Kitobni to’liq holda olish uchun kitob do’konlariga murojaat qiling



Yüklə 473,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix14.05.2023
ölçüsü473,07 Kb.
#110223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
A. Jekson Baxtli bo\'lishning 10 ta siri

 
UCHRASHUV 
Yigit mashinasiga yaqinlashgan chog'ida uning yonida qandaydir odam turganini 
ko'rdi. Bu oq kombinezon va sariq beysbol kepka kiygan keksa xitoylik edi. U past bo'yli, 
ajin qoplagan yuzi istarali, silliq oq sochli kishi edi; lekin birinchi navbatda yigitning 
e'tiborini cholning ko'zlari tortdi. 
Uning chuqur botgan qo'y ko'zlari quvnoq chaqnardi. 

Xo'sh, bu yerda nima ro'y berdi? — so'radi u. 

Nimani nazarda tutyapsiz? Menga aytish- laricha, kimdir kelishi uchun bir soatcha 
kutishim- ga to'g'ri kelarkan, — javob berdi yigit. 

Hayot kutilmagan ajoyibotlarga to'la, — dedi tabassum bilan chol. — Xo'sh, 
qanday tashvishingiz bor? 
— Nima bo'lganini bilmayman, — tushuntirdi yigit. — Yo'lda ketayotganimda 
to'satdan kapot tagidan dud chiqib, motor o'chib qoldi. 

Bo'pti, qani: ko'raylik-chi, — deya chol yenglarini shimarganicha kapotga 
yaqinlashdi va 
motomi ko'ra boshladi. Bir necha daqiqadan so'ng u boshini ko'tardi-da, yigitcha tomon 
o'girilib, yana jilmaydi. — Tashvishlanishning hojati yo'q. 
Motorni kavlashtirishda davom etib, chol qan- daydir kuyni xirgoyi qilardi. 

Ko'rinishdan, sizning kuningiz yaxshi o'tganga o'xshaydi, — dedi yigit. 

Albatta. Mening yoshimga yetganingizda, — dedi qariya, — yer yuzida 
o'tkazayotgan har bir kun yaxshi bo'ladi. — U boshini yigit tomonga o'girdi. — Agar 
sizni mening fikrim qiziqtirayotgan bo'lsa, hayot juda qisqa va g'oyat qadrli, uni yoqimsiz 
hislar uchun sovurish yaramaydi. Insonning o'rtacha umri 76 yilligini bilasizmi? Bu axir 
bor yo'g'i 3952 hafta! Uning 1317 haftasi uyquda o'tkaziladi. Bu degani umr kechirish 
uchun atigi 2635 hafta yoki 63240 soat qoladi! Yoshingiz nechada? — so'radi chol. 



O'ttiz uchda. 

Demak, basharti omadingiz kelib, o'rtacha umr ko'rsangiz, bu bor yo'g'i 1114 
haftalik umringiz qolibdi degani! 

Qanchalik hayotbaxsh fikr! — dedi yigit istehzosini yashirolmay. 

Men shunchaki sizga fursat g'animatligini, uni baxtsizligingizga sarflab zoye 
o'tkazish kerak- masligini ko'rsatyapman. Hayot yashash uchun mo'ljallangan va har bir 
kun kurash emas, qu- vonch keltirishi zarur. U tinimsiz bo'rondagi jang- ga emas, oftob 
charaqlagan daladagi sayrga o'xshashi kerak. 
Yigitning badanidan chumoli o'rmalagandek, sochlari esa tikkaygandek bo'ldi. Bu 
cholga uning nimalarni his qilayotgani qaydan ma'lum? Bu shunchaki tasodifligiga o'zini 
ishontirmoqchi bo'ldi. Axir chol uning fikrlarini uqib ololmaydi-ku. 

Ko'pchlik kishilar baxtsiz bo'lishni afzal ko rishlari meni doimo taajjubga soladi, — 
dedi chol mashina motori ustida ishini davom ettirarkan. 
Yigit mashina tomiga suyanib oldi. 

Nimani nazarda tutyapsiz? — so'radi u . — Odamlar baxtsizlikni afzal 
ko'rmaydilar. Hammasi vaziyatlardan kelib chiqadi. Inson bilan nimaiki ro'y bersa, uni 
baxtli yoki baxtsiz qiladi. 

Albatta, ehtimol haqdirsiz. Lekin baxt vaziyatlar bilan belgilansa, nima uchun siz 
boshingizdan kechirgan tashvish-u quvonchlarga boshqa inson butunlay o'zgacha 
munosabatda bo'ladi va o'zini tamomila boshqacha sezadi. Bir vaqtlar men ikki kishini 
tanirdim. Ular har ikkalasi ham bir avto- halokatda talafot ko'rishdi. Biri tushkunlikka 
beril- gan, ikkinchisi g'oyatda hayotsevar edi. 

Ularning munosabatlari nima sababdan tur- licha edi? — so'radi yigit. 

Tushkunlikka berilgani darg'azab bo'lib, doimo: «Nima sababdan bu hodisa aynan 
men bilan ro'y berdi?» deya so'rasa, hayotsevari esa: «Omon cjolganim uchun Xudoga 
shukr!» — derdi. Bu «Ikki kishi panjara ortidan boqqanda biri balchiqni, ikkinchisi 
yulduzlami ko'radi» degan naqlga o'xshaydi. hayotingizdagi vaziyatlar qanday 
bo'lishidan qat'i nazar, o'zingizni baxtli yoki baxtsiz sezishingiz uchun ular qandaydir 
ta'sir ko'rsatishi mumkinligiga ishonmayman, — davom etdi qariya. — Siz o'zingizni 
qanday his qilishingiz faqat o'sha vaziyatlar haqidagi fikringiz bilan belgilanadi. Axir 
qaysi biri baxtliroq — idishi yarmigacha to'ldirilgan deb hisoblayotganimi yoxud 
yarmigacha bo'sh idishni ko'rayotgan kimsami? Ha... Endi hammasi ravshan. Iltimos, 
malol kelmasa, hovanavi gaykali kalitni uzatib yuboring, — dedi u boshini motordan 
ko'tarmay. 

Marhamat, — dedi yigit. — Demak, bizni baxtli yoki baxtsiz qiladigan nimalardir 
mavjud ekan-da? 
Chol qo'lidagi asbobni chetga qo'ydi-da yigitga yuzlandi: 



Xo'sh, sizni nima baxtli qilishi mumkin? — so'radi u. 
Yigit bir zum o'yga cho'mdi. 

Bilmasam, lekin, aytaylik, ko'proq pulim bo'l- sa, — javob berdi yigit. 
Chol qutisidan yana bir asbobini oldi va yana yigitga yuzlandi. 

Siz rostdan ham pul baxt keltiradi, deb hisob- laysizmi? — qiziqdi u. 

Bilmadim, har holda u maishiy jihatdan yax- shi sharoitlami ta'minlaydi. 

Izohlaringiz chakki emas, — istehzo bilan gapga qo'shildi chol. — Lekin eng qulay 
sharoitdagi baxtsizlik ham baxtsizlikligicha qoladi! Hatto eng zo'r hashamatli sharoitda 
ham go'yo umuman hech vaqongiz yo'qday siz o'zingizni baxtsiz his etishingiz mumkin. 
Agar pul baxt keltirsa edi, dunyoda millionerlar eng baxtli insonlar bo'lardi, lekin bar- 
chamizga ma'lumki, boylar xuddi qashshoqlar kabi baxtsizlik va tushkunlikdan yaxshi 
boxabardirlar. Pulga moddiy boylik sotib olish mumkin, masalan, mana bunday 
mashinani — lekin bu o'ziga diq- qatni vaqtinchalik tortadi. Buyumlar hech qachon uzoq 
muddatli baxt keltirmaydi. 
Yigit qariyaning so'zlari haqida mulohaza qilarkan, nigohini chetga qaratdi, shu topda 
chol yana asbobni olib, ta'mirlash bilan mashg'ul bo'ldi. 

Boshqa ish bilan shug'ullansam-chi? — so'radi yigit. — Nazarimda, o'zga ishning 
boshini tutsam, baxtli bo'lardim. 

Endi xuddi toshyo'naming so'zlarini gapira boshlayapsiz! — dedi kulib chol. 

Qaysi toshyo

nar? 

Mening yurtimda baxtsiz toshyo'narning hayotda o'zgacha tarzda yashashni 
istagani haqidagi voqeani so'zlaydilar. Bir kuni u boy savdogaming uyiga borib qolibdi, 
uning barcha boyliklarini ko'rib, shaharda bu savdogar qanday obro'-e'tiborga egaligini 
payqabdi. Toshyo'nar savdogarga havas qilib, unga o'xshashni orzu qilibdi. O'shanda 
oddiy toshyo'nar bo'Ub qolishimga to'g'ri kelmaydi, deb o'ylabdi. 
Ittifoqo, uning bu istagi vojib bo'lib, birdaniga savdogarga aylanib qolibdi va juda ko'p 
hashamatli buyumlarga ega bo'libdi hamda hech qachon hatto orzu ham qilmagan 
hukmronlikka erishibdi. Lekin endi bechorahol kishilar unga baxillik qila boshlashibdi va 
undan nafratlanishibdi, endi uning dushmani tasawur etganidan ham ko'proq ortib 
ketibdi. 
Keyin u atrofini xizmatkorlar va askarlar qur- shagan yuksak martabali shaxsni ko'rib 
qolibdi. Bu buyuk va qudratli kishi qarshisida barcha kishilar tiz cho'kishardi. U butun 
podshohlikda eng obro'li va hurmatga sazovor inson edi. Savdogarga aylan- gan 
toshyo'nar endi ana shu hukmdor kishi singari, shuncha xizmatkor va qo'riqchilarga ega 
bo'lish hamda eng kuchli hokimiyatga erishishni istab qoldi. 
Uning niyati yana ro'yobga chiqdi. U qarshisida barcha tiz cho'kadigan, 
podshohlikdagi eng yuksak martabali kishiga aylandi. Lekin o'sha hukmdor ayni paytda 


eng zolim va badjahl kishi bo'lgani bois uni shuncha askar qo'riqlardi. Buning ustiga 
quyosh tafti hukmdorni o'zini g'oyat bebaxt va ahamiyatsizday sezishga majbur qilardi. U 
ko'kda 
charaqlab turgan qaynoq oftobga qarab: «U qan- chalik buyuk! Men quyosh bo'lishni 
istardim!» — debdi. 
Shunday istak bildirgan zahoti u nurlarini yerga taratuvchi quyoshga aylanib qolibdi. 
Lekin kuchli shamol turib, yer yuzi bulutlar ortiga yashirinibdi. «Men shamol kabi kuchli 
bo'lishni istayman» degan o'y xayolidan o'tgan zahoti u shamolga aylanibdi. 
Ammo daraxtlarni ildizlari bilan qo'poruvchi va butun boshli qishloqlarni yakson 
qiluvchi o'sha shamol ham qqya bilan to'qnashgan chog'da unga kuchi yetmabdi. 
Bahaybat qoya tosh qimir etmasdan shiddatli hamlaga qarshilik ko'rsatibdi. «Bu tosh juda 
mustahkam ekan! — debdi shamol. — Men shu tosh kabi metin bo'lishni istayman!» 
Shunda u eng kuchli shamollarga dosh bergan bahaybat toshga aylanibdi. Endi yer 
yuzida eng zo'r kuchga aylanganidan keyin, nihoyat, u o'zini baxtli deb bilibdi. Ammo 
shu payt qandaydir jarang- lagan tovush chiqayotganini eshitibdi. Bolg'aning qoyaga 
urilib, uni mayda bo'laklarga bo'layotgani ma'lum bo'libdi. «Mendanda kuchli kim 
bo'lishi mumkin?» o'ylabdi tosh. Bahaybat xarsangtosh uzra esa... toshyo'nar turardi. 
Ko'pgina odamlar o'z umrlarini baxt axtarishga sarflaydilar va faqat uni qayerdan 
izlash zarur- ligini bilmaganlari bois sira topolmaydilar. Sharq- qa qarab quyosh botishini 
ko'rib bo'lmaydi; seni qurshagan narsalar orasidan axtarsang, baxtni topish mahol. 
Toshyo'nar voqeasidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, inson hayotida nimanidir... 
o'zidan boshqa nimanidir o'zgartirib, baxtga erisholmaydi! 
— Lekin men haliyam anglolmayapman, — dedi yigit. — Axir shaxsiy fojialar va 
ko'ngil qolishlar- chi? Inson bunday vaziyatlarda qanday baxtli bo'lishi mumkin? 

Har birimiz hayot ummonida suzayotgan ke- maga o'xshaymiz, — dedi chol. — 
Shamol va to'- fonlar — tabiiy ofatlar, shaxsiy fojialar — o'tkinchi holatlar, lekin siz hech 
qanday bo'ronu to'fonlarni pisand etmay istagan manzil sari kemani boshqara 
bilguningizcha, ular kelib-ketaveradi. Aslida to'ton va gulduraklar umrimizni hatto 
boyitishga qodirlar. Bu ularga qanday nuqtai nazardan qarashga bog'liqdir. 

Nimagadir gapingizga unchalik tushunol- mayapman, — dedi yigit. 

Bo'ronlar havoni tozalab, yomg'ir yog'diradilar, yomg'irsiz hayot qanday bo'lardi? 
Usiz o'sish ham, yuksalish ham bo'lmasdi. Kamalak ham bo'lmasdi. Bo'ronlar shamolni 
harakatga keltiradi va siz o'z kemangizni boshqarishni eplasangiz, shamolning kuchini o'z 
foydangizga qarata bilasiz. 

Sizning o'xshatishlaringiz darajasida buni anglab turibman, lekin baribir 
fikringizga qo'shi- lolmayman. Baxtsizlikni qanday qilib afzallikka aylantirish mumkin? 
— gapni bo'ldi yigit. 



Axir eshitdingiz-ku, har bir narsaning yaxshi jihatlarini topish mumkin. 

Albatta, bu shunchaki gapda. Men hech qachon fojiani yaxshilik deb 
hisoblamaganman. 

Bo'lishi mumkin, chunki uni topishga hech qachon urinmagansiz ham. Hech bir 
foydali jihati bo'lmagan muammoning o'zi yo'q. Nimaiki hodisa yuz bersa, uning maqsadi 
va sababi bor; sodir bo'layotgan har bir hodisadan umrni boyituvchi biron xulosa chiqadi. 
Ko'p odamlar vaziyatning qullari kabi shamol va to'fonlarga bosh egib, suvning oqimi 
bo'ylab suzadilar, chunki bu kishilar 
kemani boshqarish uchun shturval va yelkanlar mavjudligini bilmaydilar, ulardan sira 
foydalan- maydilar. Ular o'z kemalarini qanday boshqarishni unutganlari bois, yomon 
ob-havoni qarg'aydilar. Ular inson qanday vaziyatga tushmasin, baxtli bo'lish uchun 
imkoni borligini anglamaydilar. 

Axir inson o'z hissiyotlarini tanlay olmaydi- ku, — gapini ma'qulladi yigit. 

Basharti siz bunga astoydil ishonsangiz, imkon topiladi, — dedi chol. — Shu 
sababli siz nimaga ishonishingizni puxta o'ylab ko'rishingiz darkor! 

Xo'p, — bahsni davom ettirdi yigit. — Axir har qanday inson vaziyatlardan qat'i 
nazar, baxtli bo'lishi mumkin, deb hisoblamaysiz-ku? Cho'loq, ko'r, garang yoki gung 
insonlar-chi? Bu toifadagi kishi qanday baxtli bo'lishi mumkin? 

Gapingizga qaraganda, umringizda nogironlarga mutlaqo duch kelmagan 
ko'rinasiz, — javob berdi qariya. — Tushunaman, sendan ko'ra imkoniyati cheklangan 
kishi sendan farqli ravishda o'zini baxtliroq sezishi g'ayri tabiiy ko'rinsa-da, aslida 
shunday. Butun umri davomida ko'r, kar va soqov bo'lgan Xelen Keller xonimdan 
shunday og'ir majruhlikda qanday umr kechirganlarini so'raganlarida u nima deb javob 
berganini bilasizmi? 
Yigit boshini chayqadi. Qariya davom etdi: 

U: «Juda ajoyib umr kechirdim», degan. «Ko'rlik — baxtsizlik emas. Inson 
ko'rligini tan olib, unga ko'nikolmasagina baxtsizdir». Shu tariqa, boylik, salomatlik, 
shuhrat va hukmdorlik hali baxt tushunchasini bildirmaydi. 

Farang imperatori va o'sha davrning eng qud- ratli kishilaridan biri Napoleondan 
hayoti baxtli kechganmi, deb so'raganlarida u: «Umrimda olti kundan ortiq baxtli kun 
bo'lmagan», deb javob beribdi. 
Yigit hayron edi. 
** 

Bu qanaqasi? Nima uchun dahshatli majruh bir odam baxtli bo'lishi mumkin-u, 
shunday katta hokimiyat va boylik egasi bo'lgan boshqa inson baxtsiz? 
Choi mashinani ta'mirlashni tugatdi-da yigitga yuzlandi. 



Baxt — hayotning buyuk tuhfalaridan biri va unga har bir kishi yetishishi mumkin. 
Tushun- yapsizmi, baxtni topmaydilar, uni yaratadilar. Shart-sharoitlardan qat'i nazar, har 
bir inson o'z baxtini yaratishga qodir. 

Lekin baxtni qanday yaratish mumkin? — so'radi yigit. 

Insoniyat qonunlarga bo'ysunadi, aniq qo- nunlar narsa va hodisalarni tabiiy 
ravishda bosh- qaradi. Tabiatda hamma narsa — to'lqin tebranishlaridan tortib quyosh 
chiqishi va botishi-yu fasllar almashinuvi — bularning barchasi shu qonuniyatlarga 
bo'ysunadi. Ulardan ko'plarini olimlar ixtiro etishdi — yerning tortish qonuni, o'zga- 
ruvchanlik qonuni, magnitizm qonuni. Lekin hali kashf etilmagan qonuniyatlar ham 
mavjudki, ular orasida baxtli bo'lish qonuni ham bor. 

Baxtli bo'lish qonuni? — takror so'radi yigit. — Bu nima? 

Bu o'nta doimiy tamoyil. Agar ularga to'liq amal qilinsa, baxt yaratishga yordam 
berishi tayin. Insoniyat sivilizatsiyasining ming yilliklari davomida kishilar boyliklarga 
erishishga intilganlari bois bu qonuniyatlarga mensimay munosabatda ho'ldilar va vaqt 
o'tgan sari, bu qonunlar yoddan chiqdi. Ularga ishonishni davom ettirgan oz miqdordagi 
kishilargina bu qonunlardan boxabardirlar. Shu sababli ular endilikda «sirli bo'lib qoldi. 
Ular to'g'risida qanday bilish mumkin? — so'radi yigit. 

Bir daqiqa... hozir tayyor bo'ladi. Maria, bo'ldi... xuddi yangidek ishlayapti, — 
dedi chol qo'lini lattaga artarkan. — Bu haqda yaqin orada bilib olasiz. Mana, buni oling, 
— dedi u yigitga bir varaq qog'ozni uzatar ekan. 
U varaqqa qaradi. Bu o'nta ism va o'nta telefon raqami yozilgan ro'yxatdan iborat 
qog'oz edi. Yigit varaq ortidan biron yozuv topish umidida uni o'girdi, lekin orqa tomoni 
top-toza edi. 

Bu nimasi? Sirlar qani? 
Ammo yigit boshini ko'targanida chol g'oyib bo'lgandi. 

Hoy! — qichqirdi yigit mashinasi atrofini aylanib o'tib. — Qayerdasiz? 
U atrofga sinchiklab qaradi, lekin chol hech yerda ko'rinmasdi. 
Shu topda mashinasi yonida ohista to'xtagan ta'mirlovchi yuk mashinasi chiroqlari 
yigitning ko'zlarini qamashtirdi. Yigit shoshganicha haydovchining eshigi tomon 
yugurdi. 

Voy, jin ursin, siz... 
Uning dami ichiga tushib ketdi. Ruldagi kishi chol emasdi. 

Nima bo'ldi? — mashinadan chiqayotib so'radi mexanik. 

To'xtang, — dedi yigit. — Boyagi chol qani? 

Qanaqa chol? Nimalar deyapsiz? — hayron bo'lib so'radi mexanik. — Axir siz 
mashi- nangiz buzilganini xabar qilgandingiz-ku, to'g'rimi? 

Ha, lekin bu yerda mashinani tuzatgan bir odam bor edi... keksa xitoylik. 



Qanaqa keksa xitoylik? Keling, yaxshisi stansiyadagi operatorga qo'ng'iroq qilib, 
nima bo'lganini so'rab ko'raman. 
Mexanik mashinasiga chiqib, radio orqali operator bilan bog'landi. Bir daqiqadan 
so'ng tash- qariga chiqib: 

Yo'q, ular chaqirig'ingizni faqat menga aytganlarini ta'kidlashmoqda. 
O'ylashimcha, ham- ma gap kompyuterda. Albatta, men bu hududda ishlayotgan yagona 
mexanik emasman. Mayli, modomiki shu yerda ekanman, keling, mashinangizni 
tekshirib ko'ramiz. Qani motorni o't oldirib ko'ring-chi. 
Motor shu zahoti o't oldi. 

Hammasi joyidaga o'xshaydi, — dedi mexanik. — Hech qanday muammoni 
ko'rmayapman. 
Mexanik qaytib ketganidan o'n daqiqa o'tgan, yigit hali ham mashinasida o'tirib, keksa 
xitoylik haqida fikrlardi. U kim edi o'zi? Qayerdan paydo bo'ldi? Qanday baxt sirlari 
haqida gapirdi? 
U bironta savoliga javob topolmasdi. Uning qo'lidagi bor narsa — o'nta ism va 
telefondan iborat ro'yxat edi. 

Yüklə 473,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə