Laboratoriy ishlari



Yüklə 436,5 Kb.
səhifə1/19
tarix07.04.2023
ölçüsü436,5 Kb.
#104523
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Laboratoriy ishlari uzb


1-laboratoriya ishi.
Laboratoriya ish daftari. Texnika xavfsizligi qoydalari.
Kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari.
Kimyodan amaliy ishlarni boshlashdan oldin talaba texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishib chiqishi va bu xaqida maxsus daftarchaga imzo chekish, xamda quyidagi laboratoriyada ishlash qoidalariga qa’tiy rioya qilishi talab etiladi.

  1. Laboratoriyada har bir talaba tajribani o’zi uchun belgilangan ish o’rnida xalat kiygan xolda bajarishi lozim.

  2. Laboratoriyada chekish, suv ichish va ovqatlanish mumkin emas.

  3. Tajriba boshlanishidan avval talaba ishnig mohiyatini bilishi zarur, asbob va reaktivlarni tayyorlashi, so’ngra o’qituvchi yoki laborant ishtirokida ishini boshlashi lozim.

  4. Zaharli moddalar bilan bajariladigan tajribalar faqat mo’rili shkafda bajarilishi kerak.

  5. Rakavinaga ishlatilgan kislota va ishqorlarning eritmalarini to’kish, probirka siniqlari, hаг хil qog’ozlarni tashlash mumkin emas. Bularni mo’rili shkafdagi maxsus idishlarga tashlash kerak.

  6. Reaktivlarni keragidan ortiq miqdorda olish yaramaydi. Reaktiv ortiqcha olingan bo’lsa, uning o’zini idishiga qaytarib quymasdan belgilangan aloxida idishga solish kerak.

  7. Reaktivlarni qo’lga, teriga va yuzga tekkizmang. Chunki ko’p moddalar ko’z va teriga ta’sir etadi .

  8. Ajralib chiqayotgan gazning hidini bilish kerak bo’lsa u xolda kaftingiz bilan o’zingiz tomon yelpib xidlang.

  9. Reaktivlar solingan idishlarning yorlig’i (etiketikasi) bo’lishi kerak. Laboratoriyada nomi yozilmagan reaktivlardan foydalanish taqiqlanadi.

  10. Probirkada suyuqliklarni qizdirganda idishni qiya ushlab, asta-sekin qizdirish kerak. Bunda probirka og’zini o’zingizga va boshqalarga qaratmang.

  11. Yonib turgan gaz gorelkasi, elektr asboblarini nazoratsiz qoldirmang.

  12. Laboratoriyada ishlayotgan talabalar dori quti va o’t o’chirgich asboblar turadigan joyni bilishlari kerak.

  13. Laboratoriyada birinch tibbiy yordam ko’rsatish qutichasida kaliy permanganat, kaliy gidrokarbonat, yod, paxta, bint, kuyishga qarshi malxam dorilar bo’lishi kerak.

  14. Ish tugagach, ish joyini tartibga keltirishni, suv jo’mragini berkitishni, gaz va elektr asboblarini o’chirishni unitmang.




Yüklə 436,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə