Laboratoriy ishlari


-tajriba. O’rta va nordon muzlarning hosil bo’lishi



Yüklə 436,5 Kb.
səhifə6/19
tarix07.04.2023
ölçüsü436,5 Kb.
#104523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Laboratoriy ishlari uzb

11-tajriba. O’rta va nordon muzlarning hosil bo’lishi
Asbob va reyaktivlar: kipp apparati, kalsiy gidroksid eritmasi.
Ish tartibi. Probirkaga 2-3ml kalsiy gidroiksid (oxakli suv) ning eritmasidan oling va shu eritma orqali karbonat angidrid gazi (Kipp apparatidan ) o’tkazing . Cho’kma hosil bo’lishini kuzating. Cho’kma erib ketguncha yana CO2 gazini o’tkazishini davom ettiring. So’ngra eritmani qizdiring va yana cho’kma hosil bo’lishini kuzating.
Topshriqlar:
1. Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing va xulosa chiqaring.
2. Hosil bo’lgan CaCO3 cho’kmasining mo’l miqdordagi CO2 da erishi, hosil bo’lgan eritma qizdirilganda cho’kma tushish sababini tushuntiring.
3. Fosfat kislota bilan natriy gidroksiding o’zaro ta’sir reaksiya natijasida o’rta va nordon tuzlar hosil bo’lish reyaksiya tenglamasini yozing.


12-tajriba. Asosli tuzning hosil bo’lishi
Reyaktivlar: mis(II)sulfat, natriy gidroksid eritmalari.
Ish tartibi. Ikkita probirkaga mis (II) sulfat eritmasidan 4ml dan quying . Birinchi probirkaga 4ml, ikkinchisiga esa 2ml NaOH eritmasidan qo’shing va yahshilab aralashtiring. Hosil bo’lgan cho’kmalar rahgini har hilligiga e’tibor bering.
Topshiriqlar:_1._Qaysi_probirkada_asosli_tuz_hosil_bo’lishini_aniqlang._2._Tegishli_reaksiya_tenglamasini_yozing_va_xulosa_chiqaring.__13-tajriba.'>Topshiriqlar:
1. Qaysi probirkada asosli tuz hosil bo’lishini aniqlang.
2. Tegishli reaksiya tenglamasini yozing va xulosa chiqaring.
13-tajriba. Tuzlarning kimyoviy xossalari
Reaktivlar: kalsiy karbonat (oxaktosh) kukuni, CuSO4, FeCl2, BaCl2, AgNO3, Na2SO4 va ishqor eritmalari.
Ish tartibi. a) Probirkaga ozgina marmar yoki oxaktosh bo’lagidan (yoki kukinidan) solib, ustiga xlorid yoki sulfat kislota eritmasidan tomizing. Gaz ajralib chiqishini kuzating.
b) Bir probirkaga 2-3 ml CuSO4, ikkinchisiga esa shuncha FeCI3ning eritmasidan oling va ularning har biriga 2-3 tomchi natriy ishqoridan qo’shing. Natijani kuzating.
v) Ikkita probirka olib, ularning har biriga BaCl2 eritmasidan 2-3 ml soling va birinchisiga kumush nitrat, ikkinchisiga natriy sulfat eritmasidan tomchilatib qo’shing. Probirkalarda cho’kma hosil bo’lishini kuzating.
Topshiriqlar:
1. Tajriba natijalarini kuzatib hulosalar chiqaring va tegishli reaksiya tenglamasini yozing.
2. Tuzlarning asosiy kimyoviy xossalarini bayon qiling.



Yüklə 436,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə