Laboratoriy ishlari


-tajriba. Asosli oksid va gidroksidning hosil bo’lishi



Yüklə 436,5 Kb.
səhifə3/19
tarix07.04.2023
ölçüsü436,5 Kb.
#104523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Laboratoriy ishlari uzb

2-tajriba. Asosli oksid va gidroksidning hosil bo’lishi
Reaktivlar: Mg metalli, fenolftalein eritmasi, distirlangan suv.
Ish tartibi. Magniy metalli temir qisqich bilan olib, gaz gorelkasida (yoki spirt lampasida ) chinni kosacha ustiga qo’yib yondiring.
Magniy yonib bo’lgandan keyin kosachada qolgan oq rangli MgO ning kukinini 1-2ml suvda eritib, hosil bo’lgan eritmani toza probilkaga quying. So’ngra eritmaga 1 tomchi fenolftalein eritmasidan tomizing. Eritma rangini o’zgarishini kuzating.
Topshiriqlar:
1. Magniy oksidi va magniy gidroksidining hosil bo’lish reaksiya tenglamasini yozing va tegishili xulosalar chiqaring.
2. Magniy oksidi misolida asosli oksidlarning kimyoviy xossalarni bayon qiling.
3-tajriba. Mis (II) oksidining olinishi
Reaktivlar: mis (II) sulfat, natriy gidroksid eritmalari.
Ish tajribi. Toza probirkaga mis (II) sulfat eritmasidan 2-3ml quying, uning ustiga shuncha natriy gidroksid eritmasini quying. Natijada Cu(OH)2 ning havo rang cho’kmasi hosil bo’ladi. Cho’kmani ajratib olib, uni chinni kosachada oxistalik bilan qizdirilsa qora rangli mis (II) oksid hosil bo’ladi.
Topshriqlar :
1. Mis (II)gidroksidining hosil bo’lish reaksiya tenglamasini yozing.
2. Mis (II)gidroksidining parchalanish reaksiya tenglamasini yozib xulosa chiqaring.
4-tajriba. Asosli oksidlarning kislotalar bilan ta’siri
Reaktivlar: Magniy oksidi, mis(II) oksidi, 10 % li H2SO4
Ish tartibi. Ikkita probirka olib, ularga 2 va 3- tajribalardan hosil qilingan MgO va CuO dan oz miqdorda aloxida soling va ularning har birini ustiga 2-3 ml 10 % li H2SO4 eritmasidan qo’shing. Probirkalarda sodir bo’ladigan hodisalarni kuzating.


Topshiriqlar:
1. CuO va MgO larni sulfat kislota bilan reaksiya tenglamasini yozing va xulosa chiqaring.
2. Qora rangli CuO ning kislotada erib, havo rang eritma hosil bo’lishini izohlang.

Yüklə 436,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə