Laboratoriy ishlari


- tajriba. Konsentrlangan eritmadan suyultirilgan foizli eritma tayyorlash



Yüklə 436,5 Kb.
səhifə14/19
tarix07.04.2023
ölçüsü436,5 Kb.
#104523
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Laboratoriy ishlari uzb

3- tajriba. Konsentrlangan eritmadan suyultirilgan foizli eritma tayyorlash
Asbob va reaktivlar: areometrlar, turli hajmdagi silindrlar, stakanlar yuqori % li tuz va ishkor eritmalari, distirlangan suv.
Ish tartibi. 1. Konsentrlangan % konsentrasiyali eritmadan necha foizli qancha xajmda suyultirilgan eritma tayyorlash lozimligini o’qituvchidan topshiriq oling. Ish hisoblarini bajarishda 1- misoldan ( bet ) foydalaning.
2. Konsentrlangan eritmaning zichligini areometr yordamida aniqlang.
3. O’lchangan zichlikka mos keladigan konsentrlangan eritmaning foiz konsentrasiyasini ilovadagi 3- jadvaldan toping. Agar lozim bo’lsa interpolyasiya usulidan foydalaning ( 1- misolga qarang )
4. Tayyorlanishi kerak bo’lgan eritmaning zichligini 3- jadvaldan toping. So’ngra eritmaning umumiy massasi va erigan moddaning miqdorini hisoblang.
5. Hisoblab topilgan tuz miqdorini qancha xajm konsentlangan eritma tarkibida bo’lishini va konsentlangan eritmani suyultirish uchun kerakli suv miqdorini hisoblang.
6. Hisoblangan xajmga muvofiq keladigan eritma va suvni o’lchov silindrida o’lchab, stakanga quying va yaxshilab aralashtiring.
7. Tayyorlangan eritmaning zichligini areometr bilan aniqlang va uning 3- jadvalda berilgan zichlik bilan solishtirish orqali tajribaning nisbiy xatoligini aniqlang.
Nisbiy xato % =
8. Konsentrlangan eritmaning molyarligi, normalligi, molyalligi va titrini hisoblang.
Topshiriqlar:
1. 200g 20% li eritma tayyorlash uchun 10% li va 50% eritmalardan qanday og’irlik nisbatlarda aralashtirish lozim.
2. 100 ml 12% li sulfat kislota ( d = 1,083 g/sm 3 ) ning eritmasini tayyorlash uchun 60% H2SO4 eritmasi ( d= 1,503 g/sm 3 ) dan qancha xajm olish kerak.
3. 500 g 3% li sirka kislota eritmasini tayyorlash uchun 15% li kislota eritmasidan necha gramm talab etiladi?
4. 5% li mis (II) sufat eritmasining 100g miqdoriga qancha gramm suv qo’shilganda 1% li eritma hosil bo’ladi?


Yüklə 436,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə