Laboratoriy ishlari


– tajriba. Natriy sulfitning qaytaruvchi va oksidovchilik xossalari



Yüklə 436,5 Kb.
səhifə19/19
tarix07.04.2023
ölçüsü436,5 Kb.
#104523
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Laboratoriy ishlari uzb

3 – tajriba. Natriy sulfitning qaytaruvchi va oksidovchilik xossalari
Reaktivlar: Kaliy bixromat ( K2Cr2O7), H2SO4, Na2SO3, Na2S eritmalari.
Ish tartibi. a) Probirkaga 1-2 ml dan kaliy bixromat va sulfat kislota eritmalaridan oling va ustiga tomchilatib Na2SO3 eritmasidan qo’shing. Eritma yashil rangga kirshini kuzating. Ushbu reaksiyani qaytaruvchi sifatida KNO2 ( yoki NaNO2) bilan olib boring.
b) Probirkaga Na2SO3 eritmasidan 1-2 ml kaliy, ustiga sulfat kislota va Na2S eritmasidan qo’shing. Eritmaning loyqalanishini (kolloid oltingugurt ajralishi) ni kuzating.
Topshiriqlar:
1. Tegishli reaksialarni molekulyar va ion–elektron tenglamalarini tuzing. Tenglamalarni tenglashtiring.
2. Na2SO3 ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi xossalarini namoyon qilishini tushuntiring.
4 – tajriba. Vodorod peroksidning xossalari
Reaktivlar: 10% li H2O2 eritmasi, KMnO4, H2SO4, KI eritmalarini, kraxmal kleysteri.
Ish tartibi. a) Probirkaga kaliy permanganat va sulfat kislota eritmasidan 1-2 ml dan oling va 1ml H2O2 ning 10% li eritmasidan tomizing. Eritmaning rangsizlanishini va gaz ajralib chiqishini kuzating.
b) Probirkaga 1-2 ml dan KI va H2SO4 eritmasidan olib, ustiga 1-2 tomchi kraxmal kleysteri hamda vodorod peroksid eritmasidan qo’shing. Eritmaning ko’karishini kuzating.
Topshiriqlar:
1. Tegishli reaksiya tenglamalarini tuzing va elektron–balans usuli bo’yicha tenglashtiring.
2. Vodorod peroksidning ikki yo’qlama xususiyatini izohlang.
Yüklə 436,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə