Kitobni to’liq holda olish uchun kitob do’konlariga murojaat qiling



Yüklə 473,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix14.05.2023
ölçüsü473,07 Kb.
#110223
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
A. Jekson Baxtli bo\'lishning 10 ta siri

Agar umrimni yangitdan yashash nasib bo'lganda edi, ko'p xatolarni takrorlamaslikka 
harakat qilar- dim. Uncha risoladagiday bo'lmasdim. O'zimni erkinroq qo'yardim. 
Egiluvchan bo'lardim. Awal yashagan hayotimga nisbatan o'zimni ahmoqroq tutardim. 
Aslida endi menga jiddiy munosabatda bo'lishim zarui bo'lgan juda kam narsalar 
ma'lumdir. Ozroq beaql bo'lardim. Kamroq darajada hushyor fikrlovchi bo'lardim. 
Ko'proq imkoniyatlardan foydalanardim. Ko'proq sayohatda yurardim, tog'larga 
tirmashib chiqardim, ko'proq daryolardan suzib o'tardim va borish nasib etmagan ko'p 
joylarga borib kelardim. Ko'proq morojenoye va kamroq loviya yerdim. 
Aniq muammolarim ko'p, lekin xayoliylari kamroq bo'lardi. 
Bilasizmi, soatma-soat, kunma-kun ehtiyotkorlik, aqllilik va sog'lom fikrlash 
tushunchalari bilan yashayotganlardan biri bo'lardim. O, xudoyim, qancha lahzalarim 


bor edi-ya, agar bulaming barchasini takrorlashning iloji bo'lganda edi, ular 
lahzama-lahza ancha ko'p bo'lardi. 
Men ko'chaga hech qachon plashsiz, gra- dusniksiz, issiq suvli idishsiz, tomoqni 
chayish uchun piyolasiz va shamsiyasiz chiqmaydiganlardan biri edim. Lekin agar 
bularni yana takrorlay olganimda edi, men osonlikcha sayohat qilardim. 
Agar bularni yana takrorlay olganimda edi, erta bahordan kech kuzgacha yalangoyoq 
yurardim. Afg'imchoqlarda ko'proq uchardim, tonglarni ko'p- roq kutib olardim, bolalar 
bilan ko'proq o'ynardim — qaniydi, umrimni yangitdan boshlay olsam edi! Eng 
achinarlisi shundaki, bunday qilolmayman... 
Bu satrlarni o'qir ekan, yigitcha jilmaydi: 

Siz haqsiz. Bular rostdan ham ajoyib so'zlar ekan. Undan nusxa ko'chirib olsam 
maylimi? 

Marhamat, — deb javob berdi janob Xart. 

Bulaming barchasini menga yetkazganingiz uchun sizga rahmat, — dedi yigitcha. 
— O'ylab ko'rishim uchun boy mavzu berdingiz. 

Juda soz. Sizga yordamim tekkanidan xursandman, — dedi janob Xart. — Lekin, 
ketishin- gizdan awal Jorj Berns so'zlariga ko'ra baxtning siri nimadaligini bilishni 
istarsiz? 

Albatta. 

«Baxtning siri? — dedi u. — Bu juda oddiy. Yaxshi sigara, yaxshi taom va yaxshi 
ayol yoki uncha yaxshi bo'lmagan ayol. Hammasi siz qancha baxtni ko'tarishga layoqatli 
ekanligingizga bog'liq!» 
Eshikka yaqinlashgan yigitcha janob Xartga qayrilib qarab: 

Sizning ismingizni menga bergan keksa xitoylik bilan qanday tanishganingizni 
aytmadingiz. 
Janob Xart tabassum qildi: 

Rostdanmi? U o'sha mehmonxona xizmatchisi edi. Unga o'sha kuni nima 
qilmoqchi bo'lganimni aytib berolmadim ham. Ertasiga erta- lab mehmonxona xodimi 
turadigan yerga borib, unga minnatdorchilik bildirmoqchi va menga qanchalar 
ko'maklashganini aytmoqchi edim, lekin u haqda hech kim hech qachon eshitmagani 
ma'lum bo'ldi. 

Demak, siz unga minnatdorchilik bildira olmabsiz-da? — so'radi yigitcha. 

Yo'q. Nasib etmadi, — jilmaydi janob Xart. — Lekin u hammasini biladi, degan 
fikrdaman. Axir, oxir-oqibatda u sizga mening ismimni aytibdi-ku, shundaymi? 


Kechqurun yotishdan oldin yigitcha yozuvlarni takror o'qidi. 

Yüklə 473,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə