatida o`rganuvchi 
tabiiy geografiya fanining uzi xam bulinib ketadn. 
Geografik kobikni planetar yoki dunyo kulamidagi tabiiy geografik mujassama 
sifatida uni xosil bo`lishi, tuzulishi, dinamikasi, rivojlanishi, tarakkiyot tarixi, unga 
taalukli geografik konuniyatlarni, unda yuz beradigan barcha tabiiy geografik 
xodisa va jarayonlarni asosan umumiyhtabiiy geografiya yoki umumiy er bilimi 
o`rganadi. 
Geografik kobikli tashkil kiluvchi komponentlarni yoki ularning ayrim 
xususiyatlarini bir kator maxsus tabiiy geografiya fanlari: geomorfologiya, 
gidrologiya, mstsorologiya, iklimshunoslik, tuprokshunoslik. zoogeografiya, 
biogeografik o`rganadi. 
Geografik kobikniig kismlari bulgan materiklar, o`lkalardan tortib to tabiiy 
geografik xududlargacha bulgan kulamdagi tabiiy geografik mujassamalarni esa 
Regional tabiiy geografiya o`rganadi. Bunday tabiiy geografik mujassamalarni 
aniklash. xaritaga tushirish va ta`riflab berish kabilarni tabiiy geografiya uz 
tadkikot usullaridan biri tabiiy geografik rayonlashtirish orkali amalga oshiradi. 
Tabiiy 
geografik 
rayonlaitirish 
vaqtida 
xududning 
tabiiy 
geografik 
mujassamalariga tabakalanish konuniyatlari. mujassamadarning tashkil topishi.
rivojlanishshi kabi masalalar xam uz echimini topishi kerak. 
Tabiiy geografik rayonlashtirishning eng kichik birligi xisoblangan tabii 
geografik rayon xam ichki tuzilishi jixatidan bir butun emas. U uzidan kichik 
bulgan tabiiy geografik mujassamalarhlandshaftlardan tashkil topgandir. Landshaft 
va undan kichik bulgan, ya`ni maxalliy (tipologik) kulamdagi tabiiy Gegrafik 
mujassamalarni esa landshaftishunoslik fani o`rganadi. 
Tabiiy geografik mujassamalar tabiiy komponetlarning oddiy yigindisigina 
bulib kolmay, balki u erda moddaning ma`lum bir uziga xos kurinishidir. Undagi 
tabiiy komponentlar shunchalik birhbiri bilai birikib ketganki, ularni 
aloxidahaloxida bulib tashlashning iloji xam yukdir. 
Tabiiy geografik mujassama suzining sinonimi ko`p. Geografiyaga oid 
kitoblarda "tabiiy kompleks", tabiiy territorial kompleks", geografik kompleks" 
yoki kiskartirilgan xolda «geokompleks" suzlari xam ishlatilib kelinmokda. 
Keyingi 30 yil ichida tabiiy geografiya va landshafshunoslikda "geotizim" suzi 
ko`plab ishlatilmokda. Bu agamani tabiiy geografiyaga dastlab V.B.Sochava 
(1963) kiritib, geotizim suzi geomujassamaning sinonimi emasligini va geotizim 
geomujassama tushunchasiga nisbatan kengrok ma`noni beradi deb ta`kidlaydi. 
Bundan tashkari tabiat tarkib topishining universal shakli bulgan tizimlar kabi 
tabiiy geografiyani ob`ekti xam tubdan tizim ekanligiga ishora kiladi. Geotizim 



tushunchasi tabiiy geografiyani xam landshafshunosdikning xam ob`ektini kamrab 
oladi. Ob`ektni tizim deb, karashning asosida esa uning yaxlitligi va ichki 
dinamikasining bir butunligi haqidagi g’oya yotadi. Tizim suzining asl ma`nosi 
xam bir butunlik yoki yaxlitlikni xosil kiluvchi va uzaro boglik xamda alokador 
bulgan unurlar yigindidir. 
Geotizimlar haqidagi ta`limotning asosiychisi V.B.Sochava (1978) fikricha 
geotizim, bu aloxida uziga xos boshkaruvchan tizimlar sinfi bulib unda tabiatning 
barcha komponentlari birhbiri bilan boglik va uzaro alokada xamda ma`lum 
mikdorda yaxlit ob’ekt sifatida fazo va kishilik jamiyati bilan uzaro ta`sirdadir. 
Biz yukorida sanab utgan tabiiy geografik mujassamalarning xar biri, shu 
jumladan landshaft xam geotizimdir. Landshaft geotizimlar orasida uziga xos 
kulamga ega bulib, ma`lum bir tabiiy geografik rayonni xosil kiluvchi kismdir. 
Ayni vaqtida uzidan kichik geotizimlarning murakkab va dinamik majmuidan 
iborat xosiladir.
SHunday kilib, landshaftshunoslik fani er yuzasida mavjud bulgan 
geotizimlarning xammasini emas, balki fakat maxalliy kulamdagisini ya`ni 
landshaft va undan kichik bulgan geotizimlarnigina o`rganadigan fandir, deb kat’iy 
aytish kiyin. CHunki umumiy tabiiy geografiya, regional tabiiy geografiya va 
landshaftshunoslik orasidan keskin chegara utkazish kiyin. Ular birhbirini tuplagan 
ma`lumotlaridan foydalanishi va birhbirini tuldirib turishi anik. Masalan, 
landshaftshunoslik landshaft va uning morfologik kismlarini o`rganish orkali 
kattahkatta geotizimlar: rayon, okrug, provintsiya, xatto tabiiy geografik 
o`lkalarning xam landshaft tuzilishini yoritib berishi mumkin. 
Geotizimlar, jumladan landshaftlar xam insonning yashash muxiti 
xisoblanadi. Ular inson xayoti uchun zarur bulgan xavo, suv, tuprok unumdorligi, 
biomassa kabi ko`plab uzini h uzi kayta tiklab guradigan tabiiy boyliklar manbai 
xamdir. Bunday boyliklarni kayta tiklab uzinihuzi tuldirib turishi uchun 
geotizimlardagi modda va ensrgiya almashinishi tabiatdan kanday yaratilgan bulsa, 
ushanday saklanishi lozim buladi. Ammo inson uzi yashashi uchun kulayrok, 
yaxshirok sharoit yaratishga. tabiiy landshaftlarga nisbatan maxsuldorrok bulgan 
madaniy landshaftlarni yaratishga xarakat kilinadi. 
Kishilik jamiyati rivojlanib borgani sari uning tablatga ta`siri tabiy 
boyliklardan foydalanin me`yor va tabiy sharroitini uzgartirish imkoniyati ortib 
borishi shakhshubxasiz. Buning okibatida tabiatning inson xayotiga va uning 
ho`jalikdagi faoliyatiga kiladigan teskari ta`siri xam namoyom bula boshlaydi. 
Jamiyat bilan tabiat urtasidagi uzaro alokadorlikda yuzaga keladigan nomunosiblik 
ayrim joylarda salbiy okibatlarga sabab bulmokda. Natijada bu mavjud tabiiy 
resurslardan tugri foydalanish, ularni zaxarlanish va nfloslanishini oldini olish, 
inson yashab to`rgan muxitni xar tomonlama yaxshilash yoki samaradorlashtnrish 
masalasi yuzaga keldi. Bu masala ko`p tomonlama o`rganilishn dolzarb bulgan, 
murakkab, juda xam ssrkirra, jumladan, iktisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va 
ilmiy masaladir. Bu masalani ijobiy xal kilish, kay jixatdan bulmasin, u 
mustaxkam ilmiy asosga ega bo`lishi kerak. Ana shu ilmiy asosni ishlab chikishda 
ko`plab turlihtuman fanlar, jumladan tabiiy geografiya va uning bir kismi 
landshaftshunoslik xam aloxida axamiyatga egadir. 


10 
Landshaftlarni tadknk kilnsh albatta dala ishlarini utkazishni talab kiladi. U 
yoki bu xududda mavjud bulgan geotizimlarni aniklashda kullaniladigan tabiiy 
geografik izlanishlarning birdanhbir yuli xam landshaft tadkikotlaridir. Bunday 
izlanishlar natijasida yaratiladigan landshaft kartalari esa keyinchalik turlih tuman 
maxsus amaliy kartalarni ishlashga, tabiat muxofazasi va tabiiy boyliklardan 
okilona foylalanishning chorahtadbirlarini ishlab chikishda anik va nshonchli ilmiy 
asos bulib xizmat kiladi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə