Laboratoriy ishlari


-tajriba. Kislotali oksidlarni olinishi



Yüklə 436,5 Kb.
səhifə4/19
tarix07.04.2023
ölçüsü436,5 Kb.
#104523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Laboratoriy ishlari uzb

5-tajriba. Kislotali oksidlarni olinishi
Asbob va reaktivlar: kipp apparati, oxaktosh, kalsiy karbonat, natriy karbonat, Na2SO3 kristallari, HCl (yoki H2SO4) eritmalari.
Ish tartibi. a) karbonat angidrid marmar, oxaktosh yoki kalsiy karbonatga xlorid kislota ta’sir ettirib olinadi. Bu jarayon Kipp apparatida olib boriladi. Kipp apparatidan ajralib chiqayotgan CO2 gazini oxakli suv orqali o’tkazing va yonib turgan gugurtni tuting. Sodir bo’lgan xodisani kuzating.
b) Ikkita probika olib, ularning biriga Na2CO3, ikkinchisiga Na2SO3 kristallaridan oz miqdorda soling va ularning har birini ustiga HCI (yoki H2SO4) eritmasidan qo’shing. Ikkala probirkada gaz ajralib chiqishini kuzating.
Toqshiriqlar:
1. Karbonat va sulfit angidridlarini hosil bo’lishi, CO2 ni oxakli suv bilan reyaksiya tenglamalarini yozing va kuzatilgan xodisalarni izoxlang.
2. CO2 gazining havoga va vodorodga nisbatan zichligini aniqlang.
6-tajriba. Amfoter oksidlarning xossalari
Reaktivlar: ZnO ( yoki Al2O3) kukunlari, qons. HCI va NaOH eritmalari.
Ish tartibi. Ikkita probirka olib, ularning har biriga oz miqdorda ZnO (yoki AI2O3) soling. So’ngra birinchi probirkaga qonsentirlangan HCI, ikkinchisiga esa qonsentrlangan ishqor (NaOH yoki KOH) eritmasidan qo’shing. Oksidlarning kislota va ishqorlarda erishini kuzating.
Topshiriqlar:
1. Tegishli reaksiya tenglamalarini yozib, xulosalar chiqaring.
2. Amfoter oqsidlarni xossalarini bayon qiling.
7-tajriba. Asoslarning olinishi
Reyaktivlar: AgNO3, CuSO4, ZnCI2, AlCl3, FeSO4, FeCI3, NH4Cl, NiSO4 o’yuvchi kaliy yoki o’yuvchi natriy eritmalari.
Ish tartibi. Sakkizta probirka tayyorlang va ularga 2-3ml dan quyidagi tuzlarning eritmalarini quying: 1- AgNO3; 2- CuSO4; 3- NiSO4; 4- ZnCl2; 5- AlCl3; 6- FeSO4 va 8- NH4Cl so’ngra, har qaysi probirkaga bir nechta tomchi NaOH yoki KOH eritmasidan qo’shing. Natijani kuzating.
Topshriqlar:
1. Har bir probirkalarda sodir bo’ladigan xodisani kuzating va ish daftariga yozib xulosa chiqaring.
2. Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.

Yüklə 436,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə