Kitobni to’liq holda olish uchun kitob do’konlariga murojaat qiling



Yüklə 473,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix14.05.2023
ölçüsü473,07 Kb.
#110223
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
A. Jekson Baxtli bo\'lishning 10 ta siri



 
 
Kitobni to’liq holda olish uchun kitob do’konlariga murojaat qiling 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


KIRISH 
Siz baxt izlab butun olamni kezib chiqasiz, u esa doim yonginangizda, har qanday 
insonning qo'li yetguday masofadadir... 
Goratsiy 
Istagan kishingizdan hayotdan hammadan ortiq qanday tilagi borligini so'rasangiz, 
eng ko'p tarqalgan javob: «Men shunchaki baxtli bo'lishni istayman», degan so'zlardan 
iborat bo'ladi. Bo'lmasa, nima uchun baxtli insonlar shunchalik oz? Nima sababdan dori 
ishlab chiqarishda antidepressant (tushkunlikdan asrovchi vosita)lar eng jadal rivojla- 
nayotgan soha bo'lmoqda? O'zlarini baxtli hisoblovchi kishilar nima uchun bunchalar 
kam? Balki, baxtni topish mumkin bo'lmagan joydan izlayot- gandirmiz? 
Ishonchim komilki, qancha pul topayotganimiz, kim bolib ishlayotganimiz va qayerda 
umrgu- zaronlik qilayotganimizdan qat'i nazar, hammamiz baxtli bo'lishga layoqatlimiz. 
Umrimiz kechayotgan onida shart-sharoitlarimiz qanday bo'lsa-da, biz nafaqat shunchaki 
baxtli bo'lish, balki to'liq baxtiyorlik tuyg'usidan bahramandlikka layoqatlimiz. 
Haqiqiy Baxt g'amu hasratning yo'qligidan emas, balki quvonch, mamnuniyat va 
hayotdan lazzatni tuyishdan iborat. Bu inson doimiy ravishda rohat- farog'atda yurishi 
kerak degan ma'noni bildirmaydi. 
Axir, hayotimizda shunday damlar ham bo'ladiki, shaxsiy yo'qotishlarga duch kelamiz, 
ular tabiiy ravishda musibat, anduh va ko'ngil qolishlarni keltirib chiqarmay sira iloji 
yo'q. Lekin bu iztirob- larni yengib o'tishga ko'maklashuvchi vositalar mavjudki
ko'pincha hayotiy sinovlar va kulfatlarni g'alabalarga aylantirishga qodirmiz. 
Boshqa ko'pgina zarbulmasallardan farqli o'la- roq, ushbu kitob qahramonlarining 
(men tanigan bir necha donishmand kishilarning umumlashgan obrazi ifodalangan keksa 
xitoylikdan tashqari) boshidan kechirganlari hayotiy voqealarga asoslan- gan. Albatta, 
qissaxonlikni yanada qiziqarliroq qilish umidida ayrim personajlar ismi hamda hayot 
tarzini o'zgartirdim, ammo ularning barchasi o'z umrining xatarli damlarida g'alabaga 
erishganlari rost va har bir bobda yozilganiday baxtli bo'ldilar. Umid qila- manki, 
ularning boshidan kechgan voqealar sizni ham ilhomlantiradi va ruhingizni ko'taradi, siz 
ham ulardan ibrat olib, o'z hayotingizda Haqiqiy Baxtga erishasiz. 

Yüklə 473,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə