Laboratoriy ishlari


-tajriba. Alyuminiy gidroksidni olinishi va xossalari



Yüklə 436,5 Kb.
səhifə5/19
tarix07.04.2023
ölçüsü436,5 Kb.
#104523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Laboratoriy ishlari uzb

8-tajriba. Alyuminiy gidroksidni olinishi va xossalari
Reyaktivlar: AlCl3, KOH yoki NaOH eritmalari, HCl yoki H2SO4 eritmalari.
Ish tartibi. Probirkaga alyuminiy xlorid eritmasidan 5-6 ml soling va uni ustiga to chokma hosil bo’lguncha ishqor (NaOH) eritmasidan tomizing. Hosil bo’lgan cho’kmani suyuqligi bilan chayqitib ikkita probilkaga teng bo’ling. Birinchi probirkaga kislota (HCl yoki H2SO4) ikkinchisiga esa ishqor eritmasidan quying. Ikkala probirkalardagi cho’kmaning erishini kuzating.
Topshiriqlar:
1.Cho’kmaning kislota va ishqorda erish sababini tushintiring. Sodir bo’lgan reyaksiyalar tenglamalarini yozing.
2. Amfoter gidroksidlarining xossalarini keltiring.
9-tajriba. Kislotalarni metallerga ta’siri
Reyaktivlar: rux, alyuminiy, mis bo’lakchalari, HCl yoki H2SO4 eritmalari
Ish tartibi. Uchta probirka olib, ularning biriga kichik rux, ikkinchisiga alyuminiy, uchinchisiga esa mis bo’lakchalaridan soling va ularning har qaysisiga xlorid yoki sulfat kislota eritmasidan qo’shing. Gaz ajralib chiqishini kuzating.
Topshiriqlar:
1. Uchinchi probirkada reaksiya sodir bo’lmaslik sababini tushintiring.
2. Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing va xulosa chiqaring.
3. Kislotalarning turli metallar bilan reyaksiya tenglamalarini yozing.
10-tajriba. Kislotalarning tuzlar bilan ta’siri
Reyaktivlar:BaCl2, AgNO3, Na2CO3 eritmalari, 10 %li HCI (yoki H2SO4) eritmasi.
Ish tartibi. a) Probirkaga bariy xlorid eritmasidan 2-3ml oling va uning ustiga 2-3 tomchi sulfat kislota eritmasidan qo’shing. BaSO4 ning oq cho’kmasini hosil bo’lishini kuzating.
b) Probirkaga 2-3ml kumish nitrat eritmasidan 2-3ml olib, uning ustiga 2-3 tomchi xlorid kislota eritmasidan qo’shing. Kumish xloridning rangsiz cho’kmasi hosil bo’lishini kuzating.
c) probirkaga 2-3 ml natriy karbonat eritmasidan olib, 2-3 tomchi HCl eritmasidan tomizing. Gaz ajralib chiqayotganini kuzating.
Topshiriqlar:
1. Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing va xulosa chiqaring.
2. Quyidagi kislotalar bilan tuz eritmalarining o’zaro ta’sir reaksiyasi tenglamasini yozing.
a) xlorid kislota bilan natriy silikat;
b) sulfat kislota bilan temir (II) sulfid;
c) xlorid kislota bilan natriy sulfid;

Yüklə 436,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə