1 – mavzu. Kirish. Alyuminiy qotishmalari va ularning xossalari Alyuminiy va uning qotishmalari



Yüklə 234,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix23.12.2023
ölçüsü234,22 Kb.
#154691
  1   2   3   4
1 – mavzu. Kirish. Alyuminiy qotishmalari va ularning xossalari



1 – mavzu. Kirish. Alyuminiy qotishmalari va ularning xossalari
 
Alyuminiy va uning qotishmalari
. Quyma alyuminiy qotishmalari. 
Deformatsiyalanadigan alyuminiy qotishmalari. Alyuminiy qotishmalarini termik 
ishlash.
Rangli metallarga mis, alyuminiy, qalay, qo‘rg‘oshin, rux, nikel, titan, 
magniy va boshqalar, shuningdek ularning qotishmalari kiradi. Zamonaviy 
mashinasozlikda rangli metallarning ahamiyati juda katta, ayniqsa energetika, 
elektrotexnika, radioelektronika, samalyotsozlik va avtomobilsozlik sanoatlarida va 
aloqa sohalarida rangli metallar va ularning qotishmalari juda ko‘p ishlatiladi. 
O‘zbekiston rangli metall rudalarining zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi 
davlatlar qatoriga kiradi. Rangli metallarning rudalarida bir vaqtning o‘zida bir 
qancha turli metallar: qo‘rg‘oshin, qalay, mis, oltin, kumush, temir, simob va nodir 
metallar uchraydi. Bunday rudalar ko‘p metalli rudalar deyiladi. Shuning uchun 
rangli metallarning rudalarini kompleks qayta ishlab bir vaqtning o‘zida hamma 
qimmatli metallarni ajratib olishga harakat qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi 
iqtisodiyotini rivojlantirishda mis va alyuminiy ishlab chiqarishni sezilarli 
ko‘paytirish, shuningdek qo‘rg‘oshin, qalay, magniy, nikel, titan, volframli, 
molibdenli va titanli konsentratlarni, hamda qimmatbaho metallarni ishlab 
chiqarishni kengaytirish muhim axamiyatga ega. 
Mashinasozlik texnologiyasi hamda elektrotexnika sanoatida 
alyuminiy
keng 
doirada ishlatiladi. Alyuminiy mashinasozlik materiallar ichida o'zining muhim 
xususiyatlari (solishtirma mustahkamligi, elektr va issiqlik o'tkazuvchanligi hamda 
korroziyabardoshligi) bilan ajralib turadi. Alyuminiyning fizik va mexanik xossalari 
uni legirlash orqali yaxshilanadi. Konstruktsion materiallar sifatida alyuminiy 
qotishmalari duralyuminiy, siluminiy va magnalinlar, kukun qotishmalar keng 
qo'llaniladi. 

Yüklə 234,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə