Kitobni to’liq holda olish uchun kitob do’konlariga murojaat qiling



Yüklə 473,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix14.05.2023
ölçüsü473,07 Kb.
#110223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
A. Jekson Baxtli bo\'lishning 10 ta siri

 
 
Birinchi sir 
MUNOSABATLAR QUVVATI 
yigit uyga yetib borishi bilan cholning ro'yxatidagi kishilarga qo'ng'iroq qila boshladi. 
Ularning olti nafari bilan gaplashishga muvaffaq bo'ldi. Qolgan to'rttasi uyda bo'lmagani 
bois, ularga qayta qo'ng'iroqlashishni iltimos qilingan xabar qoldirdi. 
Yigitning ro'yxatidagi birinchisi Barri Kesterman ismli kishi edi. Janob Kesterman 
mahalliy maktabda dars beruvchi muallim ekan. U ertasi kuni kech soat beshgacha 
bandligini aytib, darsdan so'ng yigitcha bilan uchrashishga bajonidil rozilik bildirdi. 
Janob Kesterman ko'rinishdan ancha yosh, qirq- qirq beshlardan oshmasdi. Yigitcha u 
o'tirgan sinf eshigini qoqib kelgan chog'ida janob Kesterman o'quvchilaming daftarlarini 
tekshirib o'tirardi. 

Ha, keling, keling, — deya yigitning qo'lini qisgancha kutib oldi janob Kesterman. 
— Siz bilan tanishganimdan g'oyat xursandman. Marhamat, o'tiring. — Xo'sh, keksa 
xitoylik bilan kecha uch- rashdingizmi? 

Ha. U mashinamni tuzatib berdi. 

Voy, xudoyim! U rostdan ham eng kutilmagan joylarda paydo bo'lib qoladi. U 
sizga Asl Baxtiyorlik qonunlari to'g'risida so'zlab berdimi? 

Ha. Sizga ular to'g'risida biron nima ma'lummi? — so'radi yigitcha. 



Ha, albatta. 

Ular rostdan ham to'g'ri chiqadimi? — qiziqdi yigitcha. 

Hech shak-shubhasiz. O'n besh yil muqaddam hayotimning eng tuban nuqtasiga 
yetgandim. Men ishsiz qolib, tug'ilib o'sgan shahrimdan besh yuz chaqirim naridagi 
kichikkina chordevordan boshpana topgandim. Do'stlarim ham yo'q, o'zimni butkul 
alamzada va ezilgandek his qilardim. Go'yo atrofimni qora bulut o'rab olgan — undan 
chiqib ketish yo'lini ajratolmasdim. 
Kunlardan bir kuni bog'dagi hovuzga qaragan o'rindiqqa borib o'tirdim va o'zimning 
barcha muammolarim to'g'risida o'ylardim. Bir necha daqiqadan so'ng boshimni ko'tarib 
qarasam, yonimda birov o'tirganini payqadim, u keksa xitoylik edi. 
Yigitcha bu so'zlarga bazo'r ishonardi. Uning umurtqa pog'onasi uzra yana yengil 
jimirlash o'tdi. 

Men yozib borsam, qarshiligingiz yo'qmi? — so'radi u. 

Ha, marhamat, — dedi janob Kesterman va hikoyasini davom etdi. — Aftidan, 
bezovtaligim ko'rinishimdan aniq oshkormidi, bu qariya go'yo fikrlarimni uqib olganday, 
barcha muammolarim- dan allaqachon boxabar bo'lsa kerak, degan taassurot yuzaga 
kelgandi. 
Biz birpas gaplashib o'tirdik va u og'ir ruhiy holatni boshidan kechirayotgan do'stining 
yoniga ketayotganini aytdi. «Do'stim shunchaki Asl Baxtiyorlikning oltin qoidasini 
unutdi», — dedi u. U aslmi yoki yana boshqachami, baxtiyorlikning oltin qoidasi 
to'g'risida awal hech eshitmagandim, lekin u keyinroq tushuntirib berdi. «Hammasi 
g'oyatda oddiy, — dedi u. — Insonning aqli qay darajaga mo'ljallangan bo'lsa, shuncha 
baxtiyor». 
O'sha damda uni anglamagandim, ammo keyinchalik bu mutlaqo adolatliligini bildim 
va endi hayotimda bu kabi oddiy fikr egallagan eng muhim 
saboqlarimdan biri ekanligini chin dildan tan olaman. Unda Asl Baxtiyorlikning birinchi 
siri...
 biz ning munosabatlarimiz siri
mujassam. 
Yigitcha gapning davomini e'tibor bilan tinglardi. 

Ijozat etsangiz, tushuntirib beray. Ko'plar kabi doimo nimadir meni ham baxtli 
qiladi, deya hisob- lardim, lekin haqiqatda baxtli bo'lish yoki bo'lmaslikni o'zimiz 
tanlarkanmiz. Bir tomoshada gipnoz qiluvchini kuzatgandim. U sahnadagi kishilarni 
gipnoz yordamida sun'iy ravishda uxlatib, ularga xom piyoz berdi. 
Ularga bu piyoz ta'mini totish nasib etgan eng zo'r meva deb uqtirilganidan so'ng, 
uyqudagilar- ning barchasi piyozni lazzatlanib yalashdi va rohatlangancha chaynab 
yeyishdi. Shundan so'ng yaxshi pishgan shaftolidan tarqatishdi hamda buning xom 
sholg'omligini uqtirdilar. Shaftolidan bir tishlam totigan odamlar o'sha zahoti aftlarini 


burishtirib, tupurib tashladilar. Piyoz va shaftoliga munosabat faqat gipnoz ta'siri ostida 
yuzaga kelgan. 

Bilasizmi, muammo shundaki, umrimizda ba'zan har qanday narsalarga salbiy 
munosabatlar vujudga keladi va aynan shular baxtsizligimizning asl sababchilari 
hisoblanadi. 

Qanday salbiy munosabatlar? — hamsuhba- tining gapini bo'ldi yigitcha. 

Hayotdan nimani kutishimiz bunga yaxshi misol bo'la oladi. Aytaylik, meni har 
doim biron- bir hodisaning yomon tomonini kutishga o'rgat- gan bo'lishsa, uning 
oqibatidan hech qachon hafsa- lam pir bo'lmaydi. 

Ha, meni ham shunday yo'l tutishga o'rgatishgan. Bu ancha mantiqli ko'rinadi, — 
dedi yigitcha. 

Bu ancha keng tarqalgan fikr bo'lsa-da, — dedi janob Kesterman, — lekin u xato va 
ko'pincha orzularimizni poymol etib baxtiyorlikni his etishga imkon bermaydigan da'vo. 

Axir, nima uchun? — so'radi yigitcha. — Agar siz yomon tomonini kutsangiz va u 
haqiqatda sodir bo'lsa, ixlosingiz qaytmaydi, lekin mabodo shunday bo'lmasa, sizni 
yoqimli sovg'a kutadi. Basharti siz yaxshilikka umid qilsangiz, o'zingizni umidsizlanish 
xavfiga duchor etganingiz qoladi. 

Ha, darhaqiqat, gaplaringizda jon borga o'xshaydi, shunday emasmi? Lekin 
hoziroq sizga ko'rsatishim, hatto shuni isbot qilishim mumkin — agar siz yomonlikni 
kutsangiz, albatta unga duchor bo'lasiz yoki aksincha. 

Marhamat qilib, xonani yaxshilab ko'zdan kechiring va undagi barcha 
jigarrangdagi narsa- larga ahamiyat bering. 
Yigit atrofiga alangladi. Xonada juda ko'p jigarrangdagi narsalar: rasmlarning yog'och 
ho- shiyalari, och jigarrang divan, pardalar karnizlari, partalar, kitoblar va boshqa 
ko'pgina mayda- chuydalar bor edi. 

Yaxshi, — dedi janob Kesterman. — Endi ko'zlaringizni yuming... 
Yigitcha ko'zlarini yumdi. 

... endi zangori rangdagi... hamma narsalar- uing nomini ayting. 
Yigit jilmaydi: 

Men zangori rangda hech narsani payqa- madim. 

Ko'zlaringizni oching, — dedi janob Kesterman. — Qarang, axir bu yerda 
anchagina zangori rangda narsalar bor. 
Darhaqiqat, zangori rangdagi guidon, surat hoshiyasi, gilamdagi zangori naqsh hamda 
partalar ustidagi kitob qo'ygichlar, javonlardagi kitoblar va nihoyat, janob Kestermanning 
o'zi ham zangori rangdagi ko'ylakda edi. Yigitcha qancha izlasa, shuncha ko'p zangori 
rangdagi narsalarni topardi. 

Nazaringiz tushmagan bu narsalarga qarang! 



Ammo bu nayrang-ku. Axir men zangori narsalarni emas, jigarranglarini 
izlagandim. 

Aynan shuni sizga ko'rsatmoqchi edim! — dedi janob Kesterman. — Siz faqat 
jigarrangdagi narsalarni izlaganingiz tufayli xuddi shularni topdingiz va zangori 
rangdagilarga mutlaqo e'tibor bermadingiz. Hayotda ham xuddi shunday bo'ladi, siz 
yomonlikni izlaganingiz sababli yomonlikni topasiz va yaxshilikni chetda qoldirasiz. Shu 
bois yomonlikni kutgan ishonchingiz aynan shunga olib keladi... u sizni hayotimizda ro'y 
berayotgan barcha yaxshiliklarni nazaringizdan chetlashtirishga majbur qiladi. 
Hamma narsasi badastur bo'lgan ko'pchilik boy va taniqli kishilar ham shu tarzda 
o'zlarini baxtsiz his qiladilar. 
Boshqa tomondan, oddiy hayot kechirayotgan kishilar bor narsalari bilan 
qanoatlanganlari tufayli haqiqatda baxtlidirlar. Aynan shu bois idishdagi suv yarmigacha 
to'la deb sanagan inson yarmi- gacha bo'sh deb hisoblagan kishiga nisbatan o'zini 
baxtliroq biladi. 
Bilasizmi, hammaning umumtasawuriga qara- masdan, tashqaridan qaraganda pul
mashinalar, jihozlar, shuhrat va omad — barchasi hech bir ahamiyatsiz. Baxt 
hayotimizga o'z munosabatimiz tufayligina belgilanadi. Shu bois o'zimizni baxtli deb his 
etishimiz uchun ko'p pul, katta uy-joy yoki tuzukroq ishga ega bo'lish shart emas; eng 
zaruri — o'z munosabatimizni o'zgartirish. Aynan 
shu Semyuel Jonsonni quyidagi so'zlarni yozishga«< undadi: 

Yüklə 473,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə