Kitobni to’liq holda olish uchun kitob do’konlariga murojaat qiling



Yüklə 473,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix14.05.2023
ölçüsü473,07 Kb.
#110223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
A. Jekson Baxtli bo\'lishning 10 ta siri

Hayotdagi vogealarga qanday munosabat his qilishimiz, o'sha vaziyatlarning o'zi 
bilan emas, balki biz ularni nima bilan bog'layotganimizning mazmuni orqali 
belgilanadi. 

O'zim tushgan vaziyatga nisbatan shunday munosabat paydo bo'lgan chog'da 
ishdan ayrilishim, liayotimni yangidan boshlash uchun tub burilishga aylandi. Awalgi 
ishimdan hech qachon xursand 
bo'lmaganim, u ish menga shunchaki pul topish manbai bo'lganini o'zimni o'zim 
aldamaslik uchun ichimda tan oldim. Endi esa haqiqatdan nima xohlashim to'g'risida 
o'ylab ko'rishimga imkon topildi. Men hayotimga qandaydir o'zgarishlar kiritishni, ijobiy 
ta'sir ko'rsatishni, jamiyat hayotiga aniq hissam qo'shilishini istardim. Aslida muallim 
bo'lish istagim borligi uchun shunga qaror qildim va kollejda dars berishga kirishishimga 
unchalik ko'p fursat zarur bo'lmadi. 
Yana bir misol keltirishimga ijozat bering, — davom etardi janob Kesterman. — Siz 
sevgilingiz bilan ajrashganingizni tasavvur qiling. O'zingizni go'yo ko'zga 
tashlanmaydigan, xunuk tuyulishi va boshqa hech qachon yor topolmaydigandek his 
qilishingiz mumkin. Garchi kimnidir topolsangizda, sizga o'zaro munosabatlaringiz 
baribir uzoq davom etmaydigandek tuyuladi. Boshqa tomondan esa, vaziyatga butkul 
o'zgacha qarashingiz va yoringiz bilan ajrashish sizga munosibroq kimnidir topish uchun 
imkoniyat yaratganiga iqror bo'lganingizni bildiradi. Ko'rib turganingizday, barchasi 
faqat bizning munosabatimizga bog'liqdir. 
Umringizdagi voqealarning kattagina qismiga nisbatan qarashlaringizni o'zgartirib, 
ulardan ijobiy xulosa chiqarishingiz mumkin. Bu yorug' dunyoning ayrim joylarida hatto 
o'lim ham bayram hodisasi hisoblanar ekan. Chunki o'sha yerda yashaydigan insonlar 
odam o'lganida uning ruhi o'z uyiga qaytishiga va barcha insonlar ertami kechmi, qachon 
va qayerda bo'lmasin, o'zlari suygan kishilari bilan uchrashishlariga ishonadilar. 
— Shunday bo'lsa-da, vaziyatning ijobiy jihatlarini ko'rish har doim ham oson emas, 
— e'tiroz bildirdi yigit. 

Faqat ularni izlamagan chog'ingizda! Basharti qandaydir ijobiy jihatlami 
ko'rolmagan 
bo'lsangiz, 
aksariyat 
hollarda 
bu 
shunchaki 
yaxshilab 
izla- 
mayotganingizdan dalolat beradi. Bundan tashqari, haqqoniy savollar yordamida ijobiy 
munosabat yaratishimiz mumkin. «Nima uchun bu aynan men bilan sodir bo'ldi?» degan 
savol bilan o'zingizni qiynash o'rniga «Bu tajribadan nimani o'rganishim, qanday foydali 
saboq olishim mumkin?» deya murojaat etishingiz mumkin. 



Nimalar haqida so.'zlayotganingizga unchalik tushunolmayapman, — dedi 
yigitcha. 
— Nimalarni ko'rayotganimiz, eshitayotganimiz, hidlayotganimiz, endi nima 
qilishimiz 
zarurligi, 
nima 
ishlar 
bajarganimiz 
yoki 
hozir 
nimalar 
bilan 
shug'ullanayotganimiz to'g'risida kun bo'yi tinimsiz o'zimizga savol beramiz, — 
tushuntirdi janob Kesterman. — Ertalab uyg'onishimiz bilan to uyquga ketish fursati 
yetguncha ong ortidagi aqlimiz tinimsiz savollar berishni davom ettiradi. Haqiqatda 
lafakkur jarayoni savollar ketma-ketligidan boshqa narsa emas. Savollar javoblarga 
yetaklaydi, javoblar rsa hissiyotlarni chorlaydi. Shu asnoda, modomiki o'zingizni baxtsiz 
yoki tushkunlikka tushgan ahvolda sezsangiz, bu ko'pincha o'zingizga nojo'ya savollar 
berayotganingizni bildiradi. Hayotingizda nimalar to'g'ri bo'layotganini so'rash o'rniga 
o'zin- o’zizga noto'g'ri savollar berasiz. 
Og'ir vaziyatga duchor bo'lgan ko'pchilik odamlar o'zlariga: «Nima uchun bu voqea 
aynan men bilan sodir bo'ldi?» yoki «Endi nima qilishim korak?» degan savollar 
beradilar. Bu salbiy, kuchsizlantiruvchi savollar va ular salbiy, kuchsizlanliruvchi 
javoblarni keltirib chiqaradi hamda o'ziga nisbatan achinish, umidsizlik, tushkunlik 
hislarini 
chaqiradi. Basharti biz ijobiy, quwat bag'ishlovchi savollar bersak, o'zimizda umuman 
o'zgacha his- siyotlar hosil qilishimiz mumkin. 

Kishiga quwat bag'ishlovchi qanday savollar bo'ladi? — so'radi yigitcha. 

Kuch va umid hissini chorlaydigan savollar. Masalan, og'ir vaziyatlarda qolsam, 
shu vaziyatga nisbatan qarashlarimni darhol o'zgartiradigan uchta baquwat savolni 
o'zimga beraman. 

Birinchi savol: «Bu vaziyatning nimasi ajoyib?» 

Lekin vaziyatning hech bir ajoyibligi bo'lma- sa-chi? — so'zini bo'ldi yigitcha. 

U holda o'zingizdan: «Buning qanday yaxshi tomoni bo'lishi mumkin edi?» deb 
so'rang. Tu- shunyapsizmi, xuddi bu xonada zangori rangdagi narsalarni ataylab 
qidirganingizda faqat o'shani ko'ra boshlaganingizday, bu savol vaziyatdan qan- daydir 
yaxshi jihatni izlashga undaydi va siz albatta uni topasiz. 
Har bir vaziyat zamirida qandaydir yaxshi jihati bor va har bir muammo ichida 
qaysidir tuhfa yashiringan, deyishganida aynan shu nazarda tutiladi. Har qanday 
dunyoqarashni o'zgartirish mumkin va shunga muvofiq, har qanday xafagarchilik 
umringizni boyitishiga erisha olasiz — Asl Bax- tiyorlikning birinchi siri ana shunda. 
Keksa xitoylik menga odamlar ro'yxatini berdi va ularning barchasi Asl Baxtiyorlik 
sirlarini o'rgat- dilar. Ulardan ko'plari o'z hayotlari davomida jiddiy xavfli vaziyatlarni 
boshdan kechirgan bo'lsalar-da, har qanday vaziyatda unga nisbatan qarashlarini 


o'zgartirishga erishdilar va undan ijobiy ma'no topishga o'rganganlari bois 
qiyinchiliklarni yengib o'tdilar. 
Ikkinchi savol quyidagicha: «Bu vaziyatda nima' mukammal emas?». U barcha 
narsani mukammal qilish mumkinligini nazarda tutadi va «Bunday vaziyatda nimasi 
nojoiz?» degan savolga nisbatan butkul boshqacha his tug'diradi. 
Uchinchi savol: «Bu vaziyatni xohlaganimdek o'zgartirish va bu jarayondan 
qoniqishim uchun nima qilishim mumkin?». Bu savol vaziyatni o'zingizga yoqimli tarzda 
o'zgartira olishingiz uchun barcha vositalarni topishga yordam beradi. 
Bu savollar amalda qanday qo'llanilishiga doir bir nechta misol keltirishga ijozat 
bering. Agar kecha kechqurun mashinangiz buzilib qolganida o'zingizdan: «Bu 
vaziyatning nimasi ajoyib?» deya so'raganingizda, «Biror kori-hol ro'y berib, aziyat 
topmaganim ajoyib bo'ldi», «Ta'mirlovchi xizmatning borligi va ularning menga yordam 
berishi mumkinligi zo'r-da» yoki «Bu voqea shahardan ancha olisdagi qadam yetmas 
joyda sodir bo'lmagani qanday yaxshi- ya» deya javob berishingiz mumkin edi. 
«Yana nimasi mukammal emas?» degan keyin- gi savolga «Mening mashinam» degan 
javob tayyor. Nihoyat, «Bu vaziyatni tilaganimdek o'zgartirish va bu jarayondan qoniqish 
hosil qilishim uchun nima qilishim mumkin?» Ta'mirlash xizmatiga qo'ng'iroq 
qilganingizdan keyin mexanik kutayotgan vaqtingizdan maza qilib gazeta yoki kitob 
o'qib yoxud ilgari hech eshitishga imkon topmagan radio eshittirishni tinglashingiz 
mumkin edi. Bu vaqtda ijodiy foydalanishingiz — kelasi dam olish kuni rejasini tuzish, 
xat yozish ruchka va qog'oz topilgan deb hisoblasak yoki o'zingiz yozmoqchi bo'lgan 
kitobingizni boshlashingiz mumkin bo'lardi. Mexanik yetib kelguniga qadar bir pas yotib 
mizg'ib olishingiz ham mumkin edi. 
Mana yana bir misol. Siz ortiqcha vazningiz tufayli ancha ruhingiz pastligini tasawur 
qiling. Buning nimasi yaxshi? O'z vazningizdan norozi bo'lib baxtsiz sezayotgan fursatga 
nihoyat yetish- ganingiz hamda haqiqatdan ham o'zgarishni istayotganingizning o'ziyoq 
ajoyib. Ortiqcha vazn yurak xastaliklari xavfini orttirishi sababli o'zgarishlar bag'oyat 
zarurligini anglayotganingizning o'zi qoyilmaqom. Yana nima mukammal emas! Sizning 
vazningiz, qomatingiz. Vaziyatni o'zgartirish uchun nima qilmoqchisiz? Sizni semizlikka 
nima keltir- ganini bilish, odatlangan ovqatlanish tarzini o'zgartirish va jismoniy 
mashqlar bilan shug'ullanishni boshlash zarur. Ortiqcha vaznni yo'qotish jarayonini 
qanday qilib yoqimli qilishingiz mumkin? Shunday muammolari mavjud bo'lgan boshqa 
odamlar bilan tanishish imkoni bo'lgan birorta klubga kirasizmi yoki mashg'ulotlaridan 
zavqlanishingiz mumkin bo'lgan to'garakka borasizmi? Balki raqs to'garagimi, chunki bu 
mashqlarning ajoyib shaklidir. Siz juda yoqtirgan yaxshi oziqni topishingiz yoxud 
tarkibida yog'i kamroq taomlar tayyorlashni o'rganishingiz mumkin. 



Vo, ajabo, — dedi yigitcha. — Demak, kishilar o'zlariga yaxshilik keltiruvchi 
narsalarga diqqatlarini jamlab, yaxshilikni kutishlari va o'zlariga tasdiqlovchi savol berib 
vaziyatga o'z munosabatini ataylab o'z- gartirishlari mumkin ekan-da? 

Shubhasiz, — javob berdi janob Kesterman. — Hayotga sog'lom, baxtli munosabat 
yaratishning mohiyatini «shukrona» degan birgina so'z bilan ifodalash mumkin! Asl 
Baxtiyorlikning eng ishonchli sirlaridan biri o'zingda faqat shukronalik tuyg'usini paydo 
etishda mujassam. 

Xo'sh, buni qanday qilish kerak? 

Minnatdor bo'lishga arzigulik narsani izlash — kerak, —javob berdi janob 
Kesterman. — O'zingiz- ga: «Bugungi kunning qaysi jihati uchun shukrona bildirishim 
kerak? » degan savolni har kuni beraverish zarur. 

Lekin bu kunga shukrona bildiradigan hech qanday arzigulik jihati bo'lmasa-chi? 
— tinchimay so'rayverdi yigit. 
Janob Kesterman unga qoshlarini xiyol chimirib qaradi: 

Bir.necha yil ilgari eski bir do'stimni ko'rgani.. bordim. U o'liin to'shagida yotardi. 
Shifokorlar uning umri bir yilga ham yetmaydi, deyishgandi. Do'stimni butkul tushkun 
ahvolda ko'rsam kerak, deb o'ylagandim, lekin u unchalik shodmon bo'lmasa-da, ancha 
osuda-quvnoq ko'rinardi. 

Bir yilga yetar-yetmas umri qolgan inson qanday qilib quvonch tuyishi mumkin? 
— hayron qolib so'radi yigitcha. 

O'zim ham undan shuni so'radim: «Jim, sen nima uchun shunchalik baxtiyorsan?». 
U esa: «Chunki ertalab uyg'ondim, demak bugun tirikman!» — dedi. Uning javobi meni 
mulzam qildi. Modomiki, o'layotgan inson ham shukronalik keltiradigan biror narsani 
topa olar ekan, qolgan biz hammamiz haqimizda nima deyish mumkin? 

Qanchalik yomon vaziyatlarga tushmaylik, — davom etdi janob Kesterman, — 
doimo biz shukur qilishimiz kerak bo'lgan nimadir mavjud. Va ko'pincha bunday narsalar 
to'lib yotibdi. 
Sehrlangan hayotda yashayotgan insonlar bilan oddiy umr kechirayotganlar orasidagi 
farq ularni chulg'agan vaziyatlar ichiga yashirinma- gan, balki ularning munosabatlarida 
mujassam topgan. Munosabatlar aqlimiz uchun o'z umrimizni bo'yashimizga 
yordamlashuvchi mo'yqalam kabidir. Bunda foydalanadigan ranglarni o'zimiz tanlaymiz. 
Uyga qaytayotganda yigitcha janob Kestermanning aytganlari to'g'risida mulohaza 
qilardi. 
Endi u o'zi va hayoti haqida juda ko'p narsalami bilib olganini anglardi, lekin yanada 
muhimrog'i, o'zini nima uchun shunchalik uzoq vaqtdan beri baxtsiz deb hisoblaganini 
tushundi. 


O'sha kuni kechqurun yigitcha janob Kesterman bilan uchrashgan chog'ida yozgan 
qisqagina yozuvlarini qaytalab o'qidi. 

Yüklə 473,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə